5-Mavzu: Nafas tizimi funksional holatini baholash usullari haqida nazariy bilimlarga ega qilish. Reja



Download 23,82 Kb.
Sana12.01.2021
Hajmi23,82 Kb.
#55452
Bog'liq
5 maruza


5-Mavzu: Nafas tizimi funksional holatini baholash usullari haqida nazariy bilimlarga ega qilish.

Reja.
1.1.Nafas tizimi funksional holatini baholash usullari haqida nazariy bilimlarga ega qilish.

Sport faoliyati sharoitlarida, tashqi nafas olish apparatiga o’ta darajadagi muhim talablar qo’yiladi. Ushbu talablarni amalga oshirish, butun yurak-nafas tizimining samarador faoliyat ko’rsatishini ta’min-laydi. Kislorodni tashuvchi tizim majmuasida nafas olish asosiy cheklovchi qismni tashkil etmasa ham, u tananing kerakli darajadagi kislorodli tartibini shakllanishida bosh vazifani o’taydi.

Tashqi nafas tizimining faol holati umumklinik tekshirishlari maTumotlari va asbob-uskunali tibbiy usullarni qo’llash bilan baho-lanadi.

chining odatdagi klinik tekshiruvlar (anamnez, paypaslash, to’qillatish va eshitish ma’lumotlari) shifokorga ko’pchilik holiarda o’pkalarda patoiogik holatlarni borligi yoki yo’qligi masalalarini hal etishga imkon beradi. Tabiiyki, chilarning faoliy jihatdan tayyor ekanligini aniqlash niyatida. mutiaqo sog’Iom o’pkalar chuqur, sinchkov tekshiruvlardan o’tkaziladi.

Anamnez - bemorning hayot sharoiti va kasalliklari tarixi haqida so’rab-istab to’planadigan ma’lumotlaraing yig’indisini bildiradi.

Tashqi nafas tizimini taxlil etish jarayonida, uning bir necha yo’nalishini ko’rib chiqish foydadan holi boMmaydi. Bularga nafas harakatlarini, o’pkalarda havo almashinishini va uning samaradorligini ta’minlovchi apparatning faoliyati kiradi.

Muntazam faoliyati ta’sirida nafas harakatlarini amalga oshiruvchi mushaklarning diafragma va qovurg’alararo mushaklar kuchining zo’rayishi oqibatida, mashg’ulotlari uchun zarur bo’lgan nafas harakatlari va bu jarayon tufayli o’pkalarning shamollatilishi oshadi.

Shamollatish - turli moslamalar yordamida bo’shliqlardagi havoni yangilashni anglatadi.

Nafas ntushaklarining kuchi pnevmotonometr, pnevmotaxometr va boshqabilvositausullar yordamida o’lchanadi.

Pnevmotonometr — o’pkalarda, kuchanganda yoki zo’rma-zo’raki nafas olingan paytda vujudga keladigan bosimni o’lchaydi. Nafas chiqarish «kuchi» (80-200 mm simob ustuni) nafas olish «kuchiga» nisbatan (50-70 mm simob ustuni), ya’ni 1,6-2,86 marta ortiqligi bilan ko’zgatashlanadi.

Pnevmotaxometr - litr/daqiqalarda ifodalanib, tezlashtirilgan nafas olish va nafas chiqarish chog’larida nafas yo’llarida vujudga keladigan havo oqimining hajmiy tezligini aniqlaydi.

Pnevmotaxometriya - nafas tezligini yozib olishni anglatadigan usul.

Pnevmotaxometr ma’lumotlari asosida nafas olish va nafas chiqarishning quvvati haqida fikryuritiladi.

Chiniqmagan sog’Iom odamlarda nafas olish quvvatining nafas chiqarish quvvatiga nisbatan 1,0 ga yaqin bo’ladi. Bemorlarda bu nisbat doimo 1 dan kichik ekanligi namoyon bo’ladi. chilarda esaaksincha, nafas olish quvvati, nafas chiqarish quvvatiga nisbatan (ba’zan jiddiy ravishda) ortiq bo’ladi:

Nafas olish quvvati

Y= 1,2 - 1,4 karra quwatli.

Nafas chiqarish quvvati

chilarda nafas olish quwatining nisbatan kuchliligi nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki nafas olishni chuqurlashtirish, havoning zaxiraviy hajmini ishlatish hisobiga amalga oshadi. Bunday holat suzisli paytida yorqin namoyon bo’ladi. Ma’lumki suzuvchilarda nafas olish vaqti o’ta darajada qisqa bo’lib, shu paytda suv oslida bajariladigan nafas chiqarish jarayonining vaqti aytarli darajada uzoqroq davom etadi.

O’pkalarning hayotiy hajmi (UXX) - bu o’pkalarning umumiy hajmining bir qismi bo’lib, uning haqida hulosa maksimal nafas olingandan keyin chiqarilgan havoning niaksimal hajmi bo’yicha chiqarriadi.

O’pkalarning hayotiy hajmi 3 qismga ajratiladi:

-nafas chiqarishning zaxiraviy hajmi;

-nafas olish hajmi;

-nafas olishning zaxiraviy hajmi.

O’pkalarning hayotiy hajmi suvli yoki quruq spirometrlar, yordamida o’lchanadi.

Spirometr - nafas olish paytida o’pkalarga kiradigan va ulardan chiqariladigan havo miqdorini o’lchaydigan asbob.

O’pkalarning hayotiy hajmini o’lchash jarayonida tekshiriluv-chining holatini hisobga olish zarur. Tana tik turgan holatda bo’Iganda, ushbu ko’rsatkichning kattaligi eng yuqori darajada bo’ladi.

O’pkalarning hayotiy hajmi tashqi nafas apparatining faoliy holatining muhim ko’rsatkichlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun uni jismoniy rivojlanish bo’Hmida ko’rib chiqish kerak emas. Uning kattaligi o’pkalarning o’lchamlari va nafas mushaklarining kuchiga bog’liq.

O’pkalarning hayotiy hajmining shaxsiy kattaligini baholash, tekshirish jarayonida olingan ma’lumotlarni bo’lishi lozim bo’lgan kattaliklar bilan taqqoslashtirish orqali amalga oshiriladi.

O’pkalarning hayotiy hajmini hisoblash uchun qator formulalar tavsiya etilgan. Ular u yoki bu darajada antropometrik ma’lumotiar va tekshiriluvchining yoshiga asoslangan tibbiyotida o’pkalarning hayotiy hajmini aniq lash maqsadida, Baldunin, Kuriana va Richarde formulalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu formaulalar o’pkalarning bo’Hshi kerak bo’lgan hayotiy hajmini odamning bo’yining baiandligi, yoshi va jinsi bilan bog’laydi. Formulalar quyidagi ko’rinishga ega:

Erkaklarda o’pkalarning hayotiy hajrni = 1 [(27,63 - (0.122 x. Yo)] xB;

Ayollarda o’pkaning hayotiy hajmi = I [(21,78 - (0,101 x Yo)] x B.

Bu formulada,

В - bo’yning baiandligi;

Yo-yosh, yillarda.

O’pkalarning hayotiy hajmi me’yor sharoitda uning bo’lishi kerak bo’lgan kattaligin’mg 90 foizidan kam bo’Jmaydi. chilarda bu ko’rsatkich ko’pincha, 100 foizdan ortiq bo’ladi

- keltirilgan 6 ta turi bo’yicha, o’pkalarning kerak bo’lgan


hajmiga nisbatan olingan o’pkalarning hayotiy hajmining joriy, aniq
kattaligi 100-119 foizlar ko’lamida joylashgan bo’lib, o’rtachasi 114,7
foizni tashkil etgan;

-o’pkalarni shamollatishning maksimal kattaligi 109-177 chegarada bo’lib, o’rtachasi 148 foizgateng;

-o’pkalarning jadallashtirilgan hayotiy hajmi, o’pkalarning hayotiy hajmiga nisbatan 72-86 foiz doirasida o’rtachasi 80,7 foizni tashkil qilgan.

Demak, o’pkalarning hayotiy xajini chilarda me’yorga nisbatan 100 foizdan ham ortiq bo’lib, ijobiy ifodaga ega.

chilarda o’pkalarning hayotiy hajmi keng koiamli bo’lib, 3 litrdan 8 litrgacha bo’ladi. Ma’lumotlarga binoan (V.V.JVlixaylov) erkaklarda bu ko’rsatkich 8,7 litrga, ayollarda esa 5,3 litrga teng bo’lgan hollar ham aniqlangan.

O’pkalarning hayotiy hajmining eng baland darajasi asosan chidamlikka mashq qiluvchi va eng yuqori yurak-nafas ish qobiliyatiga ega bo’lgan chilarga taalluqli bo’ladi. Aytilganlar asosida, tabiiyki o’pkalarning hayotiy hajmi butun yurak-nafas tizimining tashish imkoniyatlarini bashorat qila bo’lmaydi. Gap shundaki, tashqi nafas apparatining rivoji alohidalangan bo’lishi va bu paytda yurak-nafas tizimining qolgan qismlari, jumladan, yurak-qon tomir tizimi, kislorodni tashishni cheklab qo’yadi.

O’pkalarning hayotiy hajmi murabbiylar uchun ma’lum ahanii-yatga ega bo’lishi mumkin, chunki odatda chegaraviy jismoniy yuklamalarda vujudga keladigan maksimai ravishdagf nafas hajmi o’pkalarning hayotiy hajmining taxminan 50 foiziga teng bo’Jadi (suzuvchilar va eshkakchilarda V.V.Mixaylov ma’lumotiga ko’ra, 60-80 foizgacha bo’lishi mumkin).

Shunday qilib, o’pkalarning hayotiy hajmini bilgach, nafas hajmi­ning maksimai kattaligini bashorat qilish mumkin va shunga asoslangan holda, jismoniy yuklamaning maksimai tartibida o’pkalarning shamol-latilishiningsamaradorligi to’g’risida fikryuritsa bo’Iadi.

To’g’ridan-to’g’ri ma’lumki, nafas hajmi qanchalik katta bo’lsa, tanani kislorodni ishlatishi shunchalik tejamkorlik bilan amalga oshadi Aksincha, nafas hajmi qanchalik kichik bo’lsa, nafas olish soni, shunchalik ko’p bo’ladi (boshqa sharoitlar mavjudligida) va shunga bitioan tana qabul qilgan kislorodning ko’p qismi, nafas mushaklari o’zining faoliyatini ta’minlashga sarf etiladi.

O’pkalarning hayotiy hajmini aniqlash paytida, havo tezligining muhim ahamiyatga ega ekanligiga birinchi bo’Eib, B.E.Votchal e’tibor bergan.

Agar nafas chiqarishni katta tezlikda amalga oshirilsa, u holda bunday jadallashtirilgan o’pkalarning hayotiy hajmi, oddiy usulda aniqiangan o’pkalarning hayotiy hajmidan kam bo’ladi. Keyinchalik, Tiffno spirometrik texnikani qo’llab, o’pkalarning jadallashtirilgan hayotiy hajmini 1 soniya vaqt ichida maksimal ravishda chiqarilgan havo bo’yicha hisoblay boshiadi.

Spirograf-nafas harakatlarini yozib oluvchi asbob.

O’pkalarning jadallashtirilgan hayotiy hajmini aniqlash, amaliyoti uchun o’ta darajada katta ahamiyatga ega. Bunday holat, mushaklar faoliyati paytida, nafas davrining uzunligini qisqarishiga qaramay, nafas hajmi, tinch holatdagi ma’lumotlarga nisbatan 4-6 karra ko’payishi kerak.

chilarda o’pkalarning jadallashtirilgan hayotiy hajmini, o’pkalarning hayotiy hajmiga nisbatan ko’pincha, katta raqamlarga ega bo’ladi.

O’pkalarning shamollatish tashqi nafasning faol holatining muhim ko’rsatkichlaridan hisoblanadi. Bu ko’rsatkich, 1 daqiqa ichida o-’pkafardan chiqadigan havo hajmini ifodaiaydi. Ma’Ium bo’Iishicha, nafas olish paytidagi hamma havo o’pkalarga yetib bormaydi. Uning bir qismi nafas yo’llarida (traxeya-kekirdak bronxlarda) qolib, qon bilan uchrashmaydi. Shuning uchun ham bu havo o’pkalarda hava ainiashinuvida bcvosita ishtirok etmaydi. Mazkur havo anatomik o’lik bo’shliqniki bo’lib, uning hajmi 140-180 sm’ ni tashkil qiladi. Bundan tashqaii, alveolalarga yetib borgan havoning hammasi ham alveola-larning ayrimlarini, hafto sog’lom odamlarda qon bilan ta’minlash yomon bo’lishi yoki mutlaqo bo’lmasiigi mumkin. Ushbu havo, uning kattaligi tinch holatda ko’p bo’lmay, alveolalar o’lik bo’shlig’ining hajmini aniqlaydi - belgilaydi. Anatomik va al’veolyar o’lik bo’shliqlarning yig’indisi nafas yoki boshqacha qilib aytganda, fiziologik o’lik maydonni tashkil etadi.

chilarda bu ko’rsatkich 215-225 sm3 ga (eng. Ayrim hollarda o’iik nafas maydoni noto’g’ri «zararli» maydon non)i bilan ataladi. Gapshundaki, bu may don (yuqori nafas yo’llari bilan birgalikda) olingan havoni namlash va uni tana haroratigacha isitish uchun zarur.

Shunday qilib, olinayotgan havoning ma’lum qismi (tinch holatda taxminan 30 foiz) gaz almashinuv jarayonida ishtirok etmaydi va faqat lining 70 foizi alveolalarga yetib boradi hamda qon bilan gaz almashinuv jarayonida bevosita qatnashadi. Jismoniy yuklama paytida, o’pkalarning shamoHatilishi qonunan oshadi: ai’veolyar shamollatish hajmining samaradorligi umumiy o’pkalar shamolatilishining 85 foizini tashkil etadi.

O’pkalarning shamollatilishi nafas hajmini (V,) 1 daqiqadagi nafas olish soniga (1) ko’paytirgan natijasiga teng. Har ikkala ko’rsatkichlarni spiregramma bo’yicha hisoblab chiqish mumkin.

O’pkalarning shamolatilishi (Vr) soddaroq, usullar bilan ham aniqlanadi chilarni nafaqat tincli holatda, balki jismoniy yuklama paytida ham tekshirish imkoniyatini bera ofadigan tibbiy amaliyotda keng ko’lamda qo’llaniladigan usuHardan biri, bu Dugias qopiga tekshiriluvchining maxsus niqob yoki laborti (zagubnik) orqali nafas kiritadi. Ushbu qopga kirayotgan havoning hajmi «gaz o’lchagichlari» yordamida aniqlanadi. Olingan ma’lumotlarni, havoni Dugias qopiga ‘ yig’ilishi uchun ketgan vaqtga taqsimlanadi.

O’pkalarning shamollatilishi VTRS tizimi bo’yicha litr/daqiqalarda izohlanadi. Bu degani, havo hajmini +37°C havo haroratiga. suv bug’lari bilan to’yinishi va atmosfera bosimiga moslashtirishni anglatadi.

chilarda tinch holatda o’pkalarning shamollatilishi yo me’yoriy andozalarga (5-12 litr/daqiqa) mos keladi yoki ularga nisbatan biroz ortiq bo’ladi (l 8 litr/daqiqa va undan ham yuqori darajada).

O’pkalarning shamolatilishini nafasning tezlashishi hisobiga emas, balki nafasni chuqurlashtirish hisobiga oshishini inobatga olish muhim ekanligini aytib o’tish joyiz. Shu boisdan nafas mushaklarining faoliyati uchun ortiqcha quvvat sarf etilmaydi. Maksimal darajadagi mushaklar faoliyati paytida o’pkalarning shamollatilishi katta miqdorga - hajmga ega bo’Hshi mumkin: uni bir daqiqa ichida 220 litrga teng bo’iganligi qayd qilingan (Novakki).

Ammo, bunday holatlarda o’pkalarning shamollatilishi ko’pincha VTRS tizimi bo’yicha 60-120 litr/daqiqa ko’lamida bo’ladi. Bundan ham ortiqroq darajadagi o’pkalarning shamollatilishi - VE nafas mushaklarining kislorodga bo’lgan talabini 1-4 litr/daqiqagacha oshiradi chilarda nafas hajmi ko’p hollarda oshgan bo’ladi va 1000-1300 ml ni tashkil etislu mumkin. Shuning bilan birga chilarda nafas hajmi me’yor darajasida- 400-700 ml bo’lishi mumkin.

chilarda nafas hajmining tilsimi to’la darajada aniq emas. Bunday fikrni o’pkalarning hajmini oshishi bilan ham tushimtirish mumkin, natijada o’pkalarga ko’p miqdorda havo kiradi.

chilarda nafas olish soni juda kam ekanligi qayd etilgan hollarda nafas hajmining oshuvi qoplash ifodasiga ega bo’ladi.

Jismoniy yuklamalar paytida nafas hajmi aniq ravishda uning quvvati nisbatan unchalik ko’p bo’Imaganida oshadi.

Chegaraviy va chegara atrofidagi quvvatlar mavjudligida nafas hajmi 3-3,5 litr/daqiqaga yetib, amaliy jihatdan turg’unlashadi. Bunday holat o’pkalarning hayotiy hajmi katta bo’lgan chilarda osonlik bilan ta’minlanadi. Agar o’pkalarning hayotiy hajmi katta bo’lmay, 3-4 litr/daqiqani tashkil etsa, u holda bunday nafas hajmiga qo’shimcha nafas mushaklarining quvvati hisobiga erishish mumkin. Nafas olishi turg’un bo’lgan chilarda (masalan, esiikakchilarda) nafas hajmi ulkan kattalikka- 4,5-5,5 litrga ega bo’lishi mumkin. Tabiiyki, bunday holat, o’pkalarning hayotiy hajmi 6,5-7 litrga teng bo’lganida kuzatilishi mumkin.

chilarda nafasni olish soni tincli holatda (asosiy moddalar almashinuvi sharoitlaridan farqli o’laroq) ancha keng ko’lamda chayqa-ladi (me’yorda ushbu chayqalish ko’lami 10-16 marta/daqiqa). Jismoniy yuklama paytida nafas olish soni uning quvvatiga proporsional, monand holda tezlashadi va 50-70 marta/daqiqani tashkil qiladi. Mushaklar faoliyatini chegaraviy tartibda olib borilganda, nafas olish soniyalarda ko’proq tezlashadi.

Shunday qilib, nisbatan yengil faoliyati paytida o’pkalarning shamoilalilishi ham nafas hajmi, ham nafas olish soni hisobiga oshadi, zo’riqish kuchli mashqlar faoliyati vaqtida esa, nafas olishning soniga ko’raortadi.

Tashqi nafasning faol holati haqida fikrlash sanab o’tilgan tekshirish ko’rsatkichlari bilan birga oddiy faol sinamalar asosida ham amalga oshirish mumkin. Amaliyotda, o’pkalarning maksimal shamollatilishi (UMSh) sinamasi keng doirada qo’llaniladi. Bu sinamalar chog’ida tekshiriluvchi 15-20 soniya davomida o’z holicha nafas olishni kuchaytiradi. O’pkalarning ixtiyoriy gipershamoflatili-shining hajmi bir daqiqaga nisbatan qayta hisoblanib, Htr/daqiqalarda ifodalanadi. O’pkalarning maksimal shamollatilishi yuk yokigipershamollatilishining hajmi 200-250 Htr/daqiqani tashkil etadi. Ushbu sinamaning qisqa muddatli bo’lishi, nafas mushaklarining tezda toliqishi va gipokapniyani rivoj topishiga bog’liq. Snunga qaramay, bu sinama o’pkalar shamollatilishini ixtiyoriy ravishda kuchaytirishi haqida tushuncha beradiTurli mutaxassislik yo’nalishidagi barcha chilarda maksimal aerob quvvati chiniqmagan sog’lom odamlardagiga nisbatan yuqori darajada bo’ladi. Bunday holat, yurak-natas tizimiiii ko’p miqdordagi kislorodni tashishi va faoliyat ko’rsatayotgan mushaklarning kislorodni ko’p miqdorda qabal qilishga bo’Iadigan talabiga bog’liq.

Chiniqmagan sog’lom crkaklarda maksimal aerob quwat taxminan 3 litr/daqiqaga, avollarda esa, 2,0-2,2 litr/daqiqaga teng.

Eikaklarda tana vaznining 1 kg ga nisbatan ifodalangan maksimal aerob quvvat 40-45 mi/daqiqa/kg ni, avollarda esa, 35-40 mi/daqiqa/kg ni tashkil etadi.

chilarda maksimal aerob quvvat 2 karra ortiq boMishi mumkin.

Ayrim kuzatishlarga ko^ra, erkaklarda kislorodni maksimal qabul qilish STRD 7,0 litr/daqiqadan ortiq boMgan (Novakki, N.N.Volkov).

Maksimal aerob quvvat faoliyati bilan juda uzviy bog’langan. Maksimal aerob quvvatning eng yuqori kattalig; - 4,5 dan to 6,5 litr/daqiqa (1 kg vaznga hisoblaganda 65-75 ml/daqiqadan yuqori, 60 ml/daqiqa kg dan kam) chiniqishga mashq qiluvchi chilarda (chang’ichilar, o’rta va uzoq masofaga yuguruvchilar, velosipedchilar va h.k.) aniqlanadi.

Maksimal aerob quvvatning eng kam kattaligi - odatda 4,0 litr/daqiqadan kami (1 kg vaznga hisoblagandagi) tezlik - kuch lalab qi-ladigan vakillarida (og’ir atletikachilar, gimnastlar, suvga sakrovchilar) kuzatiladi.

Oraliq holatni o’yinlari, kurash, boks bilan shug’ulla-nuvchilar, qisqa masofaga yuguruvchilar egallaydi.

Ayollardagi maksimal aerob quvvat erkaklamikiga nisbatan past. Ammo, chiniqish uchun mashq qiluvchi erkak chilarda aniq-lanadigan maksimal aerob quvvat qonuniyati ushbu mashqlar bilan shug’ullanadigan avollarda ham o’z kuchini saqlab qoladi.

Shunday qilib, chilarda yurak-nafas tizimining muhim faoliy ifodasi - bu maksimal aerob quvvatning oshishidir Tashqi nafasning eng ma’qul mc’yorida yuqorigi nafas yo’llari ma’lum aliamiyatga ega. O’rtacha yuklamalar paytida nafas olish qator nafas faoliyatiga aloqasi bo’Imagan burun bo’shlig’i orqali amalga oshadi. Burun bo’shlig’i kuchli retscptor maydoni bo’lib, ko’pchilik vegetativ faoliyatlarga, jumladan temir tizimiga ta’sir ctadi. Burun bo’shlig’i shillq pardasining maxsus tarkibiy qismi, olinayotgan nafasni chang va boshqa zarrachalardan, hatto havoning gaz qismlaridan jadallik bilan tozalaydi.

Ko’pchilik mashqlarini bajarish paytida nafas og’iz orqali amaiga oshadi. Bu paytda yuqori nafas yo’llarining havo o’tkazishi, o’pkalarni shamollatilishining samaradorligi oshadi.

Yuqori nafas yo’llari nisbatan tez-tez yallig’Ianish kasalliklarining rivoj topishi o’chog’iga aylanadi. Buning sabablaridan bin, и ham bo’Isa, sovuq qotish, sovuq havodan nafas olishdir. chilarda bunday kasalliklar chiniqish, jismoniy rivoj topgan tananing yuqori darajadagi chidamliligi evaziga kam uchraydi.

chilar, virusli tabiatga ega bo’Igan o’tkir nafas yo’llari kasallikiari bilan chiniqmaganlarga nisbatan 2 marta kam bctob bo’lishadi. Bu kasalliklar bezarar bo’lib ko’rinsa ham, uiami davolash. bemorni to’la ravishda davolanishigacha amalga oshirilishi kerak, chunki chilarda tez-tez asoratlar bo’lishi aniqlangan.

chilarda shuningdek, kekirdak, bronxlarning shamollash kasallikiari kuzatiladi. Bu kasalliklarning rivoji sovuq havodan nafas olish bilan ham bog’liq.

Mashqlar va musobaqalar o’tkaziladigan joylarga bo’Igan gigienik talablarni bo’lishi natijasida havoni chang bilan ifloslanishi ma’lum aliamiyatga ega. Traxeit va bronxitlarda bosh belgi - bu quruq, g’ashga teguvchi yo’taldir. Tana harorati ko’tariladi. Bu kasalliklar o’tkir nafas yo’llari kasalllikiariga yondoshlik qiladi.

chilardagi tashqi nafasning eng yuqori darajadagi kasalligi -bu o’pkalarning shamollashidir. Bunda yallig’lanish jarayoni alveolalami shikastlaydi. O’pkalarning yallig’lanishi ikkiga ajratiladr.

fibrinli (bo’lakli-krupozli);

o’choqli (ochagovli).

Fibrinli o’pkalarning shamollashi quvvatsizlik, bosh og’rig’i, tana haroratini +40 С va undan baland bo’lishi, sovuq qotish, «Bezgak» tutish bilan ifodaianadi. Yo4aI dastavval, quruq, keyinchalik balg’am ajratilishi bilan kechadi. Bu balg’am «zang» rangida bo’lib, ko’krakqafasida og’riq bilan namoyon bo’ladi. Kasal shifoxona sharoitida davolanadi. Fibrinli o’pka shamollashida, o’pkaning butun bir bo’lagi shikastlanadi.

O’choqli o’pkalar shamollashida bo’Iakchalaming ba’zi birlari yoki ular guruhi shikastlanadi. Uning klinik manzarasi ko’p ko’rinishli bo’ladi. Uni shifoxona sharoitida davolash maqsadga rauvofiq bo’ladi.

Kasallikdan to’iiq ravishda tuzalgach, chi uzoq vaqtdavomida shifokor nazorati ostida bo’lishi kerak, chunki o’pkalarning shamollashi ular tanasining immun-chidamlilik pasaygan sharoitda kechishi mumkin.

Yuqorida aytilganlardan tashqari tashqi nafas apparatining faoi sinamalarga quyidagilar kiradi:

Tekshirish uslubi: nafas olish soni o’tirgan holatda 30 soniya mobaynida sanaladi. Olingan natijani 1 daqiqa ichidagi jarayonga aylantirish uchun 2 ga ko’paytiriladi.



Chiniqmaganlarning 1 daqiqa ichida amalga oshirilgan nafas olish soni me’yorda 16-18 ni, chilarda esa, chuqur nafas olish hisobiga nafas olish soni 2,7-2,25 marta kamayadi, ya’ni 6-8 tani tashkil etadi.

Gench sinamasi -- nafas chiqarishni ushlab turish sog’lom chiniqmaganlarda 20-30 soniyani, chilarda esa, 30, 60 va hatto 90 soniyagacha boradi. Rozental sinamasi - o’pkalarning tiriklik - hayotiy hajmning har 15 soniyadan so’ng, 5 marta aniqlanadi.
Download 23,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish