3-mavzu. O‘zbekistonda sug‘urtaning shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlari Reja


-2001-yillarda O‘zbekiston sug‘urta bozorining



Download 60,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana18.07.2021
Hajmi60,7 Kb.
#122594
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3mavzu

3. 1995-2001-yillarda O‘zbekiston sug‘urta bozorining

rivojlanishi

Sug‘urta tashkilotlari taraqqiyotining ikkinchi bosqichi 1995-2001-

yillarni o‘z ichiga oladi. 1995-yil 1-yanvardan transport vositalari va

boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlar egalarining uchinchi shaxslarga

zarar keltirish bo‘yicha javobgarligini majburiy sug‘urta qilish

joriy etildi. Bu davrda bevosita davlat ishtirokida yirik sug‘urta tashkilotlari

tashkil etildi.

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari haqida

gapirganda, albatta, «Madad» sug‘urta agentligini ham alohida tilga

olish joiz. Bu agentlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy

tadbirkorlik va kichik biznesni sug‘urtaviy himoya qilish bo‘yicha

agentlikni tashkil etish to‘g‘risida» 1995-yil 26-iyuldagi farmoniga

binoan   tashkil   etilgan   va   bugungi   kunda   muvaffaqiyatli   faoliyat   ko‘rsatyapti1.

Agentlik ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, uning asosiy

muassislari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy

banki, «O‘zsanoatqurilishbank», «Tadbirkorbank» (hozir Mikrokreditbankka

aylantirilgan) va boshqa bir nechta tijorat banklari hamda tashkilotlardir.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek,

aholiga hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari korxonalariga

sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish agentlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari

bo‘lib hisoblanadi.

«Madad» sug‘urta agentligi, dastlabki tashkil etilgan yillaridayoq,

mamlakatimizda tadbirkorlik harakatini qo‘llab-quvvatlashda, ayniqsa

kichik biznes subyektlariga «Biznes-fond» tomonidan ajratilgan

kreditlarga sug‘urta kafolatlarini berish hamda ularni imtiyozli tariflar

asosida sug‘urta qilishda muhim rol o‘ynadi. Hozirgi kunda ushbu

agentlik respublikamizning barcha viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston

Respublikasida o‘z filiallariga ega. Agentlikda yuqori malakali mutaxassislarning




mavjudligi sug‘urta faoliyatini muntazam takomillashtirib

borish, yangi sug‘urta xizmatlarini joriy etishda katta omil bo‘layapti.

O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga tobora integratsiyalashuvi,

o‘z navbatida, sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish darajasini

xalqaro andozalarga moslashtirishni talab etadi. Shuningdek, vatanimiz

iqtisodiyotiga jalb etilayotgan chet el investitsiyalarini sug‘urtaviy

himoya qilish va chetga eksport qilinayotgan mahsulotlarni siyosiy

hamda tijorat risklaridan sug‘urta qilish tizimini yaratish o‘tgan asrning

90-yillari o‘rtalarida dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Buni e’tiborga

olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1997-yilning 18-fevralida

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasini tashkil

etish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi. Ushbu hujjatga ko‘ra, sobiq

«O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi negizida tashkil etilgan

yangi tashkilotning ustav kapitali 60,0 mln AQSh dollari miqdorida

belgilandi. Bugungi kunda uning ustav kapitali to‘liq shakllantirilgan.

Kompaniyaning asosiy muassislari O‘zbekiston Respublikasi Moliya

vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidir.

1997-yilning 14-martida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan

tashkil etilgan «Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi

haqida ham iliq gaplarni aytish mumkin. Bu kompaniya sug‘urta

operatsiyalari hajmi va ustav kapitali miqdori jihatidan respublikamizdagi

yirik sug‘urta tashkilotlari tarkibiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Sug‘urta faoliyatini

davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risida» 1998-yil 8-iyuldagi

qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat

sug‘urta nazorati funksiyasi yuklatildi va shu munosabat bilan uning

markaziy apparatida Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi tashkil etildi.


Download 60,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish