6- mavzu: O‘rta asrlarda Turkistonda geosiyosiy konsepsiyalari va ularning rivoji Reja



Download 237,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana07.11.2022
Hajmi237,16 Kb.
#861690
  1   2
Bog'liq
6- Mavzu O‘rta asrlarda Turkistonda geosiyosiy konsepsiyalari va ularning rivoji



6- Mavzu: O‘rta asrlarda Turkistonda geosiyosiy konsepsiyalari va 
ularning rivoji 
Reja:
1.
O’zbekiston hududidagi qadimiy davlatlarning tashkil topishida geografik 
diterminizmning ahamiyati
2.
Sharq mutafakkirlari qarashlarida geosiyosiy bilimlar rivoji hamda uning 
nazariy asoslari
 
Arab etnosining beshigi Arab yarimoroli bo‘lib, Yevroosiyo quruqligining 
janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan va Yevropa, Makaziy Osiyo hamda shimoliy-
sharqiy Afrika oralig‘ida joylashgan. Yarimorol yuzasi maydoni 3 mln. kv. km. 
U O‘rta yer dengizi (shimoliy-g‘arbiy) qizil dengiz (janubiy-g‘arbdan) Arab 
dengizi (janubiy-sharqdan) va Fors ko‘rfazi (g‘arbiy-sharqdan) bilan o‘ralgan.
Tabiiy iqlimi (issiq va quruq, yarimorolning uncha katta qismi qumli cho‘l 
va yarimcho‘ldan iborat, shuningdek, cho‘l o‘simliklariga ega bo‘lgan past 
qirliqlar iborat bo‘lib, faqat uncha katta bo‘lmagan qismigina ziroatchilikka 
yaroqlidir.
Arab etnosining tarixiy rivojlanishi avval boshdanoq o‘troq dehqonla va 
ko‘chmanchi chorvadorlardan iborat. Dehqonchilik madaniyati Arab 
yarimorolining janubida mil. avv. I mingyillikda paydo bo‘lgan va u yetarli suv 
resurslari, melioratsiya tarmog‘iga (er. avv. VIII asr) hamda karvon yo‘llariga ega 
bo‘lgan. Yarimorolning shimolida esa ko‘chmanchi chorvachilik gullab 
yashnagan. Ko‘chmanchi arablar-badaviylar tuya va otlar, qo‘y-echkilarni 
ko‘paytirish bilan shug‘ullanganlar. U yerda ma’lum darajada asta-sekinlik bilan 
hunarmandchilik va savdoning rivoji o‘laroq o‘troq madaniyatning vohalari 
paydo bo‘la boshladi. Ko‘rsatib o‘tilgan farqlar sabab shimol va janub arablari 
o‘rtalarida, ya’ni o‘troq dehqonlar (fallohlar) ko‘chmanchilik madaniyati 
(badaviylar) o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lib, so‘zsiz geosiyosiy 
o‘lchovlarga ega edi.
Eramizdan avvalgi VII asrga kelib Arab yarimorolida vaziyat yetakchi 
davlatlar – Vizantiya, Eron va Efiopiya davlatlari kuchlar nisbatiga bog‘liq bo‘lib, 
ushbu davlatlar bu yerdagi daromadli bo‘lgan savdo yo‘llarini nazorat qilishga 
intilar edi, pirovardida Arabiston janubini ocharchilik darajasigacha yetkazdilar. 
Ko‘pgina arab urug‘lari yarimorolning shimoliga ko‘chib kEetishga majbur 
bo‘ldilar, aholining kattagina qismi badaviylar bilan iqtisodiy va urug‘chilik 
aloqalariga ega edilar.
Bu davrda yakkaxudolik dinlari yaxudiylik va xristianlik anchagina 
rivojlangan bo‘lib, Arabistonda ham bu dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham kam 


emas edi. Arab jamiyatining tepasida turganda jamiyatni birlashtiruvchi, davlat 
barpo etishda diniy omilni ko‘rmasliklari mumkin edi. Lekin, qabilaviy ilohlarga 
sig‘inish an’analari va odatlar, birinchi navbatda Makkada Kaabaga “Qora 
toshga” sig‘inish kabi udumlari arablarning milliy birlashuviga to‘sqinlik qila edi. 
Yakkaxudolikni birinchilardan bo‘lib targ‘ib qilgan shimoliy Arabistonlik 
Muhammad (570-632-yy) bo‘lib, yangi din musulmonchilikka asos soldi. Aytish 
lozimki, musulmonchilikni qabul qilish geosiyosiy nuqtai-nazaridan arab 
millatini yagona davlatni – xalifalikni barpo etishga olib keldi. Bu davlat o‘z 
ta’sirini nafaqat butun Arab yarimoroliga (Muhammad s.a.v. hali hayotligi 
davrida), balki keng hududlarga: Osiyo, Afrika va Yevropaga ham yoyishga 
muvaffaq bo‘ldi. Yangi payg‘ambarning o‘zi an’ananaga ko‘ra mintaqadagi 
barcha geosiyosiy birlashmalarga, Vizantiya imperatori Irakliyga, Eron shohi 
Xusrav II ga, Efiopiya negusiga, Vizantiyaning arab vassali Hassaniyga, Misrdagi 
vizantiyalik yer egasi Georgiyga, pravoslavisga va monofizitchilik hamda 
zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi Ummon, yaman, Baxrayn hukmdorlariga 
maktublar yo‘llab, islomga yuz tutishga chaqirdi. Ana shu maktubdan boshlab 
islomning dunyo diniga aylanishiga va dunyo islom imperiyasi vujudga keldi, 
deyish mumkin.
Muhammad s.a.v. payg‘ambarning to‘satdan vafoti (632-y) dan keyin ham 
arablarning harbiy-diniy ekspansiyasi davom ettirildi. Bosib olingan 
mamlakatlarga arablarning ko‘chib o‘tishlari davrida yangi dinni qabul qilishga 
bo‘lgan da’vatlar faol amalga oshirila boshladi. Xalifalikning boshqa bir qismida 
esa, madaniyati va tili yaqin bo‘lgan mahalliy aholini faol ravishda arablashtirish 
jarayoni borar edi:
1.Islom sohasi, islomga e’tiqod qiluvchi mamlakatlar va musulmon 
hukmdorlar hokimiyati hamda musulmon huquqiga bo‘ysinuvchilarni o‘z ichiga 
oladi. Bu dunyoning markazi, bu yerda siyosiy poytaxt va musulmonlarning diniy 
markazi joy egallagan. 
2. Tinchlik sulhi sohasi – bular sulh orqali musulmonlarga itoat etuvchi 
mamlakatlardir. Bu mamlakatlarning musulmon bo‘lmagan aholisi islom 
homiyligi ostida bo‘ladilar va buning uchun maxsus jon solig‘i to‘laydilar (jiz’ya). 
3. Urush sohasi – bular nomusulmon mamlakatladan iborat bo‘lib, xalifalik 
bilan tinchlik sulhiga ega bo‘lmagan, pirovardida urush holatida turganlar. Bu 
dunyoning periferiya (chet o‘lkalari)lari musulmon poluperiferiyaga (yarim chet 
o‘lkalarga) aylanishi lozim. Buning uchun esa butun dunyoni islomlashtirish va 
bu yo‘lda din uchun doimiy kurashlar olib borish (jihod)dan iborat, o‘z navbatida 
uch ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin: 


- qalb jihodi: bu – har kim o‘z kamchilklariga qashi kurashi; 
- til jihodi: bu – mumkin bo‘lmagan va islom rag‘batlantirgan narsalarga 
ro‘xsat berilishi;
- g‘azovot – zabt etish, g‘alabaga qilish. 
Muqaddas urushda ayollarni, bolalarni va qariyalar hamda musulmon 
bo‘lmaganda dindorlarni ham o‘ldishga ruxsat etilmaydi, lekin zabt etilgan 
mamlakatlarning aholisi va mulki harbiy o‘lja bo‘lib qoladi.
Shunday qilib, islom geosiyosati muayyan davlat shakli xalifalik orqali 
amalga oshirilgan. Dunyoning markazida arab millati bo‘lib, islom diniga 
birlashgan va muqaddas joyi Makkada joylashgan, musulmonlarning diniy 
markazi va kelajakda butun dunyoni markazi ham ana shu Makka bo‘lishi lozim. 
Butun dunyo ham to‘liq musulmonchilikni qabul qilmagan, lekin islomning 
maqsadi xalifalikning doimiy ekspansiyasi vositasida butun dunyo xaqlarini 
islomlashtirishdan iborat edi. Musulmonlarning xatti-harakatlari o‘laroq ushbu 
maqsadni amalga oshirish yo‘lida muqaddas urushlarni-jihodni olib borishga 
burchlidir.
Geosiyosiy g‘oyalari va konsepsiyalari qator arab olimlari asarlarida bayon 
etilgan va ular orasida Markaziy Osiyo o‘rta asrlari allomasi Abu Nasr Farobiydir. 
Buyuk faylasuf, qomusiy olim va siyosiy arbob Abu Nasr ibn Muhammad 
Al-Farobiy Bag‘doddagi Donishmandlar uyida (Bayt ul-hikma) o‘qidi va tabiiy, 
ijtimoiy, siyosiy va falsafiy bilimlarni chuqur egalladi. U o‘zidan keyin boy milliy 
meros qoldirgan bo‘lib, arab dunyosida ikkinchi muallim (Muallimi soniy) ya’ni, 
ikkinchi Arastu taxallusini olishga ulgurdi. Musulmonlar uni arab siyosiy 
fikrining otasi, deb ataydilar.
Siyosiy mutafakkir sifatida Farobiy arab dunyosi va chet ellarda 
mashxurlikka erishdi, uning “Fuqarolar siyosati”, “Baxt saodatga erishish 
haqida”, “Davlat arbobining hikmatlari” shular sirasiga kiradi. U o‘z faoliyati 
davomida ijtimoiy-siyosiy qarashlarini tizimlashtirdi, ularni birlashtirib, “Fozil 
shahar odamlarining qarashlari” asarida yoritib berdi.
Farobiyning siyosiy g‘oyalari yaqqol geosiyosiy harakterga ega edi. U ham 
Arastu kabi siyosiy hodisalarni tabiiy sabablar bilan bog‘liq holda ko‘rar edi, 
ya’ni siyosat va geografiya bilan doimiy ravishda bog‘liqlikdadir. Kishilik 
jamiyati uning tasavvurida – bu “ko‘pchilik odamlarning birlashishlari va bir 
joyda yashashlari”, ya’ni geografik va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’siridadir. 
Bunda kishilik jamiyatni butun bir sivilizatsiyani Farobiy alohida xalqlarga 
ajratib, ularning bir-biridan farq qilishlarini “uchta tabiiy narsalar: tabiiy xulqi, 


tabiiy harakteri va unga asoslangan tabiiy narsaga aloqador bo‘lgan muayyan 
xalqning tilini ko‘satib o‘tadi. Demak, til, ya’ni nutq fikrni ifoda etish vositasidir.
Shunday qilib, Farobiy etnogenez asosiga tabiiy sabablarni qo‘yadi 
xalqning xulq-atvori, harakteri va tili va ular, Farobiy fikricha, geografik omillar 
orqali shakllanadi.
Jamiyat va davlatning shakllanishi va hayotiy faoliyati to‘g‘risida 
mushohada qilar ekan, mutaffakkir ushbu masalasini geosiyosiy tomonlarii 
yoritib bergan, deyish mumkin. 
Farobiy butun bir jamiyatni (davlatni) uch turga: buyuk jamiyat, o‘rta 
jamiyat va kichik jamiyatga bo‘lib chiqqan. “buyuk jamiyat barcha xalqlar 
yashaydigan makon bo‘lib, ular birlashadilar va bir-birlariga yordam beradilar. 
O‘rta jamiyatda bitta xalq yashasa, kichik jamiyat – bu bitta shahar aholisidir. 
Inchunun, mutafakkir fikricha, har bir jamiyat avtanom va siyosiy mustaqil 
bo‘lishlari mumkin. Va bunda katta imkoniyatlarni (odamlarning ishlari fikrida) 
komillik sari ochib berish mumkin. Farobiy fikricha, ulkan komillik shahar 
jamoasida amalga oshishi mumkin. Odamlarning bir-birlarini qo‘llab quvvatlashi 
asosida birlashib qurgan shaharlar fozildir. Eng yaxshi shahar (Arastu kabi) deb 
Farobiy “Jamoaviy shahar”ni hisoblagan, ya’ni bunday shaharda har bir kishi 
erkin va o‘z istagicha ish ko‘radi. 
Geosiyosat sohasi Ibn Xoldun Abu Zaydning (1332-1406) ijodiy merosidan 
sezilarli darajada o‘rin olgan. Uning mashhur tarixiy va siyosiy asari “Katta tarix 
yoki hikmatlar kitobi” da arablar, forslar va ularning zamondoshlari tomonidan 
o‘rnatilgan o‘lkan miqyosdagi hokimiyat to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Ibn 
Xoldun davlat va siyosat hamda geosiyosat to‘g‘risidagi g‘oyalarini 
“Muqaddima” deb nomlangan asarida bayon etib bergan “Muqaddima” qomusiy 
asar bo‘lib, sezilarli darajada geosiyosiy asoslarga ega. Ushbu asarda yer 
haqidagi, uning iqlimiy hududlari, ya’ni planeta xalqlari, ularning tarixi va
madaniyati, tabiat bilan insonning o‘zaro aloqasi haqidagi ma’lumotlarni o‘z 
ichiga olgan. Birinchi muqaddimadagi “dunyoning inson tomonidan 
o‘zlashtirishi” shunday xulosa bilan tugaydi va bunda “dunyoning inson 
tomonidan o‘zlashtirilishining mazmuni insonlarning hamkorligidir”. Bunda 
hamkorlik, ya’ni inson tomonidan dunyoning o‘zlashtirilishi jarayonida ularning 
birlashishi va o‘zaro yordamidir. Bu insoniyatning oddiylikdan sivilizatsiya 
tomon taraqqiyot yo‘lidir, u tabiiy va zaruriydir. Jamiyat va davlatda insonlarining 
birlashishi “asabiya” asosida kelib chiqadi –bu dastlabki urug‘chilik, yaqinlarga 
muhabbat, ularni adolatsizlik va kulfatlardan asrash kabilardan kelib chiqadigan 
ijtimoiy munosabatlarning muhim ko‘rinishidir. 


Ibn Xoldun ta’limotiga ko‘ra, insonning tabiati bilan bog‘liq ravishda har 
qanday jamiyat odamlarning yovuzlik va o‘zaro bir birini qirib tashlashga “tabiiy” 
intilishlariga to‘sqinlik qiladigan “tiyib” turuvchi asosga muhtojdir. Davlat 
jamiyat a’zolarini birlashtiradi, hamda o‘z fuqarolariga ham, shuningdek tashqi 
doirada ham majburlov hokimiyatini amalga oshiradi. “Ichki” hokimiyat 
hukmdorning kuchi yordamidafuqarolarni boshqarish, qonunlarni hayotga joriy 
etish, davlat ichidagi tartibni ta’minlash, soliqlarni yig‘ish, armiyani 
shakllantirishga yordam beruvchi cheksiz hukmronlikdan iborat. Davlatning 
“tashqi” oliy hokimiyati uning har qanday boshqa hokimiyatiga yoki majburlovga 
itoat etmasligida namoyon bo‘ladi. 
Ibn Xoldunning siyosiy ta’limoti musulmon huquqiy nazariyasining 
chuqqisi bo‘lib, amalda o‘z taraqqiyotida ko‘p asr davomida to‘xtab qoldi. XVI 
asrda boshlarida Usmoniylar imperiyasi tamonidan arab dunyosi katta qismini 
bosib olinishini sabab bo‘lgan deyish mumkin.

Download 237,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish