6-amaliy mashg’ulot



Download 40,98 Kb.
bet1/7
Sana30.12.2021
Hajmi40,98 Kb.
#93621
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5330500180401720248


6-amaliy mashg’ulot:

O’quvchiga pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati

Reja:

1.Tarbiyaviy ishlami takomillashtirish usullari.



2.Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf raxbarining va ma'naviyat ishlari bo’yicha maktab rahbari o’rinbosarining pedagogik mahorati.

3.Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tamoyillari va tarbiyaviy ishlarda muomala madaniyati.

Kishilik jamiyati taraqqiyotida har bir hunar,u yoki bu ijtimoiy siyosiy masalalarni hal qilishda insondan mahorat talab qilish etishini xalq og’zaki ijoduyotida, yozma yodgorliklarda, afsona, doston, ertak, qissa, hikoyat, rivoyatlarda ham ma’rifatparvar mutafakkirlarimizning asarlarida turlicha talqin etilgan. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi, tarbiyalanganligi, odobliligi uning muomalasida namoyon bo’ladi. Muomalani asosiy vositasi - til. Xalqimizda shunday naql bor: «Bola - shirin so’zning gadoyi», bas, shunday ekan, tarbiyachi muomalasida tilga juda ehtiyotkor bo’lishi kerak. Tili shirin, xushmuomala o’qituvchi eng obro’lidir. Husayn Voiz Koshifiy shunday degan edilar: «Haq vaqtini so’zlar aytursizlar yaxshi so’zdin bo’lakni aytmangizlar va ko’p so’zlamoq ko’ngilni qaro qilur» yoki «Mumkin ersa yaxshi so’z qil oshkor, yaxshi so’zdin xo’b yo’qdur yodgor»; «Nasihatin shirin so’z-u muloyimlik birla ibtido qilg’il ’’. O’quv faoliyatining natijasi: Talabalar bilishi kerak 1)muammoli savol, masala va vaziyatlarni hal etish orqali o’z tasavvurlarini aniqlashtirishadi;

Tarbiyaviy ishlarni a malgam oshirishda p edagogik mahorat va u ning asosiy tamoyillari

Maqsad Talabalarda tarbiyaviy ishlarni amalgam oshirishda pedagogik mahorat va uning asosiy tamoyillari haqida tasavvurlarini boyitish.

2)tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish usullarini o’rganadilar; 3)Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf raxbarining va ma'naviyat ishlari bo’yicha maktab rahbari o’rinbosarining pedagogik maxorati va uning ahamiyatini baholashadi; 4)Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tamoyillarini o’rganadilar; Tarbiyaviy ishlarda muomala madaniyati ish usullari bolalarga qanday ta’sir ko’rsatadi. «Yurtiga, Vataniga Muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdi.. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylash va yanada takomillashtirish farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning munosib o’g’il - qizlari etib tarbiyalash masalasi, ma’naviyat yuzasidagi ishlarimizni asosiy yo’nalishini tashkil etmog’i lozim». O’zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o’quv muassasalari yosh avlodga milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, ma’naviyatni milliy merosimiz bilan birgalikda, yosh vatanparvarlami tarbiyalashda yangicha ish uslublari asosida ijodiy yondashmoqdalar. Ijodkor ilg’or o’qituvchi - tarbiyachilar o’z faoliyatilari jarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda quyidagi mahorat tamoyillarini asos qilib oladilar: Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tamoyillari barkamol insonni tarbiyalashda keng imkoniyatga ega bo’lib, uni qay darajada olib borish tarbiyachining pedagogik mahoratiga bog’liqdir. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlovchi muhim omil pedagogik mahoratdir. Tarbiyachining pedagogik mahorati ko’p qirrali bo’lib u: mehribon bolalar hamkorligida; o’quv-tarbiya jarayonidagi hamkorlikda; bolalarning qayg’u-xasrati, g’ami va omadsizligiga hamdard bo’lishda; muomala madaniyatida; chuqur bilim egasi bo’lishida; o’qituvchi ruhiy holatida; jamoa bilan ishlashda vaziyatni ijobiy tomonga san’atkorona yo’naltirishda nomoyon bo’ladi. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahoratida eng avvalo til shirinligi, «SHirin so’z ko’ngillar uchun bamisli asaldir» degan edi.

Tarbiyachining adolat bilan ish tutish mahorati. Adolat - iymon -e’tiqodga, pok niyatiga eltuvchi bir o’lchov. Adolat insonlar xulqini baholovchi muhim mezondir. O’tmish ajdodlarimiz adolat va adolatsizlikka alohida e’tibor berib, bu tushunchani siyosiy, falsafiy, komil insonning tarbiyasida u katta vosita ekanligini asarlarida bayon etganlar. Husayn Voiz Koshifiy ,,Axloqi Muhsiniy” asarida shunday yozadi: ,,Adolat - insonlarning bir-biriga yaxshilik ko’rsatishidir”. Adolat va adolatsizlikning asriy ko’rinishlari insonning qilmishi, harakati, tili, muomalasi, ma’daniyati, tashqi qiyofasida o’z aksini topadi. Tarbiya jarayonida pedagogk ta’sir ko’rsatish mahorati o’quvchiga u yoki bu yuksak axloqiy sifatlarning mohiyatini anglatish jarayonidaqo’llanadigan o’qituvchi - tarbiyachining ish usullaridan biridir.O’quv - tarbiya jarayonida o’qituvchi - tarbiyachi o’z maqsadiga erishish uchun doimo o’quvchilarga o’z talablari bilan yondashadi. Ularni rag’batlantiradi, ogohlantiradi, tanbeh beradi. Kishilik jamoasi paydo bo’lgandan boshlab inson hech qachon yolg’iz yashay olmagan. Jamoani tashkil qilish va uning tarbiyaviy ta’sirining nazariy va amaliy asoslari mutafakkir va olimlar tomonidan o’rganilib, ilmiy - tadqiqot ishlari olib borilgan. Tarbiyachining asosiy vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg’or tajribalarga suyanib, o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik- do’stlik , o’zaro hamkorlik, hamjihatlik kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat.

Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari jamoasini tashkil qilishda o’qituvchidan turli - tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi: O’qituvchidan jamoa a’zolarining yangi sharoitga moslashuvi davrida ularga ishonch, xushmuomalalik, talablarni to’g’ri qo’ya bilish, shu bilan birga, o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo’lish talab etiladi; O’quvchilar jamoasidagi yetaklovchi kuch tayanch o’zagini tanlash; Jamoa a’zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish; Jamoada yangi an’ana qonun - qoidalarning dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish; Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash.

Topshiriq: “BBB” METODI


Download 40,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish