5-Mavzu. Osiyo mamlakatlarida ta ’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning qiyosiy tahlili. Aqsh va Yevropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya masalalarining olib borilishi va qiyosiy tahlil



Download 423,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana16.03.2022
Hajmi423,61 Kb.
#494013
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-маъруза

Universitetlar 
Bakalavriatura 4 yil hamda magistratura 2 yildan iborat bo’lsa, doktorantura 5 
yilni o’z ichiga oladi. Bakalavr - Gakushi.
агистр - Shushi. Yaponiya oliy o’quv 
M
yurtlari dunyoda yagona bo’lgan “kenkyusey”, ya’ni “talaba-tadqiqotchi” 
institutiga ega. 
Tokio universiteti 
Universitetga 1877 yil asos solingan. Ushbu universitet Yaponiyada eng 
mashhur oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. “World University 
Rankings” reytingiga ko’ra, 2010 yilda Tokio universiteti Osiyoda 5-o’rinni 
egallagan, dunyoda esa kuchli 20 talikka kirgan universitet hisoblanadi. 
Universitetda 10 ta fakultet bo’lib, ularda taxminan 30 mingga yaqin talaba tahsil 
oladi. Shulardan 2000 tasi o’zga mamlakat talabalari sanaladi. Universitetning 6 
nafar bitiruvchisi Nobel mukofotini qo’lga kiritgan. Ular orasida mashhur 
yozuvchi Yasunari Kavabata ham bor. 


Nagoya davlat universiteti 
Nagoyada 21 ta universitet joylashgan. Ulardan eng mashhuri Nagoya davlat 
universiteti sanaladi. Universitetning tarixi 1871 yillarga borib taqaladi. O’sha 
vaqtlarda u vaqtinchalik tibbiyot maktabi bo’lgan. 1939 yilga kelib Nagoya 
imperatorlik universiteti deb atala boshlandi. 1947 yilda Nagoya universiteti deb 
qayta nomlanadi. 2004 yilda milliy universitetlar qatoriga kiradi va Nagoya davlat 
universiteti maqomini oladi. Universitetda xitoylik talabalar 47%ni, koreyaliklar 
9,5%ni tashkil etadi. 30 ga yaqin talaba Tayvan, Indoneziya, Malayziya, Kambodja 
va O’zbekistondan kelib tahsil oladi. Universitetni bitirganlar orasida 4 ta nobel 
mukofoti laureatlari mavjud. Bular: 
-
Ryodzi Noyori (kimyo, 2001 yil), 
-
Makoto Kobayasi (fizika, 2008 yil),
-
Tosixide Maskava (fizika, 2008 yil),
-
Osamu Simomura (kimyo, 2008 yil).
 
Nagoya davlat universitetida 9 ta fakultet bo’lib ular: 
1. Huquqshunoslik 
2. Tibbiyot 
3. Qurilish
4. Adabiyotshunoslik 
5. Ilmiy
6. Qishloq xo’jaligi
7. Iqtisodiy 
8. Ta’lim
9. Madaniy axborot
Universitet sayti: 
http://www.nagoya-u.ac.jp
 
Yaponiyada pedagogika universiteti mavjud emas. Bu erda “o’qituvchilik”ka 
o’qitishmaydi. Oliy ma’lumotga ega barcha fuqaro nisbatan murakkab bo’lgan 
imtihondan o’tib, o’qituvchilik kasbi bilan shug’ullanish huquqini beruvchi 
lisenziya oladi va bemalol faoliyat yuritaveradi. Har 10 yilda esa o’z kasbi 
yuzasidan kurslardan o’tishi talab etiladi. Shunga qarab uning lisenziyasi yana 
uzaytiriladi.
Biroq, Yevropa ilmi baribir ham har qanday to’siqlarga qaramay kirib keldi. 
Nagasaki Dedzima qirg`og`ida joylashgan Golland savdo faktoriyasi “rangaku”
 
(golland ilm-fani) nomi bilan mashhur ma`lumot manbaiga aylandi.
Golland ilmining asosiy sohalari: 
-Geografiya 
-Tibbiyot
-Astronomiya 
-San`at 
-Chet tili 
-Elektron mexanika kabilar. 
Olingan 
bilimlar 
natijasida 
XVIII 
asrda 
vadokeylar 
yaratildi. 
Izolyatsiolangan siyosatning susayishi yevropa ilmining kirib kelishini ta`minladi.
Va turli sohalarda, mikroskoplar, teleskoplar, mexanik soatlar va boshqa ixtirolar 
yaratildi. Ko’p asrlik qadriyatlar ikkinchi o’ringa o’tdi.


Yaponiya ta’lim tizimida majburiy ta’lim to’qqiz yillik bo’lib, o’rta 
ma’lumot olishning oliy bosqichi majburiy hisoblanmasa ham uni 95 % o’rta 
ma’lumot oluvchi bitiruvchilar tugallashadi. Maktablar xususiy, davlatga qarashli 
va milliy (universitet uchun yoki o’qituvchilar kollejlari uchun baza bo’lgan) 
maktablardan iborat. Maktablarda (har bir okrugda har xil ya’ni) o’zlashtirish, 
o’zlashtirmasligiga qarab o’quvchilar qabul qilinadi.
Oliy o’rta maktabda har xil variantlardagi dasturlarini taklif qiladi: umumiy, 
kasbiy va hokazo. Ta’lim mazmuni va uning sifatiga davlat nazorati o’rnatilgan. 
Oliy ta’lim tizimi Amerika oliy ta’lim tizimini eslatadi, ammo bir oz 
markazlashgan xarakterga egaligi bilan ajralib turadi. Yaponiyada 80 % oliy o’quv 
yurtlari xususiydir (bu asosan ikki yillik kollejlarga taalluqli). Yaponiyada 
hammasi bo’lib 96 ta milliy universitetlar (1949 yildan keyin milliy ta’lim haqidagi 
qonunga binoan asos solingan) mavjud. 
Universitet tarmoqlari: 
-
milliy universitetlar; 
-
hududiy universitetlar; 
-
xususiy universitetlarga bo’linadi (eng mashhurlari Tokio, Kioto, Vaseda). 
Universitetlar va universitet kollejlari umumiy ta’lim berishadi, ya’ni chet 
tilidan tayyorlash, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, shuningdek, yo’naltirilgan 
tayyorlov. 
Universitet bo’lmagan tarmoqlarga: kichik (junior) kollej, 2 yoki 3 yil ta’lim 
beruvchi (asosan ayollarga taalluqli, ya’ni umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-
sinfini tugatishi bilan turmushga chiqqan) o’quv yurtlari kiradi.
Texnika kollejlariga umumiy to’qqiz yillik maktabni tugatgandan keyin 
qabul qilinadi va 3 yil mobaynida to’liq o’rta ma’lumot beriladi, kasbga 
tayyorlanadi, texnika universitetlarining tegishli bo’limlariga topshirish imkoniyati 
beriladi. Shuningdek, bir yildan ikki yilga tayyorlovchi maxsus kasb maktablari 
mavjud.
Yapon ta’limining muhim jihatlaridan biri, oliy o’quv yurtiga kirishda imtihon 
topshirishdagi qattiq talablardir. Oliy o’quv yurtiga kiruvchilar uchun birinchi 
o’rinda, yapon tilini bilish va o’rta ma’lumot haqida diplomning asl nushasi talab 
qilinadi.
Bu diplomni esa, tayyorlov kurslarida yoki o’rta maktabning oliy bosqichida 
(9 yillikdan keyingi) olish mumkin.
Shuningdek, oliy o’quv yurtiga topshirish uchun texnika kollejini 
tugatganligi haqida diplom ham bo’lishi mumkin. Xorijliklar uchun xizmat 
ko’rsatuvchi o’quv yurtidan 12 yillik yapon o’rta ma’lumotini olganligi haqidagi 
guvohnomaning ekvivalenitini olish mumkin (International Students Institute in 
Tokio u Kansai, International Students Institute in Osaka). Barcha xorijlik 
abiturientlar maxsus testdan o’tishi kerak, ya’ni oliy o’quv yurtida ta’lim olish 
qobiliyatini tasdiqlovchi va maxsus til bo’yicha test topshiriladi.
Umumiy imtihon Tokiodagi Xalqaro Ta’lim Uyushmasi tomonidan 
o’tkaziladi (har yili dekabrda). Test natijasiga ko’ra abiturientlar o’zlariga tegishli 
hujjatlar bilan oliy o’quv yurtlariga jo’natiladi. 


Xorijlik abiturientlar maxsus dastur asosida yoki magistratura va 
doktorantura bo’yicha o’qishlari mumkin. Bu dasturlar esa yapon tilini bilishni 
talab qilmaydi (o’qish ingliz tilida ham olib boriladi). Lekin moliyaviy (o’zi 
tomonidan yoki yordam dasturidagi grant asosida) mablag’ talab qiladi. Moliyaviy 
jihatdan qo’llab-quvvatlovchi tashkilotlar Yaponiyada har xil davlat, milliy, 
xususiy fondlar hisobidan olinishi mumkin.
Universitet dasturlari bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun 
tuzilgan.
20 asrning 70-yillarida yapon oliy ta’lim xalqaro aloqalarda to’xtovsiz 
yuqoriga chiqib bordi. Hozirgi kunda yapon oliy o’quv yurtlari xalqaro 
integratsiyada har xil shakllar: 
a) chet elda bilim olish uchun maxsus dastur, ya’ni yapon oliy o’quv 
yurtlarining umumiy ta’lim kursini o’z ichiga olgan; 
b) xalqaro ingliz tili dasturlari (talaba almashish maqsadidagi); 
v) ta’lim bilan tanishuv dasturlari (3 oylik); 
g) chet mamlakatlar oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari (kelishuv, 
o’qituvchi almashish);
d) kollejlarda chet mamlakatlar bo’limi (Yaponiya va boshqa davlatlarda) va 
birgalikdagi o’quv yurtlari dasturlari. 
Yaponiyada o’quv yili 1 apreldan boshlanadi. O’zbekistonda 2 sentabrdan. 
Yaponiyada pedagogika universiteti mavjud emas. Yaponiyada o’qituvchilar 
4 yillik dorilfununlarda va 2 yillik kollejlarda tayyorlanadi. Bu erda 
“o’qituvchilik”ka o’qitishmaydi. Oliy ma’lumotga ega barcha fuqaro nisbatan 
murakkab bo’lgan imtihondan o’tib, o’qituvchilik kasbi bilan shug’ullanish 
huquqini beruvchi lisenziya oladi va bemalol faoliyat yuritaveradi. Har 10 yilda 
esa o’z kasbi yuzasidan kurslardan o’tishi talab etiladi. Shunga qarab uning 
lisenziyasi yana uzaytiriladi.
O’zbekistonda esa institut va universitetlarda o’qituvchilar tayyorlanadi. Har 3 
yilda o’qituvchilar malaka oshirish kursidan o’tishi shart. 
Hozirgi zamon yapon ta’lim tizimlarining tarkibi quyidagicha:
-bolalar bog’chalari; 
-boshlang’ich maktab; 
-kichik o’rta maktab; 
-yuqori o’rta maktab; 
-oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o’quv yurtlari.
O’zbekistonda uzluksiz ta’lim 7 bosqichli 
-maktabgacha ta’lim; 
-umumiy o’rta ta’lim; 
-o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi; 
-oliy ta’lim; 
-oliy ta’limdan keyingi ta’lim; 
-kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; 
-maktabdan tashqari ta’lim. 



Download 423,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish