4-Mavzu. Yovuz g‘oyalar, ularni mafkuraviy yо‘llar bilan odamlar ongiga singdirish mumkinligi Vayronkor g’oyalar



Download 27,98 Kb.
bet1/5
Sana01.01.2022
Hajmi27,98 Kb.
#298772
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu maruza matni


4-Mavzu. Yovuz g‘oyalar, ularni mafkuraviy yо‘llar bilan odamlar ongiga singdirish mumkinligi

1. Vayronkor g’oyalar, ularning uziga xos xususiyatlari.

Jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga hamisha e’tibor bilan qarab kelinmoqda. Jamiyat hayotini o‘zgartirishga urinayotgan shaxslarning yoshlar ongini zaharlashiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning oldini olish ham siyosiy-mafkuraviy vazifalar sirasiga kiradi.

Turli mafkuraviy tahdidlar: vahhobiylik, hizbut-tahrir kabi diniy ekstremistik oqimlarning zararli g‘oyalarini yoshlar ongiga suqilib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik, ulardan ogoh bo‘lishlik mamlakatimizda tinchlikni saqlashning eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Bu vazifalarning bajarilishi o‘z navbatida jamiyat yaxlitligini, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi. Ta’kidlash lozimki, qo‘shni mamlakatlarda xalqaro miqyosda sodir bo‘layotgan siyosiy voqealardan, turli mafkuraviy tahdidlardan o‘z vaqtida ogoh bo‘lishlik, yoshlarni salbiy mohiyatga ega bo‘lgan mafkuraviy ta’sirlarga berilishining oldini olish o‘ta muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifadir. Mavjud mavkuraviy tahdid ko‘rsatayotgan turli ekstremistik guruhlarning asl maqsadi tinch hayotimizni buzish, jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma’naviy hayotida tarkib topgan munosabatlarni izdan chiqarish va shu orqali o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishishdan iboratdir. 1999 yil 16 fevral voqealari, 2000 yil yoz oylarida mamlakatimizning janubiy sarhadlariga suqilib kirishga urinishlar, 2000 yilning sentabr oyida Andijon viloyati Izboskan tumanida sodir bo‘lgan nohush voqealar, 2005 yil 12-13 may Andijonda sodir etilgan hunrezliklar fikrimizga misol bo‘la oladi.

O‘zbekistonga huruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularning asosiy turlari to‘g‘risida 1- prezidentimiz I. Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida keng to‘xtalib o‘tgan. Ularning ayrimlari xususida yuqorida to‘xtalib o‘tdik.

Shuningdek, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik mafkuraviy tahdidi to‘g‘risida shunday fikr bildiradi: «tarixiy tajribaga asoslanib, bu hodisani muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo‘ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik, deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintakaviy munosabatlarda unga intilish deb ta’riflash mumkin».1

Uning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida, quyidagilarni ko‘rsatib berdi:

1.Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni keltirib chiqarish.

2.Xalqaro-huquqiy ichki davlat suverenitetimizni ro‘yobga chiqarishga

qarshilik ko‘rsatish.

3.O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ularni teng huquqli bo‘lmagan sharoitga solib qo‘yishga urinish.

4.Mafkuraviy tazyiq o‘tkazish, jahon afkor ommasida O‘zbekiston

haqida noto‘g‘ri tasavvurlar tug‘dirishga intilish.

5.Millatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish,

millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish.

6.Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuv, hamma

sohalardagi o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni

sekinlashtirish xavfi.2

Yoshlarning g‘oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashi qanchalik yuksak bo‘lsa, milliy g‘oya kishilar dunyoqarashida qanchalik keng o‘rin egallab borsa, jamiyatimizda ijtimoiy g‘oyaviy muhit shunchalik musaffo bo‘ladi.

Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash yo‘li, 1- Prezidentimiz Islom Karimov ko‘rsatib berganlaridek: «Odamlarimiz, avvalam bor yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tayyorlash, ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish, ularning men o‘zbek farzandiman, deb, g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir».3

Buyuk alloma, mutafakkir Abu Nasr Forobiy ko‘rsatib o‘tganidek: «Insonlik mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o‘zining oliy g‘oyasi va istagiga aylantirib, bu yo‘lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt-saodatga erishadi»1. Milliy istiqlol g‘oyasi birlashtirishga, jipslashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘zida ko‘p qirrali siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, milliy va boshqa manfaatlarni ifodalaydi hamda ularni umumdavlat, millat maqsadlari yo‘lida yagona ijtimoiy-ma’naviy oqimga birlashtiradi.

«O‘zingni va o‘z uyingni asra» shiori jamiyatimizdagi barcha fuqarolarni ogohlikka da’vat qilar ekan, turli mazmundagi mafkuraviy, ayniqsa, diniy-ekstremistik ruhdagi tahdidlarni o‘z vaqtida payqash va ularga qarshi kurashish g‘oyasini o‘zida mujassamlashtirgandir. Millat, jamiyat va davlat bor ekan, uning mustaqilligiga tahdid soladigan harakatlar bo‘lishi tabiiy. Mamlakatimizga kirib kelgan vahhobiylik, hizb-ut-tahrir va shu kabi zararli oqimlar oddiy insonlarni, ayniqsa, g‘o‘r yoshlarni yo‘ldan ozdira boshladi. Ahloqsizlik g‘oyalarini yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan buzishga intilishlar hamda tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinni soxtalashtirishga urinishlar kabi tahdidlar insonlar ongini zabt etish va yurtimizni qaram qilib olishga qaratilgandir. Ana shunday tahdidlarning oldini olish uchun nima qilmog‘imiz darkor?

O‘zbekiston xalqining, ayniqsa yoshlar ongi, dunyoqarashi, xatti-harakatlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish bugungi kundagi muhim vazifadir.

Darhaqiqat, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, sadoqat, yurt ravnaqi va osoyishtaligini qaror toptirishda mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashamog‘i darkor. Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, yuksak fazilati, komil insonlarni voyaga yetkazish, har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash, hozirda dolzarb mavzulardan biri bo‘lgan milliy istiqlol g‘oyasining bosh maqsadidir. Xulosa qilib aytganda, milliy istiqlol g‘oyasi va ogohlik – jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga suqilib kirayotgan salbiy mohiyatga ega bo‘lgan turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning eng kuchli va samarali vositalaridan, omillaridan hisoblanadi.


Download 27,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish