5-mavzu: yozuvlar tarixi reja: (2 soat) Yozuvlar



Download 274,1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.06.2022
Hajmi274,1 Kb.
#661562
Bog'liq
5 (6)



5-MAVZU: YOZUVLAR TARIXI 
Reja:
(2 soat) 
1.
Yozuvlar
 
tarixiga oid ma’lumotlar. 
2.
Jizzax vohasi xalqlarining tarixini o’rganishda yozma manbalarning 
ahamiyati. 
3.
Yozma manbalarda Jizzax. 
 
Tayanch iboralar: 
Dashti qipchoq, Movarounnaxr, Bunjikat, Zomin, Fag’non, G’oziylar qarorgohi, 
“Diz”, Navdiz, Tuproqqal’a, Eski shahar, Raboti Malik. 
 
XV asrning so’nggi o’n yilligida temuriy shahzodalar o’rtasida doimo davom 
etib kelayotgan o’zaro birodarkushlik urushlari avjiga chiqdi. Buning oqibatida 
davlatning siyosiy kuch-qudrati yanada zaiflashdi. Samarqandda, Toshkentda, 
Andijonda va Hisorda bir-biriga o’zaro dushman bo’lgan mustaqil hokimlar o’z 
hukmdorliklarini o’rnatgan edilar. Bu va boshqa hokimlarning har biri o’z 
mavqyeyini tiklash va mustahkamlash uchun goho Jeta - mo’g’ullarga, goho Dashti-
qipchoq o’zbeklariga murojaat qilar edilar. Muttasil jangu-jadallar tufayli 
mamlakatda siyosiy barqarorlik barham topdi. 
Movarounnahrning siyosiy jihatdan parchalanib ketishi va mayda mulk 
egalari o’rtasidagi doimiy urushlar natijasida mamlakatning iqtisodiy, savdo-sotiq 
hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan karvon savdosining faoliyati deyarli 
to’xtab qoldi. Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi asosiy xalq ommasi va katta yer 
egalari - zamindorlar o’rtasidagi ichki ziddiyatlar ham keskinlashdi. Buning 
oqibatida iqtisodiy barqarorlikka ham putur yetdi.
XV asrning oxiri XVI asrning boshlarida Movarounnahr Abdulxayrxonning 
nabirasi Shayboniyxon boshliq Dashti Qipchoq o’zbeklari tomonidan istilo qilindi. 
Temuriy shahzodalar Dashti Qipchoq lashkarlarini o’zlarining sulolaviy janjallariga, 
davlatning ichki ishlariga aralashtirdilar va bu bilan o’zlarining haloqatlarini o’zlari 
tezlashtirdilar. 
Bu tarixiy voqyeylik va jarayonlarda Movarounnahrning markaziy qismida 
joylashgan Jizzax vohasi azaldan Zarafshon daryosi havzasidagi shahar, qishloqlar 
uchun muhim strategik ahamiyatga ega «sharqiy darvoza» vazifasini o’tagan. IX-X 
asrlarda Ustrushona mamlakatida nufuz jihatdan poytaxt Bunjikat va Zomindan 
keyingi uchinchi o’rinda turadigan Jizzax (Dizak) Fag’non rustoqining bosh shahri 
sifatida, ko’chmanchi chorvador qabilalarning bosqinlarini qaytarish va ularga zarba 
berish uchun «g’oziylar qarorg’ohi»ga aylangan. Yozma manbalar xabariga ko’ra, 


bu davrlarda Jizzaxda nafaqat ustrushonaliklarning, balki samarqandliklarning ham 
harbiy qal’a-rabodlari bo’lgan.
Movarounnahr hukmdorlari, xususan, Amir Temur va temuriyzodalar hamda 
Shayboniyxon va shayboniylar hukmronligi davrida ham Jizzax muzofoti 
mustahkam qal’a-qo’rg’onlari bilan muhim harbiy strategik o’lka sifatida 
qadrlangan. 
Abulqosim ibn Xavqal, al-Muqaddasiy, al-Istahriy, Yoqut, «Hudud ul-
olam»ning noma’lum muallifi va boshqa o’rta asr geograf - sayyohlari asarlarida 
Jizzax nomi «Dizak» shaklida ifodalangan. So’nggi o’rta asr yozma manbalarida bu 
atama «Dizaq», «Dizzaq», «Dizdak», «Dizax», «Dizzax», «Dizzah» shaklida 
yozilgan. 
X-XVI asrlar orasida yaratilgan tarixiy, jug’rofiy, badiiy-tarixiy asarlarda 
«Dizak» atamasi ma’lum joy o’rni, shaharning nomi sifatida tilga olingan. «Dizak» 
atamasi asosi-«diz» so’zidir. So’g’d tilida «diz» - «qal’a», «qo’rg’on» ma’nosini 
anglatadi. Atamashunos T.Nafasovning ta’kidlashicha, «diz» so’zining nomlar 
yasash doirasi, tarqalish hududi o’rta asrlarda ancha keng miqyosda bo’lgan. IX-
XIII asrlar solnomalarida «diz» asosida yasalgan qator qal’a, qo’rg’on, shaharcha va 
yirik qishloq nomlari uchraydi. Aksariyat hollarda «diz» o’zagiga -a- affiksi 
qo’shilib yangi so’z yasalgan. «Diz» - «diza» atamasi ishtirokida nomlangan 
maskanlar ma’nosi turar joylarning o’ziga xos xususiyatini ifodalagan. Jumladan, 
Kuhandiz - shahar qal’asi, Navdiz - Yangi qo’rg’on, Sangdiza - Tosh qo’rg’on, 
Bardiza - Baland qo’rg’on, Chokardiza - Navkarlar qo’rg’oni va h.k. Jizzax 
so’zining etimologiyasiga alohida to’xtalgan T.Nafasovning yozishicha, «diza» 
so’ziga -k- qo’shimchasi qo’shilib, d i z a k (diz-a-k) so’zi yasalgan. Dizak - kichik 
qal’a, qal’acha, kichik qo’rg’on yoki qo’rg’oncha ma’nosini bildirgan. O’zbekcha 
«qo’rg’on» so’ziga fors-tojik - «ak» qo’shimchasini qo’shib, «qo’rg’onak» tarzida 
qo’rg’oncha ma’nosini beruvchi so’zlar ham yuzaga kelgan. O’zbekistonda aynan 
qo’rg’on, qo’rg’oncha nomi bilan atalgan joy nomlari ma’lum darajada keng 
tarqalgan. 
Tadqiqotlardan ma’lumki, o’rta asrlarda Dizak hozirgi Jizzax shahrining 
sharqiy qismida joylashgan Qaliyatepa xarobalari o’rnida bo’lgan. Arxeologik 
ma’lumotlarga qaraganda Qaliyatepada hayot mil.avv. III -II asrlardan boshlanib, 
ba’zi bir uzilishlar bilan so’nggi o’rta asrlargacha davom etgan. Qaliyatepada 
arxeologik tadqiqotlar o’tkazgan olimlarning fikricha, Qaliyatepa nomining izohi 
aynan Dizakdan kelib chiqqan, zero bu ikki so’z bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. 
Demak, Diz - qal’a, Dizak - kichik qal’a ma’nosida bo’lib, Muhammad Solihning 
«Shayboniynoma» asarida «Qal’ai Dizzaq», «Mulki Dizzax» shaklida ham berilgan. 
Qal’a so’zi esa turkiy xalqlar tilida «istehkomli turar joy» ma’nosini beradi. «Qal’a» 
so’zi ishtirokida yasalgan shaharlar sonini ko’plab keltirish mumkin. Masalan, 


Tuproqqal’a, Qo’yqirilganqal’a, Ichanqal’a, Ellikqal’a va h.k. Shuningdek, hozirgi
qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq singari qardosh turkiy xalqlar shaharni to’g’ridan - to’g’ri 
«qal’a» deb atashadi. Fikrimizcha, XV-XVI asrlarda o’troqlashgan qabilalarning 
yangi-yangi turar joylarining qad ko’tarishi bilan joy nomlarini ham turkiycha atash 
keng rasm bo’la boshlagan. Mazkur jarayon uchun Shayboniyxon yurishlari davrida 
Dashti Qipchoqdan ko’chib kelgan «qirq» urug’i kattagina guruhining Jizzax 
vohasida muqim o’troqlashuvi ham muhim ahamiyat kasb etgan. Aynan ushbu 
davrdan Qaliyatepa, ham «Dizak», ham «Qal’a» shaklida atala boshlagan. Bu hol 
yozma manbalarda unchalik sezilmasada, xalq og’zaki muloqotida ommalashib 
borgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, XVII asrning boshlarida «Dizak» - 
«Qal’a»da hayot butunlay to’xtagan. Jizzaxdagi shahar hayoti Qaliyatepadan 6 
km
shimoli-g’arbda joylashgan O’rdaga ko’chgan. Eski shahar «Dizak» - «qal’a» 
imoratlari nurab, tepaliklarga aylangach, u «Qal’atepa» deb atala boshlagan. 
Qal’atepa atamasi esa bizning davrimizgacha Qaliyatepa shaklida yetib kelgan.
Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida yozilgan tarixiy asarlarda 
Jizzax va uning atrofidagi turar-joylar haqida yetarli darajada ma’lumotlar 
keltirilgan. Shu sababli tadqiqotimiz davriy chegarasiga kirmasada, ushbu 
ma’lumotlarning muhimligini qayd etilgan shahar va kentlarning keyingi davrlarda 
ham faoliyat ko’rsatganini hisobga olib ulardan foydalanishni ma’qul ko’rdik. 
Sohibqiron Amir Temur topshirig’i bilan uning hayotligi chog’ida yozib 
tugallangan Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma» asaridagi 1367-1368 yillar 
voqyealariga bog’ishlangan bobida Dizak va uning yaqinidagi Xarman mavzeyi, 
Malik raboti haqida batafsil ma’lumot berilgan. Bu hududda sodir bo’lgan harbiy 
harakatlar, siyosiy voqyealar borasida xabarlar keltirilgan. 
Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida Dizak va uning atrofidagi 
qo’rg’on va kentlar: Raboti Malik, Yom, Xavos haqida ma’lumot berilgan. 
Muallifning yozishicha, bu davrda sohibqironga qarashli zarbdor sipoh Jizzaxda 
muntazam turgan va Dizak-Chinoz yo’nalishi orqali o’tadigan «Yetti quduq» yo’lini 
qo’riqlagan. Amir Temur davlat tepasiga kelguncha Jizzax uchun avvalo mo’g’ul-
jetalar bilan, so’ngra Amir Husayn bilan qo’rolli to’qnashuv bo’lib o’tgan.
«Yetti quduq»ning biri, hozirda «Samarqand quduq» nomi bilan ataladi. U 
Jizzax shahridan 15 km shimoli-sharqda joylashgan. Qolgan quduqlar ham shu 
hududdagi «Gala quduq» nomi bilan ataluvchi mavzeda joylashganligi ehtimoldan 
uzoq emas.
Ulug’bek hukmdorligi (1409-1449) Toshkent, Yettisuv va Mo’g’ulistondagi 
temuriylarga qarshi muxolif kuchlar harakatining faollashuv davriga to’g’ri keladi. 
Shu sababli Samarqandga o’tish yo’li Ilono’tti darasini qo’riqlash uchun mudofaa 
zanjiri hosil qilgan Jizzax vohasidagi Qaliyatepa, O’rda, Ravot, Moltop qal’a-
qo’rg’onlari qayta ta’mirlangan, harbiy kudrati oshirilgan. 


1425 yilda Ulug’bek jetalar yurti Mo’g’ulistonga harbiy yurish qiladi va 
mo’g’ul xoni Shermuhammadxon ustidan g’alaba qozonadi. Bu Ulug’bekning 
harbiy faoliyatidagi kam sonli g’alabalaridan biri, eng yorqini va asosiysi edi. 
Shuning uchun ham ushbu g’alaba haqidagi ma’lumot «Temir darvoza»ning baland 
qoyalaridan biriga o’yib yozilgan va abadiyatga muhrlangan. 
Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining «Boburnoma» asarida «Ustrushna bir 
paytlar Umarshayx Mirzo tasarrufida bo’lgan» deb eslatib o’tadi va Jizzax 
vohasidagi aholi maskanlari - Dizak, Zomin, Yom, Peshag’or, Yor-Yayloq, Xaliliya 
kabi kentlar, Ilono’tti darasi haqida ma’lumotlar keltiradi. Darhaqiqat, Bobur 1498-
1499 yillar qish mavsumini o’zining piri-ustozi Xoja Ubaydulloh Ahror
mulklaridan biri Peshag’or qo’rg’onida o’tkazadi. 1501-1502 yillarda uzoq davom 
etgan Samarqand qamali tufayli ochlik, yupunlikka duchor bo’lgan, 
Shayboniyxondan mag’lubiyatga uchragan Bobur kam sonli a’yonlari bilan bir 
amallab Jizzaxga yetib keladi va ma’lum muddat bu yerda turib qoladi. Jizzaxda 
yuksak e’tibor, mehmonnavozlik ko’rgan Bobur Jizzax va uning atrofidagi turar-
joylar, xalqning hayoti to’g’risida ayrim tafsilotlarni yozib qoldiradi: 
«Kech namozi digar Ilon O’tida tushub, ot o’lturub etini shishlab, kabob qilib, 
otni lahza tindurub otlandik. Tongdan burunroq Xaliliya kentiga kelib, so’ng Dizak 
borildi. Bu paytda Dizakta Hafiz Muhammadbek do’ldoyning o’g’li Tohir do’ldoy 
(hokim - A.P.) edi. Semiz etlar va mayda etmaklar arzon, chuchuk qovunlar va 
yaxshi uzumlar farovon. Andoq usrattin mundoq arzonliq va andoq baliyattin 
mundoq amonliqqa kelduk. 
Vahmu usrattin amone toptuq, 
Yangi jon toza jahone toptuq. 
... Mundoq dushman balosidan va ochlik istilosidin xalos bo’lib amonlig’ rohatig’a 
va arzonlig’ farog’atig’a yetishtuk, Uch-to’rt kun Dizakta istirohat qilduk». 
Demak, muallif yozganidek, bu paytda Jizzaxda do’ldoy urug’i vakili Hafiz 
Muhammadbekning o’g’li Tohir do’ldoy hokimlik qilgan. «Temur tuzuklari»da 
qayd etilishicha, sohibqiron tomonidan tamg’a olib yuksak martabaga sazovor
bo’lgan o’n ikki aymoq (barlos, tarxon, jaloyir, arg’un, ...) orasida do’ldoy urug’i 
ham bo’lgan. Amir Temo’rning qo’shini qirq aymoqdan chiqqan navkarlardan
hamda xos navkarlardan iborat zarbdor avangard qismdan tashkil topgan. Xos 
navkarlar esa faqat o’n ikki aymoq jangchilaridan tuzilgan. Do’ldoy urug’i bek va 
amirlarining aksariyat qismi temuriy shahzodalarga xizmat qilishgan, ularga tarafdor 
bo’lishgan. Jizzax hokimi Tohir do’ldoyning otasi Hafiz Muhammadbek Bobo’rning 
otasi Umarshayx Mirzo davrida avval Andijonda, keyinchalik O’ratepada unga 
qaram sifatida xizmat qilgan. Ehtimol shuning uchun ham, Tohir do’ldoy 
Shayboniyxon g’azabiga duchor bo’lishidan qo’rqmay Jizzaxda Bobo’rni yuksak 
martabali mehmon sifatida kutib olgan va unga hurmat-ehtirom ko’rsatgan. 


XV asrning oxiri XVI asrning boshlarida temuriylar davlati kuchsizlanib 
qoldi. Bundan foydalangan Shayboniyxon boshliq Dashti-Qipchoqning chorvador 
qabilalari Movaroun-nahr vohalarini egallab oladilar va o’z hokimiyatlarini 
o’rnatdilar. Ushbu yurishlarda qatnashgan yuksak nufuzli urug’lar o’lkaning xo’jalik 
yuritishga qulay bo’lgan vohalarini egallab o’troqlashdilar. Xususan, qarshi shahri 
va uning atrofiga mang’itlar, Shahrisabz shahri va uning yon tevaragidagi 
hududlarga barlos va kenagaslar, O’ratepaga yuzlar, Jizzaxga qirqlar kelib 
o’rnashdilar. 
XVI asrning boshlarida yaratilgan yana bir yozma yodgorlik Muhammad 
Solihning (1455-1535 y.) «Shayboniynoma» dostonida ham Jizzax haqida ancha 
ma’lumotlar keltirilgan. Temuriylar sulolasining inqirozi, yangi saltanat-
shayboniylar hukmronligining qaror topishi bilan bog’liq tarixiy voqyealar bayoniga 
bag’ishlangan ushbu asarda ham Jizzax Shayboniyxon yoki unga muxolif 
kuchlarning lashkargohi, muhim harbiy strategik makon sifatida ta’riflanadi. 
Xususan, Shayboniyxon «Samarqandni olg’an yilining qishinda mo’g’ul ustig’a 
cherik tortib Xonikaxonni viloyatlarin, Shahruhiyani chopturg’onda» uning lashkari 
Jizzax qal’asiga to’planadi. 
Bordi xon qal’ai Dizzaq sori, 
Saltanat ahli mulozim bori ..... 
Yuqorida ta’qidlaganidek, bu davrda Jizzaxning qulay harbiy strategik 
imkoniyatlaridan nafaqat Shayboniyxon, balki unga qarshi, muxolif kuchlar ham 
foydalanishga harakat qilishgan. Xususan, 1501, 1502 yillarda Samarqand qamalida 
uzoq muddat qolib ketib, tashqaridan harbiy ko’mak kutib yotgan Bobur Mirzoga 
Toshkentdan Xonikaxon, Farg’onadan amir Tanbal yordam berishga ahd qilishadi 
va Samarqand sari lashkar tortishib, Jizzaxda uchrashishadi. 
Kim yurib Xonika kelgan bo’ldi, 
Mulki Dizzah cherikidin to’ldi ... 
Ittifoq ayladi Tanbal ham ango, 
Shart so’zini dedi mahkam ango. 
Lekin, «Shayboniynoma» muallifi to’g’ri ta’kidlaganidek, ikki o’rtada jang 
sodir bo’lmaydi. Xonikaxon va Tanbal qo’shini orqaga qaytib ketadi, natijada bir 
qancha muddatdan so’ng Samarqand Shayboniyxonga taslim bo’ladi. 
XVI asr ikkinchi yarmi, XVII asr boshlarida yashab o’tgan Hofiz Tanish ibn 
Mir Muhammad Buxoriy tomonidan fors-tojik tilida yozilgan «Abdullanoma» 
(«Sharafnomai Shohiy») asari ham Jizzaxning xonliklar davridagi tarixi, tutgan o’rni 
va mavqyeyi haqida ma’lumot beruvchi qimmatli manbadir. 
Shayboniylarning eng nomdor xonlaridan biri bo’lgan Abdullaxon II (1557-
1598) Movarounnahrni birlashtirish, markazlashgan davlat tuzish va uni 
mastahkamlash uchun qirq yildan ortiq umrini jangu-jadalda o’tkazadi. Tinimsiz 


kurashlar davomida hukmdor bir necha marta muhim siyosiy, harbiy tadbirlar bilan 
hozirgi Jizzax shahri, uning yon-tevaragidagi qal’a-qo’rg’onlar - Uchtepa, 
Ko’kgumbaz, Raboti Malik, Yom, Peshag’or, Ardaxshon, Achchi, Zomin va boshqa 
kentlarda bo’lgan. 
«Abdullanoma» asari muallifining yozishicha, 1578 yilda «sohibqiron 
hazrat» Bobo Sulton bilan urushish qasdida Zomin tomon cherik tortadi. Qo’shin 
Ipor mavzeiga yetganda (A.Muhammadjonov ma’lumotiga ko’ra bu mavze Cho’pon 
ota va Jomboy oralig’ida) «shavkatli shahriyor huzuriga Hind mamlakatining 
podshosi Jaloliddin Muhammad Akbar tomonidan atoqli sovg’alar, karomatli 
hadyalar bilan elchi kelib itoatkorlik va bo’yinsunishdan xabar beruvchi elchilik 
mazmunini arz qiladi». 
Darhaqiqat, bu yerda hijriy 986 yilda (1578 y) Movarounnahrga kelgan Mirzo 
Po’lat boshchiligidagi Hindiston elchiligi haqida ma’lumot berilgan. Tarixiy 
manbalardan ma’lumki, bu davrda Abdullaxon Movarounnahrdagi raqiblari ustidan 
to’la g’alaba qozonmagan, buning ustiga Samarqand hokimi Juvonmardalixon, 
Toshkent hokimi Bobo Sulton yordamiga ishonib Abdullaxonga qarshi isyon 
ko’targan edi. 
Abdullaxon Akbarshoh elchisining qaytishiga ruxsat bermaydi. Chunki, 
elchining nomaqbul taassurot bilan Hindistonga qaytishini istamaydi va elchiga 
raqiblari ustidan qozonajak g’alabasini namoyish qilmoqchi bo’ladi. Shu sababli 
lashkar elchilar hamrohligida Jizzaxga qo’nadi. 1578 yilning 4 iyul yakshanba kuni 
Jizzaxga O’zbek sulton katta sipoh bilan tashrif buyuradi. «Abdullanoma»da bu 
borada quyidagi ma’lumot mavjud. «A’lo Hazrat uning uchun ikki kun to’y berdi. 
U yerda (Jizzaxda - A.P.) a’lo hazratning bo’yrug’iga muvofiq, din nizomi Amir 
Qulbobo va Mavlono Haydar (Muhammad) munshiy lashkarni ko’rikdan 
o’tkazdilar. Uch kun davomida to’da-to’da kishilar kelib, ismlarini yozdirdilar. Ul 
hazratning xos sipohi, kichik sultonning (ya’ni Abdullaxonning o’g’li Abdulmo’min 
sultonning - A.P.) mavkabida bo’lganlar soni, ularga oziq-ovqat tayyorlovchilardan 
tashqari, o’ttiz ming kishiga yetdi».
1579 yil yozida Abdullaxon, Toshkentdalik paytida Bo’zaxo’r sulton o’z 
tarafdorlari bilan Samarqandni egallaydi. Abdullaxon tezlik bilan Toshkentdan 
qaytib, avval Uchtepaga, so’ng Jizzaxga keladi. Jizzaxda dushman haqida to’liq 
ma’lumot to’playdi. Lashkar va otlarga dam berib Samarqand uchun jangga 
tayyorlanadi. Bu voqyealar manbada quyidagicha bayon etilgan: «Panjshanba kuni 
ertalab olamni bosib oluvchi otni javlon urdirgan holda Uchtepaga tushdi. U yerdan 
bir kishini Dizzaxga Ali Mardon bahodir huzuriga yubordi. O’sha kechasi tuni bilan 
yo’l yurib juma kuni erta tongda shunday buyobondan chiqib Dizzax muzofatlaridan 
biriga tushdi. O’sha zamondayoq qutli hukm bo’ldi. «Xizmatchilar suv berib serob 
qilish ibodatlarni afzalidir» iborasiga muvofiq tuya karvonlariga suv va oziq-ovqat 


ortib, piyoda hamda horiganlar qarshisiga chiqib (ularni) serob qilsinlar va ularni 
qonxo’r biyobondan chiqarib aholi yashaydigan joyga yetkazsinlar. O’sha kuni 
peshin nomozi vaqtida (dushmanni) yoquvchi hoqon joyidan ko’chib, Dizzax degan 
mavzeda yashash bayrog’ini tikdi».
Balx hokimi Nodir Muhammadxon (1606-1642) topshirig’i bilan taniqli 
geograf Muhmud ibn Vali (1597 yilda tug’ilgan, vafot etgan yili aniqlanmagan) 
tomonidan 1631-1641 yillar orasida yozilgan «Bahr ul-asror fi manoqib ul-ahyor» 
(«Oliyjanob kishilarning jasorati haqida sirlar dengizi») asarida Jizzax haqida g’oyat 
qisqa bo’lsada ma’lumot berib, «Dizak sharqiy viloyatlardan biri» deb yozilgan. 
Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon etilgan 
Muhammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy» asarida to’g’ridan-to’g’ri 
Jizzaxga oid ma’lumotlar uchramaydi. Lekin, xonlikning sharqiy viloyati bo’lgan 
Jizzax va O’ratepa tarixiga oid ijtimoiy-siyosiy munosabatlar ushbu manba orqali 
qiyosiy o’rganildi va tahlil qilindi. 
Buxoro xoni Subxonqulixonning o’g’li va taxt vorisi Ubaydullaxon (1702-
1711) hukmronligi davridagi siyosiy tarix mukammal bayon qilingan 
Mirmuhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma» asarida tadqiqotimizga 
tegishli ba’zi ma’lumotlar uchraydi. Xususan, Ubaydullaxon taxtga o’tirgach 
Samarqandga tashrif buyuradi. Xonning Samarqandga kelganidan xabar topgan 
Jizzax, Zomin, O’ratepa, Xo’jand… atrofidagi o’zbek urug’larining peshvolari 
uning huzuriga katta sovg’a-salom bilan ta’zimga kelishadi. Oddiy xalq besh vaqt 
nomoz xutbasiga uning nomini qo’shib o’qishadi. 
XVIII-asrning birinchi choragiga oid yana bir muhim manba Rossiya elchisi 
Florio Benevenining xabarnomasidir. Beneveni Rossiya tashqi ishlar davlat 
kollegiyasiga 1724 yil o’z kamerdiner Nikolay Minner orqali yuborgan 
xabarnomasida – «Buxorodan 20 kunlik yo’l masofasida Dizak, Marg’ilon. 
Toshkent kabi mustaqil, ozod shaharlar (volno’ye goroda) bor» ligi haqidagi 
ma’lumotni beradi. 
XIX asrda Muhammad Hakimxon tomonidan bitilgan «Muntaxab at-tavorix» 
asarida Jizzax vohasining siyosiy tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. 
Xususan, Qo’qon xoni Olimxonning 1807 yildagi Jizzaxni bosib olish uchun 
uyushtirgan va muvaffiqiyatsiz yakunlangan harbiy yurishi, Buxoro amiri 
Nasrulloning 1828-1829 yilda amirlikka tobyelikdan bo’yin tovlagan Jizzaxga 
nisbatan ayovsiz jazo choralarini qo’llagani, ko’plab jizzaxliklarni qatl etgani 
haqidagi siyosiy voqyealar ushbu manbadan o’rin olgan. 
Samarqandlik qozi Abu Sa’idxojaning o’g’li muftiy Abu Tohirxoja 
Samarqandiy tomonidan 1844-1848 yillarda yozilgan «Samariya» asarida ham 
tadqiqotimizga tegishli ba’zi ma’lumotlar uchraydi. Xususan, Jizzax vohasiga 
Tuyatortar kanali orqali suv beruvchi «Raboti Xojabandiy», Amir Shoxmurod 


(1785-1800) zamonida O’ratepa, Zomin, Xovos, Yom kabi tuman va qishloqlardan 
ko’chirma qilingan, «oq uyli» nisbasi berilgan aholidan tashkil topgan 24 ta mahalla 
tarixi, qalmoqlardan qochgan qozoqlarning Jizzax orqali Samarqand va uning yon-
atrofiga kelishi tarixi qiyosiy o’rganildi, tahlil qilinib tadqiqot ishiga qo’llanildi. 
Umuman, xonliklar zamonida Samarqand va Jizzax o’rtasida nafaqat siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, balki ilm-fan va madaniyat sohasida ham o’zaro 
aloqalar kuchli bo’lgan. Masalan, Zominda tug’ilib, o’z faoliyatini Samarqandda 
o’tagan qozi Soqi Zominiy (vafoti 1619-1620) ashtarxoniylar davridagi eng yetuk 
olimlardan sanalgan. Uni o’z zamonida «fozillar yetakchisi» deb atashgan. Qozi 
Soqi Zominiy Imomqulixon (1611-1642) davrida Samarqandda qozikalon 
lavozimida ishlagan va o’z shaxsiy mablag’idan Bibixonim jomye-masjidining 
janubiy-g’arb tomonida shahar qo’rg’oni ichida bir madrasa soldirgan. «Samariya» 
muallifining ta’kidlashicha, «Samarqandning buzuqchilik chog’ida u madrasa 
butkul yo’qolibdir, hozirda undan hyech nishona yo’q». 
XIX asrning 40-yillarida A. Byorns tomonidan nashr qilingan rus manbasida 
Buxoro amirligining o’sha davrdagi harbiy salohiyati, otliq va piyoda qo’shin soni, 
shaharlarning, jumladan, Jizzaxning amir qo’shiniga yetkazib beradigan lashkari 
soni, zakot va soliqlar haqidagi ma’lumotlar, Jizzax bekligining amir xazinasiga 
beradigan to’lovlari hajmi va xususiyatlari haqida fikr bildirilgan. 
XIX asrning ikkinchi yarmida Mangitlar sulolasini tarixini yozgan Ahmad 
Donish asarida Jizzax O’rdasi, uning tuzilishi, darvozalari o’rni, soni va nomi, 
qo’shimcha mudofaa devorlarining qurilishi kabi qimmatli ma’lumotlar qayd 
etilgan. 
XIX asrning 60-yillarida O’rta Osiyoga sayohat qilgan mojor sayyoxi 
A.Vamberining rus tilida nashr etilgan «Puteshestviye po Sredney Azii», «Istoriya 
Buxar
o’
» nomli asarlarida xam amirlikning sharkiy sarhadlaridagi shaharlar sanab 
o’tilgan. Xususan, Jizzax va ungacha bo’lgan masofa haqida ham ma’lumot 
berilgan. 
Is’hoqxon Junaydullaxoja o’g’li Ibrat (1862-1937) tomonidan yozilgan 
«Farg’ona tarixi» kitobida Jizzax, uning hokimi Qanoatshoh, Buxoro amiri Muzaffar 
ko’rsatmasi bilan Xudoyorxonni ikkinchi marta taxtga o’tirishida Qanoatshohning 
harbiy yordami, Qanoatshohning o’ldirilishi voqyealari bayon qilingan. 
Fikrimizcha, bu voqyealarning davriy sanasida chalkashlik bor. Ibrat asaridagi ba’zi 
davriy sanalarning chalkashligi, noaniqligi haqida uni nashrga tayyorlovchi 
X.Bobobekov ham ta’kidlab o’tgan. Chunki boshqa manbalarda Qanoatshoh Buxoro 
amiri Nasrullo tomonidan qatl etilgan deb bayon etilgan. 
Shunday qilib, xulosa qilishimiz mumkinki, Ustrushona mamlakatining 
Fag’non rustoqi va uning bosh shahri Dizak haqida dastlabki ma’lumotlar IX-X 
asrlarga oid yozma manbalarda qayd etilgan. Dizakdan bir farsax (6-8 
km
) masofada 


cho’l mavzeida IX asrning birinchi choragida Ustrushona afshini Kovusning o’g’li 
Haydar tomonidan qurdirilgan Xudoysar raboti o’rta asr tarixchi – geograflarining 
ta’riflashicha, Movarounnaxrdagi eng mahobatli va taniqli rabot bo’lgan. 
XV-XVI asrlarda, Amir Temur va temuriylar davrida, shayboniylar 
hukmronligi zamonida yaratilgan bir qator tarixiy asarlarda Jizzax va uning 
atrofidagi turar joylar haqida ayrim ma’lumotlar berilgan. Xususan, Nizomiddin 
Shomiy va Sharofiddun Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarlarida, Boburmirzoning 
«Boburnoma»sida Jizzax va uning atrofidagi mavzelarda bo’lib o’tgan harbiy 
harakatlar, qisman Jizzaxning hokimlari va iqtisodiy turmushga daxldor xabarlar 
keltirilgan. Xofiz Tanish Buxoriyning «Sharafnomai Shohiy» («Abdullanoma») 
asaridan shayboniylar davrida Jizzax vohasiga katta e’tibor berilgani, undan harbiy-
strategik makon sifatida foydalanilganligi, Jizzax Qal’asi ayniksa, Abdullaxon II 
(1557-1598) davrida muhim lashkargohga aylangani, ushbu ishlar bilan bir qatorda 
ba’zi obodonchilik ishlari (Tuyatortar kanali, Sardobalar qurilishi) ham amalga 
oshirilganini bilishimiz mumkin.
XVIII asrda yaratilgan Mahmud ibn Valining «Baxrul asror», Muhammad 
Munshiyning «Tarixi Muqimhoniy», XVIII asrning birinchi choragiga oid Buxoro 
xonligi tarixidan ma’lumot beruvchi «Ubaydullanoma» asarlarida, Rossiya 
imperatori Pyotr I elchisi Florio Beneveni ma’lumotlarida aynan Jizzaxga oid 
xabarlar juda kam va qisqa holda uchrasada imkoniyat darajasida qiyosiy o’rganildi 
va tahlil qilindi. 
Muhammad Hakimxonning «Muntaxab at tavorix», Abu Tohirxojaning 
«Samariya», Ahmad Donishning «Tarixi xonadoni Mang’itiya» kabi XIX asrda 
yozilgan, XX asr birinchi choragida yozilsada XIX asr voqyealarini keng qamrab 
olgan Ibratning «Farg’ona tarixi» kitoblari orqali XIX asr 60-yillarigacha Jizzax 
bekligidagi siyosiy va iqtisodiy hayot, aholining etnik tarkibi, bek va hokimlarning 
hukmronlik davrlari bo’yicha jiddiy ilmiy yangiliklar qilindi. XIX asr tarixini 
yoritishda N. P. Xaniqov, A. Byorns, A. Vamberi asarlaridan ham samarali 
foydalanildi. 
Jizzax dastlab «Dizak» shaklida o’rta asrlar tarixchilari asarlari uchraydi va 
shaharning ta’rif tavsifi keltiriladi. 
Jizzaxning geografik joylashuvi bir qator qulayliklarga ega. Xususan, oqar 
suv manbai (Sangzor), obikor yerlari (Sangzor vodiysi), chorva yaylovlari, tog’ oldi 
va cho’l-dasht mavzelarining tabiiy manzaralari bunga yaqqol misoldir. Jizzaxning 
O’rta Osiyo va qo’shni mintaqa mamlakat va shaharlarini iqtisodiy jihatdan bir-biri 
bilan bog’lovchi Buyuk Ipak yo’li «chorraha»sida joylashganligi ham uning 
iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ijobiy iz qoldirgan. Qadimgi va rivojlangan 
o’rta asrlardagi Jizzax o’rnini mutaxassislar hozirda Jizzax shahrining sharqiy 
qismida joylashgan Qaliyatepa o’rnida deb e’tirof etishadi. Bizning fikrimizcha, 


Qaliyatepa sohibqiron Amir Temur davridan boshlab vohaning bosh shahri 
maqomida emas, balki asosiy harbiy qo’rg’onlaridan biri sifatida faoliyat ko’rsata 
boshlagan. Bunday fikr yuritishimizga sabab shundaki, Qaliyatepaning shahriston 
va ark qismidagina so’nggi o’rta asrlarga oid madaniy qatlamlar mavjud, uning 
atrofidagi rabodlarda ushbu davrda hayot davom etmagan. Qaliyatepa shahristoni va 
arkining umumiy maydoni 5 
ga
. atrofida ekanligini hisobga olsak bu maydon 
so’nggi o’rta asrda muhim harbiy-strategik ahamiyat kasb etgan Jizzaxdek (Dizak) 
shahar uchun ancha torlik qiladi. Fikrimizcha, Amir Temur davridayoq markaziy 
shahar hayoti Qaliyatepadan 6 km shimoli-g’arbda joylashgan O’rdaga ko’chgan. 
XVII asr boshlarida Qaliyatepada butunlay hayot to’xtagan. Bu xususda 
«Boburnoma»da ham ayrim ma’lumotlar keltiriladi. Bobur Jizzaxga kelishini 
quyidagicha bayon etadi… «tongdan burunroq Xaliliya kentiga kelib tushduk. 
Xaliliyadan Dizak kelildi»... deb ta’riflaydi. E’tibor berilsa Xaliliya bilan Qaliya 
(«tepa» - qo’shimchasini olib tashlanganda), qofiyadosh so’zlardir. Mutaxassislar 
tomonidan hozircha Xaliliya kentining joylashgan o’rni haqida biron fikr bildirilgani 
yo’q. Bizningcha, Xaliliya kenti Qaliya (tepa) o’rnida bo’lgan bo’lishi ham 
ehtimoldan uzoq emas. Buning ustiga bu yerda azaldan «Qaliya-Mo’lkanlik» nomli
qishloq (hozirda mahalla) ham mavjud bo’lgan. Demak, Bobur mirzo o’zining kam 
sonli a’yonlari bilan avval yo’l yoqasidagi Xaliliya (Qaliya) kentiga tushgan, so’ngra 
vohaning ichkarirog’ida joylashgan Dizakka (O’rdaga) borgan. Xaliliya atamasining 
paydo bo’lishi ham noma’lum. Bizningcha, ushbu atama temuriy shahzoda Xalil 
Sulton nomi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Chunki, birinchidan, bu davrda shahar 
va kentlarni shahzodalar nomi bilan atash rasm bo’lgan, masalan, Shohruh nomi 
bilan Shohruxiya atalganidek. Ikkinchidan Xalil Sulton sohibqiron vasiyatiga amal 
qilmagan holda bo’lsada bir qancha muddat (1405-1409y) Movarounnahrda 
hokimlik qilgan. Va nihoyat, uchinchidan «Boburnoma»ning qozon bosmasida 
Xaliliya kenti Ulug’ Xalil kenti shaklida nomlangan. 
Shayboniylar davrida Dizak shahrini hozirgi O’rda o’rnida bo’lganligi 
shubhasizdir. «Abdullanoma»ning 1579 yil iyun oyi voqyealariga bag’ishlangan 
bobida Toshkentdan shoshilinch sur’atda Samarqandga qaytayotgan Abdullaxon 
«avval Uchtepaga tushdi, so’ngra u yerdan bir kishini Dizzaxga, Ali Mardon bahodir 
(huzuri)ga yuborib, o’sha kuni peshin namozi vaqtida (dushmanni) yoquvchi hoqon 
joyidan (Uchtepadan - A.P.) ko’chib, Dizzax degan mavzeda yashash bayrog’ini 
tikdi» deb ma’lumot beriladi. Darvoqye, Abdullaxonning tezkorlik bilan 
Samarqandga qaytishiga sabab, uning raqibi Bo’zaxo’r sulton o’z birodarlari bilan 
Samarqandni bosib olib xon tomonidan qo’yilgan amir Minglibiy qushchini 
o’ldirgani voqyeasi edi. Manbada, qayd qilingan Uchtepa Jizzaxdan (aynan 
O’rdadan) 10 
km
chamasi shimoliy-sharq tomonda joylashgan qishloqdir. 
Qishloqning yon-atrofi Uchtepa cho’li, Uchtepa mavzei deb ham atalgan. Uchtepa 


mavzei atamasi XVI asr manbalarida ilk bor uchraydi. Bu mavze XIX asrda ham 
mavjud bo’lgan va Samarqand-Toshkent yo’li ustidagi oltinchi manzil hisoblangan. 
Ta’kidlash joizki, xon bejiz o’z lashkarlari bilan avval Uchtepaga to’xtamagan. 
Uchtepa orqali qisqa yo’l bilan to’g’ridan-to’g’ri Dizzaxga-Qaliyatepaga emas 
O’rdaga borish mumkin bo’lgan. Uchtepa bilan Qaliyatepa orasi deyarli 17-18 
km.ni
tashkil qiladi. Buning ustiga Qaliyatepa Uchtepaga nisbatan janubiy-sharq tomonda 
joylashgan. Agar, Dizzax Qaliyatepa o’rnida bo’lgan deb taxmin qilsak, yuqorida 
bayon qilingan sababga ko’ra Samarqandga shoshilayotgan Abdullaxon ma’lum 
masofaga orqaga qaytgan va hyech zaruriyat bo’lmagan holda qo’shin yo’lini 
deyarli 3 farsaxga uzaytirgan. Buning ustiga Qaliyatepaga yaqin masofada bo’lgan, 
cho’l mavzeining chegarasida joylashgan Ko’krabot, Yoyilma mavzelariga 
to’xtamasdan, nima uchundir Qaliyatepadan ancha uzoq masofadagi Uchtepaga 
to’xtagan. Demak, mantiqan fikrlaganda ham ushbu davr yozma manbalarida tilga 
olingan Dizzax, hozirgi Jizzax shahrining shimoliy qismidagi «Eski shahar» 
mavzeida joylashgan O’rda o’rnida bo’lgan. Darvoqye, mahalliy aholi tomonidan 
«Tuproqqo’rg’on», «O’rda» deb ataladigan ushbu aholi makoni xonliklar zamonida 
Buxoro amirligiga qarashli Jizzax bekligining ma’muriy markazi, mahalliy hokimlar 
qarorgohi sifatida faoliyat ko’rsatgan. So’nggi davr ma’lumotlariga ko’ra O’rda uch 
qator mudofaa devori bilan o’rab olingan, umumiy maydoni qariyb 100 ga. ga teng 
bo’lgan. Uning uchta darvozasi bo’lib, ularning shimoli-sharq tomondagisi 
«Toshkent darvozasi», janubi-sharq tomondagisi «O’ratepa darvozasi», janubi-g’arb 
tomonidagisi «Samarqand darvozasi» deb atalgan.
Etnografik ma’lumotlarga ko’ra, Jizzax aholisi kech kuzdan bahorgacha 
Tuproqqo’rg’on (O’rda) ichi mahallalari, ekin-tekin ishlari mavsumi paytida esa 
dehqonchilik qiladigan hududdagi dala hovlida yashashgan. 96 yoshli Shahri ona 
Ortiqova, 90 yoshli Munavvarhoji Tursunovlarning aytishlaricha «qo’rg’ondagi
hovlilar shu qadar zich joylashgan bo’lganki, tomma-tom yurib butun O’rdani 
aylanib chiqish mumkin bo’lgan» 
Mazkur hududlardagi turli qishloq xo’jaligi ekinlari, bog’ va bedazorlarning 
atrofi aksariyat hollarda paxsa devorlar bilan o’rab olingan. Hunarmandlarning 
ustaxonalari va rastalari O’rda mudofaa devoridan tashqarida bo’lgan. 
Ma’lumotlarga ko’ra, 1866 yil oktyabr oyida Jizzax O’rdasiga hujum qilgan rus 
qo’shinlari harbiy harakatini yaxshiroq ko’rish va nazorat qilish uchun O’rda begi 
Olloyor buyrug’i bilan Tuproqqo’rg’on atrofidagi bozor rastalari buzib tashlangan, 
daraxtlar kesilgan. 
O’rdaning suv ta’minoti, shubhasiz, uning janub tomonidan sharq-g’arb 
yo’nalishi bo’yicha oqib o’tuvchi Sangzordan bosh olgan «Jizzaxlik» arig’i orqali 
amalga oshirilgan. Ta’kidlash joizki, hozirda Jizzax shahri hududida so’nggi o’rta 


asrlarga oid tarixiy-me’moriy obidalar deyarli saqlanib qolmagan, ularning tarixiy 
nomlari va joylashgan o’rinlari haqida ham ma’lumotlar juda oz. 
Axborotchilarning ma’lumotlariga ko’ra O’rdaning janubi-g’arb tomonida, 
hozirgi Nuriddin hoji madrasasi atrofida Namozgoh (Iydgoh) masjidi joylashgan 
bo’lgan. Yilda ikki marta Ramazon va Qurbon hayiti kunlari bu yerda namoz 
o’qilgan. Namozgohning atrofi to’rt paxsa devor bilan o’ralgan, faqat qibla 
tomonida ayvonli sahn mavjud bo’lgan. «Samarqand darvozasi» atrofida esa 
«To’pxona» joylashgan bo’lib. aytishlaricha, bu yerda to’plar saqlangan, ishdan 
chiqqanlari ta’mirlangan. 
Saqlanib qolgan tarixiy joy nomlaridan yana biri «Sayiljoyi» atamasidir. 
Sayiljoyi O’rdadan 1.2 
km
. janub tomonda, tekis, yaydoq joyda bo’lgan. 
Ma’lumotlarga ko’ra xonliklar zamonida Navro’z bayrami paytida bu yerda bir hafta 
mobaynida xalq sayili o’tkazilgan. Har bir mahalla bu yerga ko’chib chiqib, o’tov 
tikkan, doshqozonlarda palov, halim, sumalak pishirilgan, kurash, ko’pkari 
musobaqalari o’tkazilgan, ashulachilar, qiziqchilar, dorboz va qo’g’irchoqbozlar o’z 
san’atlarini namoyish qilishgan. 
«O’ratepa darvoza»sining tashqarisida «Qalandarxona» degan joy bo’lgan va 
bu nom hozirgacha saqlanib qolgan. Bu yer jizzaxlik va boshqa shaharlardan kelgan 
darvish va qalandarlarning qo’nog’i, toat-ibodat, qasidaxonlik va zikr tushadigan 
maskon sifatida shuhrat topgan. Qalandarxonadan uncha uzoq bo’lmagan masofada, 
uning shimoli-g’arb tomonida «Takyaxona» nomli joy ham bo’lgan.

Download 274,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish