3-mavzu: Ma’naviyat, ruhiyat, madaniyat Reja



Download 397,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.03.2023
Hajmi397,83 Kb.
#917162
  1   2   3   4
Bog'liq
маънавият маъруза-3 (1)



3-mavzu: Ma’naviyat, ruhiyat, madaniyat 
Reja: 
1.
Ma’naviyat va ruhiyat tushunchlari, ulaming o’zaro nisbati. 
2.
Inson tabiati va shaxs ma’naviyati.
3.
Ma’naviyat va madaniyat nisbati.
4.
Shaxs ma'naviyatining tarkibiy jihatlari va madaniyalning tarkibiy qismlari.
Madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatlarga bo‘lish ilmiy an’anadir. 
Ammo olimlar orasida ijtimoiy-siyosiy madaniyatni uchinchi alohida qism sifatida 
ajratishni taklif qilayotganlar bor. Bunday nuqtai nazar ma’lum darajada jamiyat 
hayotini alohida sohalarga bo‘lishga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Siyosat jamiyat 
hayotining alohida sohasi hisoblanadi. Masalan, Erix Fromm jamiyat hayotini 
ma’naviyat, siyosat va iqtisodiyotga bo‘ladi. Biz uchinchi soha sifatida tor 
mazmundagi siyosatni emas, kengroq ijtimoiy – siyosiy sohani olamiz. O‘z 
navbatida siyosiy sohani ikki nisbatan farqlanuvchi mustaqil sohalarga – fuqarolik 
jamiyatiga (jamoat, nodavlat, notijorat tashkilotlariga, fuqarolarning o‘z-o‘zini 
boshqarish organlariga) va oshkora rasmiy hokimiyatga, ya’ni davlat hokimiyati 
tuzilmalariga bo‘lish tarafdorlari bor. Ba’zan ular tegishlicha ijtimoiy-siyosiy soha 
va oshkora hokimiyat (publichnaya vlast) deb ham ataladi. Biz jamiyat hayotini uch 
sohaga bo‘lib qaraymiz: iqtisodiyot, ma’naviyat va ijtimoiy – siyosiy soha. 
Jamiyatda o‘zaro ajralib turadigan turli sohalar mavjud. Masalan, iqtisodiyot, 
madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, ijtimoiy ta’minot, sport va sh.k. Aslini 
olganda ular xalq xo‘jaligining (iqtisodiyotning) alohida zaruriy yoki ijtimoiy
tarmoqlari hisoblanadi. Ularning faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun tegishli 
mablag‘ ajratiladi, invistitsiyalar kiritiladi. Ular ishlab chiqarishning zamonaviy 
jamiyatdagi alohida turlaridir. Masalan, ta’lim kadrlarni, mutaxassislarni 
tayyorlaydi (ishlab chiqaradi). Ammo siyosat va ma’naviyat (sof ma’naviyat - 
ma’naviy ong, iroda, adabiyot va san’at, urf - odatlar) jamiyat hayotining shunday 
sohalaridir-ki, ular bevosita xalq xo‘jaligining tarmoqlarini tashkil etmaydi. Shu 
sababdan ko‘p hollarda ijtimoiy – iqtisodiy soha degan atama keng tarqalgan. Xuddi 
shunday ijtimoiy – siyosiy soha, degan atama ham qo‘llaniladi. Bunda tor 
mazmundagi davlat boshqaruv siyosatidan tashqari, davlatning va jamiyatning 


madaniy – maishiy munosabatlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va sh.k. hayot 
nazarda tutiladi. Ta’lim, ilm – fan, din, adabiyot va san’at, axloq, ma’naviyat 
tarkibida ko‘rilgani uchun biz faqat siyosat, iqtisodiyotning ijtimoiy jihatlari, urf – 
odatlar bilan cheklanamiz.
Siyosat birinchi navbatda bu jamiyatni boshqarishdir. To‘g‘ri iqtisodiy siyosat 
olib borilsa, iqtisodiyot yuksaladi, noto‘g‘ri olib borilsa, tanazzulga uchraydi. 
Ma’naviyat, madaniyat, xalq ta’limi va sh.k.ga siyosat ijobiy yoki salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Siyosat, shuningdek, – bu davlat hokimiyati faoliyati va siyosiy 
partiyalarning, guruhlarning, ularning yetakchilarining hokimiyat uchun kurashidir. 
Davlat idoralari qanday faoliyat olib borishi, siyosat yuritishi, hokimiyat uchun 
kurashlar qanday shakllarda, usullarda kechishi, bu kurashning demokratik 
talablarga, adolatga, qonuniylikka, axloqiylikka muvofiqligi, nomuvofiqligi ikki 
omilga: birinchidan, jamiyat a’zolarining ongiga, madaniy saviyasiga, huquqiy 
savodxonligiga, siyosiy faolligiga, ikkinchidan, jamiyatdagi ma’naviy muhitga, 
saylov qonunlari va demokratik tamoyillar ustuvorligiga bog‘liq. Bularning har 
ikkalasi ham ma’naviyatning konkret ko‘rinishlaridir.
Iqtisod keng ma’noda faqat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish emas. U 
taqsimotdan, iste’moldan, almashuvdan, ishlab chiqarishdagi va keyingi 
jarayonlardagi odamlar o‘rtasidagi turli-tuman iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axloqiy 
munosabatlardan ham tashkil topadi. Bunday munosabatlarga barcha jismoniy va 
yuridik shaxslar (xo‘jalik yurituvchi tuzilmalar) kirishadi. Munosabatlarning yana 
bir yo‘nalish turi – bu mulkdor (korxona egasi) va yollanma ishchi-xizmatchilar 
o‘rtasidagi munosabatlardir. Barcha turdagi, yo‘nalishlardagi munosabatlar ularning 
sub’ektlarining ma’naviyatiga – dunyoqarashiga, madaniy saviyasiga, qadriyatlar 
mo‘ljaliga bog‘liq. 
Ma’naviy mavjudot o‘laroq insonning har qanday faoliyati uning ongi, 
dunyoqarashi, e’tiqodi, qadriyatlar mo‘ljali va ularning yuzaga chiqishi sifatida 
talqin qilinishi mumkin. Demak, insonning iqtisodiy va siyosiy faoliyati o‘zining 
ma’naviy jihatiga va talqiniga ega. Yuqorida aytilganlar iqtisod, siyosat va 
ma’naviyat o‘rtasidagi chambarchas aloqadorlikdan dalolat beradi.


Aloqalarning dialektikasi haqida qisqacha fikr yuritsak, quyidagilarni e’tirof 
etish lozim. Iqtisodiyot turmush farovonligi va umuman jamiyat taraqiyotining, shu 
jumladan ma’naviy yuksalishining moddiy poydevorini, moddiy negizini tashkil 
etadi. Birinchidan, yaxshi rivojlangan iqtisodiyot ta’lim, ilm-fan, madaniyat va 
ma’naviyatni yaratuvchi boshqa sohalarga yetarlicha mablag‘, moddiy va ijtimoiy 
resurslar ajrata oladi, kadrlar tayyorlaydi. Ikkinchidan, har qanday to‘g‘ri va 
jozibador g‘oya iqtisodiy jihatdan ta’minlanmasa, hayotga tatbiq etilmay qolib 
ketadi. So‘z bilan ish birligi yuzaga kelmaydi. Natijada odamlar asta-sekin bu 
g‘oyaga ishonmay qo‘yadi. G‘oyaning obro‘yi to‘kiladi. Uchinchidan, iqtisodiyot 
rivojlanishi ko‘p jihatdan yangi ilmiy-texnologik g‘oyalarning tug‘ilishiga va ishlab 
chiqarishga, iqtisodiy munosabatlarga joriy qilinishiga bog‘liq. Bugun axborot 
texnologiyalari ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni, umuman iqtisodiy aloqalarni 
tubdan o‘zgartirib yubordi. On-layn rejimidagi iqtisodiy muzokoralar, kelishuvlar, 
birjalardagi ahvolni kuzatish, iqtisodiy jarayonni monitoring qilish, elektron 
shakldagi shartnomalar, hisobotlar, internet orqali kerakli buyumni xarid qilish va 
h.k. ilm-fan (ma’naviyat unsurlari), axborot texnologiyalari, ular bilan bog‘liq 
huquq, huquqiy madaniyatning takomillashuvi, odamlar o‘rtasida o‘zaro ishonch 
ortishi natijasidir.
Iqtisodiyot ma’naviyatga qanday barakali ta’sir ko‘rsatsa, o‘z navbatida 
ma’naviyat ilm-fan va texnologik yutuqlar hamda jamiyatda qaror topgan mehr – 
oqibat, ishchanlik va o‘zaro ishonch, o‘zaro yordam muhiti orqali iqtisodiyotga 
shunday ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy omillar – to‘qlik, farovonlik odamlarning 
kayfiyatiga, ruhiyatiga, ertangi kunga ishonchiga, shukronaligiga aylanadi. Ijtimoiy 
ziddiyatlar kamayadi, yoki ancha yumshaydi. Ko‘tarinki ruhiyat va ishonch esa 
ma’naviyat unsurlaridir. Boshqacha aytganda, to‘qlik va farovonlik ma’naviy ongda 
aks etadi. Ilmiy-texnik g‘oya, texnologik kashfiyot (ma’naviyat unsurlari) 
iqtisodiyotga, ishlab chiqarish vositasiga aylanadi. Bu ayniqsa ilmiy sig‘imli katta 
ishlab chiqarish turlariga (atom energetikasiga o‘xshash) taalluqli. Odamlarning 
kayfiyati, ertangi kunga ishonchi, ma’naviy muhit odamlarning iqtisodiy 
tashabbuslarini, tadbirkorlik va yaratuvchilikka intilishini yanada kuchaytiradi, 


iqtisodiy yuksalishning omiliga aylanadi. Shunday qilib, iqtisodiyot va ma’naviyat 
dialektik 
birlikni, 
qarama-qarshiliklar 
birligini 
tashkil 
qiladi. 
Birinchi 
Prezidentimizning ma’naviyat va iqtisodiyotni qushning ikki qanotiga qiyoslashida 
katta ma’no bor. 
Siyosat bilan ma’naviyat aloqalari to‘g‘risida o‘tgan mavzularda ancha 
gapirilgan edi. Avvalo ta’kidlash joizki, nazariy siyosat (siyosatshunoslik) ham, 
amaliy siyosat ham aslida jamiyat ma’naviyatining o‘ziga xos tarzda namoyon 
bo‘lishidir. Nazariy siyosat, yoki siyosiy nazariyalar - siyosatshunoslik va ijtimoiy-
gumanitar ta’limotlar, fan sifatida ma’naviy hodisa ekanligi isbot talab qilmaydi. 
Amaliy siyosat – davlat boshqaruvi, hokimiyat uchun kurash va ularga fuqarolarning 
munosabati, saylovlarda va OAVda o‘z fikrini bildirishi jamiyatning, yuqorida 
ta’kidlanganidek, siyosiy-huquqiy va axloqiy madaniyatiga bog‘liq. Ular esa 
ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridir. Davlat siyosatining demokratik 
xarakteri, liberalligi ma’naviy muhitga, odamlarning kayfiyatiga, o‘z hayotidan 
qoniqish hosil qilishiga, ijodiy va bunyodkorlik tashabbuslariga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, jamiyat ma’naviyatining bir bo‘lagiga, unsuriga 
aylanadi. Aksincha, davlat siyosati zo‘ravonlikka, qatag‘onlarga va totalitarizmga 
asoslansa, odamlarni ijtimoiy qo‘rquv qamrab oladi, ularning tashabbuslarini 
bug‘adi, ertangi kunga ishonchini susaytiradi va h.k. Bu endi jamiyat 
ma’naviyatining salbiy yemiruvchi unsurlariga aylanadi.
Qadimgi dunyo va o‘rta asrlarda ma’naviyatning din va diniy tashkilotga 
tobeligi, din butun ma’naviy hayotni tashkil etuvchi va nazorat qiluvchi ijtimoy 
institutga aylangani to‘g‘risida gapirilgan edi. Aytilganlarni takrorlab o‘tirmaymiz. 
Dinning bunday institutga aylanishining sababi nafaqat odamlarning tafakkurida va 
jamiyat mafkurasida diniy te’tiqodning ustunligi bilan izohlanadi. Shuningdek, agrar 
jamiyatda injener-texnik ziyolilar, boshqaruvchi menejerlar, iqtisodchilar, ilm-fan 
va texnologiyalar yaratuvchi ziyolilar, OAV va jurnalistlarning deyarli yo‘qligi, 
binobarin, iqtisodiyotning, xalq xo‘jaligining va umuman jamiyat hayotining uzviy 
zaruriy qismi darajasiga ko‘tarilmaganidir. Bundan tashqari, agrar jamiyatda ta’lim 
va sog‘liqni saqlash tizimi, ularda mashg‘ul mutaxasislar soni ancha chegaralangan 


edi. Cherkov (diniy tashkilot) davlatdan ajralmagan, maktab esa cherkov tasarrufida 
edi. Hattoki ilm-fanni cherkov o‘z xizmatkoriga aylantirishga urinar edi. Totalitar 
jamiyatda ma’naviyat siyosiy ndeologiyaga bo‘ysundiriladi. Agrar jamiyatda dinga, 
diniy tashkilotga, totalitar jamiyatda siyosiy ideologiyaga moslashishga majbur 
bo‘lgan ma’naviyat, shunday qilib, tobe (qaram)lik kasb etadi.. 
Industrial jamiyatda, yangi davrda din va diniy tashkilotning huquqiy va 
ijtimoiy mavqei o‘zgardi. Ziyolilarning yangi qatlami vujudga keldi. Ular 
iqtisodiyotning, siyosiy boshqaruvning, madaniy-ma’naviy hayotning asosiy 
mutaxassislariga aylanadi, xarakatlantiruvchi kuchini tashkil qildi. Asta-sekin 
industrial jamiyatda so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi, ular ortidan oxir-oqibat, 
demokratiya qaror topdi. Cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi. Ma’naviy 
omilning, birinchi navbatda ta’limning va ixtisoslashgan ob’ektiv bilimlarning, 
qonun ustuvorligining, adolatli munosabatlarning, inson huquqlari va qadr-qimmati 
g‘oyalarining ahamiyati kuchaydi. Postindustrial jamiyatda ular ancha 
mustahkamlandi. Bu davrga kelib demokratiya va erkinlik ma’naviy hayotning 
rivojlanishiga ziddiyatli ta’sir ko‘rsatganini, inson huquqlarini biryoqlama talqin 
qilish hollari mavjudligini ham, afsuski, tan olish lozim.
Endi yana iqtisodiyot, siyosat va ma’naviyat o‘rtasidagi aloqadorlik 
masalasiga qaytamiz. Iqtisodiyotning ma’naviyat bilan aloqalari juda rang-barang 
va murakkabdir. Iqtisodiyot ma’naviyat rivojlanishi uchun moddiy
 
shart-sharoitlar 
yaratadi. Uning ehtiyojlari, talablari ma’naviyatga nisbatan «buyurtmachi» 
vazifasini o‘taydi. Masalan, yangi texnologiyalar yaratish, mehnat qurollarini 
takomillashtirish va shu kabilar ilm-fanni, texnik ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat 
qiladi. Ishlab chiqarish jarayonining murakkablashuvi, ilmtalabligining oshishi 
ishchi va mutaxassislarda yangi mehnat ko‘nikmalari hosil bo‘lishini, ularning 
malakasi muttasil o‘sib borishini taqozo etadi. Bu jamiyatda kadrlar tayyorlash, 
qayta tayyorlash, umuman tarbiya va ta’lim tizimi rivojlanishiga, ma’naviy-
psixologik muhit o‘zgarishiga, ishlab chiqarishda va turmushda ratsionalizatorlik, 
ixtirochilik, texnik ijodkorlikka moyillik kuchayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan 
tashqari, turli tovarlarni, mahsulotlarni va xizmat turlarini xaridorlarga yetkazish 


extiyoji har xil ko‘rgazmalar, shou-tomoshalar, konkurslar, lotereyalar va reklama-
axborot industriyasini vujudga keltirdi. O‘z navbatida ma’naviyatning o‘sishi, ilmiy-
texnika kashfiyotlari, aholi bilimlarining va malakasining oshishi, iqtisodiy 
tafakkurning o‘zgarishi, yuksak ijtimoiy marralarni ko‘zlash, yangiliklarga intilish 
iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirdi.
Iqtisodiyot va ma’naviyat real inson ehtiyojlaridan, jamiyatning aniq 
vazifalaridan ajralib qolsa, o‘z maqsadlarini belgilashda adashib ketadi. Bunday 
hollarda ikki

Download 397,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish