5-mavzu: Arab xalifaligi davrida musiqa madaniyati



Download 110,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.12.2021
Hajmi110,68 Kb.
#94830
  1   2   3
Bog'liq
5-mavzu. Arab xalifaligi davrida musiqa madaniyati (VII-X asrlar)



5-mavzu: Arab xalifaligi davrida musiqa madaniyati (VII-X asrlar) 

Qadimiy  madaniyat  o‘choqlaridan  biri  bo‘lgan  O‘rta  Osiyoda  yashagan  xalqlar 

jahon  fani  va  madaniyati  xazinasiga  salmoqli  hissa  qo‘shganlar.  Ular  musiqa 

madaniyati sohasida ham juda boy qadimiy merosga ega. O‘rta Osiyo xalqlarining 

musiqa  madaniyati  tarixiga  doir  qadimiy  yozma  manbalar  va  arxeolog  olimlar 

tomonidan  topilgan  yodgorliklar  buning  dalili  bo‘lib  xizmat  etadi hamda  bu 

xalqlarning qadimdan boshlab yuksak madaniyat ega- lari bo‘lganligini tasdiqlaydi. 

Lekin arab istilosi davrida (VII - IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida 

musiqaga doir yozma manbalar ham kuydirilib, yo‘qotib yuborilgan. Shuning uchun 

O‘rta  Osiyo  xalqlarining  so‘nggi  ming  yillik  madaniyati  tarixiga  oid  yozma 

manbalargina bizgacha yetib kelgan. 

VII  asr  boshida  Arabiston  yarim  orollarida  yirik  Arab  davlati  tashkil  topdi. 

Davlatning voha va shaharlar aholisi kam bo‘lgan va ularni bir-biridan Arabiston 

sahrosi ajratib turgan. U jug‘rofiy jihatdan qulay joylashgan bo‘lib, qadimdan Sharq 

va  G‘arbdagi  turli  mamlakatlar  bilan  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalar  o‘rnatishga 

intilib kelgan. Atrofda bo‘layotgan barcha siyosiy voqealar arab xalqlari taqdiriga 

ta’sir  etmay  qolmadi.  Qadimdan  qabila  bo‘lib  yashab  kelayotgan  arablar  ittifoqi 

mustahkam  emas  edi.  Ular  goh  birlashib, gohida  esa  parchalanib  ketar  edilar.  Bu 

narsa arablar siyosati va diniy ta’limotida ham o‘z aksini topdi. Aholi orasida ko‘p 

xudolik – butparastlik urf edi (xususan Ka’bada 360ta but haykali bo‘lib, ularning 

eng yiriklari Xubal va Lut bo‘lgan). 

Shunday bir vaziyatda Islom dini yuzaga keldi. Islom – bu Alloh yagona deya e’tirof 

etib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik hamda Alloh 

buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Islom “itoat”, “bo‘ysunish” 

ma’nolarini bildiradi. Bu dinning asoschisi Muhammad (S.A.V.) payg‘ambar (570-

632) makkalik Abdulloh degan kishining o‘g‘li bo‘lganlar. Uning bobolari Abutolib 

quraysh qabilasining boshlig‘i bo‘lgan. 

VII  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  Xalifalik  tobora  kengayib  boradi  va  o‘z 

chegaralarini  g‘arbu-sharq  tomon  uzaytirishga  harakat  qiladi.  Yaqin  va  O‘rta 

Sharqning  boy  viloyatlari  qo‘lga  olinib,  nihoyatda  uyushgan  va  jangovar  arab 

qo‘shini  shiddat  bilan  harakatlarni  boshlab  yuboradi.  Arablar  Amudaryodan 

shimolda  joylashgan  yerlarga  “Movaraunnahr”,  ya’ni,  “ikki  daryo  oralig‘i  yohud 

daryo ortidagi yerlar” deya nom berishgan. Hozirgi Afg‘oniston shimoli, Eronning 

shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan Amudaryoga qadar bo‘lgan 

hududlar  esa  Xuroson  deb  yuritilgan.  Arablarning  Movaraunnahrga  qarshi  harbiy 

yurishlari  o‘z  maqsad  va  rejalari  bilan  ikki  davrga  bo‘linadi.  Birinchi  davrda 

xalifalik  istilo  etishni  emas,  balki  harbiy  jihatdan  tayyorgarlik  ko‘rish,  mahalliy 

hukmdorlar  kuch-qudratini  sinash,  mavjud  jug‘rofiy,  harbiy,  iqtisodiy  siyosiy 

joylashuvni  o‘rganish,  kichik  yurishlar  orqali  o‘ljalar  orttirish  rejasini  amalga 

oshiradi. Arablarning 705 yili Qutayba ibn Muslim boshchiligida Balxni bosib olishi 




bilan  ikkinchi  asosiy  harbiy  harakati  boshlanadi.  Balxdan  tashqari  Qutaybaga 

Chag‘oniyon, Shuman va Markaziy Osiyo janubidagi kichik viloyatlar bo‘ysunadi. 

Shunday  qilib,  ko‘p  yillar  davomida  olib  borilgan  doimiy  kurashlar  natijasida 

Movaraunnahr xalifalik ixtiyoriga o‘tadi. 

Arablar  o‘z  hukmronligining  siyosiy  negizini  mustahkamlash  va  uning 

barqarorligini ta’minlashda islom dinini keng yoyishga va uni targ‘ib qilishga katta 

e’tibor berdilar. Markaziy Osiyo aholisi ichida e’tiqod qilinayotgan zardushtiylik, 

moniylik,  buddizm,  nasroniy  va  boshqa  dinlar  soxta  deb  e’lon  qilindi.  Ayniqsa 

zardushtiylikka  qarshi  keskin  kurash  olib  borildi.  Bosib  olingan  yerlarda  uning 

barcha  ibodatxonalari  o‘rniga  masjidlar  barpo  etildi.  Zardushtiy  adabiyotlar, 

xususan diniy kitoblar, so‘g‘d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo‘q qilindi. Maishiy 

hayot  bobida,  zakot  masalasida  Qur’on  va  shariat  ahkomlarining  qoidalari 

mehnatkash aholi tomonidan tezda qabul qilindi. Alloh oldidagi tenglik esa dinning 

ahamiyatini kuchaytirar edi. Islomning xalqparvarlik ruhi hal qiluvchi ahamiyatga 

ega  bo‘ldi.  Zero  islom  ma’naviy  bo‘shliqni  tugatdi.  Uning  ahamiyati  bilan 

istilochilar harakatini adashtirib yubormaslik kerak. 




Download 110,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish