3. Tishli uzatmalarning texnika ishlatilish sohalari



Download 22,4 Kb.
Sana03.12.2022
Hajmi22,4 Kb.
#877780
Bog'liq
3-reja Tishli uzatma


3.Tishli uzatmalarning texnika ishlatilish sohalari
Tishli uztmalarning asosiy avzalliklari quyidagilaridan iborat; yuklanish qobilyatining yuqoriligi va tashqi o’lchamlarining kichikligi, katta umurboqiylikka va ishonchlilikka egaligi, yuqori foydali ish koeffitsienti (0,97-0,98 gacha), sirpanishning mavjud emasligi hisobiga uzatishlar nisbatining doimiyligi, keng tezlik (150 m/s gacha), quvvat (o’ngminglab kVt) va uzatishlar nisbati (bir necha yuz hatto ming) oraliqda qo’llash imkoniyati, xizmat ko’rsatishning oddiyligi, val va uning tayanchlariga tushadigan kuchlanishlarning nisbatan kichkligi. Tishli uzatmalarning kamchiliklari qatoriga ularni tayyorlash aniqligiga qo’yiladigan talablarlarni, katta tezliklarda shovqin bilan ishlashini (shovqin tish qadamini va ularning profilini tayyorlashdagi xatoliklar hamda ilashishdagi va podshipnik tayanchlarining o’zgaruvchan bikirligi tufayli hosil bo’ladi) kiritish mumkin, yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklar tishli uzatmalarning avzalliklarini kamaytirmaydi.
Shuning uchun ular mashinasozlik va asbobsozlikning turli sohalarida kengroq tarqalgan. Sanab o’tilgan tishli uzatmalardan silindrsimon tishli uzatmalar tayyorlanishining oddiyligi, ishlatilishdagi qulayligi, ishonchli ishlashi va kichik gabarit o’lchamlariga egaligi uchun ko’plab ishlatiladi. Konnusimon va vintaviy uzatmalar esa mashinaning tuzilishiga qo’yiladigan shartlarni qoniqtirish uchungina qo’llaniladi. Bilamizki avtomabil yaratilishida tishli uzatmalarning o’rni juda ham katta. Tishli uzatmalar avtomobilning dvigatelidan tortib oyna ko’tarishgacha bo’lgan jarayonda ishtirok etadi. Tishli uzatmalarning asosiy avzalliklari bu yuqori chidamlik, uzoq vaqt xizmat qilishi hamda katta yuklamalarga bardosh berishi.
Tishli uzatmalarning kamchiliklari deyarli yo’q, lekin avtomabilarda tishlarning yeyilishi kuzatilib turiladi. Vaqti-vaqti bilan moylab turish orqali hizmat muddatini cho’zish mumkin. Avtomabil transmisiyasida asosiy vazifani tishli uzatmalar bajaradi.
Tishli uzatmaning turi uning bajaradigan vazifasi, yuklanish xususiyati va ishlash sharoitiga qarab qabul qilinadi. Sikloida profilli tishlar sekin yurar va kam yuklangan uzatmalarda; Novikov tipidagi tishlar katta quvvatlarni uzatishda, qolgan xollarda esa evolventali tishlar ishlatiladi.
Aylana tezlik u < 5 m/s bo‘lganda to‘g‘ri tishli, u > 5 m/c da qiya tishli, og‘ir yuklangan uzatmalarda esa shevron tishli g‘ildiraklar ishlatiladi. Tashqi ilashishli uzatmalar harakat yo‘nalishini teskarilatish zarur bo‘lganda, ichki ilashish esa yo‘nalishni bir xil saqlash uchun qo‘llaniladi. Mashinaning konstruksiyasi imkon berganda uzatmalarni har doim yopiq yoki yarim yopiq korpusga moylanadigan qilib joylashtirish zarur. Planetar uzatmalar pog‘analar sonini ko‘paytirmasdan ancha katta yoki kichik uzatish nisbatlarini olish, hamda harakatni bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda uzatish imkonini beradi. Biroq bu uzatmalar nisbatan yuqori aniqligda tayyorlash va yig‘ishni talab qiladi, hamda ularni yig‘ish uchun ko‘proq vaqt sarflanadi.
Bu xil uzatmalar boshqa xil uzatmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: uzatmaning tezligi 150 m/s gacha bo'lib, uzatiladigan quvvat 50000 kVt gacha yetishi mumkin; tashqi oMchamlari bir muncha kichik; tayanchlarga tushadigan kuch nisbatan kichik, FIK qiymati yuqori 0,97-0,98; uzatish soniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi sirpanish hodisasi boim aydi; ishda ishonchli, chidamligi katta; uzatma g‘ildiraklarini har xil metall, metallmas materiallardan tayyorlash mumkin. Bir pog‘onada uzatish sonining qiymati chegaralangan bo’lib umax-12,5 gacha bo‘lishi mumkinligi, tayyorlashi nisbatan murakkabligi; katta tezlik bilan ishlavotganda shovqin chiqarish; yuqori aniqlikdagi tishli g‘ildiraklarni tayyorlashning qiyinligi mazkur uzatmaning kamchiligi hisoblanadi. Ko‘rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan mashinasozlik va asbobsozlik sanoatida asosan tishli uzatmalar ishlatiladi. Yuqorida qayd etilgan uzatmalardan eng ko‘p tarqalgani to‘g‘ri va qiya tishli silindrsimon uzatmalar, chunki bu uzatmalar ishda ishonchli, tashqi o‘lchamlari kichik, tayyorlash nisbatan yengil. Ishlash jarayonida harakatning yo'nalishini o‘zgartirish zarur bo‘lgan hollarda konussimon, chervyakli uzatmalar ishlatiladi
Tishli uzatm aning geom etrik o‘lcham larini ixcham lashtirish m aqsadida tishlar sonini kam aytirishga harakat qilinadi. T ishlar sonining kam ayishi esa qoplanish koeffitsiyentini kam ayishiga, bu esa o‘z navbatida, tish mustahkam ligining pasayishiga olib keladi. Odatda, bu qiymat quyidagicha bo’liadi. Z mjn=17.
Tishlar, asosan, to'rt xil usul bilan tayyorlanadi: quym a usul; qizdirib yumalatib tayyorlash, kesish yo'li va qizdirib chiniqtirish. Shulardan eng ko‘p tarqalgan usul kesish usulidir. Hozirgi vaqtda tishli g'ildiraklar, asosan, po'lat, cho‘yan va plastmassalardan tayyorlanadi. Tishli g‘ildiraklarning katta quvvatli mashinalarda ishlatilishi va o‘lchamlarini kichraytirish talab etilganligi uchun ularni ko'pi har xil po‘latlardan, masalan 40, 45, 50, 40XN, 4XN , 50G, 30XGS va boshqa markali po‘latlardan tayyorlanadi. Zarb bilan ta’sir etadigan va yo‘nalishi yoki tezligi o ‘zgarib turadigan kuch ta’sirida ishlaydigan uzatm alarning g'ildiraklari 15X, 20X, 12XN3A, 18XGT, 20X2N4A markali po‘latlardan tayyorlangani ma’qul.
Tishlar sirtining yemirilishi deganda quyidagilarni tushunish lozim:
a) charchash oqibatida uvalanib ketishi;
b) abraziv muhitda va oddiy ishqalanish sharoitida yemirilishi;
d) katta zo‘riqish bilan ishlayotgan uzatmalarda bir g‘ildirak tishi sirtining yulinib, ikkinchi tishi sirtiga yopilib qolish hollari;
e) elastik deform atsiya oqibatida siljishi;.
f)termik ishlangan tishlar sirtqi q attiq qatlam ining ko‘chib ketish
Yuqorida ko‘rsatilgan yeyilishlarning oldini olish uchun tishlarning quyidagi hisobini o‘tqazishga to‘g‘ri keladi:
1) urinish chidamligiga;
2 ) egilish chidamligiga;
3) statik m ustahkam ligiga;
4) tish yuzasining statik m ustahkam ligiga;
5) yeyilishga;
6) yemirilishga.
Konussimon tishli uzatmalarda o’qlari o’zaro burchak ostida joylashgan bo’lib, ko’pincha bu burchaklar Σ=90° teng bo’ladi. Bu uzatmalarni silindrsimon uzatmalarga nisbatan tayyorlash qiyin, g’ildirak tishini kesish uchun maxsus stanoklar ishlatiladi bunda g’ildirak tishlari to’g’ri, qiya, aylanasimon shaklda bo’lishi mumkin.
Konussimon uzatmalarda val o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchning qiymatini nisbatan kattaligi, ilashishida tishlarga ta’sir etuvchi kuchlarning notekis taksimlanishi natijasida kushimcha dinamik kuchlarning xosil bo’lishi bu uzatmalarning asosiy kamchiligidir. Biroq mashinalarda kesishgan vallar ishlatish zaruriyati tug’iladi, shuning uchun yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklar bo’lishiga qaramay, konussison tishli g’ildiraklardan keng ko’lamda foydalaniladi.
G’ildirak tishlarining qiyalik burchagi aylanasimon tishli g’ildiraklar uchun βm=350tangensial tishli g’ildiraklar uchun 200-30° olish tavsiya etiladi. Bunda qanchalik burchak qiymati katta bo’lsa uzatma shunchalik tekis va ravon ishlaydi, biroq bo’ylama kuchning qiymati ham oshadi.
Xalq xo’jaligida asosan silindrsimon chervyakli uzatmalar ishlatiladi. Bu uzatmalarda o’qlararo masofa α uzatmaning moduli m hamda uzatish soni u ning qiymatlari GOST standartlashgan.


Download 22,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish