3. Шарҳ ва изоҳларнинг барчаси “Насрий баён” дан кейинга олинса



Download 41,96 Kb.
bet4/7
Sana25.06.2021
Hajmi41,96 Kb.
#100913
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Назора Бекова. 577- 597 g'azal tahlili

Izoh va sharhlar

Bu g’azal “G’aroyib us-sig’ar” devonidan o’rin olgan. G'azal yetti baytli. Mavzu va g'oyaviy yo'nalishi nuqtayi nazaridan oshiqona g'azallar sirasiga kiritish mumkin. Chunki g'azalda oshiqning ma'shuqaga bo'lgan ishqi, muhabbati, sevgisi tarannum etiladi.



Qofiyalanishi: a-a, b-a, d-a, e-a, f-a, g-a, h-a, i-a. Qofiyalanishiga ko’ra oddiy g’azal bo’lib, baytlardagi qofiyalar quyidagilar: toqati, ulfati, ziynati, hasrati, g’aybati, kisvati, surati, shuhrati.

Bu mutlaq qofiya turiga kiradi.

Qofiyadosh so’zlardagi raviy- “t” tovushi.

Radif mavjud emas. G’azaldagi asosiy fikr qofiyaga tushgan.

Ushbu g'azal tuzilishiga ko'ra yakporadir. Boisi, har bir baytning mazmuni o'zidan oldingi va keyingi bayt bilan izchil bog'langan. Matla'da boshlangan mavzu maqtaga qadar davom etgan. Maqtaning birinchi misrasida "Navoiy " taxallusi qo'llanilgan.

Navoiyning “Badoye ul-bidoya” debochasidagi qaydlaridan biri bevosita g’azal poetikasiga daxldor. U yozadi: “…soyir davoninda rasmiy g’azal uslubidinkim shoyedurur, tajovuz qilib, maxsus navlarda so’z arusining jilvasiga namoyish va jamolig’a oroyish bermaydururlar. Va gar ahyonan itmom xil’atin va anjom kisvatin kiydurmaydurlar….Ul jihatdin sa’y qilinadikim, har mazmunda matla voqe bo’lsa, aksar andoq bo’lg’aykim, maqtagacha surat xaysiyatidin muvofiq va ma’ni jonibidin mutobiq tushgay”.

Navoiyning bu tanqidiy mulohazasi juda keng ma’noga ega. Unda g’azalning mohiyati va unga muvofiq uslub bilan aloqador ko’pgina masalalar qamrab olingan. Navoiyning fikricha, g’azal baytlari mantiqan bir-biriga bog’liq bo’lishi kerak. G’azalning ma’nosi va surat bir butun yaxlitlikni tashkil etishi lozim. “So'zi hajring ichra yo'q biryon ko'ngulning toqati” g’azali ham shu talablarga to’laqonli javob bera oladi. Mumtoz adabiyotimizda ma’shuqa husnda qanchalik go’zal bo’lsa, sitamgarlikda ham shunchalik mohir qilib tasvirlanadi. Zero, mana shu to’siqlarni yengib o’ta olgan oshiqqina haqiqiy oshiq maqomiga ko’tariladi.

Navoiyning ushbu g’azali bevosita hijrondan alamzada oshiqning ohu-nolalari bilan boshlanadi. Sevikli yoridan uzoqda bo’lgan oshiqning hajr azobi shunchalik darajaga yetkanki, unga chidashga ko’ngilning bir lahza bo’lsa ham toqati qolmaydi. Navoiy o’z fikrini isbotlash uchun tamsil san’atiga murojaat qiladi. Kuygan el deganda Navoiy baxtiqaro oshiqlarni ham nazarda tutgan. Shunday bo’lsa-da, oshiq ma’shuqasidan aslo voz kechmaydi. Yor hajri uzoq davom etgani sababli bechora ko’ngil qonli yosh to’kadi. Bunda mumtoz adabiyotimizdagi eng ko’p tasvirga olinadigan manba hisoblangan ko’ngil jonlantirilib, tashbeh san’ati yuzaga chiqqan. Ammo nekbin oshiq mana shu qonli yoshlar bilan o’z kulbayi vayronasini bezaydi, ya’ni ma’shuqa yodida to’kilgan ko’z yoshlar ham u uchun zeb-ziynat misoli qadrli. Ikkinchi baytning ikkinchi misrasida esa tamsil san’ati asosida hayotdan misol keltirilgan: bulbul oshiyoni uchun gul bargi ziynat bo’lganidek, oshiqning qonli ko’z yoshlari uning uyi uchun bezak singaridir. Tamsil san’ati asosida Navoiy tashbeh san’atida ham unumli foydalangan. Bunda gul bargi qonli ko’z yoshlarga, oshiq esa bulbulga o’xshatilgan.

Shoir baytdan baytga o’tar ekan, tadrij san’ati vositasida yor hajri nafaqat, oshiqni, balki quyoshni ham o’rtayotganligini tasvirlaydi. Quyosh butun olamni yoritadi. Ammo ma’shuqa hijronida u ham kul ichida qolgan uchqunga qiyos qilinadi. Mazkur baytdan boshlab g’azaldagi ilohiy-irfoniy ma’nolar yorqinroq nazarga tashlanadi. Quyosh tasavvufda ilohiy vahdat ziyosi, pir-u murshid qalbi, mutlaq Ruhning manbayi ma'nosida qo'llanadi. Ma’shuqa timsolida esa butun olamlar xojasi bo’lgan Alloh nazarda tutiladi. Allohning betakror qalamidan yaratilgan quyosh ham ayriliqda Allohga talpinadi. Shoir uchinchi baytda tamsil, tanosub, istiora san’atlaridan unumli foydalangan.

Lablar, ko’pincha, qimmatbaho bo’lgan la’l toshiga qiyoslanadi. G’azalda yorning lablari ana shu toshga o’xshatilgan. Oshiq yor lablari ustidagi mayin tuklarning ko’rinmasligidan ajablanmaydi. Zero, Xizr ham tiriklik suvini ichgandan so'ng g'oyib bo'lgan. Bunda lab ustidagi mayin tuklar Xizrga o’xshatilgan. Xizr- mumtoz adabiyotda "obi hayvon"-abadiy tiriklik suvini ichgan, hamma voqeadan, hamma ahvoldan, hamma kechinmalardan xabardor, narsalar xosiyati va qonuniyatini oldindan biladigan obraz sifatida tasvirlanadi. Xudo unga o‘z bilimini tuhfa etgan, degan qarash ham mavjud. Rivoyatlarda keltirilishicha, Xizr obi hayot — tiriklik suvini topib ichgan va g’oyib bo’lgan. Ma’shuqaning labi tiriklik suviga o’xshatilgan. Lablar ustida joylashgan xatning tiriklik suvidan ichishi tabiiy holdir. Shu sabali ham oshiq xatning g’oyib bo’lganiga ajablanmaydi.

Bundan tashqari, Navoiy she'riyatida Xizr obrazi abadiy mangulik ramzi, hayot va ishq timsoli, rahnamo, pir, darveshlik va ruhiy hurlik namunasi sifatida eng ko'p qo'llanilgan obrazlardan biri hisoblanadi.To’rtinchi baytda tamsil, talmeh va istiora san’atlaridan unumli foydalanilgan.

Ma’shuqa dardida bechora ko’ngil va xarob bo’lgan jism gadolar kabi telbavor yurishadi. Ularning kiyimi esa odamlar sadaqa qilgan chaqa-tangalardan to’la. Bu baytda shoir oshiqning ruhiy kechinmalari, iztiroblarini qalamga olgan.

O’z yoridan shuncha jabr-u sitamni ko’rgan oshiq o’z mahbubasidan voz kechmaydi, balki Yaratganga peshonasiga shu inson bitilgan bo’lsa, boshqa hech kimning keragi yo’q, deb iltijo qiladi. Chunki Musavvir Alloh taaloning 99 muborak ismlaridan biri hisoblanadi. O’z va’dasiga vafodor haqiqiy oshiqqina har qanday sharoitda ham o’z ahdiga sodiq qola oladi. Navoiy nido (ey musavvir) va istiora (ishqim daftari) san'atlari vositasida o'zining qarashlarini badiiy suratda ifodalagan.

Maqtada Navoiyning baxtsiz muhabbati tilga olib, uning yor ko’yida qanchalik zor-u sargardon ekanligini tilga oladi. Uning shuhrati qanchalar yuksak bo’lsa ham ishqda shunchalik baxtsiz. Oshiqni shon-u shavkat, mol-u dunyo hech qachon saodatmand qilolmaydi. U uchun yor visoli haqiqiy davlat. Shuning uchun ham Navoiy mazkur g’azalda o’z poetik va g’oyaviy qarashlarini mujassam etgan.




Download 41,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish