37-variant topshiriq



Download 15,9 Mb.
Sana21.01.2022
Hajmi15,9 Mb.
#397691
TuriПрезентация
Bog'liq
Axborot texnologiyalari

37-VARIANT



1.Topshiriq


Quyidagi savollarga javob bering.

1.Мультимедиа воситалари.

2.Elektron jadval va uning turlari.

3.Rastrli grafika.


2.Topshiriq


MS Power Point yoki Prezi dasturlarida quyidagi mavzular asosida kamida 10 varoqlik slayt(Презентация) tuzing tuzilgan prezintatsiyani elektron nusxasini ilova qiling

1.Информатика фани, унинг предмети, вазифалари

2. Электрон почта.

3.Интернет тармоги ва унинг ахамияти



3.Topshiriq

Mutaxasislik faningiz bo’yicha biror bir mavzu bo’yicha AKTni qo’llagan holda dars ishlanmasini yarating.



Javoblar

1.Topshiriq

Multimedia vositalari (multimedia – ko‘pvositalilik) – bu insonga o‘zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo‘lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.

Multimedia-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi:

1.Axborotning xilma-xil turlari: ananaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompakt disklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;

2.Muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va video signallar faqat vaqtning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni o‘zlatirish shinasining o‘tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig‘imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter, kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi.”Inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladi, mazkur holat ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.

Multimedia (multi – ko‘p, media – muhit) – bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo‘lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko‘rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi.

Multimedia – bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interfaol dasturiy ta’minot ostida boshqariladigan video va audio effektlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘lib, matn, tovush, grafika, foto, videoni birlashtiradi. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo‘lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar). Multimedia tushunchasi 1988 yilda Yangi texnologiyalarni amaliyotda tadbiq etish va ulardan foydalanish muammolari bilan shug‘ullanadigan yirik Yevropa Komissiyasi tomonidan shakllantirilgan.1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush «MEMEX» nomli xotirani tashkil kilish kontseptsiyasini taklif qilgan, bu esa multimedia texnologiyalarini rivojlanishining g‘oyaviy sababi bo‘ldi. Bu g‘oyaga ko‘ra, axborot qidirish jarayoni formal belgilar, yahni nomerlar, indekslar yoki alfavit tartibi bo‘yicha emas, balki axborotning mazmuniga qarab amalga oshiriladi. Bu g‘oyalar keyinchalik kompyuterda amalga oshirilganda gippermatn tizimlari, yahni matnli ma’lumotlar kombinatsiyalari bilan ishlash tizimini paydo bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik esa gipermedia tizimlarining (grafika, tovush, video va animatsiya bilan birgalikda ishlash tizimlari) rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. Gippermatn va gipermedia tizimlarining birgalikdagi rivojlanishi multimedia yo‘nalishining kelib chiqishiga olib keldi. Shunday qilib multimedia o‘z ichiga gippermatn va gipermedia tizimlarini qamrab oladigan fan.1980 - yillar oxirida multimedia texnologiyalariga qiziqish mashhur amerikalik kompyuter mutaxassisi biznesmen Bill Geytsning nomi bilan bog‘liq. U («National Art Gallery. London») nomli dasturiy mahsulotni yaratgan. Bu multimedia dasturida muzeyning ma’lumot omborlaridan foydalanilgan. Bunda turli muhitlardan - tasvir, tovush, animatsiya, gippermatn tizimi namoyon qilingan.

Multimedia dasturi o‘z ichiga multimedianing uchta asosiy tamoyilini qamrab olgan.




  • Axborotni odam qabul qila oladigan bir nechta muhit yordamida tasvirlash. (multi ko‘p,va media — muhit);

  • Foydalanuvchi tomonidan “mustaqil qidiruv” asosida dastur chegaralaridan chiqib ketmagan holda, o‘zining mustaqil usullarini qo‘llash;

  • Navigatsiya vositalari va interfeys dizaynidan foydalanish.

2.Elektron jadvallar – jadval shaklida berilgan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturiy vositalardir. Elektron jadvallar ikki o‘lchovli massivlar (ko‘pincha ish varaqlari deb ataladi) bo‘lib, ustunlar va satrlardan tarkib topgan. Elektron jadvallar loyihalashtiruvchi dasturiy vositalarni jadval protsessorlari deb ham ataladi. Ular faqatgina jadvallar yaratibgina qolmay balki jadvaldagi ma’lumot larni qayta ishlashni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari elektron jadvallar yordamida turli iqtisodiy buxgalterlik va injenerlik hisob-kitoblarini bajarish, turli ko‘rinishishdagi diagrammalarni ko‘rish, murakkab iqtisodiy tahlil o‘tkazish, turli xo‘jalik vaziyatlarini modellashtirish va optimal yechimini topish mumkin va x.k.

Jadval protsessorlarining funksiyalari turli tumandir:



  • Elektron jadvallarni yaratish va taxrir qilish;

  • Elektron jadvallarni bezash va chop etish;

  • Formulalar orqali bolangan ko‘p jadvalli funksiyalar yaratish;

  • Diagrammalarni ko‘rish, ularni o‘zgartirish va iqtisodiy masalalarni grafik usullarda yechish;

  • Elektron jadvallar bilan ma’lumot bazasi kabi ishlash jadvallarni saralash, ma’lumot larni so‘rovga muvofiq tanlash.

  • Jamlovchi va yakuniy jadvallar yaratish;

  • Jadvallar ko‘rinishida tashqi ma’lumot bazasi ma’lumot laridan foydalanish;

  • «nima-agar» ko‘rinishidagi iqtisodiy masalalarning параметрlarini birma-bir tanlash yo‘li bilan yechish;

  • Optimizatsiya masalalarini yechish

  • Ma’lumotlarni statistik qayta ishlash;

  • Slayd-shou yaratish;

  • Makrokomandalar yaratish, ishlash muhitini foydalanuvchi ehtiyojiga moslashtirish va x.k.

  • Jadval protsessorlari asosan bajaradigan funksiyalari to‘plami va interfeysning qulayligiga ko‘ra farqlanadi. Shuning uchun faqat keng tarqalgan dasturiy mahsulotlarni ko‘rib chiqamiz.

PC Data of Reston firmasini ba’olashiga ko‘ra, personal kompyuterlar uchun eng ommaviy bo‘lgan Excel (Microsoft firmasi), Lotus 1-2-3 (Lotus Development firmasi) elektron jadvallari va Quattro Pro (Word Perfect – Novell Aplications Group firmasi) jadval protsessorlaridir.

Agar 1982 yili yaratilgan Lotus 1-2-3 elektron jadvali elektron jadval yaratuvchilar uchun etalon bo‘lgan bo‘lsa, hozirda paytda u o‘zining peshqadam o‘rnini yo‘qotdi. «Home PS» jurnali labaratoriyasining o‘tkazgan testi natijalari Excelning ko‘p параметрlari bo‘yicha yaqqol ustunligini ko‘rsatdi. Lotus 1-2-3 ning yagona ustunligi – uning ishlashi ishlash tezligi, lekin u ham sezilarli emas.

Elektron jadval yaratishdagi istiqboldagi yo‘nalishlar asosiy yaratuvchi firmalar tomondan turlicha aniqlangan.

Microsoft firmasi Excelning funksional vositalari to‘plamini yaxshilashga asosiy e’tiborning qaratgan va bunda shubhasiz uning mahsuloti boshqa elektron jadvallar orasida peshqadamlik qiladi. Excelda ko‘p funksiyalar boshqa elektron jadvallarga qaraganda mukammal ishlangan. Masalan o‘zaro tutashtiruvchi jadvallar yaratish dasturlari Lotus 1-2-3 da Exceldagi «Master svodnqx tablis» kabi mukammal emas. Bundan tashqari Excelda massivlarni ishlatish imkoni – ko‘p masalalarni yechishda samarali, formulali yechimni ta`minlaydi. Formulalar va funksiyalarda diapazonlar nomini qo‘llash esa jadvallar bilan ishlashda katta qulaylik yaratadi.

Lotus firmasi asosiy kuchini gururli ishlash vositalarini yaratishga yo‘naltirdi va bunda yaqqol o‘zib ketdi. Lotus 1-2-3 paketining 4.0 versiyasi «nima-agar» tamoyili bo‘yicha modellashtirish uchun Version Manager bilan to‘ldirildi, 5.0 versiyasi esa marshurutlashtirish va Notes aloqa vositalari bilan to‘ldirildi. Bu esa boshqa paketlarda yaratish mumkin bo‘lmagan amaliy dasturlarni yaratish imkoninni beradi. Lotus 1-2-3 bir qator kuchli tomonlarga egaki, bunda grafiklar yaratish va tahrirlashning soddaligini hamda uch o‘lchovli jadvallarning o‘ta mantiqiy to‘zilishini kiritish mumkin. Yana jadvallar bilan guruhli ishlashni takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda: Team Consolidate foydalanuvchilar gururiga elektron jadval nusxasini taxrir qilish va keyin uni birlashtirish imkonini yaratadi. Paketning Windows 95 versiyasi uchun Lotus Script dasturlash tili ham qo‘shiladi.

Quattro Pro paketi test natijasida yetarli darajada yuqori ba’o oldi, lekin paketning xech bir xususiyati o‘ziga katta e’tiborni tortmadi. Eng jozibali tomoni ma’lumot saralash imkoniyati va foydalanishning qulayligi bo‘lib, u Excelda ham juda ajoyib amalga oshirilgan. Shu bilan bir qatorda Quattro Proning grafik imkoniyatlarini o‘zlashtirishda murakkabliklar, yordamchi ma’lumot hajmining yetarli emasligi ko‘zatildi.

H
ozirgi paytda elektron jadvallar bozorida yuzaga kelgan vaziyatga ko‘ra yagona karvonboshi Microsoft firmasi bo‘lib, elektron jadvallardan foydalanuvchilarning 80%i Excelni afzal ko‘radi. Mahsulot sotish ‘ajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Lotus 1-2-3, keyin esa Quattro Prohisoblanadi Boshqa elektron jadvallar masalan SuperCalc ulushi juda oz.

Elektron jadvallar (EJ) ustunlar va satrlardan tarkib topgan. Ustunlar jadvalning sarlavha qismiga joylashgan lotin alfaviti harflari (A,BC,…) orqali belgilangan. Satrlar esa birinchi kolonkada joylashgan raqamlar (1,2,3,…) bilan belgilangan. Ustunlar va satrlar soni turli elektron jadvallarda turlicha, masalan, Excel elektron jadvalida 256 ustun 16 mingdan ortiqroq satr mavjud. Ustun va satrlar kesishuv joyi yacheyka deb yuritiladi. Har bir yacheyka ustun nomi va satr nomeridan tarkib topgan o‘zining betakror adresiga ega, masalan, A28, R54 va h.k. Elektron jadvallar bir faylda saqlanadigan bir necha ish varaqlariga ega bo‘lishi mumkin va u ish kitobi deb yuritiladi. Kitobga bir necha turdagi hujjatlarni, masalan, elektron jadvalli varaq, diagramma varai, макросlar varai va h.k.larni joylash mumkin. Elektron jadvallarda alohida yacheyka bilan ishlabgina qolmay, bir blokka birikkan bir guruh yacheykalar bilan ham ishlash mumkin. Blokda yacheyka nomlari ikki nuqta ( bilan ajratiladi, masalan, A1:V4 blokning o‘zi A1,A2,A3,A4,V1,V2,V3,V4 yacheykalarni qamrab oladi. Yacheykalar bloki bilan asosan nusxalash, ko‘chirish, o‘chirish, qo‘shib-qo‘yish va h.k. amallari bajariladi.



3. KOMPYUTER RASMLARI - Ular qatorlar va ustunlarni tashkil etuvchi har xil rangdagi (piksel) nuqtalardan hosil bo'ladi - ular asosiy grafik ob'ektlardan tashkil topgan bo'lib, ularning har biri uchun nazorat nuqtalarining koordinatlari, shuningdek rangning qalinligi va uning konturining chiziq uslubi o'rnatiladi. RASTER GRAFIKALARI Rasmli grafik tasvirlar grafik ma'lumotni analogdan raqamli shaklga o'tkazish jarayonida, masalan, skanerlash jarayonida, raqamli kameralar va videokameralarni ishlatishda, grafik muharrirdan foydalanishda hosil bo'ladi. Rasterli grafik tasvirlar grafik ma'lumotlarini analogdan raqamli shaklga o'tkazish jarayonida, masalan, skanerlash jarayonida raqamli kameralar va videokameralarni ishlatishda, grafik muharriridan foydalangan holda shakllanadi.

Raster tasvirni qisqartirishda bir nechta qo’shni nuqtalar biriga aylantiriladi va shuning uchun kichik rasm tafsilotlarining ravshanligi yo’qoladi Raster surati kamaytirilganda bir nechta qo’shni nuqtalar bitta biriga o’zgartiriladi va shuning uchun kichik rasm tafsilotlari yo’qoladi Raster tasvirlari masshtablash (kattalashtirish yoki kamaytirish) ga sezgir.




Rasm kattalashganda, har bir nuqtaning kattaligi oshadi va yalang’och ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan qadam-baqadam effekt paydo bo’ladi. Rasm kattalashganda, har bir nuqtaning kattaligi oshadi va yalang’och ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan qadam-baqadam effekt paydo bo’ladi.

Raster grafik muharrirlari fotosuratlar va chizmalarga ishlov berishning eng yaxshi vositasidir, chunki ular ranglar va yarim pallalarni gradatsiya qilishning yuqori aniqligini ta’minlaydi. Ular fotosuratlar va chizmalarga ishlov berishning eng yaxshi vositasidir, chunki ular ranglarning gradyalari va yarim pog’onalarini uzatishda yuqori aniqlikni t
a’minlaydi.

Rastr – bu nuqtalarning tartibli joylashuvidir. Rastrli grafikaning keng tarqalgan formatlari: *.tif, *.gif, *.jpg, *.png, *.bmp, *.pcx va b.

Afzalligi:



  • Rastr grafikasi real obrazlarni effektiv namoish eta oladi. Sifatli rastr tasvirlari foto surat darajasidagi yuqori aniqlikda real va haqqoniy aks ettirilishi mumkin.

  • Rastr tasvirlar chiqarish qurilmalari – asosan lazer printerlarida juda yaxshi chop etiladi. Ya’ni rastr grafikasining sifati chop etishda o’zgarmaydi.

Kamchiliklari:

  • Rastr tasvirlari saqlash qurilmalari (qattiq disk, SD-DVD, fleshka va h.) da ko’p joy egallaydi;

  • Rastr tasvirlarni tahrirlashda kompyuterning xotira resurslari – xususan tezkor xotirada ko’proq joy talab etiladi;

  • Rastr tasvirlarni tahrirlash mehnat talab va mashaqqatli;

  • Rastr tasvir masshtablashtirilganda tasvir sifati o’zgaradi.

Qo’llanish sohasi:

  • Elektron va poligrafik nashriyotlar, Web dizaynda;

  • Foto tasvirlarni tahrirlash va restavratsiya qilishda;

  • Badiiy grafika va skaner bilan ishlashda.

2- Topshiriq

1.Информатика фани, унинг предмети, вазифалари



2. Электрон почта.



3.Интернет тармоги ва унинг ахамияти





3- Topshiriq

Mutaxasislik faningiz bo’yicha biror bir mavzu bo’yicha AKTni qo’llagan holda dars ishlanmasini yarating.




Download 15,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish