47-idum faollar zalida “Inson xotirasi, qadri sarbaland” mavzusida o’tkazilgan



Download 1,52 Mb.
bet1/7
Sana13.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#789692
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
47-kutubxonachi


47-IDUM faollar zalida “Inson xotirasi, qadri sarbaland” mavzusida o’tkazilgan


XOTIRA KECHASI


47-IDUMning faollar zalida “Inson xotirasi, qadri sarbaland” mavzusida xotira kechasi o’tkazildi.
Xotira kechasi Prezidentimizning ushbu so’zlari bilan boshlandi: “Inson qadri ulug‘langan, xotirasi sarbaland yurtda yashaymiz. Bugunimiz kechagi kundan yorug‘, ertamiz yanada fayzli, barakotli bo‘lishiga ishonchimiz komil. Navqiron avlod e’zozda, e’tiborda, yoshi ulug‘lar ehtiromda. Xalqimiz ozod, yurtimiz obod. Shunday aziz Vatanda yashamoqlik, uning buyuk kelajagi yo‘lida mehnat qilmoqlik beqiyos baxt.”
EHTIROM
Prezidentimizning bu so‘zlari bugungi hayotimizning har bir jabhasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Zero, tarixiy adolatni tiklamay turib, buyuk kelajakni qurib bulmaydi. Yaqin o‘tmishimizda istiqlolni orzu qilgan, yurtimiz tinch bulein, deb yashagan, ammo bu kunlarga yetmaganlar yodi hamisha qalbimizda. Shu ma’noda, istiqlol yillarida poytaxtimizda davlatimiz rahbari tashabbusi asosida qad rostlagan Xotira maydoni tabarruk va muazzam maskanlarimizdan biridir.
Ushbu maydon shu kunlarda yanada gavjumlashgan. Poytaxtimiz ahli hamda mex,monlar, nuroniylar, uk.uvchi-yoshlar, xorijlik mehmonlar Motamsara ona haykali poyida bir zum to‘xtab, tinchlik va osoyishtalik hakida suhbatlashishmoqda. Kechayu kunduz o‘chmaydigan alanga hamda xaykap atrofida bitilgan: «Sen doim qalbimizdasan, jigarim» so‘zlari o‘tganlar xotirasi hech qachon unutilmasligini eslatadi, go‘yo.
– Toshkentga yo‘lim tushsa, albatta, Xotira maydonini ziyorat qilaman, – deydi urush va mehnat faxriysi, Angren shahri, Obliq qishlog‘i, Buloqboshi mahallasida yashovchi G‘ulom Bashkirov. – Beixtiyor, yoshlik yillarim ko‘z oldimda gavdalanadi. Bizning orzu-havaslarimiz, ezgu niyatlarimizni oting o‘chgur urush armonga aylantirdi. Shukrki, nasibamiz bor ekan, mustaqillik ne’matidan 6ahramand bo‘lib yashayapmiz. Davlatimiz tomonidan urush qatnashchilari va front ortida mexnat qilganlarga, urushda xalok bo‘lganlarning oilalariga pensiya hamda nafaqalardan tashqari, har yili turli ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilmokda. Ayniksa, 9 mayning Xotira va Kadrlash kuni sifatida nishonlanishidan juda mamnunmiz. Axir dunyoda bayramlar ko‘p, marosimlar bisyor, ammo inson qadrini e’zozlaydigan shodiyona hamma joyda ham yo‘q. Mamlakatimizda xayotga tatbiq etilayotgan islohotlar inson hamda uning manfaatlariga qaratilgan. Zero, insonga umr bir marta beriladi. Ana shu umr davomida odamzod yaxshi yashashga, xayotdan zavqlanishga, qadrlanishga haqlidir. Umrim davomida ko‘p narsani ko‘rdim. Turli balo-qazolardan omon qoldim.
Utmishning mashaqqatlarini eslasam, «Xalqimizning bugungi turmush tarziga ko‘z tegmasin», deyman, Negaki, bunday farahbaxsh kunlarni ilgari sira ko‘rmaganmiz. Og‘ir damlarni hozirgi hayot nuqtai nazaridan muqoyasa kilsak, ezgulik, yaxshilikni ulug‘lab yashashga ko‘proq intilamiz.
Xotira maydonida to‘rt-besh nafar yigit-qiz qurshovida turgan onaxon e’tiborimizni tortdi. Uzini samarqandlik Sharofat Ahmedova deb tanishtirgan bu nuroniyning aytishicha, u har yili bayram arafasida farzandlari, nabiralari bilan Toshkentga kelib, Xotira maydonini ziyorat qilar ekan.
– Bu yerdagi lavhlarda ikki akamning ism-sharifi bitilgan, – deydi onaxon. – Ular urushga ketayotganda 8 yoshda edim. Onam va singillarim bilan akalarimning ortidan chirqillab qolganmiz. Ko‘p o‘tmay, ikkala akamning nobud bo‘lgani haqida xabar keldi. Bundan onam bechoraning qaddi bukilib qopdi. Shunday bo‘lsa-da, bizni tashlab qo‘ymadi. Qahatchilikdan ko‘rqmadi, tunu kun mehnat qilsa ham ado bo‘lmaydigan dala ishlariga sho‘ng‘ib ketdi. Bizni tarbiyalab, ok yuvib, oq taradi. Shularni o‘ylar ekanman, farzandlarim, nabiralarimga: «Bugungi hayotimizni qadrlang, har bir kunga shukronalar aytib yashanglar», deyman. Chunki umrim davomida baxt va farovonlik nima ekanligini, mana endi, istiqlol tufayli his qilayapman.
Malumki, urushdan oldin O‘zbekistonda 6,5 million aholi yashagan. Shundan 1,5 millionga yaqin odam urushda qatnashgan. O‘sha vaqtda yurtimiz aholisining yarmini bolalar va keksalar tashkil qilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, qurol ko‘tarishga qodir bo‘lgan yurtdoshlarimizning taxminan 70-80 foizi bu beshafqat urushda bevosita ishtirok etgan.
Binobarin, ushbu sanani nishonlar ekanmiz, bu kunning naqadar chuqur mano va mazmunga egaligini hayotning o‘zi tasdiqlamokda. Prezidentimiz aytganidek: «Xotira, xotirlash hakida gapirar ekanmiz, bu tushunchani qadrlash tushunchasidan ajratib bo‘lmaydi. Haqiqatan ham, bu yorug‘ kunlarga nima hisobidan erishganimizni, bu yo‘lda qanday og‘ir kurashlar, azob-uqubat va yo‘qotishlar bo‘lganini, qanchadan-qancha odamlar urush maydonlarida aziz jonini qurbon qilganini anglamasak, tushunmasak, bugungi kunimizni, musaffo osmonimizni, tinch va osuda hayotimizni angpash, uning kadriga yetish qiyin bo‘ladi».
Zero, yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir kishi, ayniqsa, yosh avlod mana shu bayram timsolida yoshi ulug‘parni qadrpash, saxovatga muhtoj kishilarga ko‘maklashish kabi chin fazilatlarni qalbiga singdirmokda.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish