4-mavzu. Mehmonxona turlari Reja


Mehmonxona turlari bo‘yicha klassifikatsiya



Download 29,58 Kb.
bet3/6
Sana03.02.2023
Hajmi29,58 Kb.
#907497
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu. Mehmonxona turlari Reja

Mehmonxona turlari bo‘yicha klassifikatsiya



Mehmonxona (hotel) sifatida joylashtirishni va ko‘pgina hollarda ovqatla-nishni ta’minlovchi, ro‘yxatga olish bo‘limiga, xizmatlar va qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan korxona deyiladi.
Mehmon (guest house) uyi sifatida ko‘pincha qishloq joyda joylashgan, ba’zi joylashtirishni, ovqat va ichimlikni taklif etuvchi korxona nazarda tutiladi. Ofis-mehmonxona, garchi mehmonxonasi, mebel bilan jihozlangan mehmonxonalar va doimiy yashovchilari bo‘lgan mehmenxonalar odatda faqat nonushta taklif etadilar.
Pansionat odatda bir kundan ko‘proq vaqtga joylashtirishni taklif qiladigan va asosan joylashtirilgan mehmonlarga ovqat taqdim qiladigan korxona tushuniladi. Ba’zi mamlakatlarda “pansion” so‘zi tarif turini anglatish uchun ham ishlatiladi.
Apartotel (aparthotel) – bu studiyalar yoki apartamentlarda joylashtirishni taqdim qiluvchi mehmonxona deyiladi.
Qishloq uyi (gite rural) – bu odatda shaharcha, qishloq yoki ularning tashqarisida joylashgan, mustaqil, o‘z-o‘ziga xizmat qilish uchun qulayliklari bo‘lgan, mebel bilan jihozlangan oilada joylashtirish nazarda tutiladi.
Yoshlar mehmonxonasi (xostel, youth hostel) odatda notijorat tashkilotiga tegishli bo‘lgan, joylashtirish, cheklangan shaklda taom xilma-xilligi va/yoki o‘z-o‘ziga xizmat qilish qulayliklarini hamda boshqa xizmatlar, dasturlar va asosan yoshlar uchun norasmiy shakldagi ta’lim va dam olishni tashkillashtirish dam olish (rekreatsiya) maqsadlarida turli tadbirlarni taqdim qiluvchi korxona deyiladi.
Ba’zi mamlakatlarda “yoshlar mehmonxonasi” atamasi Yoshlar xosteli xalqaro federatsiyasi (IYHF) a’zosi bo‘lgan assotsiatsiyalarga tegishli korxonalarning himoyalangan savdo belgisi hisoblanadi.
Odatda “Yoshlar mehmonxonalari (xostellari)” ko‘p o‘rinli xonalarda yoki yotoqxonalarda joylashishni taklif qiladilar va ba’zan “Yoshlar xosteli” xalqaro federatsiyasi tomonidan tan olinadigan Milliy assotsiatsiya a’zolariga (alohida shaxslarga, yoki a’zo-tashkilotning guruhlariga), yoki Xalqaro xostellar tarmog‘ining qismi bo‘lgan yoshlar xostelida a’zolikni sotib olganlarga ikki o‘rinli yoki oila xonalarini taqdim qiladilar.
Yotoqxona – bu o‘z-o‘ziga xizmat qilish qulayliklariga ega ko‘p o‘rinli xonalarda joylashtirishni taqdim etuvchi korxona hisoblanadi.
Turistik baza (turistik markaz, turistik qishloq, kemping) (holiday camp; holiday centre; holiday village) – bu odatda o‘tov, kulba (tog‘ uyi), bungalo yoki furgonli turistik uylarda joylashtirishni nazarda tutuvchi, o‘zining ko‘ngil ochar tadbirlari, do‘konlari va restoranlariga ega bo‘lgan turistik korxona tushuniladi.
Kemping uchun hudud (avtofurgonlar parki, dam olish oromgohi, turistik oromgoh, turistik bog‘) (camping site; caravan park; holiday park; touring camp; touring park)
chodir, turistik furgonlar, ko‘chma avtouylar, ko‘chmas furgonlar, o‘tov, kulba (tog‘ uyi) va bungalolar kabi joylashtirish vositalarining turlarini yoki ular uchun maydonlarni taqdim qiluvchi, markazlashtirilgan ko‘ngil ochar va sport uchun sharoitlar, do‘konlar va restoranlarga ega yoki ega bo‘lmagan, sanitariya-gigiyena qulayliklari mavjud aniq belgilangan hudud nazarda tutiladi.
Motel (motel) – bu avtoulov haydovchilarini jalb etishga mo‘ljallangan yaqinida avtoturargohi mavjud mehmonxona.
Spa-mehmonxona (spa hotel) – bu spa-kurortda joylashgan, shaxsiy davolash-sog‘lomlashtirish muolajalariga ega bo‘lgan mehmonxona.
Sanatoriy (sanatorium) - sog‘lomlashtirishni, asosan tabiiy (iqlim, mineral manbalar, loy-balchiq) va fizioterapevtik vositalar orqali reabilitatsiya qilishni, parhez, rejim va rekreatsiya hamda joylashtirishni taqdim etuvchi korxona.
Dala xovli (private house in the countryside) – bu joylashtirish ta’minlanadigan shahar tashqarisidagi xususiy uy.
Fermerlik uyi (farm house) – bu ishlab turgan (amaldagi) fermer xo‘jaligida joylashtirish.

Download 29,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish