5-mavzu: Ta’lim mazmuni


Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish



Download 21,81 Kb.
bet3/4
Sana06.07.2022
Hajmi21,81 Kb.
#746629
1   2   3   4
Bog'liq
5-маъруза

Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlari tegishli ta’lim bosqichlarining maqsad hamda vazifalari asosida ishlab chiqiladi.
Tegishli davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlaridagi o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarining mazmuni, ularni ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlari shaxsni har tomonlama kamol toptirishga, ta’lim oluvchilarda bilim, malaka, ko‘nikmalarni, saviyani shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kasbga oid fanlarning o‘quv dasturlari ta’lim oluvchilar tomonidan tegishli kasblar va mutaxassisliklarni egallashga qaratilgan.
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladi.
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish chog‘ida ta’lim tashkilotlari kredit-modul tizimiga asoslangan o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o‘qitishning boshlanishi, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.
Professional va oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir o‘quv rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o‘tash nazarda tutiladi.
Ta’lim oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibi va uni tashkil etish ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Professional va oliy ta’limga doir o‘quv rejalari davlat ta’lim standartlariga muvofiq mutaxassislik fanlaridan, shuningdek umumkasbiy, matematika, tabiiy-ilmiy, gumanitar va qo‘shimcha fanlardan shakllantiriladi.
O‘quv rejalariga davlat boshqaruvi organlarining topshiriqlariga asosan va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa yo‘l bilan qo‘shimcha fanlarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘quv darsliklari va unga qo‘yiladigan talablar.
Ta’limning mazmuni darsliklarda aniq keltiriladi. Darslik ma’lum predmet bo’yicha dasturda ko‘zda tutilgan o‘quv materialini o‘z ichiga olgan, ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga imkon beradigan vositadir. Darsliklar o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlarida bosh manba, o‘qituvchining o‘quv jarayoniga rahbarlik qilishining muhim qo‘llanmasi, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, bilimga qiziqishni rivojlantirishi, mustaqil ishlash malakasi, xotira, tafakkur, nutq va til estetik tarbiya kabilarning muhim vositasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan maktab iste’dodli olimlar tomonidan yozilgan, muqobil darsliklarga ega bo’lmoqda. Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi darsliklarning mazmuniga, so‘zsiz ta’sir etadi, darsliklar to’ldiriladi, qaytadan ishlanadi, yangidan yaratiladi. Lekin darsliklarning stabillik printsipi saqlanib koladi. Darsliklarga qo‘yiladigan pedagogik talablar quyidagilardan iborat:
1.Material bayonining qat’iy ilmiyligi va hozirgi zamon fan va texnika rivojiga mosligi.
2.Yuksak g‘oyaviylik va o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash vazifalariga bo‘ysunishi.
3.Darslik mazmunining hayot bilan bog‘liqligi har bir nazariy masalalar yetarlicha asosli misollar, ko‘rsatmalar bilan bo‘lishi va ularning hayotiy ahamiyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
4.O‘quvchilarning yosh va bilish xususiyatlarini hisobga olib, materialni izchil va tizimli joylashtirilishi.
5.O‘quvchilarning mustaqil ishlash malakasiga muvofiq ko‘rsatma va ma’lumotlarning mavjudligi, darslik mazmuniga kuzatish va mashq uchun topshiriqlar, o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar, takrorlash uchun savollar bo‘lishi.
6.Materialni o‘zlashtirishni yengillashtirish uchun bayonning oddiy, badiiy va obrazli bulishi.
7.Materialni o‘zlashtirishni yengillashtirish uchun chizma, diagramma, rasm va illustratsiyalarning mavjudligi.
8.Darsning tashkiliy ko‘riniishi yaxshi bo‘lishi.
Boshlang‘ich ta’lim sharoitida darsliklar tuzishda o‘ziga xosliklar va qiyinchiliklar bo‘ladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning, ayniqsa 1-sinf o‘quvchilarining darsliklarida boshlang‘ich ilmiy bilimlar beriladi, ular Bolaning hayotiy tajribasi bilan, unga odat bo‘lib qolgan fikr yuritish mantiqi bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. Shuning uchun darslikda tushuntirishlar, misollar, topshiriqlar, mashqlar, rasm va suratlar ko‘p bo‘ladi, unga mumkin bo‘lgan o‘yin vaziyatlari, topshiriqlar kiritiladi. O‘quvchining nazariy bog‘liqliklarni topishi va o‘zlashtirishi mashqlarning harakteri va sismavzusiga bog‘liqdir. Bir fanning o‘zi turli mavzuda muhokama, dalil, isbot va mashqlar yordamida bayon qilinishi mumkin.
Hozirgi maktablarda yangi pedagogik texnologiya asosida yaratilgan darsliklardan ham keng foydalanilmoqda. Bu darsliklarning asosiy xususiyati shundaki, har bir informatsion materialdan keyin o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar beriladiki, bular o‘quvchilarni bilim, ko‘nikmalarini mustaqil egallashlariga yordam beradi. O‘quv darsliklariga yordamchi o‘quv qo‘llanmalari chiqariladi. Bular: xrestomatiya, mashq va masalalar to’plami, lug’at, spravochnik, o‘qish kitobi, geografik va tarixiy kartalar va boshqalar. Bular darslik materiallarini kengaytiradi, o‘zlashtirishni yengillashtiradi. O‘quv qo‘llanmalariga ham darsliklarga qo‘yilgan talablar qo‘yiladi. Bunday o‘quv qo‘llanmalari o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakasini hosil qilishda muhim o‘rin tutadi.



Download 21,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish