6-amaliy ish mavzu: Protsessorning xususiyatlari va registrlar. Mikrokompyuterning blok diagrammasi Isayev Akmal



Download 81,69 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi81,69 Kb.
#227772
1   2   3
Bog'liq
Isayev Akmal kte 6-amaliy

Vazifasi bo‘yicha kompyuterlarni uch guruxga ajratish mumkun (1.3-chizma):

  • universal (umumiy masalalarga mo‘ljallangan);

  • muammoga yo‘naltirilgan;

  • maxsuslashtirilgan.


1.3-chizma.Vazifasi bo‘yicha kompyuterlarni turlarga ajratish.
Universal kompyuterlar juda turli muxandislik, texnik, iqtisodiy, matematik axborot va shu kabi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan.

Universal kompyuterlarning xususiyatlari quydagilardan iborat:



  • yuqori unumdorlilik;

  • ishlov beriladigan axborotlarning turlarining ko‘pligi: ikkilik, o‘nlik, belgilik – ular katta oraliqda o‘zgaradi va ular yuqori aniqlikda ifodalanadi;

  • bajariladigan operatsiyalarining ro‘yxati keng, arifmetik, mantiqiy va maxsus;

  • operativ xotira sig‘imi katta;

  • axborotni kiritish-chiqarish tizimi rivojlangan, turli xildagi tashqi qurilmalarni ulashni taminlaydi.

Muammoga yo‘naltirilgan kompyuterlar ancha tor doiradagi masalalarni yechish uchun, odatda texnologik obektlarni va jaroyonlarni boshqarishga, nisbattan katta bo‘lmagan axborotlarni yig‘ish, qayd qilish va ishlov berishga, nisbattan murakkab bo‘lmagan algoritmlarga ishlov berishga mo‘ljallangan. Ularda universal kompyuterlarga nisbattan apparat va dasturiy resurslari chegaralangandir.

Maxsuslashtirilgan kompyuterlar ma’lum darajadagi tor doiradagi masalalarni yechish uchun yoki qatiy gurux funksiyalarni joriy etishga mo‘ljallangan. Kompyuterni bunday tor yo‘naltirilishi ularning tarkibini aniq maxsuslashtirishga imkon beradi, ishlashining yuqori unumdorligini va ishonchliligini saqlagan xolda ularning murakkabligini va narxini jiddiy kamaytirish mumkun. Maxsuslashtirilgan kompyuterlarga quydagilarni kiritish mumkun, masalan, maxsus vazifalar uchun dasturlanuvchi mikroprotsessorlar; aloxida murakkab bo‘lmagan texnik qurilmalarni va jaroyonlarni boshqarishning mantiqiy vazifasini bajaruvchi adapter va kontrollerlar; xisoblash tizimlarining qismlarini moslovchi va ulovchi qurilmalar.

O‘lchami va xisoblash quvvati bo‘yicha kompyuterlarni (1.4-chizma) quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkun:

  • juda katta (supperkompyuterlar);

  • katta;

  • kichik;

  • juda kichik (mikrokompyuterlar).

Kompyuterlarning vazifalarini bajarish imkoniyatlari quyidagi muxum texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlar bilan bog‘liqdir:

  • tezligi (vaqt birligi oralig‘ida mashina bajaradigan o‘rtacha operatsiyalar soni bilan o‘lchanadi);

  • kompyuter ishlov olib boradigan sonlarni razryadligi va ifodalanish shakli;

  • xotira turlari va barcha xotiralarning tezligi;

  • axborotlarni tashqi saqlash, almashish va kiritish-chiqarish qurilma turlari va tenik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari;

  • kompyuterlarning o‘zaro va qismlarini ulash xamda aloqa qurilmalarining turi va o‘tqazish xususiyatlari;

  • kopyuterlarni bir vaqt oralig‘ida bir necha foydalanuvchi bilan ishlashi va bir necha dasturni parallel bajara olishi (ko‘p masalali);

  • kompyuterda ishlatiladigan operatsion tizimning turi va tenik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari;

  • dasturiy ta’minotning mavjutligi va vazifalarining imkoniyatlari;

  • boshqa turdagi kompyuterlar uchun yozilgan dasturlarni bajara olish imkoniyati (boshqa kompyuterlar bilan dasturiy moslashuvchanligi);

  • mashina buyruqlarining tarkibi va tizimi;

  • aloqa kanallariga va kompyuter tarmoqlariga ulanish imkoniyati;

  • kompyuterning foydalanishdagi ishonchliligi;

  • foydali ish vaqti bilan profilaktika vaqtining nisbati bo‘yicha aniqlanadigan kompyuterning vaqt bo‘yicha foydali ish koeffitsienti.


1.4-chizma. O‘lchami va xisoblash quvvati bo‘yicha kompyuterlarni turlarga ajratish.

Yuqorida qayd qilib o‘tilgan zamonaviy kompyuterlarning ba’zi qiyosiy ko‘rsatgichlari 1.1 jadvalda keltirilgan.



Ko‘rsatgichlar

Kompyuter guruxlari

Supper kompyuterlar

Katta kompyuterlar

Kichik kompyuterlar

Mikro kompyuterlar

Unumdorlik MIPS

1000 – 1 000 000

100 – 10 000

10 - 1000

10 - 200

OX sig‘imi, Mbayt

2000 – 100 000

512 – 10 000

128 - 4096

128 - 2048

Tashqi XQ sig‘imi, Gbayt

500 – 50 000

100 – 10 000

100 -1000

100 - 1000

Razryadligi, bit

64 - 256

64 - 128

32 - 128

32 - 128

1.1 jadval. Zamonaviy kompyuterlarning qiyosiy ko‘rsatgichlari.

Tarixiy birinchi katta EXM paydo bo‘lgan, ularning element asosi elektron lampalardan to yuqori darajada integrallashtirilgan integral sxemalargachan bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer) birinchi katta EXM 1946 yili yaratilgan. U mashinaning og‘irlig‘i 30 tonnadan ortiq bo‘lib, sekundiga bir necha yuz operatsiya tezligiga ega bo‘lgan, operativ xotirasi esa 20 ta son sig‘imida bo‘lgan, katta zalda 150 m2 atrofidagi maydonni egallagan.

Katta kompyuterlarning unumdorligi qator masalalarni yechish uchun yetarli bo‘lmay qoldi (ob-xavoni bashorat qilish, murakkab mudofa majmualarini boshqarish, biologik tadqiqotlarni, ekologik tizimlarni modellashtirish). Shu sabablar superkompyuterlarni, eng quvvatli xisoblash tizimlarini loyixalashtirib ishlab chiqishga olib keli, ularni xozirgi vaqtda xam jadallik bilan rivojlantirilmoqda.

1970 yillarda paydo bo‘lgan kichik kompyuterlarning paydo bo‘lishiga sabab, bir tomondan elemen asosining keskin rivojlanishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan qator ilovalar uchun katta kompyuterlarning resurslarini ortiqchalik qilishi bo‘ldi. Kichik kompyuterlarni ko‘pincha texnologik jaroyonlarni boshqarish uchun ishlatiladi. Ular ancha ixcham va katta kompyuterlarga nisbattan ancha arzon. Element asosining, texnologiyaning va arxitekturaviy yechimlarning keyingi yutuqlari tufayli supermini kompyuterlarni paydo bo‘lishiga olib keldi – ular o‘lchami, arxitekturasi va narxi bo‘yicha kichik kompyuterlar guruxiga tegishli bo‘lsa xam, ammo unumdorligi bo‘yicha esa katta kompyuterlarga tenlasha olgan.

1969 yilda mikroprotsessorlarning ixtro qilinishi 1970 yillarda yana bir kompyuterlar guruxi – mikrokompyuterlarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Aynan mikroprotsessorlarning mavjudligi mikrokompyuterlarning aniqlab beruvchi belgisi bo‘lib qolishiga xizmat qildi. Xozir mikroprotsessorlar barcha kompyuter guruxlarida ishlatiladi.

Mikrokompyuterlar juda xam ko‘p va ko‘p turlidir. Ular o‘rtasidagi bir necha guruxostilarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkun (1.6-chizma).



1.6-chizma.Mikrokompyuterlarning turlari.



Ko‘p foydalanuvchili mikrokompyuterlar – bular quvvatli mikrokompyuterlar, bir necha vidioterminallar bilan jixozlangan va vaqtni taqsimlash ish tartibida faoliyat ko‘rsatadi, bu unda bir necha foydalanuvchi samarali ishlashiga imkon beradi.

Shaxsiy kompyuterlar – bitta foydalanuvchi ishlatadigan mikrokompyuter, ommaboplik va unversallik ta’lablariga javob beradi.

Ish stansiyalari (workstation) - xisoblash tarmoqlarida bitta foydalanuvchi tomonidan ishlatishga mo‘ljallangan, ko‘pincha ma’lum ko‘rinishdagi ishlarni bajarishga maxsuslashtirilgan (grafik, muxandislik, matbaa va xokazo).

Serverlar (server) – xisoblash tarmoqlaridagi ko‘p foydalanuvchi uchun quvvatli mikrokompyuterlar, tarmoqning barcha ish stansiyalaridan keluvi so‘rovlarga ishlov berish uchun ajratilgan.

Tarmoq kompyuterlari (network computer) – soddalashtirilgan mikrokompyuterlar, tarmoqda ishlashni va tarmoq resurslariga ega bo‘lishni taminlovchi, ko‘pincha ma’lum turdagi ishlarni bajarishga maxsuslashtirilgan (tarmoqqa ruxsat etilmagan ega bo‘lishni ximoyalash, tarmoq resurslarini ko‘rishni tashkillashtirish, elektron pochta va xokazo).


Download 81,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish