3. mavzu. Uy-joy kommunal xo’jaligida investitsion


Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatining asosiy vazifalari (muallif tomonidan mustaqil tuzildi)



Download 87 Kb.
bet3/4
Sana12.06.2022
Hajmi87 Kb.
#657760
1   2   3   4
Bog'liq
3.mavzu. Uy-joy kommunal xo’jaligida investitsion loyihalarni boshqarish biznes-rejalashtirish asosi sifatida (1)

Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatining asosiy vazifalari (muallif tomonidan mustaqil tuzildi)

  1. Eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash;

  2. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash:

  3. To’lov qobiliyatiga ega bo’lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish;

  4. Ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada foydalanishni ta’minlash va hokazo;

  5. Mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va uni kuchaytirish;

  6. Samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat ko’rsatish sohasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyg’unlashtirish;

  7. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo etish;

  8. Aholining ish bilan bandligini hamda iqtisodiy faolligini oshirish;

  9. Hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to’liq shakllantirish.

O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu – davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiriluvchi yo’nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning umumiy yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo’jalik qarorlari majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida mamlakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va joylashuvini belgilaydi. Ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi, iqtisodiy o’sish sur’atlari, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish hajmi va sifatining ko’tarilishi, shuningdek butun infratuzilmasining rivojlanishi ko’p jihatdan investitsiya va investitsiya dasturiga bog’liq. Investitsiya dasturi davlatning investitsiya mablag’larini mamlakatda moddiy boyliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun safarbar qilish vazifasidan iborat. Tashkiliy-huquqiy jihatdan davlat siyosatining bu sohasi uning tegishli idoralari tomonidan ushbu siyosatning maqsad va vazifalari amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiya dasturining tashqi tomoni ham bor bo’lib, u iqtisodiyotni zamonaviy texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish asosida jadal rivojlantirish vazifasini hal etish uchun iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb etishni o’z ichiga oladi. Bu vazifani qo’shma korxonalar barpo qilish, ya’ni to’g’ridan- to’g’ri xorijiy xususiy investitsiyalardan foydalanish yo’li bilan hal etish mumkin. Shu munosabat bilan xorijiy investitsiyalarni huquqiy tartibga solish masalalari dolzarblashadi. Aniq, samarador va hayotiy rioya qilinadigan qonunlariga ega bo’lgan ochiq va liberal investitsiya dasturi xorijiy investitsiyalarni jalb etishning qudratli qurolidir. Bunday siyosatni ishlab chiqish respublikaning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolishi kerak.
O’zbekistonda qulay investitsiya muhitini yaratishda investitsiya siyosatining ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari o’rganish va tadqiq qilish natijasida quyidagi ilmiy xulosalar shakllantiriladi:

  • mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. Investitsiya muhiti – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o’rinni egallashini tasdiqlaydi. Shu bois,

O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to’liq aks ettirilishini taqozo etmoqda;

  • O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirishga katta e’tibor qaratilib, investorlarga ko’maklashish va kafolatlar berish uchun ularga investitsiya, soliq tizimida va bojxona to’lovlari sohalarida ma’lum imtiyozlar, sharoitlar va kafolatlar tizimini yanada shakllantirish.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida O’zbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitini shakllantirish, investitsion jozidaborlik va faollikni oshirishni takomillashtirish maqsadida quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:

  • investitsiyalar zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qurollanish, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositasidir. Aynan ichki va xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarish zamonaviy, raqobatdosh tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib boradi. Bu esa, o’z navbatida, yangi ish o’rinlarining tashkil etilishi va mamlakatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning hal bo’lishiga olib keladi;

  • mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. Investitsiya muhiti – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o’rinni egallashini tasdiqlaydi. Shu bois, O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to’liq aks ettirilishini taqozo etmoqda. Shu jihatdan O’zbekiston o’z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda;

  • investitsiya muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bu – bank tizimini takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va naqd bo’lmagan puldagi operatsiyalarni amalga oshirishni yaxshilash, shuningdek, xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlashni yaxshilashdan iboratdir;

  • investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub’ektlarini sug’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo’lida tashkil etiladi. Shuningdek, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning mamlakatimiz barqaror rivojlanishida katta ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etgan holda xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlash va himoyalash maqsadida zarur shart-sharoitlarni yaratishni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq;

  • xorijiy investitsiyalar qo’shma korxonalar tashkil etish, xorijiy investorlarga to’liq tegishli bo’lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatli qog’ozlarni sotib olishi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo’lishda,

erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishda juda katta va muhim ahamiyatga egadir;

  • O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning umumiy yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo’jalik qarorlari majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida mamlakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va joylashuvini belgilaydi.

Shuni yana bir bor qayd etish lozimki, bu boradagi tadbirlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni jahon bozoriga olib chiqish, zamon bilan hamnafas bo’lgan holda korxonalarni modernizatsiya qilib borish, texnik va texnologik jihatdan yangilash va eng asosiysi – qo’shimcha ish o’rinlarini tashkil etgan holda xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirishdan iboratdir.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish