4-Mavzu. Oziq-ovqat tizimini harakatlantiruvchi kuchlar



Download 216,44 Kb.
bet9/16
Sana04.03.2023
Hajmi216,44 Kb.
#916543
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
4-mavzu (1)

Huquqiy maqom.Yer kodeksida "yer" va "tuproq" tushunchalarining oʻzaro aloqadorligini koʻrsatish, tuproq tushunchasiga aniqta’rif berish, uning huquqiy maqomini belgilash orqali tuproq va uning unumdorligini muhofaza qilishni ta’minlash, sohada jismoniy va yuridikshaxslarning tuproq unumdorligini muhofaza qilish boʻyicha huquq va majburiyatlari va ularni amalga oshirish tartibi, javobgarlik kabi muhimmasalalarni aniq aks ettirish zarurati vujudga kelmoqda.
Umuman olganda, qonunchiligimizda tuproq unumdorligini oshirish, uni muhofaza qilish, oqilona foydalanishning oʻziga xos xususiyatlarini yanada takomillashtirish zarurati mavjud. Fikrimizcha, tuproqdan foydalanish va uni muhofaza qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solinishiga oid masalalarni yechish bu jarayondagi eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada tuproq unumdorligini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni tartibga soluvchi "Tuproq unumdorligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi maqsadga muvofiq boʻlib, ushbu qonunda tuproq unumdorligini muhofaza qilishning asosiy tamoyillarini ajratish, uni muhofaza qilishning iqtisodiy manfaatlardan ustunligini ta’minlash, tuproqqa yetkazilgan zararni toʻla qoplash, qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni oshirish, vujudga kelgan muammolarni hal qilishning oshkoraligini ta’minlashni belgilab qoʻyish lozim.
Shuningdek, tuproq degradasiyasi, eroziya, tuproqning qayta tiklanishi, rekultivasiya kabi tushunchalarga ham batafsil ta’rif berilishi kerak. Muxtasar aytganda, umummilliy boylik sifatida e’tirof etiladigan yerning har bir qarichini asrab-avaylash, uning tuproq unumdorligini oshirib borish lozim. Zotan, xalqimizdagi hikmatomuz bir naqlda aytilganidek, "Yeri boyning - eli boy". Masalaga shu nuqtai nazardanyondashib aytadigan boʻlsak, hayotga tatbiq etilayotgan bu boradagi ishlar pirovardida, yurtimiz toʻkinligi, hayotimiz farovonligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Bunday holatning asosiy sabablaridan biri aholining yuqori sur’atlarda oʻsishi va tomorqa yerlariga ehtiyojning ortishi hamda qoʻshni davlatlarga yaylov sifatida foydalanishga olingan yerlarning qaytarilishi bilan bogʻlangan. Ekin yerlari respublika umumiy yer resurslari maydoniganisbatan juda kam maydonni, atigi 7,5 foizni egallaydi. Sugʻoriladiganerlar maydoni kamayishi bilan birga ularning sifat koʻrsatkichlari hampasayib bormoqda. Oʻzbekiston mintaqalarida yerlarning sifati soʻngi 25yilda 8 ballga, oxirgi 15 yilda esa 2 ballga pasaydi va 2012 yilda 55ballni tashkil etdi. Oxirgi 15 yil ichida sifati yomonlashishi natijasida30 ming gektardan ortiq sugʻoriladigan yerlar qishloq xoʻjaligidafoydalanib boʻlmasligi bois, sugʻoriladigan yerlar aylanmasidanchiqarilgan.
Respublika mintaqalarini yerlar sifati boʻyicha ham, sugʻoriladigan yerlardan foydalanish koʻrsatkichiga koʻra ham uch guruhga ajratish mumkin. Bunda viloyatlarni guruhlashtirishda respublika oʻrtacha koʻrsatkichlari asos qilib olindi.
Yerlardan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillar guruhlanishi Respublika yer fondida soʻnggi 20 yilda qishloq xoʻjalik ekin yerlari 103,4 ming gektarga, jumladan, sugʻoriladigani 91,4 ming gektarga kamaydi.Iqtisodiy qimmatli boʻlgan pichanzor va yaylovlar maydonlari 2698,4 minggektarga qisqardi. Umuman qishloq xoʻjalik yer turlari jami 2736,6 ming ga yoki 9,7 foizga, jumladan sugʻoriladiganlari 99,4 ming ga yoki 2,6 foizga kamaygan.
Bunday holatning asosiy sabablaridan biri aholining yuqori sur’atlarda oʻsishi va tomorqa yerlariga ehtiyojning ortishi hamda qoʻshni davlatlarga yaylov sifatida foydalanishga olingan yerlarning qaytarilishi bilan bogʻlangan. Ekin yerlari respublika umumiy yer resurslari maydoniganisbatan juda kam maydonni, atigi 7,5 foizni egallaydi. Yerlar maydonikamayishi bilan birga ularning sifat koʻrsatkichlari ham pasayibbormoqda.
Oʻzbekiston mintaqalarida yerlarning sifati soʻngi 25 yilda 8 ballga, oxirgi 15 yilda esa 2 ballga pasaydi va 2016 yilda 55 ballni tashkil etdi. Oxirgi 15 yil ichida sifati yomonlashishi natijasida 30 ming gektardan ortiq yerlar qishloq xoʻjaligida foydalanib boʻlmasligi bois, sugʻoriladigan yerlar aylanmasidan chiqarilgan. Respublika mintaqalarini sugʻoriladigan yerlar sifati boʻyicha ham, sugʻoriladigan yerlardan foydalanish koʻrsatkichiga koʻra ham uch guruhga ajratish mumkin. Bunda viloyatlarni guruhlashtirishda respublika oʻrtacha koʻrsatkichlari asos qilib olindi.
Buxoro viloyati Respublika iqtisodiyotida, jumladan, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida oʻziga xos oʻringa ega. 2015 yilda viloyat Respublika YaIMning 5,6 foizini, qishloq xoʻjalik mahsulotlarining 3,9 foizi, jumladan, dehqonchilik mahsulotlarining 9,3 foizini yetkazib berdi. Viloyat hissasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.





Download 216,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish