6-bob. Yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan solig’q


Soliqni hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lash tartibi



Download 300 Kb.
bet14/25
Sana28.01.2021
Hajmi300 Kb.
#57406
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
6-боб

7.2.Soliqni hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lash tartibi

Jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqarila­di.

Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar huquqiga ega bo‘lgan shaxslar zarur hujjatlarni Davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadilar.

Imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i ularning har yil 1 yanvardagi holati yuzasidan texnik inventarizatsiyalashning hududiy kadastr byurolari taqdim etadigan inventarizatsiya qiymatiga doir ma’lumotlar asosida hisoblab chiqariladi, bunday ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan belgilangan mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.

Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi umumiy mulki bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i har bir mulkdor tomonidan ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi. Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha soliq ular barpo etilgan yoki olingan yildan keyingi yilning boshidan e’tiboran to‘lanadi.

Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulkdan soliq merosxo‘rlardan meros ochilgan paytdan boshlab undiriladi. Mol-mulk yo‘q qilingan, butunlay vayron bo‘lgan hollarda mol-mulk solig‘i undirish - ular yo‘q qilingan yoki butunlay vayron bo‘lgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi.

Soliq solish ob’ekti yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan, buzib tashlangan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish mol-mulk yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran to‘xtatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo‘q qilinganlik, vayron bo‘lganlik, buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, amalga oshiriladi.

Kalendar yil mobaynida imtiyoz huquqi vujudga kelgan (amal qilishi tugagan) taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (amal qilishi tugagan) oydan e’tiboran amalga oshiriladi.

Mol-mulk solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomalari to‘lovchilarga Davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligi bir yilda bir marotaba hisobot yilining 15 oktyabrdan kechiktirmay mahalliy byudjetga to‘lanadi.

Agar soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha summalar to‘langan bo‘lsa, soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzlar mavjud bo‘lmasa, ushbu summalar uning yozma arizasiga ko‘ra - o‘ttiz kun ichida soliq to‘lovchiga qaytariladi yoki bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga qayd etiladi.



Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilari hisobi davlat soliq xizmati organlari tomonidan har bir yilning 1 yanvaridagi holat bo‘yicha shahar va tumanlar bo‘yicha, texnik inventarizatsiyalash hududiy kadastr byurosida mavjud bo‘lgan imoratlar egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga binoan o‘tkaziladi.


Download 300 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish