5-Mavzu: ertaklar va uning turlari


Mavsum-marosim qo‘shiqlari



Download 1,28 Mb.
bet54/66
Sana16.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#378121
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66
Bog'liq
5.Mavzu

Mavsum-marosim qo‘shiqlari. Xalqimizda mavsum, marosim, bayram so‘zlari bilan ifodalangan tushunchalar bor. Ular haqida aniq tasavvurga ega bo‘-lish uchun bu so‘zlarning ma’no ifodalash chegarasini belgilash zarur. «Mavsum» deganda, asosan, yil fasllari nazarda tutiladi. Binobarin, mavsum qo‘shiqlari qish, bahor, yoz, kuz fasllari bi-lan bog‘liq bo‘ladi. Marosim esa diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati bilan o‘tkazila-digan tadbir, yig‘in demakdir. U bayram umumxalq shodiyonasi, tantana kun ma’nosini ifodalay-di. Ma’lum bo‘ladiki, «marosim» tushunchasi «bayram» so‘zi ifodalagan ma’nodan kengligi bilan farq qilar ekan. Chunki marosim bir shaxs hayotidagi muhim voqea bilan bog‘lanishi mumkin. Bu tadbir oila chegarasi bilan cheklanadi. Bayramda esa umumxalq ishtiroki bo‘lishi lozim. To‘g‘ri, biz, ko‘pincha, «bayram marosimi» birikmasini qo‘llashimiz mumkin, ammo bu holatda gap oilaviy marosim haqida emasligi ta’kidlanadi. Dunyoda bironta xalq yo‘qki, turli munosabatlar bilan ommaviy bayramlarni nishonlamasin. Bayramlar butun xalq tayyorgarligi bilan o‘tkazila-di. Katta shodiyonalar rejalashtiriladi. Maxsus taomlar pishiriladi, bayram liboslari tikila-di, o‘yin-kulgilar, sayillar, tomoshalar, musobaqalar uyushtiriladi. Shuning uchun milliy bay-ramlar tizimida xalq tarixi, milliy xususiyatlar haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Bu tasavvurlarni oilaviy, muayyan hudud aholisi o‘rtasidagi marosimlar, qolaversa, milliy urf-odatlar to‘ldiradi, mukammallashtiradi.Olimlarning ma’lumot berishlaricha, mavsum-marosimga oid tadbirlar, xalq ommaviy bayramlarining tarixi minglab yillar bilan o‘lchanar ekan. Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida «Navro‘z», «Ramush og‘am», «Boboxvora» kabi o‘ndan ortiq bayramlar xususida ma’lumot beriladi. Xalqimiz bugungi kunda mavsum-marosim, bayram va udumlarni o‘tkazishning uzoq qadimiylarini qayta tiklamoqda, ularni tashkil qilishda mukammal rejalar bilan ish olib bormoqda. Xalqimiz har bir faslning o‘ziga xos fazilatlarini ta’rif etgan, qish, bahor, yoz, kuz fasllarida tabiatda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni qo‘shiqlarda lirik tarzda ifodalagan. Xususan, qish faslida «Sherda» nomi bilan atalgan gap-gashtak, ulfatchilikda:

Qor yog‘mayin ola bo‘lgan tog‘lar-a,

G‘unchasidan xazon bo‘lgan bog‘lar-a,

Kuyistonda kuyib o‘tgan bedilxon,

Ustida qag‘illab o‘tgan g‘ozlar-a,

Begim allayor, allayor qo‘shig‘i ulfatlarning jo‘raboshisini saylashda aytilgan. Bahorda turna, boychechak, sumalak, shox moylash qo‘shiqlarini aytish odat bo‘lgan:

Adirlar to‘la chechak,

Biz keldik ucha-ucha,

Boychechagim, boychechak,

Kutib oling, hoy chechak. Xalq odatlariga ko‘ra o‘tkaziladigan shamol to‘xtatish, shamol chaqirish, oblo baraka kabi yozgi marosimlarda o‘ziga xos qo‘shiqlar aytilgan:

Choy momo, choy, choy, choy,

Chayilib qolsin quv shamol,

Bosa-bosa beringlar,

Bosilib qolsin quv shamol.

O‘zbekistonda kuzning fayzi alohida qayd qilinadi. Hosil yig‘ish, qovun sayli, to‘kinlik xalqqa mamnuniyat bag‘ishlaydi. Bu faslning ham o‘z qo‘shiqlari mashhur:

Qovun-qovunlar dedim,

Mazali qovunlar dedim,

Ey shirinnovvot dedim,

Gurvak qovunlar dedim.

Xalqimizda marosimlar juda ko‘p. Yil quruq kelib, bahorda yomg‘ir yog‘masa, «Yomg‘ir chaqirish» marosimi («Sust xotin»); bug‘doy, sholi boshoqlari yetilgan paytda shamol ularni payxon qilsa, «Shamol to‘xtatish» («Choy momo»); don mahsulotlarini shopirish vaqtida shamol bo‘lmasa, «Shamol chaqirish» («YO, Haydar»); yil sovuq kelsa, omad yuz o‘girsa, qurbonlik keltirish marosimlari o‘tkazilgan. Ayniqsa, oilaviy marosimlarda: to‘y va azalarda qo‘shiqlar mehmon va mezbonlarning, mayit egasining doimiy hamrohiga aylangan.To‘ylardagi yor-yorlar, o‘lan aytish-lar, kelin salomlar xalq poetik ijodining mumtoz namunalari bo‘lib qolgan. Hayot tajribasi oilaviy turmush totuvlikdan boshlansa, mehr yetakchi bo‘lsa, keyingi hayot ham inoqlikda o‘tishini tasdiqlagan. Shuning uchun kuyov-kelin ko‘nglini bir-biriga yaqin qilish orzusi qayta-qayta tilga olinadi:

Shoyi ko‘ylak yengiga

Tut qoqaylik yor-yor,

Kelin-kuyov ko‘ngliga

O‘t yoqaylik yor-yor.

Ma’lumki, og‘zaki ijoddagi qo‘shiq o‘zining tez fursatda, ba’zan badihago‘ylik – improvizatsiya usulida yaratilishi bilan boshqa janrlardan farq qiladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, shoirlik iste’dodiga ega bo‘lgan yor-yor ijrochisi to‘y vaziyatiga qarab yangi-yangi to‘rtliklarni to‘qib ketavergan. Natijada, aynan to‘y o‘tkazilayotgan payt qo‘shiq matnida foto tasvirdek aks etib qolgan:

Qish kunida sovuq yeb,

Horib keldik yor-yor,

Achchiq-tirsiq kerakmas,

Koyib keldik yor-yor.

Albatta, hayot ijtimoiy tuzum, siyosiy sharoitlar taqozosi bilan doimiy ravishda o‘zgarib borgan. Turmushga chiqayotgan qiz o‘z turmush o‘rtog‘ini faqat go‘shangadagina ko‘rishi mumkin bo‘lgan zamonlar o‘tdi. Ba’zan davlatmand odamlarning ikkinchi, uchinchi, hatto to‘rtinchi xotini bo‘lish taqdirida yozilgan qizlar ham bo‘lgan. Bunday qismat ifodasi yor-yorda aks etmasligi mumkin emasdi:

Uzoqqa borgan qizning

Rangi sariq yor-yor,

Ko‘zidan oqqan yoshi

Misli ariq yor-yor.

Tokchadagi qaychini

Zang bosibdi yor-yor,

Yangi tushgan kelinni

G‘am bosibdi yor-yor.

Turmushga chiqqan kelinning dardi, alami bilan g‘am bosgani tokchada ishlatilmay qolgan qaychining zang bosishiga qiyoslanmoqda. Bunday tasvir vositasi folklorshunoslikda parallelizm deb nomlangan bo‘lib, ikki yonma-yon narsaning o‘xshashligini taqozo etadi. Yor-yor matnlari mehnat va mavsum qo‘shiqlaridan qofiyalanishidagi mukammallik bilan ajralib turadi. Jumladan, yor-yorlarda «baxt», «taxt»; «omon», «somon», «alvon», «polvon» kabi chiroyli qofiyali misollarni uchratamiz. Bu qo‘shiq turlari ba’zan olti, ko‘pincha yetti bo‘g‘indan iborat bo‘ladi. Turoq tizimi 4+3; 5+2 tarzida belgilanadi. Qofiyalanish shakli a b, b a yoki a b, v b tarzida shakllangan.

Kelin salomlar ham to‘y qo‘shiqlarining tarkibiy qismini tashkil etadi. An’anaviy kelin salomlar matnida Allohga, Muhammad payg‘ambarimiz (s.a.v)ga, chahoryorlarga, avliyo va anbiyolarga murojaat qilish alohida o‘ringa ega. Agar xalq qo‘shiqlarining boshqa turlarini ko‘pchilik bo‘lib ijro qilish mumkin bo‘lsa, kelin salomlar, asosan, bitta chechan qo‘shiqchi, ba’zan ikkita ayol tomonidan ijro qilingan. Odatda, kelin salom aytuvchi ijrochi mazkur marosimga fayz kiritishi yoki, aksincha, qizita olmasdan uyatga qolishi kuzatiladi. Shuning uchun ijrochi butun tajribasini, mahoratini, xonandalik san’atini to‘liq namoyish qilishga urinadi. Atrofdagi qatnashchilar ruhiyatini ko‘tarish uchun yumor unsurlaridan foydalanadi. Kelin salomlar aksari uch misradan iboratdir. Shundan ikkitasi fikr ifodalash maqsadini nazarda tutsa, uchinchisi naqarot sifatida takrorlanadi:

Ko‘ylaklari yamoqli,

Yopgan noni sanoqli,

Qaynonasiga salom.

Muhimi, bunday kulgili mazmundagi misralar marosim ishtirokchilari tomonidan hazil ma’nosida tushunilgan.




Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish