3-Mavzu. RESPUBLIKAMIZDA AVTOTRANSPORT KORXONALARINING
AHAMIYATI.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari
sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash,
transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali
mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga
oshirildi.
Hozirgi kunda O’zbekiston ulkan transport salohiyatiga ega bo’lib, mavjud
yo’nalishlarda transportning barcha turlarida yuk va yo’lovchilarni tashishda
mamlakatning ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega.
2020 yilning 1 yanvari holatiga ko’ra transport sohasida qariyb 15360 ta korxona
va tashkilotlar jalb qilingan bo’lib, 2019 yilning 1 yanvariga nisbatan 2958 taga
ko’paygan, o’sish ko’rsatgichi 15,2 %ni tashkil qilgan.
Hozirgi kunda O‘zbekston ulkan transport salohiyatuga ega bo‘lib, mavjud
yo‘nalishlarda transportning barcha turlarida yuk va yo‘lovchilarni tashishda
mamlakatning ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega. 2020 yilning 1 yanvari holatiga
ko‘ra transport sohasida qariyb 15360 ta korxona va tashkilotlar jalb qilingan bo‘lib,
2019 yilning 1 yanvariga nisbatan 2958 taga ko‘paygan, o‘sish ko‘rsatgichi 15,2 %ni
tashkil qilgan
1
.
1.1-jadval
2019 yilda Respublikamizda transport turlari bo‘yicha yuk tashish hajmi
№
Transport turlari
Yuk hajmi,
mln tonna
Ulushi, %
2018 yilga
nisbatan %
1
Temiryo‘l transporti
70,1
5,3%
102,5%
2
Avtomobil transporti
1176,8
89,2%
106,8%
3
Havo transporti
9,6
0,7%
73,6%
4
Quvur transporti
72,0
5,45%
99,4%
Jami
1318,9
100%
106,1%
1.3-rasm. Tashilgan yuklarning transport turlari bo‘yicha taqsimlanishi.
1
https://stat.uz/uz/o-komitete/normativ/180-ofytsyalnaia-statystyka-uz/6573-xizmatlar
Mazkur korxona va tashkilotlar tomonidan 2019 yilda jami 1318,9 mln tonna
yuk tashilgan bo‘lib, tashilgan yuklarning 89,2%i avtomobil transportiga to‘g‘ri keladi
(1.1-jadval).
1.2-jadval
2019 yilda Respublikamizda transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish hajmi
№
Transport turlari
Yo‘lovchi hajmi,
mln kishi
Ulushi, %
2018 yilga
nisbatan %
1
Temiryo‘l transporti
22,9
0,37%
103,5%
2
Avtomobil transporti
5999,5
98,2%
102,5%
3
Havo transporti
3,3
0,05%
126,3%
4
Shahar elektr transporti
83,7
1,38%
113,1%
Jami
6109,4
100%
102,7%
Yo‘lovchi tashish bo‘yicha 2019 yilda barcha transport turlari bo‘yicha jami
6109,4 mln kishi tashilgan bo‘lib, bunda asosiy ko‘rsatgich avtomobil transportiga
to‘g‘ri keladi, 98,2%.
1.4-rasm. Tashilgan yo‘lovchilarning transport turlari bo‘yicha taqsimlanishi.
2019 yilda TEMIRYO’L transportida xalqaro miqyosda tashilgan yuk xajmi