5-sinf adabiyot (0001)


Emas pir-u juvon, balki hamma ahli jahon yig‘lar”



Download 0,57 Mb.
bet7/19
Sana02.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#479684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
5,6,7,8 sinf adabiyot darsligi asosida

Emas pir-u juvon, balki hamma ahli jahon yig‘lar”.
Ushbu baytlar qaysi asar qahramonining do‘sti vafotiga bag‘ishlab yozgan baytlari edi?
A) “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” (T.Murod)
B) “Mehrobdan chayon” (A.Qodiriy)
С) “Kecha va kunduz”(Cho‘lpon)
D) “Chinor” (A.Muxtor)
273.A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida Muhammad Rajabbekni Anvarga iltifot etishga majbur qilgan omillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?
A) O‘g‘lining do‘sti ekanligi va ko‘rinib turgan iste’dodi.
B) Bir jihatdan ma’sumiyat ikkinchidan ko‘rinib turgan iste’dod
C) Anvarning o‘g‘li Nasimga bag‘ishlab yozgan marsiyasidan so‘ng unga bo‘lgan qiziqish va farzandining yaqin do‘sti bo‘lganligi
D) Anvarning aqlliligi va ko‘rinib turgan iste’dodi.
274. A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida keltirilishicha, Solih Mahdum qaysi ilmdan bebahra edi?
A) arab tili B) sarf va nahv
C) hisob ilmi D) forsiy tili
275. A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida keltirilishicha, Solih Mahdum Anvarni nechi yoshidan beri yedirib –kiydirib kelishi haqida ma’lumot beriladi?
A) 12 B) 10 C) 8 D) 7
276.Qaysi asar qahramoni bir yil ichida hisob ilmini o‘rganadi?
A) “Farhod va Shirin” (A.Navoiy)
B) “Mehrobdan chayon” (A.Qodiriy)
C) “Alvido bolalik” (T.Malik)
D) “Bahor qaytmaydi” (O‘.Hoshimov)
277. Og‘zining tanobi uzoq sayoxatni ixtiyor qilg‘on qahramon qaysi asarda uchraydi?
A) “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” (T.Murod)
B) “Mehrobdan chayon” (A.Qodiriy)
С) “Kecha va kunduz”(Cho‘lpon)
D) “Chinor” (A.Muxtor)
278. “Habba” so‘zini tez-tez ishlatib turadigan qahramon qaysi asarda uchraydi?
A) “O‘tkan kunlar” (A.Qodiriy)
B) “Mehrobdan chayon” (A.Qodiriy)
С) “Kecha va kunduz”(Cho‘lpon)
D) “Chinor” (A.Muxtor)
279. Tuflab tugishdan boshqasini bilmaydigan ziqna obraz qaysi asarda uchraydi?
A) “O‘tkan kunlar” (A.Qodiriy)
B) “Mehrobdan chayon” (A.Qodiriy)
С) “Kecha va kunduz”(Cho‘lpon)
D) “Chinor” (A.Muxtor)
280. Solih Mahdum nazarida nama’qulchilik nima edi?
A) pulni kiyim –kechak va shu kabilarga sarflash
B) Uyda go‘shtli taomlarni tez- tez pishirish
C) Nigor oyimning shalpar hamda Ra’noning atlas kiyishi
D) Ra’no hamda Nigor oyimning Anvarning yoniga borishi
281.Bunday muassir maslahatlar ham Anvarga ta’sir etmadi. Ushbu gapdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nosi to‘g‘ri izohlangan qatorni aniqlang?
A) yoqimli B) dilkash C) o‘rinli D) ta’sirchan
282. “Sevgan yorim sen bo‘lsang, ko‘rgan kunim ne bo‘lg‘ay” ushbu maqol kimning tilidan aytiladi?
A) Kalonshoh B) Mahdum
C) Shahodat mufti D) Abdurahmon domla
283. A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon”
romanida “Kichkin hovoncha boshidag‘i oq tepchima to‘ppi va qora uzun saqoli uni hindilarning savdogari qiyofasiga qo‘ygan edi”-deb ta’riflangan qahramon berilgan qatorni aniqlang?
A) Kalonshoh B) Safar bo‘zchi
C) Shahodat mufti D) Abdurahmon domla
284. A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon”
romanida Anvar va Sultonali o‘rtasidagi mojarolarni Abdurahmon domla kimdan eshitgan edi?
A) Kalonshoh B) Safar bo‘zchi
C) Shahodat mufti D) Mirzo Bois
285. A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon”
romanida “Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qur ekanmi” maqoli qaysi qahramonlarni tasvirlash uchun ishlatilgan?
A) Xon va uning amaldorlarini
B) Abdurahmon domla, Kalonshoh va Shahodat muftilarni
C) Anvar va Sultonalini
D) Abdurahmon domla, Kalonshoh va Shahodat mufti va xudoyorxonni
286. Sultonali va Anvar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chigallashtirish maqsadida yozilishi kerak bo‘lgan xatning matnini kim ko‘chiradi?
A) Kalonshoh B) Safar bo‘zchi
C) Shahodat mufti D) Abdurahmon domla
287. A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida tabiatida andak beboklik va loqaydlik bor deb ta’riflangan obraz berilgan qatorni aniqlangv?
A) Kalonshoh B) Safar bo‘zchi
C) Shahodat mufti D) Abdurahmon domla
288. Navro‘zqul obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) Kalonshoh B) Safar bo‘zchi
C) Shahodat mufti D) Abdurahmon domla
289. A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida “dunyoda hayotdan qo‘l yuvguchidek tili uzun kishi bo‘lmasa kerak” degan fikrni kim aytgan edi?
A) Muhammad Niyoz B)Sultonali
C)Jallod D) Shayx Sa’diy
290. Mimiuhsinning dastlabki she’r va hikoyalar to‘plainlari qaysi?
A)"Sheralining mardligi" va "Ovchi bolalari"
B)"Qamar", "Usta G‘iyos"
C)"Jamila", "Qamar"
D)"Qalb falsafasi", "Vatandoshlar"
291. Qaysi xalq dostoni qahrainonining “Aziz boshing oyog‘imgateng emas...- degan e’tirofi orqali o‘zbeklik g‘ururi aksettirilgan?
A) “Ravshan”da Ravshan
B) “Alpomish”da Alpomish
C) “Rustamxon”da Rustamxon
D) “Kuntug‘mish”da Kuntug‘mish
292. Ko‘kragimga solma qayg‘u-alamni,
Ko‘zlari qambarday qoshi qalamni,
Bir yor uchun aslo, bolam, g‘am yema,
Obberay paridan ortiq sanamni.
Ushbu so‘zlar xalq dostonlaridagi qaysi qahramon tilidan aytilgan?
A) Sultonxon tidan ("Rustam")
B) Hasanxon tilidan ("Ravshan")
C) Boybo‘ri tilidan ("Alpomish")
D) Qoraxon tilidan ("Kuntug‘mish")
293. O‘z she’rida lirik qahramon ruhiyatidagi g‘ashlikni
"botguvchi","sizlatguvchi", "chekkuvchi", "tekkuvchi"
"g‘ajiguvchi", "achiguvchi" singari sifatlashlar bilan bergan ijodkor kim?
A) Mirtemir B) Asqad Muxtor
C) Abdulla Oripov D) Erkin Vohidov
294. Quyidagi misralar muallifi kim, she’rning vaznini aniqlang.
Alisherga alla aytib uxlatgan
Sen-ona.
Og‘ushida Bobur kamolga yetgan
Sen-ona.
A) A. Muxtor, qo‘shma vazn
B) Mirtemir, qo‘shma vazn
C) A. Oripov, sodda vazn
D) E.Vohidov, murakkab vazn
295. xotin-qizlar jinsidan irodasi kuchli, hatto erlaridan ham jasurroq shaxslarni ko‘p uchratamiz. Shuning bilan birga ularni, naqadar kuchli irodaga molik bo‘lmasinlar, yana hissiyotlarga mag‘lub ko‘ramiz.
Ushbu parcha quyidagi qaysi asar qahramoni haqida?
A) “Mehrobdan chayon” B) “Daxshat”
C) “Qutlug‘ qon” D) “Kecha va kunduz”
296. A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida uchraydigan shig‘ovul qanday mansab?
A) mirzolar boshlig‘i
B) saroy marosimlarini boshqarib turadigan amaldor
C) fuqarolarning arz-dodini xonga yetkazuvchi shaxs
D) saroy oshxonasi uchun javobgar shaxs
297.Qaysi ijodkorning otasi o‘zi yozgan she’rlardan devon tuzganligi haqida ma’lumot bor?
A) A.Qodiriy B) Muqumiy C) Cho‘lpon D) Avaz O‘tar
298.Hurlikni e’tiqodiga aylantirgan ijodkor berilgan qatorni aniqlang?
A) A.Qodiriy B) Muqumiy C) Cho‘lpon D) Avaz O‘tar
299.1921- yilda yaratilgan “Yorqinoy” dramasining muallifi berilgan qatorni aniqlang?
A) A.Qodiriy B)Behbudiy C) Cho‘lpon D) Hamza
300. Cho‘lpon qaysi adiblarning asarlarini mahorat bilan ona tilimizga o‘girgan?
1. List; 2.Blok; 3.Gorkiy; 4.Shekspir; 5.Thakur; 6.Pushkin
A) 2,3,4,5 B) 2,3,4,5,6 C) 4,5,6 D) 2,4,5,6
301. Cho‘lponning “Go‘zal” she’rida go‘zalni tushidamas o‘ngida ko‘rgan obraz berilgan qatorni aniqlang?
A) Shamol B) Yulduz C) Kun (quyosh) D) Oy
302. «Go‘zal» she'rida lirik qahramon nima uchun o‘zini «yo‘qsul» deb ataydi?
A) Go‘zal uni tashlab uzoqqa ketib qolgani uchun
B) Yorining visoliga yetolmaganidan
C) Go‘zalning husni va fazilatlari oldida o‘zini qusurli bilganidan
D) U istagan go‘zalning bu dunyoda yo‘qligini bilgandan so‘ng.
303. Cho‘lpon qanday yurtni buzilgan o‘lka deb ataydi?
A) Odamlari o‘z o‘tmishi va tilini yo‘qotgan yurtni B) Amaldorlari manfaatparast bo‘lgan mamlakatni C) Mustamlaka asoratiga tushib qolgan va shunga ko‘nikkan o‘lkani
D) Yoshlari boshqa mamlakatga ketishga majbur bo‘lgan davlatni
304. «Nega sening qalin tovushing «ket» demaydi ularga» satridagi «qalin» so‘zi qaysi ma'noni bildiradi?
A) qat'iyatli, isyonkor B) hayiqqan, qo‘rquvli
C) ehtiyotkor, baland D) kelishuvchan, andishali
305. Adabiyotshunoslik nazariyasi ilmidagi ko‘chimning turlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) majoz B) istiora C) ramz D) barchasi
306. “Binafsha” she’rida qaysi adib binafsha sen uchun ko‘kragim erk yeri deya tarif uchradi?
A) G‘afur G‘ulom B) U.Nosir
C) Asqat Muxtor D) Cho‘lpon
307.Ellikboshinin og‘ilga kirib qilgan harakatlaridan maqsad nima edi?
A) tasalli berish B) yordam ko‘rsatish
C) o‘g‘rini aniqlash D) tamagirlik
308.Amin Qobil boboga «Yo‘qolmasdan ilgari bormidi?», «Qanaqa ho‘kiz edi?», «Yaxshi ho‘kiz birov yetaklasa keta beradimi?» kabi savollarni nima uchun beradi?
A) pristavga xabar yetkazish maqsadida
B) Qobil boboning rost gapirayotganini aniqlash uchun
C) ellikboshi bergan ma'lumotlarni tekshirish maqsadida
D) Qobil boboning ustidan kulish uchun
309. Inson qadri, shaxs erkinligi barcha narsadan ustun ekanligi «Dahshat» hikoyasidagi qaysi jumlada aks etgan?
A) hozir kim go‘ristonga borib, Asqarponsotning qabriga pichoq sanchib keladi?
B) bitta qo‘yni nazarlari ilmaydi
C) Unsin nokas odam ekan, bitta qo‘yni deb... Koshki arziydigan narsa bolsa!
D) tag‘in nima qilasan Ganjiravonda...
310. «Dahshat» hikoyasida qanday fikr ilgari surilgan?
A) erning o‘z xotiniga zulm qilishi dahshatli illat ekanligi
B) ayolning eriga isyon qilishi fojiaga olib kelishi
C) inson erki, shaxs hurligini ulug‘lash
D) insonning o‘zi qodir boimagan ishga qo‘l urmasligi
311.A.Qahhorning «Dahshat» nomli hikoyasi qahramoni Unsinga bir odamchalik yordam bergan jumla qaysi qatorda berilgan?
A) ganjiravonga jo‘nash umidi
B) «O‘likning joni yo‘q»
C) «Bismillohir rahmonir rohim» kalimasi
D) erining «javob beraman» degani
312. A.Qahhorning qaysi asarida holat va kechinmalar uchun «sovuq ter chimoq», «bir qarich cho‘kkanday bo‘lmoq», «tizzasi qaltiramoq», «tildan qolmoq», «yerga qapishib ketmoq», «lafzdan qaytmaslik», «yuragiga rahna solmoq», «dami ichiga tushmoq», «ko‘z oldiga kelmoq», «ko‘zlari javdiramoq», «ko‘pi ketib ozi qolmoq», «o‘zini yerga tashlamoq», «yerning qariga yubormoq» kabi xalqona ibora va ifodalar o‘ta mahorat bilan qo‘llangan?
A) «O‘tmishdan ertaklar»da
B) «Dahshat»da
C) «Sinchalak»da
D) «Og‘riq tishlar»da
313. Ola ho‘kiz mojarosi qaysi asarda badiiy aks etgan?
A) «O‘tmishdan ertaklar»da
B) «Shum bola»da
C) «O‘g‘ri»da
D) «Susambil»da
314. A.Qahhorning aftobiografik qissasi berilgan qatorni aniqlang?
A) “Sarob” B) “Muhabbat”
C) “O‘tmishdan ertaklar” D) “Sinchalak”
315. Sarimsoq, Norin shilpiq tahalluslari bilan ijod qilgan ijodkor qalamiga mansub tugallanmay qolgan asari berilgan qatorni aniqlang?
A)“Muhabbat” B)“Zilzila”
C )“Sinchalak” D)“Mashrab”
316. A.Qahhorning birinchi qissasi qachon chop qilingan?
A) 1934-yil B) 1932- yil C) 1931- yil D) 1937- yil
317. A.Qahhorning birinchi qissasi berilgan qatorni aniqlang?
A) “Qishloq hukm ostida” B) “Muhabbat”
C) “O‘tmishdan ertaklar” D) “Sinchalak”
318.A.Qahhor ijodi bilan bog‘liq noto‘g‘ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang?
A) “Sarob” romani 1934- yil yozib tugatilgan va 1937-yil oxirida kitob xolida chop etilgan.
B) 1935-1939- yillar oralig‘ida A.Qahhorning 3 ta hikoyalar to‘plami chop etilgan
C) “Qo‘shchinor chiroqlari” romani 1949- yil e’lon qilingan
D) A.Qahhor “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”unvoni va “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
319. “Samandar”, “Zar qadri”, “Og‘riq tishlar”, “To‘ylar muborak”, “Tobutdan tovush”, “Chin yurakdan”, “Adabiyot muallimi”, “Shohi so‘zana”, “Ayajonlarim”, “zilzila”, “Mashrab”, “jinoyat”
Berilganlardan nechtasi A.qahhor qalamiga mansub komediyalar hisoblanadi?
A) 3 tasi B) 4 tasi C) 5 tasi D) 6 tasi
320.A.Qahhor qalamiga mansub qaysi asarlar asosida telespektakllar va videofilmlar ishlangan?
A) “Sarob”, “O‘g‘ri”
B) “Qo‘shchinor chiroqlari”, “Sinchalak”
C) “Qo‘shchinor”, “O‘tmishdan ertaklar”
D) “Sinchalak”, “O‘tmishdan ertaklar”, “Qo‘shchinor chiroqlari”
321. “Muhabbat”, “Qo‘shchinor chiroqlari”, “Zilzila”, “Sarob”, “O‘tmishdan ertaklar”, “Bemor”, “Anor”, “Adabiyot muallimi”, “Sinchalak”, “Shohi so‘zana”, “Tobutdan tovush”, “Ayajonlarim”, “Og‘riq tishlar”
Yuqoridagi asarlardan nechtasi A.Qahhor qalamiga mansub qissa hisoblanadi?
A) 3 tasi B) 4 tasi C) 5 tasi D) 6 tasi
322. Osmon yiroq,yer qattiq maqoli A.Qahhorning qaysi asariga epigraf qilib keltirilgan?
A) “O‘g‘ri” B) “Bemor” C) “Anor” D) “Sinchalak”
323.Qaysi asarda shisha qabzali kulrang eshigi bor shifoxona tasviri uchraydi?
A) “O‘g‘ri” B) “Bemor”
C) “Shum bola” D) “Sariq devni minib”
324. “Bemor” hikoyasida Sotiboldining xo‘jayini qanday kasb bilan shug‘ullanar edi?
A) Chigit po‘choq va kunjara bilan savdo qiladigan savdogar
B) Pista va kunjara bilan savdo qiladigan savdogar
C) To‘qima savat bilan savdo qiladigan savdogar
D) Chigit va kunjara sotadigan savdogar
325. Qaysi asarda izvosh va oq podshoning surati solingan 25 so‘mlik pul tasviri uchraydi?
A) “O‘g‘ri” B) “Bemor”
C) “Shum bola” D) “Sariq devni minib”
326.Qaysi asarda Bohouddin va G‘avsula’zam singari buyuk insonlar nomi keltirilgan?
A) “Yetti zog‘ora” B) “Bemor”
C) “Shum bola” D) “Sariq devni minib”
327…U ertadan kechgacha oftobshuvoqda gavronlar ichida ko‘milib savat to‘qir edi…
Yuqoridagi parcha qaysi asardan olingan?
A) “O‘g‘ri” B) “Bemor”
C) “Shum bola” D) “Sariq devni minib”
328. “Bemor” hikoyasida bemorga qanday davollash usuli qo‘llanganidan so‘ng, bemor o‘zini ancha tetik his etadi, ammo tonggacha joni uziladi?
A) Baxshiga o‘qitishganidan so‘ng
B) Bir tovuqni so‘yib, qon bilan qoqtirishganidan so‘ng
C)Allaqanday xotinga bemorni tolning xipchini bilan savalatganidan so‘ng
D) “chilyosin” qildirishganida so‘ng
329. “Bemor” hikoyasida Sotiboldining qizchasi necha yoshida edi?
A)4 yoshida B)4,5 yoshida C)5 yoshida D) 6 yoshida
330.Qaysi asarda bemorni davollashning antiqa usullari haqida hikoya qilinadi?
A) “O‘g‘ri” B) “Bemor”
C) “Shum bola” D) “Sariq devni minib”
331.“Bemor” hikoyasida nomi keltirilgan Sim shahri hozirgi qaysi hududga to‘g‘ri keladi?
A) Toshkent B) Samarqand C) Farg‘ona D) Andijon
332.Burunsiz ellikboshi obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) “O‘g‘ri” B) “Bemor”
C) “Daxshat” D) “Sariq devni minib”
333. “O‘g‘ri” hikoyasida cholga xo‘kizni juda naqd qilib qo‘ygan amaldor qaysi?
A) ellikboshi B) amin C) noib D) pristav
334. “tekinga mushuk oftobga chiqmaydi”, “Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz”maqollari qaysi asarda ishlatiladi?
A) “O‘g‘ri” B) “Bemor”
C) “Daxshat” D) “Sariq devni minib”
335. “O‘g‘ri” hikoyasida cholning xotini kimga yarim qop jiyda, uchta yelpishtovoq jo‘xori, ikki kalava ip eltadi?
A) ellikboshiga B) aminga
C) qulf ochadigan azayimxonga D) pristavga
336.Egamberdi paxtafurush obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) “O‘g‘ri” B) “Bemor”
C) “Daxshat” D) “Sariq devni minib”
337.Kuzak shamoli dahshati aks ettirilgan asar berilgan qatorni aniqlang?
A) “O‘g‘ri” B) “Bemor”
C) “Daxshat” D) “Sariq devni minib”
338. “O‘g‘ri” hikoyasidagi Olimbek qanday vazifada ishlar edi?
A) mirzolar boshlig‘i
B) saroy marosimlarini boshqarib turadigan amaldor
C) ariza qabul qiluvchi amaldor
D) Masjid imomi
339. Qaysi asarda osmon chekkasi sariq kir uvadga o‘xshatiladi?
A) “O‘g‘ri” B) “Ufq”
C) “Daxshat” D) “Chinor”
340. “Ko‘pi ketib ozi qoldi” maqoli qaysi asarda qo‘llangan?
A) “O‘g‘ri” C) “Ufq”
B) “Daxshat” D) “Chinor”
341.O‘zi yashagan xonadonni “yeklamning chuquri ko‘rsin” deb lanatlagan obraz qaysi asarda uchraydi?
A) “O‘g‘ri” C) “Ufq”
B) “Daxshat” D) “Chinor”
342.Qaysi ijodkor o‘zining tarjimayi holida otam – dehqon va chorvador, onam tomondan bobom mulla maktabdor. Otam tomondan bobom – uzun bo‘ylik, polvon jussalik, qizil yuzli odam edi deb eslaydi?
A) Mirtemir B) Asqad Muxtor
C) Abdulla Oripov D) Erkin Vohidov
343.Qaysi ijodkorning ijodiy qiyofasini belgilaydigan, uni o‘zbek kitobxonlari uchun ardoqli qilgan narsa- uning she’riyati edi?
A) Mirtemir B) Asqad Muxtor
C) Abdulla Oripov D) Erkin Vohidov
344. Qaysi ijodkor Yo‘ldosh Oxunboboyevga shaxsiy kotib bo‘lib ishlagan?
A) Erkin Vohidov B) Asqad Muxtor
C) X.Saloh D) Mirtemir
345. “Betobligimda” nomli she’r yozgan ijodkor berilgan qatorni aniqlang?
A) Erkin Vohidov B) Asqad Muxtor
C) X.Saloh D) Mirtemir
346. G‘ayratiy rahbarlik qiladigan to‘garakda E.Vohidov, Y.Shomansur, Sayyor singari ijodkorlar bilan birga ijod sirlarini o‘rgangan ijodkor berilgan qatorni aniqlang?
A) Erkin Vohidov B) Asqad Muxtor
C) X.Saloh D) Mirtemir
347.X.Saloh ishlagan matbuot nashrlari berilgan qatorni aniqlang?
A) “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “Gulxan”, “G‘uncha”
B) “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “Gulxan”, “Yosh kuch”
C) “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “G‘uncha”, “Yosh kuch”
D) “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “Gulxan”, “Yosh kuch”, “G‘uncha”
348. “Chashma”, “Ikkinchi imtihon”, “Tong qo‘shig‘i”, “Ishqim va rashqim”, “Vafo”, “Qadrdon do‘stlar”, “Tug‘yon”, “Izlar va hislar”, “Na’matak”, “Izlayman”, “Shu’lalar qo‘shig‘i”, “Lirika”, “Shu’lalar qo‘ynida”
Ushbu asarlardan nechtasi X.Saloh qalamiga mansub she’rlar to‘plami hisoblanadi?
A)7 ta B) 8 ta C) 5 ta D) 9 ta
349. X.Saloh qalamiga mansub dostonlar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Chashma”, “Ikkinchi imtihon”, “Lirika”
B) “Tug‘yon”, “Izlar va hislar”, “Na’matak”
C) “Laylo”, “Yangroq hayot”, “Toshkent bilan suhbat”
D) “Laylo”, “Izlar va hislar”, “Toshkent bilan suhbat”
350. Qaysi asarda agar biror inson tug‘ilsa, ota bobolarimizning bitta yulduz ortdi deyishlari yoki bir yulduz uchsa, kimdir o‘tdi bu dunyodan degan gaplari uchraydi?
A) “Mening yulduzim” (A.Muxtor)
B) “Yulduzlar afsonasi” (X.Saloh)
C) “Tug‘ulish” (A.Muxtor)
D) “Biz ovqatlanamiz” (S.Sayyid)
351. Bodom qavoq, oq tomoq qiz haqidagi afsona qaysi asarda uchraydi?
A) “Mening yulduzim” (A.Muxtor)
B) “Yulduzlar afsonasi” (X.Saloh)
C) “Tug‘ulish” (A.Muxtor)
D) “Biz ovqatlanamiz” (S.Sayyid)
352. X.Salohning “Yulduzlar afsonasi” she’rida Hulkar yulduzining suluv qiziga nima ko‘zgu bo‘lishni orzu qilgan?
A) oy B) soy C) quyosh D) gullar
353.Qaysi asarda Hulkar yulduz va yetti qaroqchi yulduz haqidagi afsona aks ettirilgan?
A) “Mening yulduzim” (A.Muxtor)
B) “Yulduzlar afsonasi” (X.Saloh)
C) “Tug‘ulish” (A.Muxtor)
D) “Biz ovqatlanamiz” (S.Sayyid)
354.Qaysi ijodkor shamollarga sho‘x kuy bitib uni bog‘iga taklif etgan?
A) Erkin Vohidov B) Asqad Muxtor
C) X.Saloh D) Mirtemir
355.Qaysi she’rda nonning lazizligiga tandirdagi olov sababchiligi bilan insonning azizligiga peshonadan to‘kilgan manglay teri bois ekanligi borasidagi fikrlar aks etgan?
A) “Yer va ter” (X.Saloh)
B) “Yulduzlar afsonasi” (X.Saloh)
C) “Tug‘ulish” (A.Muxtor)
D) “Biz ovqatlanamiz” (S.Sayyid)
356. Iste’dodlar har doim o‘jar bo‘ladi. Maktabdagi eng iste’dodli bola va eng o‘jar bola deb ta’riflangan ijodkor berilgan qatorni aniqlang?
A) Erkin Vohidov B) Asqad Muxtor
C) X.Saloh D) Ernest Seton-Tompson
357.Qaysi ijodkorning buyuk ijodkor sifatida shakllanishiga doktor Ros tomonidan yozilgan “Kanada qushlari” asari turtki bo‘lgan?
A) Erkin Vohidov B) Asqad Muxtor
C) X.Saloh D) Ernest Seton-Tompson
358. U avval rassom bo‘lmoqchi bo‘ldi. Qator-qator rasmlar chizdi. Rasmlar ko‘rgazmasi bo‘ldi… U ajoyib animalist – jonivorlar tasvirini yaratuvchi rassom bo‘ldi. Ammo “baxt qushi” ni tabiatshunos olimlikdan, adiblikdan topdi…
Ushbu fikrlar qaysi ijodkor haqida bildirilgan?
A) Jek London B) Asqad Muxtor
C) Ch.aytmatov D) Ernest Seton-Tompson
359.Qaysi ijodkor birinchi bo‘lib badiiy adabiyotga jonivorlar tasvirini olib kirdi, olib kirganda ham ularni badiiy obraz darajasiga ko‘tardi?
A) Jek London B) Asqad Muxtor
C) Ch.aytmatov D) Ernest Seton-Tompson
360. “Hayvonlar qahramonlar”, “Men bilgan jonivorlar”, “Mitti yovoyilar”, “Kregn – kuteney qo‘yi”, “Quvg‘indilar taqdiri” singari asarlar muallifi berilgan qatorni aniqlang?
A) Jek London B) Asqad Muxtor
C) Ch.aytmatov D) Ernest Seton-Tompson
361. Seton- Tompson nomini olamga yoygan asari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Jonivorlar haqida hikoya” B) “Yovvoyi yo‘rg‘a”
C) “Hayvonlar qahramonlar” D) “Mitti yovoyilar”
362. AQSH ning mashhur adibi Jon Berrous qaysi jurnalda Seton- Tompsonni urib chiqadi?
A) “Piddington” B) “Atlantik”
C) “Atlantik Monsli” D) “Monsli”
363. Seton- Tompson qaysi asari uchun “Alanga medali” oltin mukofotini oldi?
A) “Yovvoyi hayvonlar hayoti”
B) “Shimoliy hayvonlar hayoti”
C) “Hayvonlar qahramonlar”
D) “Mitti yovoyilar”
364. “Yovvoyi yo‘rg‘a” asarida “Sant Feda” risolaga solingan tamg‘asi bor qahramon berilgan qatorni aniqlang?
A) Jo B) Tom C) Don Karlos D) Faster
365.Ko‘l Suvi ozayganda gir aylanasida loyning tilim-tilim qop-qora, yirik tasmalari qoladi, ayrim yerlarida oppoq tuz dog‘lari yaltirab turadi, chuqur joyida esa oqmasa-da, ichsa bo‘ladigantoza suv qoladi. Ushbu tasvir qaysi asada uchraydi?
A) “Hayotga muhabbat” (J.London )
B) “Yovvoyi yo‘rg‘a” (Ernest Seton-Tompson)
C) “Qiyomat qarz” (O‘.Umarbekov)
D) “Jamila” (Ch. Aytmatov)
366. Don Karlos dongliklari qaysi asarda uchraydigan toponim hisoblanadi?
A) “Hayotga muhabbat” (J.London )
B) “Yovvoyi yo‘rg‘a” (Ernest Seton-Tompson)
C) “Qiyomat qarz” (O‘.Umarbekov)
D) “Jamila” (Ch. Aytmatov)
367.jayron bulog‘i yaqinidagi yaylovlarda qaysi harflari ayqash tamg‘alangan molar o‘tlab yurardi?
A) “b, f” B) “l, f” C) “m,n” D) “k, f”
368.Joga yovvoyi yo‘rg‘ani otishni kim taklif qilgan edi?
A) Faster B) Kurka iz C) jek Berns D) Tom
369. “Yovvoyi yo‘rg‘a” asarida kim yovvoyi yo‘rg‘ani tutsa, unga ming dollar beraman deb va’da qilgan obraz berilgan qatorni aniqlang?
A) Faster B) Kurka iz C) jek Berns D) Montgomer
370.Qaysi asarda o‘z sherigi bilan do‘ngdan ko‘kka o‘rlagan uzun, ingichka tutun orqali mulaqot qilgan obraz uchraydi?
A) “Hayotga muhabbat” (J.London )
B) “Yovvoyi yo‘rg‘a” (Ernest Seton-Tompson)
C) “Qiyomat qarz” (O‘.Umarbekov)
D) “Jamila” (Ch. Aytmatov)
371. Xoze tog‘i qaysi asarda uchraydigan toponim hisoblanadi?
A) “Hayotga muhabbat” (J.London )
B) “Yovvoyi yo‘rg‘a” (Ernest Seton-Tompson)
C) “Qiyomat qarz” (O‘.Umarbekov)
D) “Jamila” (Ch. Aytmatov)
372. “Yovvoyi yo‘rg‘a” asarida Jo va Charli qayerda o‘rin almashishadi?
A) Jayron bulog‘i yaqinida B) Xoze tog‘ida
C) Alamozo daryosi yonida D) Kleytonda
373. Yurganda yo‘rg‘asidan adashmaydigan ot tasviri qaysi asarda uchraydi?
A) “Hayotga muhabbat” (J.London )
B) “Yovvoyi yo‘rg‘a” (Ernest Seton-Tompson)
C) “Qiyomat qarz” (O‘.Umarbekov)
D) “Jamila” (Ch. Aytmatov)
374. “Yovvoyi yo‘rg‘a” asarida qaysi zaharli o‘t nomi keltirilgan?
A) taryak B) loko C) kavrak D) baobab
375. Jo yovvoyi yo‘rg‘ani ushlash uchun qanday usuldan foydalandi?
A) “Qadama og‘och” B) “Galma-gal ovlash”
C) “O‘q otib qo‘rqitib bo‘yniga sirtmoq solish”
D) “Suv tomonga haydab sug‘rish va sug‘orilgandan keyin taqib etish”
376. Arribi darasi nomi qaysi asarda keltirilgan?
A) “Hayotga muhabbat” (J.London )
B) “Yovvoyi yo‘rg‘a” (Ernest Seton-Tompson)
C) “Qiyomat qarz” (O‘.Umarbekov)
D) “Jamila” (Ch. Aytmatov)
377. “Yovvoyi yo‘rg‘a” asarida sakkizta otidan ayrilib lagerga piyoda kelgan obraz berilgan qatorni aniqlang?
A) Jo B) Tom C) kurka Iz D) Faster
378. Tomga yovvoyi yo‘rg‘ani tutishga yordam bergan otning nomi berilgan qatorni aniqlang?
A) Solli B) Oq baytal C) Gulsari D) Saman ot
379. Yovvoyi yo‘rg‘aning tanasiga kim tamg‘a bosadi?
A) Jo B) Tom C) Don Karlos D) Faster
380. Jo yovoyi yo‘rg‘a tutush uchun oxirgi marta safarga chiqqanida ham u bilan kim oshpash bo‘lib birga ketadi?
A) Jo B) Tom C) Charli D) Faster

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish