4-Modul. Aes va ulardan foydalanish holatlari. 5-mavzu. Atom elektr stansiyalari



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana13.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#663825
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Atom electr standiyalari

 
 
Atom elektr stansiyasi
(
AES
) — Texnologik sxemasi jihatidan 
issiqlik elektr 
stansiyalari
 turiga kiruvchi elektr stansiya. Oddiy issiqlik elektr stansiyalari (IES)da 
koʻmir, neft, qoramoy (mazut) va gaz yoqilsa, Atom Elektr Stansiyasida yoqilgʻi 


sifatida uran ishlatiladi. Atom Elektr Stansiyasining asosiy qismi atom qozoni, 
yaʼni atom reaktori.
Atom Elektr Stansiyasida, koʻpincha, atom reaktorlarining. 4 tipi 
qoʻllaniladi: 1) Suv-suvli (bunda susaytirgich moda oʻrnida ham, issiqlik eltuvchi 
modda oʻrnida ham oddiy 
suv
 ishlatiladi); 2) Grafit-suvli (suv — issiklik eltuvchi
grafit esa susaytiruvchi boʻladi); 3) Ogʻir suvli (oddiy suv issiqlik eltuvchi, ogʻir 
suv esa susaytiruvchi); 4) Grafit-gazli (gaz — issiqlik eltuvchi, grafit — 
susaytiruvchi). Zamonaviy atom energetikasida asosan uran235 dan foydalaniladi. 
Uning tabiiy zaxirasi unchalik katta emas, organik yoqilgʻining esa atigi 10 % ini 
tashkil kiladi. Bu miqdor atom energetikasini yoqilgʻi bilan uzoq vakdtacha 
taʼminlay olmaydi. Yadro yoqilgʻisi sifatida qoʻllaniladigan plutoniy-239 va uran-
233 olish uchun xom ashyo hisoblanadigan uran-238 bilan toriy-232 ning 
zaxirasi 
yer
 bagʻrida yetarli miqdorda. Bu yadro yoqilgʻilari yerdagi energetik 
resursni taxminan. 1000 baravar oshiradi.
Hozirgi yoqilgʻi ishlab chiqaradigan koʻpaytiruvchi atom reaktorlarida 
yoqilgʻi miqdorini ishlash jarayonida orttirish mumkin. Masalan, ikki marta 
koʻpaytirish uchun taxminan. 10 yilgacha vaqt kerakligi maʼlum. Demak, odamzod 
atom yoqilgʻisisiz qolmaydi.Atom energiyasi xalqaro agentligining xabar 
berishicha, 1985-yil oxirida dunyoning 26 mamlakatida atom elektr stansiyalarida 
umumiy quvvati 248577 MVt boʻlgan 374 reaktor ishlab turgan. Shulardan 
umumiy quvvati 77851 MVT boʻlgan 93 reaktorli AQSH birinchi oʻrinda, 
qolganlari esa 
Fransiya
 (37533 MVT), sobiq SSSR (26803 MVT), Yaponiya (23665 
MVT), sobiq GDR (16429 MVT) va 
Angliya
 (10120 MVT). Dunyoning koʻplab 
boshqa mamlakatlarida ham Atom Elektr Stansiyasilar ishlab turibdi.
Hozirgi vaqtda xalq xoʻjaligining elektr energiyasidan foydalanmaydigan 
biror sohasini topish qiyin. Shuning uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish yildan 
yilga ortib bormoqda.
Masalan, 
1980-yilda
 dunyoda 
ishlatilgan 
elektr
 
energiyasining
 5,6 %, 
1
985 
yilda
 — 10,8 % va 
1988-yilda
- 27 % Atom Elektr Stansiyasilarda ishlab chiqilgan. 
Taqqoslash uchun 
1987-yil
 
AQSH
 ishlatgan energiyasining 19 %, Buyuk Britaniyada 
19 %, 
Yaponiyada
 30 %, GFRda 34 %, 
Fransiyada
 76 % Atom Elektr Stansiyasilarda 
ishlab chiqilgan. Lekin 
1986-yil
 aprelda Chernobil (sobiq SSSR) Atom Elektr 
Stansiyasida boʻlib oʻtgan katta avariya butun dunyo Atom Elektr Stansiyasilar 
qurilishi rejalarini buzib yubordi. 
AQSHda
 qurilish ishlari sekinlashtirildi, 
Skandinaviya mamlakatlarida esa butunlay toʻxtaldi. Ammo yer yuzidagi energiya 
manbalari hisoblanmish — neft, gaz, koʻmir zaxiralari cheklanganligidan Atom 
Elektr Stansiyasilarni takomillashtirishdan boshqa iloj yoʻq. Atom energiyasi 
manbai uran va toriyning yer yuzidagi zaxiralari dunyo xalqlarining energiyaga 
boʻlgan talabini bir necha ming yillar davomida qondirib turish uchun yetarlidir. 
Kelajakda Atom Elektr Stansiyasilar yetarli darajada rivojlanadi va dunyo 
mamlakatlarining umumiy energetika balansida yetakchi oʻrinni egallaydi
[


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish