6-bob. Yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan solig’q


Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob’ektlari va me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskuna uchun mol-mulk solig‘ini to‘lash tartibi



Download 300 Kb.
bet9/25
Sana28.01.2021
Hajmi300 Kb.
#57406
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
6-боб

4. Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob’ektlari va me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskuna uchun mol-mulk solig‘ini to‘lash tartibi

Тugallanmagan qurilish ob’ektlari jumlasiga muayyan qurilish ob’ektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, qurilish boshlanganidan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan ob’ektlar kiradi.

Belgilangan muddatlarda tugallanma­gan qurilish ob’ekti uchun mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib qurilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, ya’ni buyurtmachilar hisoblanadi.

Soliqqa tortish ob’ekti bo‘lib, belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob’ektining qiymati, ya’ni buyurtmachi tomonidan F-3 shaklida (bajarilgan ishlar va xarajatlar hajmi to‘g‘risida ma’lumotnoma) rasmiylashtirilgan statistika hisobiga ob’ekt bo‘yicha kiritilgan va tugallanmagan qurilish hisobvarag‘ida hisoblanadigan barcha ishlar va xarajatlar xajmi hisoblanadi.

Qurilishning belgilangan muddati deb qurilishni tashkil qilish loyihasi (QТQL) tarkibida 1.04.03-85-son QMQ “Korxonalar, binolar va inshootlarni qurish muddati me’yorlari”ga muvofiq loyihalash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan ob’ekt qurilishining me’yoriy muddati hisoblanadi.

Loyihalash tashkilotlari loyiha-smeta hujjatlarida tayyorlash muddatlarini ajratgan holda qurilish muddati me’yorini ko‘rsatishlari shart. Loyiha-smeta hujjatlarida qurilish muddati me’yori ko‘rsatilmagan taqdirda, buyurtmachi loyihalash tashkilotidan muayyan ob’ekt bo‘yicha qurilish muddatining me’yori to‘g‘risida xulosa olishga majbur.

Me’yordagi muddatda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib kapital mablag‘lar hisobiga qayta jihozlanadigan ob’ektlarda montaj qilish talab qilinadigan va o‘rnatishga belgilangan texnologik, energetik va ishlab chiqarish uskunalari bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.

Me’yordagi muddatda o‘rnatilmagan uskunalar uchun soliq solish ob’ekti bo‘lib o‘rnatishga belgilangan uskunalar qiymati hisoblanadi, ular qatoriga montaj qilishni talab qiladigan, faqat qismlarini yig‘ish va poydevorga yoki ustunlarga, polga, qavatlararo to‘siqlarga va boshqa bino va inshootlarni ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarga o‘rnatiladigan uskunalar hamda uskunalarni hisobga olish hisobvarag‘ida hisoblanadigan shunday uskunalarning ehtiyot qismlar to‘plami (me’yordagi muddatda o‘rnatilmagan uskunalar qismida) hisoblanadi. Ushbu uskunalar tarkibiga o‘rnatiladigan uskunalar qatorida montaj qilish uchun belgilangan nazorat-o‘lchov apparaturasi yoki boshqa asboblar ham kiradi.

Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida tasdiqlangan qurilish muddati va tayyorlab qo‘yilgan zaxiralar me’yoriga muvofiq har bir ob’ekt bo‘yicha texnologik yoki boshqa uskunalarni etkazib berish va montaj qilish jadvali belgilangan bo‘lishi lozim.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarni etkazib berish va montaj qilish jadvalida quyidagi muddatlarda topshirish hisobga olinadi:



  • yirik texnologiya va energetika uskunalari - ularni nomma-nom ro‘yxatlari bo‘yicha montaj qilish va etkazib berish jadvallarining rejadagi muddati o‘tib ketgandan keyin;

  • texnologiya uskunalari, texnologiya liniyalari, qurilmalar va boshqa umumzavod uskunalari - uskunalarni montajga topshirishining rejadagi muddati o‘tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda;

  • komplekt import uskunalari - ularni montajga topshirishning rejadagi muddati o‘tib ketgandan keyin, lekin bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga, agar texnik shart-sharoitlariga ko‘ra uskunani qismlar bo‘yicha montaj qilish mumkin bo‘lmasa, ularni montajga topshirish muddati uskunalar butun komplektining kelib tushishi paytidan hisoblanadi;

  • qismlarga ajratilgan import uskunalari, shuningdek kabel mahsulotlari, simlar va troslar - ularni montajga topshirishning rejadagi muddati o‘tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda.

Uskunalarni montaj qilish va o‘rnatish uchun me’yorlar va jadvallar bo‘lmaganida soliq quyidagi muddatlarda to‘lanadi:

- ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob’ektlar bo‘yicha mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarning o‘rnatilmaganligi uchun - sotib olinganiga bir yillik muddat to‘lganidan keyingi oydan boshlab;

- noishlab chiqarish maqsadlaridagi ob’ektlar bo‘yicha - sotib olinganiga olti oy tugagandan keyin;

Uskunalarni etkazib berish va montaj qilishning yuqorida ko‘rsatilgan muddatlarini buzganligi uchun korxona va tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, mol-mulk solig‘ini ikki baravar ko‘paytirilgan stavka bo‘yicha to‘laydilar.




Download 300 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish