4-mavzu. Multimediyaning asosiy tushunchalari. Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana07.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#328733
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-Ma'ruza



4-MAVZU. Multimediyaning asosiy tushunchalari. Audio va video 

axborotlar bilan ishlash asoslari 

REJA: 


1.

 

Multimediya tushunchasi. Multimediya tizimlari. Multimedia imkoniyatlari.  



2.

 

Multimedianing axborot ta’minoti. Multimedianing dasturiy ta’minoti. Multimedianing 



texnik ta’minoti. 

3.

 



 Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari. 

4.

 



Taqdimot muharrirlari va ularda ishlash. 

 

1.



 

Multimediya tushunchasi. 

Multimedia    -  kompyuter  tizimida  matn,  tovush,  videotasvir,  grafik  tasvirlarni  va  turli 

(multiplikatsiya)  animatsiyalarni  mujassamlantirish    imkonini  beruvchi  zamonaviy  kompyuter 

axborotlari texnologiyasidir.   

Multimedia  -    kompyuterga  matn,  tovush,  videotasvir,  grafik  tasvirlarni  va  turli 

(multiplikatsiya)  animatsiyalarni  kiritish,  chiqarish,  qayta  ishlash,  saqlash,  uzatib  berish 

texnologiyalari ko‘paytmasidir. Multimediaga displey ekranidagi ovoz effekti orqali   qo‘zg‘almas 

tasvir va  ovoz orqali grafik tasvir harakatlanuvchi tasvir animatsiyalari kiradi. 

Multimediya  –  bu  informatikaning  dasturiy  va  texnikaviy  vositalari  asosida  audio,  video, 

matn,  grafika  animasiya  va  uch  ulchovli  animasiya  effektlari  asosida  o’quv  materiallarini 

o’rganuvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir 

Multimedia  —  bu  interaktiv  tizim  bo‘lib,  matn,  tovush,  videotasvir,  grafik  tasvirlarni, 

videoni qo‘zg‘almas xarakatini turli (multiplikatsiya) animatsiyalarni orqali jonlantirish, ovozini 

kuchaytiruvchi vositadir. Multimedia tizmining paydo bo‘lishi  ta’lim tizimida, san’at, kompyuter 

treninglar  ,  kompyuter  o‘yinlari  ,  o‘tkazishda    juda  katta  o‘zgarishlar  olib  kirdi.  Multimedia 

tizimini paydo bo‘lishi  amaliy tarafdan qanday tayyorlangan bo‘lsa, nazariy tarafdan ham shunday 

tayyorlangandi,  ammo  bu  sohaning  tezlikda  o‘sishida      texnikaviy  va    tizimli  vositalarning 

rivojlanishi katta o‘rтni egallaydi. 

        Xozirgi kunda multimediya so‘zini uch xil tushunish mumkin: 

 



«multimediya -g‘oya», bu turli toifadagi axborotlarni saqlashni yangicha yondashuvidir. 

Kompyuter texnikasini rivojlanishi turli toifadagi axborotlarni qayta ishlashga olib keldi: raqamlar 

bilan boshlandi, kompyuterda matn kayta ishlanishi o‘rnatildi,tasvir va tovush ma’lumotlari qayta 

ishlanuvchi ob’ektga aylantirildi,hozirgi kunda kompyuter bemalol video tasvirlarni ovoz bilan 

ta’minlashi mumkin; 

 



turli tabiatdagi axborotlar bilan ishlashni ta’minlaydigan kurilmalar. Bo’larga multimediya 

platasi, multimediya komplekslari va multimediya markazlari kiradi

 

 «multimediya maxsuloti»-yukorida keltirilgan turli toifalardan tashkil topgan maxsulotdir. 



 Bu jarayonning  rivojlanishi kuchli xotirali, grafik imtiyozlarni tezkorlikda ishlata oladigan, 

tashqi xotira  tasnifiga ega, videotexnika yutuqlaridan foydalana oladigan,CD-ROM va o‘xshash 

lazer  disklarini  ishlata  oladigan  hamda  ko‘plab  yangiliklar  bilan    boyitilgan  SHEXMlarni 

rivojlanishiga  olib  keldi.  Ma’lumotlarni  tez  va  unumli  siqib  yozish,  yoyish  usullarining  ishlab 

chiqilishi    xam  o‘ta  muxim  rol  uynadi.    Zamonaviy  multimedia  –bilan  qurollangan  shaxsiy 

kompyuter  tom  ma’noda      displeey-televizor  bilan  birlashtirilgan  uy  stereofonik  NI-RI 

kompleksini  eslatadi.  U  faol  stereofonik  kolonka,mikrofon  va  optik  kompakt  CD-ROM  (CD-

Compact Disc, kompakt-disk; ROM-Read onli Memory, fakat o‘qish uchun xotira)disklari uchun 

diskovod  qurilmalari  bilan  ta’minlangan.  Bundan  tashqari  kompyuter  ichida  yangi  shaxsiy 

kompyuter qurilmasi  — audioadapter joylashtirilgan bo‘lib, u tiniq stereofonik tovushlarni akustik 

kolonkalarga o‘rnatilgan kuchaytirgichlar orqali eshitishni ta’minlaydi. 

Multimedia  hozirda  juda  tez  rivojlanayotgan  zamonaviy  axborot  texnologiyasi  bo’lib,  u 

quyidagilarni o’z ichiga oladi: 



- an’anaviy axborot turlar: matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari (nutq, musiqa, 

videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya ko’rinishidagi axborot turlari); 

-  video  va  audio  axborotlarni  kompyuterda  qayta  ishlash  va  aks  ettirish  uchun  markaziy 

prosessorning xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati, tezkor va 

video-xotira,  katta  sig’imli  tashqi  xotira,  hajm  va  kompyuter  kirish-chiqish  kanallari  bo’yicha 

almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi

- "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi, muloqot jarayonida 

foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladi. 

Hozirda amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida tingloavchilarni 

o’qitish  ikki  barobar  samarali  bo’lmoqda.  Ma’lumki,  eshitgan  materialning  to’rtdan  bir  qismi 

xotirada qoladigan bo’lsa, tinglovchilarga berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak, 

axborotni  xotirada  saqlanib  qolishi  va  tasavvur  qilish  imkoniyati  35-70  foizgacha  oshadi. 

Shuningdek,  mazkur  o’quv  dasturlar  audio,  video  va  grafika  ko’rinishida  mujassamlashtirigan 

holatda  tinglovchilarga  berilsa,  materialarni  xotirada  saqlab  qolish  70-95  foizga  oshishi 

kuzatilmoqda.Ta’lim uchun zarur bo’lgan quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko’rsatmalarni 

qullanma  shaklida  kompyuter  dasturlari  ko’rinishida  ishlab  chiqish.Ishlab  chiqilgan  kompyuter 

dasturlari  uchun  multimedia  elementlarini  qullash.  Multimediya  vositalari  bilan  ishlash  hozirda 

Respublikamizda  juda keng ko’lamda qullanilmoqda. 




Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish