5-mavzu: Qurilish pudrati shartnomasi. Reja



Download 48,38 Kb.
bet4/5
Sana31.05.2022
Hajmi48,38 Kb.
#623523
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-маъруза

3. Loyiha-smeta hujjatlari
Pudratchi qurilish va u bilan bog’liq bo’lgan ishlarni ishning hajmi, mazmuni va ularga qo’yiladigan boshqa talablarni belgilay­digan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi shart.
Ko’p hollarda bino va inshootlarning qurilishi namunaviy loyihalar bo’yicha amalga oshiriladi. Bunday hollarning qo’llanishi loyihalash hujatlarini irmuncha kamaytirish va narxini ham arzonlashtirishga imkon beradi.
Loyihalash ikki bosqichli bo’lganda loyiha ikki yo’l bilan: loyiha topshirig’ini va ish chizmalarini tayyorlash yo’li bilan amal­ga oshiriladi. Loyiha topshirig’ida qurilishning texnikaiy imko­niyatlari va iqtisoiy tomondan maqsadga muvofiqligi tekshiriladi, qurilish bo’yicha belgilangan muddatlar, qurilish maydonining to’g’­ri tanlanganligi, qurilishni asosiy xom ashyo, elektr energiyasi hamda suv va qurilish materiallari bilan ta’minlash manbalari, qurilishning umumiy qiymati hamda texnik-iqtisodiy ko’rsatkich­lari belgilab beriladi.
Ish chizmasi va smeta o’z mohiyati jihatidan qurilish ishlarini aniq ko’rsatib beruvchi hujjat bo’lib hisoblanadi. Shartnoma tuzishda va qurilish ishlarini olib borishda ularning ahamiyati kattadir.
Pudratchi qurilish davomida losiha-smeta hujjatlarida hi­sobga olinmagan ishlarni, shu munosabat bilan qo’shimcha ishlarni bajarish va qurilishning smeta qiymatini oshirish zarurligini aniqlab, buyurtmachiga xabar qilmagan holda yoki uning javobini kutmasdan, buyurtmachining manfaatlarini ko’zlab, xususan, ishning to’xtatilishi qurilish obyektining nobud bo’lishiga yoki shikast­lanishiga olib kelishi mumkin bo’lganligi munosabati bilan darhol harakat qilishi zarur bo’lganligini isbotlay olmasa, u bajargan qo’shimcha ishi uchun buyurtmachidan haq to’lashni va shu tufayli ko’rilgan zararni qoplashni talab qilish huquqidan mahrum bo’ladi.
Qo’shimcha ish bajarish va unga haq to’laga buyurtmachi rozi bo’lsa, bu ishlar pudratchining kasb faoliyatiga mos kelmasligi yoki o’ziga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra ularni bajara olmagan hollarda­gina pudratchi mazkur ishlarni bajarishdan bosh tortishga haqli bo’ladi.
Loyiha-smeta hujjatlari texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan bo’lishi, resurslardan oqilona foydalanishni, atrof-muhitga zarar yetkazmasligini to’liq hisobga olishi lozim.
Shartnomada nazarda tutilgan obyektning texnik hujjatlariga o’zgartirishlar kiritishlar tufayli bajarilishi kerak bo’ladigan qo’shimcha ishlar qiymati smetada ko’rsatilgan qurilish umumiy qiymatining 10%idan oshib ketmasa va qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan ishlarning xususiyatini o’zgartirmasa, buyurtmachi texnik hujjatlarga (loyiha, smeta, shartnomaning tegishli bandlariga) o’zgartirishlar kiritishga haqli.
Bunday holda buyurtmachi pudratchining roziligi olishi talab qilinmaydi. Qurilish pudrati shartnomasining obyekti bo’lgan qurilishning ma’lum bir qismini qaytadan qurish yoki loyihaga o’zgartirish kiritish o’z navbatida smetaga o’zgartirish kritish yoki qo’shicha smeta tuzishni talab qiladi.
Texnik hujjatlarga umumiy qurilish qiymatining 10%idan ortiq qiymatga ega bo’lgan qo’shimcha ishlar bajarish lozim bo’lganda bunday ishlar taraflar o’rtasida kelishilgan qo’shimcha smeta asosida amalga oshiriladi, qo’shimcha smeta kabi pudratchi tomonidan to’liq bajarilishi shart bo’lib hisolanadi Loyiha bo’yicha bajarilgan ishning qiymati pudratchiga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra smetadan kamida 10% oshgan bo’lsa, pudratchi Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq, smetani qaytako’rib chiqishni buyurtmachidan talab qilishga haqli. Ushbu moddaning 1-qismiga muvofiq, Qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, shartnoma taraflarning kelishuvchiga muvofiq sudga murojaat qilmasdan ham o’zgartirilishi mumkin.
Shuningdek, pudratchi loyiha-smeta hujjatlarida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni aniqlash va yo’qotish bilan bog’liq bo’lgan maqbul xarajatlarni buyurtmachidan talab qilishga haqlidir. Maqbul xarajatlar har bir holat bo’yicha alohida hisoblanishi va ular real bo’lishi mumkin.



Download 48,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish