3 Mavzu Ma'muriy-huquqiy munosabatlar (2 soat) reja Ma'muriy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari


Gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlar



Download 16,62 Kb.
bet4/4
Sana04.09.2021
Hajmi16,62 Kb.
#164319
1   2   3   4
Bog'liq
3 mavzu MH

Gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlarda bir tomonning ikkinchi tomonga nisbatan yuridik-hokimiyat irodasining ustunligi mavjud emas. Ma'lum bir ma'noda, gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlarda tomonlar teng hisoblanadi. Gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlar vertikal ma'muriy-huquqiy munosabatlar singari ko`p tarqalgan emas. Chunki ular qaysidir ma'noda ma'muriy-huquqiy tartibga solish doirasidan chetga qolgan. Lekin davlat boshqaruvi sohasida bunday munosabatlarning vujudga kelishi mumkin.

Ma'muriy-huquqiy munosabatlarda tomonlarning tengligini tan olish - ma'muriy-huquqiy tartibga solishning mazmuniga, shuningdek, ma'muriy-huquqiy munosabatlarning xususiyatlariga to`g`ri kelmaydi. Shu sababli bunday munosabatlarning boshqaruv sohasida vujudga kelishi shubha ostiga olingan. Lekin boshqaruvdagi gorizontallik xususiyatini to`g`ri anglaganda, bunday shubhalarga o`rin qolmaydi. Bu uchun quyidagi xususiyatlarga e'tibor qaratish lozim:



birinchidan, tomonlar o`rtasida bo`ysinuvning mavjud emasligi, tomonlarning bir xildagi huquqiy darajaga ega ekanligi, yuridik tenglikning formal emas, balki haqiqatda mavjud bo`lishi;

ikkinchidan, boshqaruv munosabatlarida bu ikkala xususiyat (bo`ysinuvning mavjud emasligi va yuridik tenglik)ning bir vaqtda mavjud bo`lishi;

uchinchidan, bir tomonning ikkinchi tomonga qaratilgan yuridik-hokimiyat irodasining bo`lmasligi.

Davlat boshqaruvi sohasidagi ma'muriy-huquqiy munosabatlar o`rtasida gorizontal munosabatlarni ajratib olish mushkuldir. Chunki ular vertikal munosabatlar singari yaqqol namoyon bo`lmaydi. Lekin boshqaruv amaliyotiga asoslanib, gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:



  • bevosita boshqaruv ta'siriga ko`maklashuvchi munosabatlar. Bu munosabatlar vertikal munosabatlarga xizmat qiladi, ya'ni bir tomonlama yuridik-hokimiyat qarorini qabul qilish uchun shart-sharoitlar yaratib berishga qaratiladi. Gorizontal munosabatlar bir darajada bo`lgan boshqaruv subyektlari o`rtasida vujudga keladi. Masalan, birgalikda normativ hujjatni qabul qilish uchun tayyorgarlik ko`rish; hamkorlikda boshqaruv harakatlarini amalga oshirish; birgalikda qo`shma tadbirlarni (majlislarni) olib borish; idoralararo, maslahat yoki muvofiqlashtiruvchi kengashlarni tashkil etish bo`yicha munosabatlar;

  • bevosita boshqaruv ta'siri amalga oshirilgandan keyin vujudga keladigan munosabatlar, ya'ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan qarorning samarali ijro etilishiga sharoitlar yaratib berish bo`yicha vujudga keladigan munosabatlar;

  • ma'muriy-protsessual xususiyatdagi munosabatlar. Bunday munosabatlarda ham tomonlar teng huquqli darajaga ega bo`ladi. Masalan, fuqarolarning shikoyatlarini, ma'muriy huquqbuzarlik ishlarini ko`rib chiqish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. Bu munosabatlarning mazmunini ma'muriy-huquqiy nizolarni ko`rib chiqish tashkil etadi;

  • turli xildagi shartnoma shakliga ega bo`lgan ma'muriy-kelishuv xususiyatiga ega bo`lgan munosabatlar. Masalan, u yoki bu lavozimdagi ishga qabul qilish to`g`risida oldindan kelishuv.




1 Alexin A.P., Karmolitskiy A.A., Kozlov YU.M. Administrativnoye pravo. – Zersalo, 1998. 70-82-b.lar.

2 Baxrax D.N., Rossinskiy B.V., Starilov YU.N. Administrativnoye pravo. – M.: Norma, 2004. 105-116-b.lar.

3 Alimov X.R. Ma'muriy huquq. Toshkent, 1995.

4 Alexin A.P., Karmolitskiy A.A., Kozlov YU.M. Administrativnoye pravo. – Zersalo, 1998. 83-91-b.lar.

Download 16,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish