“3/3” (4/4 5/5…) metodi



Download 161,5 Kb.
bet1/3
Sana22.07.2022
Hajmi161,5 Kb.
#837404
  1   2   3
Bog'liq
Nemis tilini o`qitish,,



Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………6
I-bob.Nemis tilini o`qitishning maqsad va usullari (metodlar)…………..11

    1. Nemis tilini o`qitishning maqsadlari………………………………….11

    2. Nemis tilini o`qitishda metodlarning ahamiyati……………………….13

II- bob …………………………………………………………. …………22
2.1.O`qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar………………….22
2.2 Pedagogik texnologiyalar haqida olimlarning qarashlari………………31
Xulosa ……………………………………………………………………..34
Foydanilgan adabiyotlar………………………. …………………………..37

Mavzuning dolzarbligi.


Chet tili darsligida og`zaki nutqni o`stirish mavzusida ko`pgina olimlar o`zlarining qimmatli fikrlarini bildirganlar.
Og`zaki nutqni o`rgatish bahsli muammoli hususiyatlardan biri sifatida o`quvchilarning amaliy bilish faoliyatida markaziy o`rinni egallaydigan muhim lissoniy vosita bo`lib xizmat qiladi. Umumiy tilshunoslikda fikrni og`zaki bayon etish, kabi nutq faoliyatini o`rganish mavzuning dolzarbligi hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari.
Tadqiqotninng maqsadi o`quvchilar til o`rganishda og`zaki nutqning asosiy turi bo`lgan dialogik va monologik nutqni o`stirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifasi esa ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagilar vazifa qilib belgilanadi. Hozirda tilshunoslikda og`zaki nutni o`rgatish metodikasida avval aytib o`tilgandan, til materiallarini tanlash va taqsimlash masalasi muhim o`rinni egallaydi.
- Og`zaki nutqni o`quvchilarda o`stirish ularni ko`pgina olimlarning fikrlari bilan qiyoslash ular haqida keng mulohaza qilishdir.
- Bunda asosan L.B Shcherba, I.V Rahmonov, Ch.Friz kabi olimlarning o`quvchilarda nutq madaniyatini o`stirish ularning nutqini keng ko`lamda rivojlantirishda ijodiy yondashishi.
- O`quvchilarning asosan nutqini keng ma`noda o`stirish tilni o`ganish ularning til tizimidagi o`nini kengroq yoritib berishdan iborat.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Mazkur tadqiqotning ilmiy nazariy xulosalari o`zbek tili tarixida hozirgi o`zbek tili, o`zbek tilining nazariy grammatikasi fanlari uchun ilmiy qimmatga ega bo`lib ulardan “O`zbek tili tarixi” , O`zbek tilining nazariy grammatikasi” fanlardan darslik va qo`llanmalar yaratishda shuningdan o`quvchilarga nutq madaniyatini o`stirish shu bilan birga o`zbek tilida amaliy grammatikadagi og`zaki nutqni o`rganishda muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot xulosalari nafaqat o`zbek tili nazariy grammatikasi uchun shuningdek umumiy tilshunoslik uchun ham nutqni o`rganishda alohida ilmiy va amaliy ahamiyat taqozo etadi, yani qardosh va noqardosh tillarda mazkur masala bo`yicha o`xshash va farqli jihatlarni belgilashda muhim o`rin tutadi.
Tadqiqotning predmeti.O`quv predmetining mazkur gruppasi shu bilan xarakterlanadiki ularning asosini muayyan umuminsoniy faoliyat praktikasi tashkil etadi, mahorat va malakasini shakllantirish esa o`qitishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, shu predmetlarni amaliy malakaga odatlantirishdan iboratdir. Ammo o`quv predmetlarining xususiyatlari bular bilan aniqlanmaydi. Madomiki chet tilini o`qitishdan asosiy maqsad o`quvchilarga tilni amaliy o`rgatishdan asosiy maqsad o`quvchilarga fe`lni amaliy o`rgatishdan iborat ekan, unda chet tilini ham shu gruppadagi predmetlar qatoriga qo`shish mumkin bo`ladi. Biroq bu bilan nemis tilining o`ziga xos xususiyatlarini to`la aniqlab bo`lmaydi. Chunki predmetlarni gruppasida xususiyatiga ko`ra har xil mutlaqo o`zgacha mahorat va malaka hosil qiluvchi predmetlar birlashtiriladi. Muamoning o`rganilganlik darajasi.
Tilshunoslikda jumladan o`zbek tilida og`zaki nutqni o`stirish bo`yicha ko`pgina ilmiy izlanishlar tadqiqotlar olib borilgan. Tilshunoslikda yangi tadqiqot metodlari ishtirokchilarga ko`ra tahlil, distiributiv tahlil, transformatsion tahlil metodlarning taraqqiy etishi bu masalani muvafaqiyatli hal etish uchun bazi shart – sharoitlarni yaratdi.
Palmer o`zining boy tajribalariga asoslanib almashtiriladigan tablissalar sestemasini ishlab chiqdi va u F.G. French tomonidan tasdiqlangan. Ch. Friz til tuzilishi asosida nutq birligini M.I. Byatyutnev gaplarida bazi modellarini aniqlagan I.I. Bim keltirilgan mezonlar asosida 23 ta nutq namunasini ajratadi. F.F. Furtunov bunda umumiy ta`lim berish maqsadini ham ko`zda tutdi, bu predmetni har birini o`qitishda mahorat va malakalar ustunligi haqida gapirishlarini unutmaslik kerak.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
O`quvchilarga og`zaki nutqni o`rgatish ularning madaniyatini o`stirish. O`quvchilar birinchi maktabga kelganida birinchi o`rinda salomlashish odobni o`rgatish. O`quvchi bolalarga o`z nutqini, fikrini yetkaza olish tadqiqotning ilmiy yangiligi hisoblanadi. Mana shularni o`rganish ularning ma`no turlarini tadqiqotning markaziy xususiyati bo`lib bu borada bildirilgan fikrlarga mulohazalarga izoh qilish ilmiy tadqiqotning ilmiy yangiligi hisoblanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Mazkur tadqiqotning hozirgi nemis adabiy tilining nazariy fanlari uchun ilmiy qiymatga ega. Hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda prezidentimiz I. A. Karimovning “O`zbekiston buyuk kelajak sari” asari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga chet tillarini, jumladan nemis tilini o`qitishda pedagogik texnologiyalarni qo`llab, o`rgatish amaliy ahamiyat kasb etadi.
Ishimizdan o`quv qo`llanmalar tuzishda ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari nemis tili o`rganuvchi o`zbek talabalari uchun ham grammatika, leksika va tarjima darslarida misollardan foydalanish qo`l keladi. Talabalar ilmiy tadqiqot ishlarida ham foydalanishlari mumkin.
Tadqiqot natijalarni amalda qo`llash bo`yicha tavsiyalar.
1. Tadqiqot natijasida olingan nazariy xulosalar chet tillarni, jumladan nemis tilini o`qitishda ilg`or pedagogik texnologiyalar maqsadli qo`llanishda asosiy manbaa bo`lib xizmat qilishi mumkin.
2. Ta`lim jarayonida, umuman chet tillarini o`qitishda kurs ishidan “Chet tilini o`qitish metodikasi” fanidan kurs ishlari, referatlar, shuningdek mustaqil ishlarni bajarishda foydalanish mumkin.

Kirish
Mamlakatimiz mustaqilligining tarixan qisqa 21 – yilligi arafasida istiqlol yillarida qo`lga kiritilgan ulkan bunyodkorlik ishlariga bir nazar tashlagan kishi mamlakatimizning qiyofasi butunlay o`zgarib, jahon hamjamiyatidagi o`rni va nufuzi yuksalib borayotganini his qilishi qiyin emas. Yurtboshimiz I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo`shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” nomli ma`ruzasida ta`kidlab o`tganidek, bunday o`lkan islohotlar natijasida “…O`zbekiston ham rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirdi, mamlakatda iqtisodiyotning barqaror o`sishi ta`minlandi, odamlarning turmush tarzi yaxshilandi, davlatimiz jahon hamjamiyatida munosib o`rin egalladi. Buning tasdig`i sifatida mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan, qat`iy va izchil tus olgani, odamlarimizning siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib, yon-atrofda bo`layotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg`usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida ko`rish, anglash qiyin emas”


Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish