5-mavzu: kompyuter va mobil qurilmalar operatsion tizimlari



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana31.12.2021
Hajmi0,87 Mb.
#236816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-maruza

 

 

Utilita va drayverlar. Kompyuter ishlashini tezlashtirish, disklarni defragmentatsiya qilish, 

xotira  va  vinchesterlarni  tekshirish,  qisqa  qilib  aytganda 

kompyuterni 

optimizatsiya 

qilish 

uchun 


ko‘p 

foydalanuvchilar bir necha dasturlardan foydalanishadi. Bu 

o‘z  navbatida,  kompyuterga  o‘rnatilgan  dasturlarning 

ko‘payishiga sabab bo‘ladi.  

Windows  tizimini  sozlash  va  optimizatsiya  qilish 

uchun  mo‘ljallangan,  bir  necha  utilitlarni  o‘zida  jamlagan, 

ko‘p tillik, «Delphi (Object pascal) dasturlash tilida yozilgan 

utilita  hisoblanadi.  Bu  utilita  quyidagi  asosiy  vazifalarni 

bajarishi mumkin:  

— disklar bilan ishlash;  

— avtozagruzkalarni boshqarish;  

— keraksiz fayllarni o‘chirish; — dasturlarni o‘chirish; — reyestrlar bilan ishlash.  

Utilita  Windows  95  (dastlabki  versiyasi)  operatsion  tizimi  davridan  beri  ishlatilib 

kelinmoqda,  bundan  ko‘rinib  turibdiki,  utilita  ishonarli  va  foydalidir.  Rus  tilidagi  versiyasi 

o‘rnatib, qiyinchiliksiz o‘z tizimingizni sozlashingiz mumkin bo‘ladi. Eng asosiysi, optimizatsiya 

uchun  kerakli  ko‘p  funksiyalar  stabil  ishlashidadir.  TuneUp  utilitasini  o‘rnatsangiz,  quyidagi 

TuneUp utilitalar avtomat o‘rnatiladi va har birini alohida ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.  

TuneUp  1-Click  Maintance  (Bistroye  resheniye  problem)  —reyestrni  tozalash,  reyestrni 

defragmentatsiya qilish, kerak bo‘lmagan «yarlik»larni o‘chirish, vaqtinchalik fayllarni o‘chirish 

va diskni defragmentatsiya qilish kabi vazifalarni bajarish kerak yoki kerak emasligini tekshirib 

chiqadi va bitta Click orqali barcha vazifalarni ishga tushirishingiz mumkinligini ko‘rsatadi.  

TuneUp Gain Disk Space —vaqtinchalik va kerakmas fayllarni o‘chirish.  

TuneUp Registry Cleaner — Windows reyestrini tozalash.  

TuneUp Registry Defrag — Windows reyestraini defragmentatsiya qilish  

TuneUp Shortcut Cleaner — keraksiz «yarlik»larni o‘chirish.  

TuneUp Drive Defrag —disklarni defragmentatsiya qilish.  

TuneUp  StartUp  Optimizer  —  Windows  protsesslarini  ishga  tushish  va  ishini  to‘xtatish 

funksiyalarini optimizatsiya qilish.  

TuneUp Disk Doctor —qattiq diskning mantiqiy xatolarini topadi.  

TuneUp Repair Wizard — Windowsning umumiy muammolarini yechadi.  

TuneUp Undelete —qo‘ldan kelgancha o‘chgan fayllarni qayta tiklaydi.  

TuneUp StartUp Manager— Windows dasturlarini avtomat o‘chib yoqilishini boshqaradi.  

TuneUp Styler — Windowsning umumiy ko‘rinishini o‘zgartiradi.  

TuneUp System Control —tizim sozlashlarini amalga oshiradi.  

TuneUp Uninstall Manager —dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish bilan shug‘ullanadi.  



TuneUp  Disk  Space  Explorer  —tizim  administratoriga  qattiq  disk  haqida  ma’lumot 

beradi(grafik ko‘rinishda).  

TuneUp  Process  Manager  —  «Dispetcher  zadach»  o‘rnida  ishlatish  mumkin(vazifalarni 

ko‘rish).  

TuneUp Registry Editor —reyestrlar bilan ishlash(topish, o‘chirish,…).  

TuneUp Shredder —fayllarni umuman tiklab bo‘lmaydigan darajada o‘chirish.  

19.TuneUp System Information —butun tizim va qurilmalar haqida ma’lumot beradi.  

20. TuneUp Optimization Report —hisobotlar tayyorlaydi.  

21.TuneUp  Rescue  Center  —boshqa  utilitlar  orqali  qilingan  o‘zgartirishlarni,  o‘z  holiga 

qaytarishni amalga oshiradi.  

22.TuneUp Update Wizard — internet orqali utilitaning yangi versiyalarini qidiradi.  

Ko‘rib turganingizdek juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshiradi. Bitta shu utilit orqali 

butun tizimni sozlash, boshqarish, hisobotlarni statistika uchun ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.    

Utilitni  o‘rnatish  va  har  bir  funksiyani  qanday  ishlatishni  ko‘rsatib  o‘tishga  hojat  yo‘q, 

hammasi oddiy va bir-ikkita click orqali bajarish mumkin.  

 

5.4-rasm 



 Ba’zi  operatsion  tizimlar  induvidial    foydalanuvchi  va  bir  vaqtning  o‘zida  amalga 

oshiriladigan  yagona  dasturni      bajaradi.    Boshqalari  minglab  foydalanuvchilar    tomonidan 

bajariladigan ko‘plab dasturlarni amalga oshiradi. Operatsion tizim dasturlari sizning ishingiz 

samaradorligiga  bevosita ta’sir qiladi.  Yagona foydalanuvchi/yagona vazifali  operatsion tizim 

bir  vaqtning  o‘zida  faqat  bitta  foydalanuvchiga  bitta  dastur  bilan  ishlash  imkonini  beradi. 

Masalan, agar siz grafik dastur bilan ishlayotgan bo‘lsangiz va elektron pochtangizga kelgan 

xatni tekshirmoqchi bo‘lsangiz, siz avval grafik dasturdan chiqishingizga to‘g‘ri kelad. Oldingi 

tizimlarda yagona foydalanuvchi va yagona vazifa mavjud edi. Smartfonlar va boshqa mobil 

qurilmalarda ko‘pincha bitta foydalanuvchi/bitta vazifali operatsion tizim ishlatiladi. Bugungi 

kunda ko‘pgina operatsion tizimlar ko‘p masalali. 



 

 

             



      

   

   

   


 

 

             



 

       

   

  


 

5.5-rasm.TuneUp Registry Editor 

Drayverlar  -  tashqi  qurilma  bilan  ishlash  imkoniyatini  yaratadi,  operatsion  tizimning 

imkoniyatlarini kengaytirib beradi.   

Yagona foydalanuvchi / ko‘p masalali operatsion tizim  foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida 

bir yoki bir nechta dasturlar bilan ishlash imkonini beradi. Agar siz yagona foydalanuvchi / ko‘p 

masalali operatsion tizim bilan ishlayotgan bo‘lsangiz elektron pochtangizni ko‘rish uchun grafik 

dasturdan chiqishingizga hojat yo‘q. Siz har ikki dasturni bir vaqtda ishga tushirishingiz mumkin. 

Iste’molchilar bugungi kunda bir vaqtning o‘zida bir nechta dasturlar bilan ishlashadi.  Bunday 

tizimlarda Word dasturi kabi amaliy dasturlar  yoki grafik muharrirlar bilan ishlash jarayonida  

bir  vaqtning  o‘zida  elektron  pochtadan  foydalanishingiz  yoki  web-brauzer  dasturlar  bilan 

ishlashingiz mumkin.  Misol uchun siz Windows Media Player dasturida film yaratish jarayonida 

musiqa eshitishingiz mumkin.  Oldingi  pozitsiyadagi  dastur-faol  dastur,  ya’ni  joriy dastur, siz 

hozirda foydalanayotgan dastur bo‘ladi, boshqalari esa orqadagi  fonda joylashadi.   

Ushbu rasmda Windows Movie Maker Live dasturi faol dastur, qolgan uchta dastur (Windows 

Media Player, Microsoft PowerPoint, va  shaxmat o‘yini) orqa fondagi dasturlardir.   

5.6-rasm. Film yaratish dasturi oldingi fonda ish stolida va qolgan uchta 

dasturlar (Windows Media Player, Microsoft PowerPoint,  va Шахматние 

taxtasi) orqadagi fonda. 



Faol  dastur    odatda  ish  stolida  ekranda  namoyish  etiladi,  boshqa  dasturlar  faol  dastur 

orqasiga qisman yoki to‘liq yashiringan bo‘ladi.    

Siz osonlik bilan ish stolidagi faol dastur va orqa fondagi dasturlar o‘rnini almashtirishingiz 

mumkin.    Windowsda  dasturni  aktivlashtirish  uchun    masalalar  panelidagi  dastur  tugmasini 

bosing.  Bunday  holda  qolgan  barcha  dasturlar  orqa  fonga  o‘tishiga  sabab  bo‘ladi.    Amaliy 

dasturlar bilan bir qatorda operatsion tizim boshqa jarayonlarni ham nazorat qiladi. Tarmoqlar, 

serverlar, super kompyuterlar bir vaqtning o‘zida yuzlab, minglab foydalanuvchilarga bog‘lanish 

imkonini  beradi-bu  ko‘p  foydalanuvchili  operatsion  tizim  bo‘ladi.    Ba’zilari  doimiy  xotira. 

Boshqalari talab qilinganda bajariluvchi dasturlar.  

Tizimli  utilitalar.  Tizimli  utilitalar  kompyuterning  apparat  vositalariga,  ayniqsa 

tashuvchilariga, operastion tizimlar va boshqa ilovalarga xizmat qilishga mo‘ljalangan.  

Testlash  va  diagnostika  dasturlari.    Bu  dasturlar  kompyuter  va  har  bir  uzellarining  ishlash 

imkoniyatlarini tekshirish, mavjud, yuzaga kelgan yoki potenstial nosozliklarni aniqlash uchun 

xizmat qiladi.  

Yig‘uvchilarga  xizmat  qiluvchi  dasturlar.  Diskli  yig‘uvchilar  va  ularda  saqlanadigan  

axborotlarga xizmat qilishga mo‘ljallangan dasturlar sinfi.   

Diagnostika  dasturlari  disk  yig‘uvchilarida  joylashtirilgan    axborotlarning  mantiqiy 

tarkibidagi nosozliklarni aniqlaydi va bartaraf qiladi.   

Дефрагментатор  dasturlari  disklarda  axborotlarni  joylashtirishni  shunday  tartiblayki, 

natijada ularga murojaat qilish yoki kirishning maksimal tezligini  oshiradi.  

 


Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish