Foydalanuvchi diagrammani alohida ish varog`ida yoki hosil qilingan jadvalli ma`lumotlar joylashgan ish varog`ining o`zida hosil qilishi mumkin. Yuqorida keltirilgan ikkita holda ham diagramma o`z ko`rinishini ma`lumotlar jadvaliga o`zgartirish kiritilgan vaqtida avtomatik tarzda o`zgartiradi. Ish varog`ida diagramma hosil qilish uchun ma`lumotlar kiritilgan jadval belgilanadi va asosiy menyuning Вставка bo`limidagi Diagramma tasmasida joylashgan ixtiyoriy diagramma turi keltirilgan tugmacha sichqoncha ko`rsatkichi yordamida tanlanadi. Bunda ushbu turga kiruvchi diagrammalar ko`rinishi foydalanuvchiga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |