Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar
Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi
va uning asosiy yakunlari
to‘g‘risida so‘z yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi O‘zbekiston
hududida «Uy sanoati»ning rivoji bundan 12-15 ming yil muqaddam - mezolit
davrida boshlangan. Bu davrda juda oddiy mehnat qurollari va buyumlari
tayyorlangan.
Yangi tosh asri (neolit, miloddan avvalgi 5-ming yillikning boshi) davrida
kemachilik, to‘qimachilik vujudga kelgan. Neolit davrining oxirida metalldan
qurol yasash boshlangan.
Arxeologik topilmalardan ma’lum bo‘lishicha,
milloddan avvalgi
3 ming yillikning oxiridayoq hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan aholi misdan
qurol yasashni bilgan.
Quldorlik tizimi (miloddan avvalgi 1-ming yillik o‘rtalari, V asr) davrida
mehnat qurollarini yasash jarayonining taraqqiy etishi, metalga ishlov berishning
takomillashuvi hunarmandchilikning yuksalishiga,
ayirboshlash va savdo-sotiq
kuchayishiga olib keldi.
Feodalizm tuzumining boshlarida (VI-VIII asrlarda) Farg‘ona bilan So‘xda
oltin, mis, temir, Ilokda qo‘rg‘oshin, kumush, oltin, Shahrisabzda toshtuz qazib
chiqarilgan.
IX asrda Samarqand sifatli qog‘ozi va lampa shishasi bilan mashhur bo‘lgan,
Shosh viloyati ko‘pchilik mahsulotlari bilan dong taratgan. O‘sha davrda O‘rta
Osiyodan Sharqiy evropa, Xitoy va boshqa yurtlarga Buyuk Ipak yo‘li orqali
charm, mato, ipak, jun, kiyim-kechak chiqarilgan.
X-XIII asrlarda yuz bergan feodal tarqoqlik, qabila va elatlar o‘rtasidagi
nizolarning avjiga chiqishi tufayli hunarmandchilikda yirik o‘zgarshlar ro‘y
bermagan.
XIV
asrning 2-yarmida Amir Temur Samarqandda hokimiyatni qo‘lga
kiritib, markazlashgan davlatga
asos soldi va natijada
davlatning iqtisodiy va ijtimoiy ravnaqiga katta yo‘l ochib berdi.
XI
asrning oxiriga kelib Movaraunnahrda yuzaga kelgan
ziddiyatlar tufayli Temuriylar davlatining iqtisodiy negiziga putur etadi va
rivojlanish to‘xtab qoldi.
XVI-XVIII asrlarda Buxoro, XIVa, Qo‘qon xonliklarining vujudga kelishi
iqtisodiyotning,
shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatdi XIX asrga kelib Turkistonda hunarmandchilikda yog‘och va metall
o‘ymakorligi, idishlarga naqsh solish, matolarga gul bosish, qurollarni badiiy
bezash rivojlandi. Bu asrning ikkinchi yarmida O‘zbekiston
hududida taraqqiyot
tezlashib sanoat, ayniqsa, ip-gazlama sanoati rivoj topdi.
XX asr boshlarida ko‘plab paxta tozalash, yog‘-moy zavodlari qurilib ishga
tushirildi. 1925-1926 yillarda elektrostansiyalar qurila boshlandi. Birinchi bo‘lib
Toshkent yaqinida qurilgan Bo‘zsuv gidroelektrostansiyasi 1926 yil 1 mayda ishga
tushirildi.
Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Termiz va Asaka shaharlarida issiklik
elektrostansiyalari qurilishi boshlandi. Bunday elektrostansiyalar soni 1930 yilda
30 ga yetdi. O‘sib borayotgan energetika bazasi
bir qancha yangi sanoat
korxonalari qurishga imkoniyat yaratdi.
Ikkinchi jahon urushigacha bu yerda 500 dan ortiq sano¬at korxonalari,
jumladan, «Tashselmash», Toshkent to‘qimachilik kombinati, Chirchiq
elektrokimyo kombinati, Kattaqo‘rg‘on yog‘ zavodi, Bekobod va Quvasoy sement
korxonalari qurildi. Neft va rangli nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sa¬noati
mahsulotlarini tayyorlash rivoj topdi.
Sanoat taraqqiyotida yoqilg‘i - energetika majmuasining o‘rni alohida. Uning
tarkibiga energetika,
neft va neftni qayta ishlash, gaz va gaz kondensati, ko‘mir
qazib olish va boshqa bir qator kichik sohalar kiradi. Bu majmua sanoat ishlab
chiqarishining ¼ qismini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi jahonda gaz ishlab chiqaruvchi 10 ta mamlakatdan
biridir.
Bu yerda qudratli issiqlik Elek¬trostansiyalari va gidroelektrstansiyalar
mavjud. Energetika tarmog‘i respublika xalq xo‘jaligining negizi, iqtisodiyot va
fan-texnika taraqkiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. O‘zbekiston
energetika tizimi umumiy quvvati 12,5 ming. Mvt bo‘lgan 37
issiqlik va
gidravlik elektrostansiyalarni o‘z ichiga olgan. Ular yiliga 53 mlrd. kvt/soat dan
ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. O‘zbekiston energeti¬ka
tizimining barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlari umumiy uzunligi qariyb 300
ming km.ni tashkil etadi. Tarmoq transformatorlarining umumiy quvvati
42,6 ming Mvt.ga teng. Hozir respublika energetika tizimida 47 mingga yaqin
xodim ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: