6-mavzu. Axborot tizimlari va nazorat asosida qaror qabul qilish axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Davlat inspeksiyasi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari



Download 272,5 Kb.
bet10/15
Sana25.06.2022
Hajmi272,5 Kb.
#702510
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
6 мавзуга (1)

5-bob. Davlat inspeksiyasi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
20. Quyidagilar Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Davlat inspeksiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari hamda boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkillashtirish;
3) Davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishini tanqidiy va puxta tahlil qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlarini bajarish;
5) o‘z o‘rinbosarlarining va Davlat inspeksiyasi boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Davlat inspeksiyasi faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik yuzasidan o‘z o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini hamda shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
6) Davlat inspeksiyasi xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;
7) Davlat inspeksiyasi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat inspeksiyasining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
8) bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, Davlat inspeksiyasiga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, chuqur bilimga egaligi, amaliy tajribasi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlari yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash;
9) Davlat inspeksiyasi faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq holda ularning tegishli vazirlik va idoralarga kiritilishini tashkil qilish, ularni ishlab chiqishda qatnashish;
10) qonunchilik talablariga qat’iy muvofiq ravishda Davlat inspeksiyasi rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi hamda natijadorligini, safar xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
11) o‘z o‘rinbosarlarining, markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalar rahbarlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, Davlat inspeksiyasi kengashi majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini tinglash, chorak yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
12) Davlat inspeksiyasi xodimlari va o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
13) Xodimlarning tasdiqlangan odob-axloq qoidalari talablariga Davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
14) O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Davlat inspeksiyasi faoliyatida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
15) Davlat inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari ishlarini tashkil qilishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
16) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabullarini, shu jumladan sayyor qabullarini muntazam olib borish;
17) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Davlat inspeksiyasi rahbarlari va xodimlarining qabulxonalar faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tushadigan murojaatlarning o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
18) davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
19) Davlat inspeksiyasining, shuningdek, uning hududiy inspeksiyalarining barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar chiqarish hamda ko‘rsatmalar berish;
20) zarur bo‘lganda belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Davlat inspeksiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish.
Davlat inspeksiyasi boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
21. Quyidagilar Davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Davlat inspeksiyasi boshlig‘i vaqtinchalik bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
3) mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalarning faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, xodimlar o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash;
4) Davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar bajarilishini tanqidiy hamda chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalar tomonidan vazifalarning bajarilishini so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish, boshqarmalar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitish hamda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga erishish borasida ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalar rahbarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazoratini ta’minlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
8) Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining topshiriqlari va buyruqlari o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;
9) Davlat inspeksiyasi boshlig‘iga mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalarida va hududiy inspeksiyalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, Davlat inspeksiyasining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini ta’minlash, qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda Davlat inspeksiyasi tomonidan tayyorlangan hujjatlarning loyihalarini ko‘rib chiqish va ularga viza qo‘yish;
11) qonunchilik talablariga qat’iy muvofiq ravishda xizmat safarlarida bo‘lish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
12) mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalarning rahbarlari hamda xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, Davlat inspeksiyasi kengashi majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
13) Davlat inspeksiyasi boshlig‘iga mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalari hamda hududiy inspeksiyalarning rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar berish, yuklangan vazifalar va funksional majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
14) Davlat inspeksiyasi xodimlarining tasdiqlangan Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, ko‘rsatilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo‘linmalari va hududiy inspeksiyalarning rahbarlari va xodimlari tomonidan rioya qilinishini ta’minlash;
15) O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Davlat inspeksiyasi faoliyatida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar hamda sharoitlarni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
16) Davlat inspeksiyasi boshlig‘iga davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
17) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqishni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabullarini, shu jumladan, sayyor qabullarni muntazam o‘tkazish;
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning ishida faol qatnashish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning barcha murojaatlari o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
19) davlat sirlari hisoblangan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etish.
22. Quyidagilar hududiy inspeksiyalar rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
2) hududiy inspeksiyalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ushbu hududiy inspeksiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari va qarorlari, boshqa qonun hujjatlari hamda Davlat inspeksiyasining buyruqlari, farmoyishlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil qilish;
3) hududiy inspeksiyalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari, shuningdek, Davlat inspeksiyasining buyruqlari, farmoyishlari bajarilishini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy inspeksiyalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
5) Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari hamda farmoyishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
6) Davlat inspeksiyasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
7) hududiy inspeksiyalar faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, hududiy inspeksiyalar va ular xodimlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;
8) hududiy inspeksiyalarda kadrlarni joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflarni tanlash va kiritish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, hududiy inspeksiyalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
9) Davlat inspeksiyasi nomenklaturasiga kiruvchi bo‘sh lavozimlarga tavsiya etilgan nomzodlarning, shuningdek, hududiy inspeksiyalarga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning kasbiy mahorat, chuqur bilim, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganligini ta’minlash;
10) hududiy inspeksiyalar xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli choralarni amalga oshirish;
11) Davlat inspeksiyasi xodimlarining tasdiqlangan Odob-axloq qoidalari talablariga hududiy inspeksiyalar xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
12) O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Davlat inspeksiyasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
13) prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish, Davlat inspeksiyasining nazorat qiladigan o‘rinbosarlariga hududiy inspeksiyalar tomonidan belgilangan ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish;
14) hududiy inspeksiyalar xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
15) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabullari, shu jumladan sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish;
16) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning ishida faol qatnashish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqish;
17) davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarning yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning muhofaza qilinishini ta’minlash.

Download 272,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish