5 Kon lahimlarini o‘tish usullari va texnologiyasi. Laxim o'tish usulini tanlab olishga tasir ko'rsatuvchi omillar



Download 9,61 Kb.
Sana15.11.2022
Hajmi9,61 Kb.
#865868
Bog'liq
Kon lahimlarini o\'tish-


5 Kon lahimlarini o‘tish usullari va texnologiyasi. Laxim o'tish usulini tanlab olishga tasir ko'rsatuvchi omillar.
Reja.
1. Laxim o'tish usullari.
2. Eng keng tarqalgan usul.
3. Laxim o'tish jarayonlari.
Ma’lum ko‘ndalang kesim yuzasi va uzunlikka ega bo‘lgan yerosti bo‘shliqlarini hosil qilish hamda ularni saqlash uchun birin-ketin bajariladigan ishlab chiqarish jarayonlari majmuyi kon lahimlarini o‘tish usullari deyiladi.
Kon jinslarining fizik-mexanik xossalari, lahimlarning baja- radigan vazifalari, ko‘ndalang kesim yuzasining maydoni va ishlash muddatiga ko‘ra ularni oddiy (an’anaviy) hamda max- sus usullarda o‘tiladi.
Agar jinslarning xususiyati lahim shifti, hatto qisqa muddat (mustahkamlagich o‘rnatilguncha) ochiq holda buzilmasdan turishiga imkon bersa, lahimlar oddiy usulda o‘tiladi. Orasidan lahim o‘tiladigan jinslar o‘ta noturg‘un, murakkab geologik va gidrogeologik xususiyatlar (sochilma, oqishga moyil va shu kabi xususiyatlar)ga ega bo‘lsa, lahimlar maxsus usullarda o‘tiladi.
Jinslarni muzlatish, tamponlash, qoqma mustahkamlagich o‘rnatish yoki kavjoy suv sathini pasaytirish kabi boshqa qo‘shimcha jarayonlarni bajarishga asoslangan lahim o‘tish usullari maxsus usullar hisoblanadi.
Konchilik sanoatida keng qo‘llaniladigan, kon massasini kavjoy massivdan ajratib olish (buzish) vositalariga asoslangan lahim o‘tish usullari quyidagilarga bo‘linadi: kombayn bilan lahim o‘tish; burg‘ilab-portlatish vositasida lahim o‘tish; zarba bolg‘asi yordamida lahim o‘tish; yuqori bosimga ega bo‘lgan suv oqimi (struyasi) ta’sirida lahim o‘tish.
U yoki bu lahim o‘tish usulini tanlab olishda qator omillarni hisobga olish lozim. Ulardan eng asosiylari lahim o‘tiladigan kon massivining kon-geologik va kon-texnik omillaridir. Tanlab olinadigan lahim o‘tish usuli mehnat xavfsizligi, lahim o‘tish ishlarini belgilangan reja asosida ishonchli olib borish va maksimum tejamkorlikni ta’minlash kabi talablarga javob berishi kerak.
Lahim o‘tish usulini tanlab olishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga jinslarning pishiqligi, ko‘mir qatlami yoki ruda yertomirining qalinligi, og‘ish burchagi, tektonik buzilganligi, jinslarning suvliligi, gazliligi hamda kon zarbasi va to‘satdan otilib chiqish xavfi borligi kabi sharoitlar kiradi.
Kon-texnik omillarga esa, lahimning ko‘ndalang kesim yuzasi, uzunligi, bajaradigan vazifasi va ishlash muddati, joy- lashgan chuqurligi, qiyalik burchagi, kon massasi va usku- nalarni tashish usullari, shuningdek, lahimlarning o‘zaro joylashish sxemasi va boshqalar kiradi.
Lahim o‘tish usulini tanlashda ko‘p hollarda jinslarning qattiqligi e’tiborga olinadi. Chunki bu omil lahimni kombayn yoki burg‘ilab-portlatish usulida o‘tishning chegarasini belgi- lash bilan bir qatorda, lahim o‘tishda qo‘llanadigan mexa- nizmlar — burg‘ilash mashinasi, yuklash mashinasi, transport vositalari va lahim o‘tuvchi kombaynlarning rusumlarini ham aniqlashni taqozo etadi.
Hozirgi vaqtda konchilikda burg‘ilab-portlatish usulida lahim o‘tish keng tarqalgan bo‘lib, ruda konlarini qazib chiqarishda qariyb barcha lahimlar, ko‘mir qazib chiqarishda esa, o‘tiladigan lahimlarning 65% i shu usulda barpo etiladi.
Lahim o‘tish jarayonlari ikkiga — asosiy va yordamchi jarayonlarga ajratiladi. Kavjoy massividan jins yoki foydali qazilmani ajratib olish, uni transport vositasida yuklash va tashish, doimiy mustahkamlagichlarni o‘rnatish asosiy jarayon- lar hisoblanadi. Bu jarayonlar kavjoy yoki bevosita unga yaqin bo‘lgan joylarda bajariladi. Yordamchi jarayonlar vaqtinchalik mustahkamlagich o‘rnatish, temir yo‘l yotqizish yoki konveyerni uzaytirish, ariqcha hosil qilish, shamollatish quvurlari, kuch va telefon kabel uchini uzaytirish kabi jarayonlardan tashkil topadi.
Lahim o‘tish texnologiyasi potok (uzluksiz) yoki siklli bo‘lishi mumkin. Agar bir necha lahim o‘tish jarayonlarini bir vaqtda, parallel bajarishga imkon beradigan, ya’ni kon massasini kavjoydan ajratib olish jarayonining uzluksizligi ta’minlansa, bunday texnologiya potok texnologiya deyiladi. Bu texnologiyaga kombayn bilan lahim o‘tish misol bo‘la oladi.
Lahim o‘tishning asosiy jarayonlari qat’iy ketma-ketlikda bajarilib, ular davriy ravishda qaytarib turilsa, bunday texnologiya siklli texnologiya deyiladi. Burg‘ilab-portlatish asosida lahim o‘tish siklli usulga misol bo‘ladi.
Berilgan vaqt birligida lahim kavjoyining belgilangan maso- faga surilishini ta’minlashda ma’lum tartibda bajariladigan lahim o‘tish jarayonlari majmuyi lahim o‘tish sikli, unga sarflangan vaqt esa sikl davomiyligi deyiladi.
Hozirgi vaqtda shaxta va rudniklarda lahim o‘tishning quyi- dagi texnologik sxemalari qo‘llaniladi:
burg‘ilab-portlatish usulida lahim o‘tish texnologik sxemasi;
kombayn bilan lahim usulining texnologik sxemasi;
tor yoki keng kavjoyli lahim o‘tish texnologik sxemasi;
burg‘ilab-tutashtiruvchi mashinalar yordamida lahim o‘tish texnologik sxemasi.
Lahim o‘tish sxemasini tanlab olish ham qator omillarga bo‘g‘liq bo‘lib, ulardan asosiylari — kon jinslarining fizik- mexanik tavsiflari, kon lahimining yer qobig‘ida joylashish tarzi, lahimning ko‘ndalang kesim yuzasi, lahimning bajara- digan vazifasi
Download 9,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish