Internet
Abonent tizimlarining hududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlari (KT) ni 3
turkumga ajratish mumkin:
Lokal tarmoqlar (LAN - Local Area Network) - bir xonadagi, binodagi, uncha
katta bo'lmagan hududdagi kompyuter tarmoqlari (2,5 km gacha bo'lgan masofada
birlashtirilgan kompyuterlar);
mintaqaviy kompyuter tarmog'i - bir-biridan ancha uzoqda joy lashgan
kompyuterlar va lokal tarmoqlami o'zaro bog’laydi. U katta shahar, iqtisodiy
mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonent-lami o'z ichiga olishi mumkin;
global tarmoqlar turli mamlakatlar yoki qit'alarda joylashgan abonentlarni
birlashtiradi.
Global, mintaqaviy va lokal kompyuter tarmoqlarining birlashuvi ko’ptarmoqli
iyerarxiyani tashkil etib, umumjahon axborot resurslarini birlashtirish va ulardan
kollektiv ravishda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Hozirgi kunda dunyoda
ko'plab kompyuter tarmoqlari ishlab turibdi. Dastlabki kompyuter tarmog'i -
ARPANET (Advenced Researsh Projects Agency Network) - AQSHning mudofaa
vazirligi tomoni dan 1969-yili ishlab chiqilgan. U keyinchalik boshqa KTlar bilan
birlashtirilib, INTERNETning bir qismi sifatida ishlatila boshlandi. INTERNET -
international network - yagona standart asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global
kompyuter tarmog'i. Internet xiz-mati «internet provayderlari» yordamida aloqa
kanallari - telefon tarmog'i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan
foydalanish orqali amalga oshiriladi. Hozir Intemetga dunyoning 150 dan ortiq
mamlakatlaridagi milhonlab kompyuterlar ulangan. Har oyda tarmoq miqdori 7-
10% ga ortib bormoqda. Intemetdan foydalanuvchilaming soni 2002-yil sentabriga
kelib 605,6 mln.ga yetdi. Eng ko'p foydalanuvchilar Yevropada - 190,91 mln.kishi.
Lekin so‘nggi paytda Osiyo - Tinch okean regioni mamlakatlarida
foydalanuvchilar soni tez o‘sib bormoqda. Hozir ular 187,24 mln. kishini tashkil
qiladi. Bugungi kunda Internet 50000 dan ortiq alohida tarmoqlami bog'laydi.
Intranet - internet texnologiyasi, dasturiy ta’minoti va protokol-lari asosida tashkil
etilgan hamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda
ishlash imkonini beruvchi, korxona yoki konsem miqyosidagi yagona informatsion
muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog'i. Internet xizmatlari deganda
tarmoqdagi xizmatlar tushuniladi. Ular quyidagilardan iborat:
WWW - grafik, audio va video materiallarni o'z ichiga olgan gipermatnli
hujjatlarni ko'rish va topish;
telnet - kompyuterga uzoqdan bog'lanish; ftp - fayllarni uzatish;
e-mail - xabarlami uzatish;
usenet - elektron e’lonlar taxtasi, telekonferensiyalar; gopher - matnli hujjatlarni
ko'rish va topish.
WWW - Intemetning eng ommabop xizmat turi. Unga ulamsh uchun kompyuter
bilan modem yetarlidir. Shu tufayli Butun dunyo tarmog'i butun olam axborotlar
ombori - kutubxonaga aylanib qoldi va u dunyoga yoyildi. WWW da ma’lumotlar
sahifalarda joylanadi. WWW sahifalari soni so'nggi 3 yilda yuz milliondan oshib
ketdi. Bu sahifalar egasi kim? Ular yirik korporatsiyalar yoki kichik korxonalar,
universitet va maktablar, tashkilotlar, jumal va ro‘znomalar yoki oddiy shaxslardir.
Bu sahifalarda turli-tuman ma’lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot
olishning va tarqatishning eng qulay usulidir.
World Wide Web xizmati (WWW). Bu xizmatni, odatda, Internet bilan
tenglashtiradilar. Aslida WWW xizmati - bu Intemetning ko‘p tarmoqli
xizmatlaridan biridir.
World Wide Web - Web-serverlarda saqlanayotgan va o‘zaro bog‘langan
millionlab elektron hujjatlaming yagona ma’lumotlar fazosi. Web-fazolar
(пространство Web) ning alohida olingan hujjatlari Web-sahifalar (Web-
страницы)
deb
yuritiladi.
Web-sahifalaming
ma’lum
mavzuga
birlashtirilgan'guruhlarini Web-tugunlar (Web-узел) yoki Web-sayt yoxud oddiy
sayt deb yuritiladi. Bitta Web-server yetarli darajada ko'p saytlami o‘zida
mujassamlashtirishi mumkin. Ulaming har biriga, odatda, serveming qattiq diskida
alohida katalog ajratiladi. Terminalli rejim. Tarixan kompyutemi masofadan turib
boshqa rish xizmati Telnet bilan bog'liq. Masofadagi kompyuter ishini kerakli
protokol xizmati orqali boshqarish «konsolli» yoki «terminalli» boshqarish deb
yuritiladi. Intemetda Telnet dan texnik obyektlami, masalan, «teleskop»,
«videokamera», sanoatdagi robotlami masofadan turib boshqarishda foydalaniladi.
Elektron pochta (E-mail). Bu xizmat turi ham dastlabki elektron xizmatlardan
hisoblanadi. Internetda uni ta’minlash uchun maxsus pochtali serverlar ishlatiladi.
Shu narsaga e’tibomi qaratmoq kerakki, «server» deganda maxsus ajratilgan
kompyuter tushunilmaydi. Bu yerda va bundan keyin «server» sifatida dasturiy
ta’minot ham tushunilishi mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki,
Internetda bitta kompyuter bir nechta server va har xil xizmatlar vazifasini
bajarishi mumkin. Telekonferensiya xizmati elektron pochta xizmatining har
tomonga tarqatish xizmatiga o'xshab ketadi. Telekonferensiya xizmatida xabar
bitta muxbirga yuborilmay, balki bir guruh muxbirlarga uzatiladi (bunday guruhlar
telekonferensiyalar yoki yangiliklar guruhi deb ataladi). Yangiliklar guruhi
uzatilayotgan serverdan boshqa hamma serverlarga jo'natiladi. Bu jarayon vaqti-
vaqti bilan takrorlanib turadi. Har bir serverga tushgan xabar chegaralangan vaqt
mobaynida (odatda, bir hafta) saqlanadi. Ushbu davr mobaynida xohlovchilar
xabarlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bir sutka ichida hamma
tomonga tarqatilgan xabarlar butun yer shariga tarqaladi. Keyinchalik bu xabarlar
asta-sekin o'chiriladi, chunki serverga ushbu xabarlar qaytajo'natilmaydi. Har kuni
dunyo miqyosida millionga yaqin xabarlar tarqatiladi. Ularning orasidan kerakli
xabarlarni topib olish amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun,
telekonferensiya tizimi mavzular guruhiga bo'lingan.
Fayllarni uzatish xizmati (FTP). Internet xizmatlari orasida fayllami qabul qilish va
uzatish ancha katta foizni tashkil etadi. Dastur fayllarini, katta hajmdagi hujjatlarni
(masalan, kitoblami) hamda arxiv ma’lu-motlarini fayllar ko'rinishida uzatishga
zaruriyat tug'iladi. FTP xizmati dunyo tarmog'ida o'z serverlariga ega bo'lib, unda
arxiv ko'rinishidagi ma’lumotlar saqlanadi. FTP protokoli server va mijozlar
o'rtasidagi ikkita TCP qo'shilmalar (соединения) bilan bir vaqtda ishlaydi.
Birinchi qo'shilma bilan ma’lumotlar uzatiladi. Ikkinchi qo'shilmadan
ma’lumotlami boshqarishda foydalaniladi. FTP protokol serverga murojaat qilgan
mijozning qayd etish vositasini ham taklif qiladi. Bu usul bilan, odatda,
kommersiyali
serverlar
va
chegaralangan
serverlar
o'zlarida
qayd
etilgan
kliyentlarga foydalanuvchining
ismini va u bilan bogiiq parolni
kiritishni talab qiladi. Ammo
o'n minglab FTP serverlar
mavjudki,
ular
anonim
ko'rinishda o'zlarining xizmatini
taklif
etadi.
Bu
holda
foydalanuvchilar ism sifatida
anonymous so'zini va parol
sifatida elektron aloqa xizmatini
kiritishlari kifoya. Ko'p holatlarda FTP xizmati buni avtomatik ravishda bajaradi.
IRC xizmati (Internet Relay Chat). Bu xizmat real vaqt mobay nida bir nechta
kishilami o'zaro to'g'ridan to'g'ri muloqot qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi.
Ayrim hollarda IRC xizmatini chat-konferensiya yoki oddiy chat deb ham
aytadilar. Telekoferensiyalardan farqli o'laroq, chat-konferensiyalarda muloqot
bitta aloqa kanali doirasida amalga oshirilib, unda bir nechta odam ishtirok etishi
mumkin. IRC xizmatini qoilab-quwatlaydigan serverlar va tarmoqlar bilan ishlay
digan bir qancha imtiyozli mijozli dasturlar mavjud. Ulardan eng imtiyozlilaridan
biri - mIRC.exe dasturidir. ICQ xizmati. Bu xizmat intemetga (ayni vaqtda)
ulangan kishi ning IP-tarmoqdagi adresini izlab topishga mo'ljallangan. Ko'pgina
foydalanuvchilar doimiy IP-adresga ega emaslar. Shuning uchun ushbu xizmatga
zaruriyat tug'ilgan. Bu xizmatdan foydalanish uchun uning markaziy serverida
qayd qilinish (http://www.icq.com) va shaxsiy nomer UIN (Universal Internet
Number) olish kerak. Bu nomemi hamkorga uzatish mumkin. Bu holda ICQ
xizmat Intemet-peyjer ko'rinishidagi xizmat turini bajaradi. UIN nomemi bilgan
holda uning IP-adresini bilmasangiz ham, uning markaziy server xizmati orqali
hamkor bilan ulanish uchun xohish borligi haqidagi xabami jo'na-tish mumkin.
Internet - butun jahon o'rgimchak to'ri deb nomlanishiga sabab, uni tuzilish
strukturasi o'rgimchak to'rinikiga o'xshab ketadi. Undan tashqari uni kosmosdagi
yulduzlar va gallaktikalar joylashuviga ham o'xshatish mumkin. Internerga birinchi
martta AQSh da DARPA tashkiloti tomonidan asos solingan. Umuman olganda
internet oddiy bir kompyuterlarni bir-biriga ulagan tarmoqga o'xshaydi. Faqatgina
uning miqyosi butun dunyo bo'yicha tarqalgan. Demak, tarmoq hosil qilingandan
so'ng undagi kompyuterlar bir-biri bilan bog'lanishi uchun ularga nom berib
chiqish kerak. Buni bizga IP lar amalga oshirib beradi. IP bo'yicha biror
kompyuterga ma`lumot uzatishda maxsus qoida bo'lishi kerak, axir butun jahon
kompyuter tarmog'i bo'lganidan keyin unda har xil operatsion tizimli, turli xil
kompyuterlar joylashadida. Ular bir birlari bilan maxsus belgilangan qoida asosida
bog'lanadilar.
Bu qoidani TCP/IP protokoli (yani qoidalar majmuasi) amalga oshirib beradi.
Endi, kompyuterlar bir-biri bilan nima uchun bog'lanadilar? - albatta biror
ma`lumot olish uchun, axir DARPA tashkil qilgan ARPANET ni ham maqsadi shu
ediku. Ma`lumotni foydalanuvchiga berish
uchun, internetda mahsus Serverlar tashkil
qilinadi. Ma`lumot turi esa biror ko'rinishdagi
fayl bo'lishi mumkin, yoki pochta xabari, yoki
web sayt va hokazo...shularga mos tarzda fayl
serverlari, pochta serverlari, web serverlar va
boshqalar tuziladi. fayl serveriga murojaat
FTP protokoli orqali, pochta serveriga
murojaat SMTP va boshqa pochta protokollari
orqali, Web serveriga murojaat esa HTTP
protokoli
orqali
amalga
oshirilishi
mumkin.Bilamizki, fayl serverida har xil
fayllar (masalan rasm, musiqa, kino va
hokazo...) turadi, pochta serverida kelgan,
jo'natilgan va boshqa pochta xatlari turadi. WEb serverdachi? - web serverda turli
xil web saytlar turadi. Xo'sh, agar internetda barcha kompyuterlar, serverlar bir
birini IP adres orqali tanisa, qanday qilib bizni brauzer adres qatorida yozgan oddiy
harflardan iborat so'zimiz bizni kompyuterimizni qaysidir joyda turgan web server
bilan bog'ladi? - buning uchun mahsus DNS serverlar yordamga keladi. u yerda
saytlarni adreslari va ular uchun mahsus berilgan IP adreslar turadi, xuddi
quyidagicha:
www.mail.ru 217.69.141.22, www.google.ru 173.194.35.151 va hokazo... Siz
qachonki brauzer adres qatoriga mail.ru yozganizda bu so'rov DNS serveriga borib,
u yerdan mail.ru ga mos turgan ip adresli serverga yo'naladi. Hohlasangiz mail.ru
yozmasdan yuqorida keltirilgan joydagi mail.ru ni to'g'risidagi ip adresni brauzer
adres qatoriga yozing, sizga mail.ru saytini ochib beradi. Ma`lumki brauzer HTTP
so'rovini yuboradi, shu sabab bu so'rovni web server o'ziga qabul qiladi. bu huddi
ko'p eshikli binoni biror eshigi bo'yicha kirishga o'xshaydi. Masalan, siz HTTP
yo'lagi bo'yicha borsangiz sizni web server kutib oladi. Buni ilmiy tilda "web
server 8080- portni(eshikni) tinglab turadi" deyiladi, bu eshikga esa HTTP yo'lagi
bo'yicha boriladi deb tushunish ham mumkin :) . Demak web server sizni
so'rovingizni qabul qiladi va sizga javob beradi. Web serverda nimalar turadi, u
sizga qanday qilib javob beradi va shunga o'xshash boshqa narsalarni keyingi
maqolalarimda yozib borishlikga harakat qilaman, bu maqolamni esa mandan web
sayt yasash uchun nimalar qilish kerak? - deb so'raganliklari uchun yozishni
boshlagandim...Endi internetdagi kompyuterlarni fizik bog'lanishiga keladigan
bo'lsak, siz uyingizdagi kompyuterga internet ulash uchun avval modem o'rnatasiz,
so'ng biror provayderni kartochkasini registratsiya qilib, so'ng ulanasiz. Demak,
sizga internetni provayder ta`minlab berdi. Provayderga ulanish yo'llari har xil
bo'lishi mumkin, masalan telefon liniasi orqali, usb modem orqali, yoki EVO,
SOHO kabilarga besprovodnoy set - radiosignal orqali ulanish mumkin. provayder
ham o'z navbatida internetni o'zidan katta biror provayderdan oladi, u katta
provayder ham, o'zidan katta boshqa provayderdan oladi, eng yirik provayderlarni
esa yirik magistral kanali bog'lab turadi. har bir provayder ma`lum darajada
chegaralangan IP adreslar to'plamiga ega bo'ladi va o'ziga ulangan mijozlarga shu
IP adreslarni taqsimlab beraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |