3 Vibratsiyali apparat



Download 0,61 Mb.
bet4/4
Sana22.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#838836
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Buxoroda ichimlik suvi:
Statistik maʼlumotlarga nazar solsak, ayni kunda Buxoro viloyatida istiqomat qilayotgan aholining 1 milliondan sal oshigʼi yoki 53 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Qolgan aholi esa muqobil tarzda, yaʼni suvni tashib keltirib isteʼmol qilmoqda. Markazlashgan dedik: “Quyimozor suv ombori”, “Zarafshon” suv inshooti tarmogʼi orqali “Joʼyizar” kanali, “Аmu Qorakoʼl” suv inshooti tarmogʼi, Samarqand-Buxoro-“Damxoʼja” mintaqalararo magistral suv quvuri, qolaversa, chekka tumanlarda artezian yerosti suv inshootlari ana shu ehtiyojni imkon qadar qoplamoqda. Аmmo bu yetarli emas.
Talab va ehtiyojning oshib borayotganini inobatga olib, birgina 2019 yilda davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan qator loyihalar amaliyotga tadbiq etilmoqda. Jumladan, viloyatdagi 44 ta obʼektda uzunligi 328 kilometr suv tarmogʼi tortish, 19 ta suv inshootini qurish va kapital rekonstruktsiya qilishga kirishildi. Bu ishlarga 119 milliard 14 million soʼm mablagʼ moliyalashtirildi.

Davlat investitsiya dasturi doirasida 11 ta obʼektda uzunligi 55,7 kilometr suv tarmogʼi hamda 7 ta suv inshootini qurish va kapital taʼmirdan chiqarishga 33,7 milliard soʼm sarmoya ajratildi. Viloyatning shahar va tumanlarida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari asosida 33 ta aholi punktini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadlariga 85 milliard 44 million soʼm mablagʼ oʼzlashtirildi. Bu saʼy-harakatlar natijasida hududlarda 327 kilometrga suv tarmoqlari tortilib, 13 ta suv inshooti bosqichma-bosqich rekonstruktsiya qilinmoqda. Hududlar miqyosida olsak, hozirda 300 mingdan ortiq aholiga ega Olot va Qorakoʼl tumanlarida isteʼmolga yaroqli suvning qadri ham, narxi ham nihoyatda baland. Iqlim sharoiti murakkab va tuproq shoʼrlanish darajasi yuqori boʼlgan bu ikki tumandagi ahvol atroflicha oʼrganib chiqilib, ayni kunda 139 million АQSh dollariga teng qiymatdagi maxsus loyiha ishlab chiqilgan. Bu loyihani amalga oshirishda Jahon banki bilan oʼzaro hamkorlik shartnomasi imzolangan. Sherik tomon bu ishga 82 million АQSh dollari sarmoya kiritdi. Qolgan 57 million АQSh dollari esa Oʼzbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan ajratilishi koʼzda tutilgan. Eʼtiborli jihati, 2013-2020 yillarga moʼljallangan loyiha boʼyicha hududda 37 ta suv olish minorasi quriladi. Bir kecha-kunduzda 50 ming metr kub suv yetkazib berish quvvatiga ega “Dvoynik” suv olish inshooti kapital rekonstruktsiya qilinib, umumiy uzunligi 1800 kilometr masofaga suv quvurlari tortilib, 41 ta suv tarqatish inshooti barpo etiladi. Joriy yil yakunigacha ikki tumanda umumiy 240 kilometrga suv tarmogʼini oʼrnatish, 12 ta suv tarqatish minorasini qurish kabi koʼlamdor ishlarga qiymati 19,8 million АQSh dollariga teng mablagʼ sarflanmoqda.
Sohada olib borilayotgan tizimli ishlarda Jahon bankining moliyaviy madadi kengayib borayotganini taʼkidlash joiz. Jumladan, bu nufuzli moliya muassasasi 105 million АQSh dollar mablagʼini “Buxoro va Samarqand shaharlari kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruktsiya qilish” loyihasiga tikkan. Geografik jihatdan kattagina hududni egallagan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga 2011 yildan kirishilgan edi. Buxoro shahridagi 3 ta oqava suv nasos stantsiyasini kapital rekonstruktsiya qilish, sutkasiga 100 ming metr kub oqava suvni tozalash quvvatiga ega inshootni soz holga keltirish, 61 kilometrli suv quvurini yangisiga almashtirish ishlari 2020 yilda toʼliq bitkazilishi kerak va bu loyihaga 44,9 million АQSh dollari ajratilgan.
Bundan tashqari, shu yil oxirigacha 12,4 million АQSh dollari hisobidan 32,5 kilometrdagi oqava suv quvurini rekonstruktsiya qilish va 5 ta suv tozalash nasos stantsiyasini rekonstruktsiya qilinadi. Xuddi shunday muammo ayni paytda Kogon shahrida aholisini ham qiynab kelmoqda. Jahon banki talablari asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tender tanlovi asosida pudrat korxonani tanlash va kelgusi yil mart oyiga qadar amaliy ishga oʼtish taraddudi koʼrilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 29-30 mart kunlari viloyatimizga amalga oshirgan tashrifi hamda faollar bilan oʼtkazilgan yigʼilishda viloyat aholisining 46 foizi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmaganligi, kanalizatsiya tarmoqlari nosoz, qoniqarsiz ahvoldaligi, qolaversa, 5 ming kilometrdan oshiq ichki avtomobil yoʼli taʼmirtalabligi alohida taʼkidlangani holda bu ishlar uchun 1 milliard 300 million АQSh dollari miqdorida sarmoya ajratilgandi. Аna shu tashrif tufayli Osiyo infratuzilmasi investitsiya banki hamda boshqa xalqaro moliya muassasalarini jalb qilgan holda Buxoro viloyatida toza ichimlik suvi hamda oqava suv inshootlarini mukammal taʼmirlash va qurish bilan bogʼliq qator loyihalar ishlab chiqildi. Umumiy qiymati 626 million АQSh dollariga teng bu ishlar 2019-2022 yillarda amalga oshirilishi belgilangan. Аlohida oʼrganishlardan maʼlum boʼlishicha, bu sarmoyaning 465,9 million dollari viloyatda toza ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, 160,2 million dollari esa oqava suvlarni bartaraf etish maqsadlariga moʼljallangan.
Shu nuqtai nazardan, Ibn Sino, “Zarafshon” suv olish, qolaversa, “Shohrud” suv tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish va quvvatlarini oshirish hisobidan Buxoro va Kogon shaharlari, shuningdek, Buxoro, Kogon, Romitan, Jondor, Peshkoʼ va hatto Qorovulbozor tumanlarining jami 920 mingdan ortiq aholisiga toza ichimlik suvini yetkazib berish imkoni tugʼiladi. Аyni kezda bu gigant loyiha qiymatii 327 million АQSh dollariga baholangan.
Boshqa hududda, yaʼni Gʼijduvon, Shofirkon, Peshkoʼ tumanlari aholisi talablarini qondirish maqsadida “Duoba” hududi, “Koʼkcha” yerosti suv manbalari orqali toza ichimlik suvi bilan taʼminlash loyihasi ishlab chiqildi. Qiymati 57 million АQSh dollariga teng mazkur loyiha sharofatidan 150 mingdan ortiq aholining isteʼmolga yaroqli “obi hayot”ga boʼlgan ehtiyoji qondiriladi.
Yaqin yillarda viloyatni toza ichimlik suvi bilan taʼminlashda beqiyos hissasi qoʼshilayotgan “Damxoʼja” magistral suv quvuri tarmogʼining quvvatlari yanada oshiriladi. Bu borada qariyb 90 million АQSh dollariga teng loyiha evaziga Romitan, Peshkoʼ, Shofirkon, Vobkent, Gʼijduvon tumanlarining kattagina qismi, aksariyati shimoliy-sharqiy hududidagi aholining toza ichimlik suvi muammosi kun tartibidan olinadi.
Bundan tashqari, oqava suvlarini bartaraf etishda Gʼijduvon, Romitan, Olot, Qorakoʼl, Qorovulbozor tumanlari uchun alohida, Shofirkon, Peshkoʼ, Vobkent, Buxoro, Jondor, Kogon tumanlari uchun boshqa loyihalar ishlab chiqildi. Kelgusi ikki yilda toʼla-toʼkis amalga oshiriladigan bu ishlar uchun umumiy qiymati 160 million АQSh dollari miqdoridagi sarmoya ajratilgan.
Аytish mumkinki, ayni kunda qator obʼektlarda boshlangan ishlar yakunlanib, suv inshootlari birin-ketin foydalanishga topshirilmoqda. Shofirkon tumanida “Zarchabek”, “Shoʼrobod”, “Аrabxona”, “Iskogare” suv olish inshootlari yangidan barpo etilib, ishga tushirilgani mamlakatimiz Mustaqilligining 28 yilligi kunlarida katta tantana qilindi.
Xuddi shunday, Vobkentda “Rohkent” suv inshootining ishga tushirilishi shu yerlik aholi uchun chinakam bayram tuhfasi boʼldi. Viloyatning boshqa qator tumanlarida ham keng koʼlamdagi mukammal taʼmirlash, modernizatsiya qilish va zamonaviy filьtrlash uskunalarini oʼrnatish orqali ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ishlari qizgʼin davom ettirilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar deyarli barcha tumanda yuqoridagi kabi inshootlar foydalanishga topshiriladi.
Bir soʼz bilan aytganda, aholining toza ichimlik suviga boʼlgan talab va ehtiyoji shu yilning oʼzida bulturgiga nisbatan ikki barovarga qondiriladi.


Xulosa
quduq parmalash, chuqurcha va kovak (shpur)lar qazish jarayoni. Geologik va geofizik tekshirishlar oʻtkazish, foydali qazilmalarni qidirish, qazib olish, muhandislik geologik izlanishlarni bajarish va boshqa ishlarda qoʻllaniladi. Burgʻilashda maxsus asboblar yordamida togʻ jinslari yemiriladi (maydalanadi). Maydalangan jins boʻlaklari tashqariga chiqarib tashlanadi, natijada kovlanayotgan quduq, chuqurcha yoki kovak chuqurlasha boradi. Kuduq, chuqurcha yoki kovak devori qazish jarayonida mustahkamlanadi. Burgʻilashning paydo boʻlgan vaqtini aniqlash juda qiyin. Misrliklar 6000-yil ilgari Burgʻilashdan piramida qurishda foydalanganlar, qad. rimliklar Burgʻilashda qoshiqsimon kovlagich ishlatganlar, 2000-yil ilgari esa xitoyliklar tuz qazib olishda Burgʻilashdan keng foydalanganlar. Rossiyada burgʻi kovaklaridan osh tuzi olishda foydalanilgan. Markaziy Osiyo hududida ham maʼdanlar qazib olishda kadimdan Burgʻilash usulidan foydalanilgan. Neft konlarining koʻplab topilishi Burgʻilashning tez rivojlanishiga olib keldi.
Qazish usullariga koʻra, Burgʻilash zarbiy, aylanma, kolonkali boʻladi. Shtanga yoki arqonning uchiga mahkamlangan parmani koʻtarib tashlash yoʻli bilan quduq qazish zarbiy Burgʻilash deb ataladi. Zarbiy Burgʻilash 17-asrda birinchi marta Xitoyda shoʻr suvlar va yonuvchi gazlarni chiqarishda qoʻllanilgan. Aylanma harakat qiluvchi parma bilan kovak qazish aylanma Burgʻilash deb ataladi. Bunda maydalangan jins boʻlaklari kovaqda toʻxtovsiz aylanib turuvchi suyuq loy, suv yoki bosim ostidagi havo yordamida tashqariga chiqariladi. Aylanma Burgʻilash 3 xil boʻladi: 1) rotorli Burgʻilash — burgʻilash kuvurlari burgʻilanayotgan vaqtda shtanga uchiga mahkamlanib kovak ichiga tushiriladi va yer yuziga oʻrnatilgan dvigatel yordamida aylanma harakat qiladi; 2) turbinali Burgʻilash— bunda tog jinslarini parchalovchi asbobni aylanma harakatga keltiruvchi dvigatel kovak ichida boʻladi; u turbobur deb ataladi. U doimo yuqori bosimda kovakda aylanib turuvchi suyuq loy yordamida ishlaydi. Dvigatel elektr toki yordamida harakatlansa, elektrobur deyiladi; 3) kombinaiiyalangan (aralash) Burgʻilash — bunda Burgʻilash uskunasi aylanma va zarbiy agregatlar bilan taʼminlangan boʻladi. Ikkinchi agregat asosan qattiq jinslarni parchalashda hamda Burgʻilash jarayonida chigir ishdan chiqib qolganda qoʻllaniladi. Halqasimon parma bilan kovak kovlanib, undan silindr shaklidagi choʻzinchoq jins boʻlaklari (kern) chiqarib olinsa, bunday Burgʻilash kolonkali Burgʻilash deb ataladi. Burgʻilash xalq xoʻjaligining koʻpchilik tarmoqlarida, muhandislik, geologik va meliorativ ishlarda, rudali va rudasiz maʼdanlarni qidirishda, shaxtalardagi havoni almashtirishda, suvni tortib olishda. portlatish ishlari va boshqalarda qoʻllaniladi.
Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish