5-Mavzu: O‘qitish metodlari. Matematik tushunchalar haqida tasavvur hosil qilishda nazariy ma’lumotlarning o‘rni. Boshlang‘ich sinf matematikasi va matematika o‘qitishning bosqichlari orasidagi uzviyiik



Download 22,22 Kb.
bet4/5
Sana22.07.2022
Hajmi22,22 Kb.
#839194
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-maruza 2-kurs mom

Eksperiment – bu ham kuzatish bo`lib, maxsus tashkil qilingan,tadqiqotchi tomonidan kontrol qilib turiladigan va sistematik ravishda o`zgartirib turiladigan sharoitda o`tkaziladi.
Eksperiment o`tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo`lgan masalalarni aniq ifodalab olishi, bunday masalalarning hal qilinishi maktab praktikasi va pedagogika fani uchun ahamiyatga ega bo`lishi kerak.Eksprement o`tkazishdan oldin tadqiqotchi o`rganish predmeti bo`lmish masalaning nazariyasi va tarixi bilan tanishib chiqadi.Tadqiqotda gipotezaning tuzilishi kata ro`l o`ynaydi.Butun eksperimentni tashkil qilish gipotezani tekshirishga yo`naltiriladi. U material to`plash yo`llarini belgilsh imkonini beradi, tadqiqotchining faktik materialda chalkashib ketishiga yo`l qo`ymaydi.
Eksperiment natijalarini analiz qilish taqqoslash metodi bilan o`tkaziladi. Buning uchun ikki yoki bir necha gruppa tuziladi, bu gruppalarga kirgan o`quvchilar sostavi bo`yicha,tayyorgarlik darajalari va boshqa ko`rsatkichlari bo`yicha imkoni boricha bir xil bo`lishi kerak.Bir xil (eksperimental) sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan eksperimental material bo`yicha ish bajariladi.Taqqoslash uchun kontrol sinflar tanlanadi, bu sinflar o`quvchilar sostavi, ularning bilim darajalari bo`yicha taxminan eksperimental sinflarga teng kuchli bo`lishi kerak, bu sinflarda matematika eksperimental sinflar bilan bir xil o`qitiladi, faqat eksperimental sinflarda qo`llaniladigan metodlar, vositalar va boshqalar qo`llanilmaydi.
Eksprement natijalari haqida obyektiv ma`lumotlar olishning boshqa usullaridan ham foydalaniladi: 1) eksperimental sinflarda boshlang`ich shartlar kontrol sinfdagiga qaraganda birmuncha noqulayroqdir; agar eksperimental sinflarda bunday sharoitlarda yaxshi natijalar olingan bo`lsa, masalani eksperimental hal qilish o`zini oqlagan hisoblanadi; 2) o`quvchilarning sostavi taxminan bir xil bo`lgan ikkita sinf olinadi; tadqiq qilinayotgan masalaning yangi yechimi shu sinflarning bittasida qo`llaniladi, so`ngra boshqa tema materialida ikkinchi bir sinfda qo`llaniladi; agar bunday qo`llanishda yangi metod , usul yaxshi natijalar bersa, bu usul, metod o`zini oqlagan bo`ladi.
Eksperimentni boshlashdan oldin, uning oraliq bosqichlarida va oxirida hamma sinf o`quvchilarining bilimlari tekshiriladi. Olingan ma`lumotlarni analiz qilish asosida tadqiq qilinayotgan metodning, usulning va h.k. effektivligi haqida xulosalar chiqariladi.Eksperimental va sinflardan olingan sifat va miqdoriy natijalarni analiz qilish asosida eksperimentdan xulosa chiqariladi.Miqdoriy kattaliklarni aniqlashning turli xil usullari( o`zlashtirilishi bo`yicha, to`g`ri va noto`g`ri javoblarni taqqoslash va h.k.) mavjud.Keyingi vaqtda shu maqsadda variotsion statistika metodlaridan har xil hisoblash texnikasi va kibernetik vositalardan foydalanilmoqda.Ba`zi muhim qoidalarni tajribaviy tekshirish ommaviy eksperiment yo`li bilan amalga oshiriladi.Boshlang`ich sinf o`quvchilariga mo`ljallangan yangi o`quv programmalari va darsliklarini tekshirish bunday eksperimentga misol bo`la oladi. Bunday tekshirishlarni bir necha yillar davomida ko`pgina oblast, o`lka respublikalarda L.V. Zankov,D.B.Elkonin va B.B.Davidov rahbarligidagi lobaratoriyalar,SSSR PFAning boshlang`ich ta`lim sektori, ittifoqdosh respublikalarning pedagogika ilmiy tekshirish institutlari maktablarda olib bordi. Jumladan, bir necha yillar davomida O`zbekistonda ham ham bunday eksperimental tekshirish olib borildi. Dastlab (1967) boshlang`ich ta`limning yangi mazmuni va uni praktikaga kiritish tartibi Toshkent va Chirchiq shaharlarining hamda Toshkent oblasti maktablarining 63ta birinchi sinflarida tekshirib ko`rildi.Bu ishga Qori Niyoziy nomidagi O`zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti xodimlari rahbarlik qilishdi.1968 yilda tajribaviy tekshirish kengaytirildi va O`zbekistonning hamma oblastlarida o`tkazildi: darslar rus tilida olib boriladigan 138 ta birinchi sinfda darslar o`zbek tilida olib boriladigan 238 ta birinchi sinfda darslar yangi programmalar bo`yicha olib borildi. 1969-yilda qo`shimcha yana 479 ta o`zbek tilida o`qitiladigan birinchi sinflar yangi programmaga o`tkazildi. Shunday qilib, 1969-1970 o`quv yilida respublikamizda boshlang`ich sinflarning 900 o`qituvchisi yangi programma bo`yicha ishladi. Mazkur ommaviy eksperiment natijasida boshlang`ich sinflar (1969-70 o`quv yilida) yangi programma bo`yicha ishlashga o`tdi.
Pedagogik tadqiqotlarning keng tarqalgan metodlaridan biri o`quvchilar ishlari va hujjatlarni o`rganishdan iborat.O`quvchilarning ishlari ularning programmaning ayrim bo`limlari bo`yicha tayyogarlik darajasini aniqlash, o`qitishning ma`lum davri davomida o`sishi va rivojlanishlarini kuzatish imkonini beradi.Masalan, maxsus yozma va grafik ishlar shu maqsadda o`tkaziladiki, bularni tekshirish natijasida bolalarning matematikadan olgan bilimlari va malakalari aniq ko`rinishi kerak:ma`lum vaqt oraliqlarida bunday maxsus ishlarni bajartirib turish,o`quvchilar olg`a siljiyotganini va qanday darajada siljiyotganini ko`rsatadi.
O`quvchilarning yozma ishlarda yo`l qo`ygan xatolarini analiz qilish muhim ahamiyatga ega.Bunday analiz butun sinf o`quvchilarining duch keladigan tipik qiyinchiliklarini, shuningdek, o`quvchilarning matematikani o`zlashtirishlaridagi individual xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
O`quv hujjatlari (o`quv plani, programmasi, metodik ish hujjatlari, hisobotlar va h.k.) o`quv tarbiyaviy ishlarining protsessi va holatini aks ettiradi.
O`quvchilarning daftarlarini o`rganish, ilmiy tadqiqot ishi uchun ahamiyatga ega. Uzoq vaqt davomida o`quvchilar daftarlari komplektini qarab chiqish va analiz qilish o`qituvchi ishi sistemasini, o`quvchilar ishining xususiyatlarini ochishga yordam beradi.Daftar o`quvchi ishining oynasi, o`qituvchi ishi sitemasining ko`zgusidir, deb bejiz aytilmagan.
Pedagogik tadqiqotlarda suhbat metodidan ham foydalaniladi.Bu metoddan foydalanish kuzatishdan olingan ma`lumotlarni to`ldiruvchi va aniqlovchi material olish,eksperimental topshiriqlarni bajarish imkonini beradi.Bu metod muvaffaqiyatining asosi bolalar bilan aloqa o`rnatilishi, ular bilan bemalol,erkin muloqatda bo`lish imkoniyatidan iborat.Aks holda har doim o`quvchilarning formal javoblari xavfi, ishonchsiz va yuzaki natija olish xavfi mavjud.Suhbat uchun uning maqsadini belgilash, programma ishlanmasi, yo`nalish va metodikani asoslash juda muhimdir.Suhbat metodi bevosita berilgan savollarga javoblarning ishonchliligini tekshirish imkonini beruvchi bevosita va bilvosita savollarni kiritishni nazarda tutadi. O`quvchilarning javoblari albatta maxsus protokolga yoki magnitafon lentasiga qayd qilinadi. Bu o`rinda javoblarni qayd qilishni bolalarga bildirmasdan bajarish kerak.

Download 22,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish