3-mavzu. O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 271,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana06.08.2021
Hajmi271,06 Kb.
#140130
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1gRjCueEzG-0Vg3DYzc3ZW9NjtZQqEB9

to‘g‘risida”gi  Deklaratsiya  matni  sessiyada  qizg‘in  muhokama  qilindi  va  bir 

ovozdan qabul qilindi. 

Mustaqillik  Deklaratsiyasida  xalqimizning  xohish-irodasiga  to‘la  mos 

keladigan  oliy  maqsad  12  moddadan  iborat  bo‘lib,  ularda  quyidagicha  muhim 

tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi: 



O‘zbekiston SSR davlat suvereniteti O‘zbekiston SSR demokratik davlatining 

o‘z  hududida  barcha  tarkibiy  qismlarida  va  barcha  tashqi  munosabatlarda  tanho 

hokimligidir; 

O‘zbekiston  SSR  davlat  hududi  chegarasi  daxlsiz  va  bu  hudud  xalqning 

muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi mumkin emas; 

SSSR  Oliy  Soveti  qabul  qiladigan  qarorlar  O‘zbekiston  SSR 

Konstitutsiyasiga  muvofiq  O‘zbekiston  SSR  Oliy  Kengashi  tomonidan 

tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga kiradi; 

O‘zbekiston  SSR  davlat  hokimiyati  vakolatiga  O‘zbekiston  SSR  ichki  va 

tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo. 

Sessiyada  qabul  qilingan  “Musatqiliik  Deklaratsiyasi”  kirish  qismiga 

quyidagicha yozib qo‘yildi: 

“O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek xalqining 

davlat  qurilishidagi  tarixiy  tajribasi  va  tarkib  topgan  boy  an’anasi,  har  bir 

millatning  o‘z  taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy  maqsad 

haqi, O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy  mas’uliyatni chuqur his etgan holda 

xalqaro  huquq  qoidalariga,  umumbashariy  qadriyatlarga  va  demokratik 

tamoyillarga  asoslanib,  O‘zbekiston  Sovet  Sotsialistik  Respublikasining  davlat 

mustaqilligini e’lon qiladi”. 

Mustaqillik  Deklaratsiyasining  qabul  qilinishi  mamlakatimizning  tom 

ma’nodagi  haqiqiy  mustaqillikka  erishish  yo‘lida  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ldi. 

Shundan e’tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir 

masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi. 

O‘zbekistonning  mustaqillik  sari  intilayotgani  uning  yangi  Ittifoq 

shartnomasini  ishlab  chiqish  jarayoniga  respublika  manfaati  nuqtayi-nazaridan 

kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ladi. 

Markaziy  hokimiyat  jamoatchilikning  talabi  ostida  Ittifoq  shartnomasi-ni 

yangilash  zarurligini  e’tirof  etishga  majbur  bo‘ldi.  1990-yil  iyul  oyida  Moskvada 

Markaz  vakillari  bilan  respublikalar  delegatsiyalari  yangi  shart-noma  matnini 

tayyorlashga kirishdilar. 1990-yil avgust oyida ishlab chiqil-gan Ittifoqni yangilash 

dasturida  respublikalar  o‘z  hududlaridagi  butun  mil-liy  boyliklariga  egalik  qilish, 

foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekan-ligi ta’kidlangan edi. 

Ammo  shartnomaga  bunday  yondashuv  markazdagilarga  yoqmadi  va  SSSR 

Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha 

shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi.  Respub-likalar, shu jumladan, 

O‘zbekiston  ham  Markaz  loyihasini  qabul  qilmadi.  1991-yil  fevral-mart  oylarida 

Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 

Boltiqbo‘yi  respublikalari,  Gruziya,  Armaniston,  Moldova  vakillari  qatnashmadi, 

Ozarbayjon  vakillari  kuzatuv-chi  bo‘lib  qatnashdi.  Bu  bosqichda  Ittifoq  bilan 

respublikalar  vakolatlarini  farqlab  qo‘yishga  harakat  qilindi.  Nihoyat,  Ittifoq  va 

respublikalar  vakolat-lari  belgilab  qo‘yilgan  yangi  shartnoma  loyihasi  matbuotda 

e’lon  qilindi.  Respublikalarda  mazkur  loyiha  muhokama  qilindi.  Respublikalar, 

jumladan O‘zbekiston, markaziy idoralar hali o‘zining eskicha hukmron mavqeyini 

saqlash ruhi singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar. 




SSSR  Oliy  Soveti  Ittifoq  shartnomasini  o‘zgartirish,  SSSRni  teng  hu-quqli 

suveren  respublikalar  Federatsiyasi  sifatida  yangilash  xususida  xalqni-ng  fikrini 

bilish  maqsadida  1991-yil  17-mart  kuni  Butunittifoq  referendu-mini  o‘tkazishga 

qaror  qildi.  1991-yil  20-fevralda  O‘zbekiston  Oliy  Kenga-shining  rayosati  ham 

referendum  o‘tkazishni  ma’qulladi  va  SSSR  Oliy  Soveti tomonidan tayyorlangan 

byulleten  bilan  birga  yana  bitta  qo‘shimcha  byuletenni  ovozga  qo‘yishga  qaror 

qildi.  Qo‘shimcha  byulletenga  “Siz  O‘zbekistonning  mustaqil  teng  huquqli 


Download 271,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish