3-mavzu: mikroorganizmlarning ozuqalanishi va tashqi muhit omillarining ta’siri reja



Download 60,66 Kb.
bet4/6
Sana09.07.2022
Hajmi60,66 Kb.
#765127
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Агро-маъруза

Kimyoviy omillar. Muhit reaksiyasi — Mikroorganizmlar rivojlanishiga oziqa muhitini nordonligi yok ishqorliligi katta ta’sir kо‘rsatadi. Oziqa muhitining bunday xususiyati, muhit tarkibiga kirgan kimyoviy elementlarni suvli sharoitda elektrolitik dissotsiatsiyasi natijasida kelib chiqadi. Biologik jarayonlar bilan aloqador kimyoviy reaksiyalar, muhitdagi vodorod ionlari miqdoriga bog‘liq bо‘lib, bu kо‘rsatkich pH (pH- vodorod ionining HQ о‘nlamchi logorifmining manfiy kо‘rsatkichi) bilan belgilanadi. pH 1 dan 14 gacha belgilanib, 1 dan 6 gacha nordon, 7 neytral, 8 dan 14 gacha ishqoriy muhit deb hisoblanadi. Mikroorganizmlarning har xil shtammi о‘zining mi’tadil pH iga ega va faqatgina shu kо‘rsatkich doirasida yaxshi isib, rivojlanadi. Kо‘pgina bakteriyalar neytral muhitda yaxshi rivojlansa (pH 6,5-7,5), mitselial va bir hujayrali zamburug‘lar (hamda achitqi zamburug‘larining ayrimlari) nordon (kislotali) muhitda (pHq4-6) yaxshi о‘sib, kо‘payishadi. Muhitning pH kо‘rsatkichi hujayralarda о‘tadigan biokimyoviy jarayonlarga, xususan fermentlarning faolligiga ta’sir kо‘rsatadi. Shuningdek, pH oziqa moddalarni hujayraga kirishida katta rol о‘ynaydi.
Kislorod — Mikroorganizmlarning kislorodga bо‘lgan muhtojligi ham xar xil bо‘ladi. Bu hodisani birinchilardan bо‘lib, fransuz olimi Lui Paster aniqlagan. Uning ta’kidlashicha, ba’zi bir mikroorganizmlar kislorodga doimiy ravishda muhtojlik sezsa, ba’zi-birlari butunlay kislorodsiz muhitda yashaydilar. О‘sishi, rivojlanishi, kо‘payishi kislorodga bog‘liq bо‘lgan mikroorganizmlar aerob, kislorodsiz muhitda yashaydiganlari esa anaerob mikroorganizmlar deb ataladi. Ammo, ba’zi bir mikroorganizmlar rivojlanishi uchun kislorodni bor yoki yо‘qligi unchalik ta’sir kо‘rsatmaydi. Umuman olganda, mikroorganizmlar kislorodga bо‘lgan talabiga qarab 4 guruhga bо‘linadi:

  • obligat (haqiqiy) aeroblar;

  • haqiqiy anaeroblar;

  • fakultativ (shart bо‘lmagan) anaeroblar;

  • mikroaerofillar.

Obligat aeroblar faqat moddalarni kislorod yordamida oksidlanishi natijasida olinadigan energiya hisobida rivojlanadilar. Shuning uchun ham ularni hayoti kislorod bilan bog‘liq. Obligat anaeroblar, oksidlanish reaksiyalarida vodorodning akseptori sifatida nitratlar, sulfatlar yoki boshqa oksidlangan moddalardan foydalanadilar. Fakultativ anaeroblar yashashi uchun kislorodni bо‘lishi yoki bо‘lmasligi unchalik katta rol о‘ynamaydi. Mikroaerofillar, juda oz miqdorda kislorod saqlagan muhitda rivojlanadilar.
Tabiiy sharoitlarda, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlarida, mikroorganizmlarning turli vakillari birgalikda rivojlanadilar. Ular orasida qaror topgan o’zaro taosir va munosabat turlicha bo’ladi. Ayrim hollarda ikki yoki undan ortiq mikroorganizm turlarining birgalikda hayot kechirishi o’zaro foydali bo’lishi va, hatto, birgalikda ular yakka holda hayot kechirganlaridan yaxshiroq hayot kechirishlari mumkin. Bunday o’zaro taosir simbioz deyiladi. Simbiontlar orasida mikroorganizmlar hayot faoliyati mahsulotlarining o’zaro almashtirib o’zlashtirishi ham kuzatiladi. Simbiozga misol qilib sutachitqi bakteriyalari va achitqi zamburug’larining birgalikda rivojlanishlarini keltirish mumkin. Sutachitqi bakteriyalari sut kislota sintez qilib achitqi zamburug’lari uchun qulay sharoit yaratadilar. Achitqi zamburug’i hayot faoliyatining ayrim mahsulotlari (masalan, vitaminlar) sutachitqi bakteriyalari tomonidan o’zlashtiriladi. Bundan tashqari, achitqi zamburug’lari kislotani o’zlashtirib muhit kislotaligini tushiradilar va sutachitqi bakteriyalari rivojlanishi uchun qulay sharoit tug’diradilar. Bu mikroorganizmlarning simbiotik rivojlanishi ayrim sutachitqili mahsulotlar (qimiz, kefir) ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Birgalikda rivojlanishi o’zaro foyda ham zarar ham keltirmasa, bunga kommensalizm deyiladi. Bunga odam organizmining normal mikroflorasi misol bo’ladi.
Birgalikda rivojlanish bitta organizmga foyda keltirib, ikkinchisiga keltirsa bunga parazitizm deyiladi. Parazitlar bo’lib odam, hayvon, o’simliklarning kasalligini qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar, tirik bakteriya hisobida yashovchi va uni yemirovchi bakteriofaglar hisoblanadi.
Mikroorganizmlar orasida keng tarqalgan o’zaro taosir turlaridan bir mikrob hayot faoliyati natijasining ikkinchi mikrob hayot rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishini misol qilib keltirsa bo’ladi. Bunda birinchi mikrob ikkinchi mikrob hayot faoliyati natijasida hosil bo’lgan mahsulot bilan ozuqlanadi va unga zarar yetkazmaydi. Bunday o’zaro taosir metabioz deyiladi. Masalan, oqsillarni oddiy birikmalargacha parchalovchi mikroorganizm bu qobilyatga ega bo’lmagan mikroorganizm uchun qulay azot manbai yaratadi. Turli mikroorganizmlarning birgalikda yashashi bir moddaning navbat bilan boshqa moddaga aylantirishga asoslangan. Masalan, achitqi zamburug’lari qandlarni etil spirtigacha parchalaydilar. Etil spirtini esa sirka achitqi zamburug’lari sirka kislotasigacha oksidlaydilar. Sirka kislota esa o’z navbatida mog’orlar tomonidan o’zlashtiriladi.
Mikroorganizmlar orasida antagonistik o’zaro taosir ham tarqalgan. Bu usulda bir mikrob turi ikkinchisining rivojlanishini to’xtatib qoyishi va, hatto, o’limigacha olib kelishi mumkin.



Download 60,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish