6-Mavzu: Diafragmalar, qavatlararo yopmalar, pardevorlar va ularni (biriktirish) ulash



Download 16,73 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi16,73 Kb.
#658211

6-Mavzu: Diafragmalar, qavatlararo yopmalar, pardevorlar va ularni (biriktirish) ulash.
Gorizontal yuklanishni qabul qiluvchi diafragma va mustahkamlik o‘zagi binoning hamma balandligi bo‘ylab bir xil bo‘lishi va ikki tomonlama yo‘nalishda binoning og‘irlik markaziga nisbatan simmetrik bo‘lishi kerak (3.1, 3.2 b, 3.3–rasmlar).
Qavat balandligiga teng bir xil o‘lchamli yig‘ma vertikal diafragmalar temirbeton panellar ko‘rinishida loyihalanadi.
Balandligi besh qavatdan yuqori karkasli binolarda bog‘lovchili–ramali sistemada ichki o‘qlar uzunligi bo‘yicha kolonnalar oralig‘iga teng masofada o‘rnatiladigan mustahkmlik diafragmasi qo‘llaniladi. Ular poydevor va ustunlar bilan ulangan bo‘lishi kerak. Yig‘ma diafragmalarni panellarini mahkamlash moslamalarining soni har bir qirrada ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak. Qisqa bikrlik diafragmalari balandligi besh qavatgacha bo‘lgan karkasli binolarni qurishda qo‘llaniladi. Ular ostiga karkas ustunini bashmaklar tagida o‘rnatiladigan yaxlit poydevorga tayanuvchi poydevor to‘sini o‘rnatiladi. Qisqa bikrlik diafragmalari binolarning ichki gorizontal o‘qlariga ustunli karkasi bilan ulanmasdan mo‘ljallangan. Ular o‘zaro balandligi bo‘yicha qavatlararo yopma panelining qalinligiga qarab armatura qalamchalari payvandlash bilan biriktiriladi. Keyin esa betonlanadi. Bikrlik diafragmasining soni hisoblab aniqlanadi. Bikrlik o‘zagi, odatda yaxlit temirbetondan quyilib, zina kataklariga va lift shaxtalariga joylashadi. Ularning o‘lchamlari va armaturalash hisoblab belgilanadi.
Binoni zilzilaga chidamliligini ta’minlashda asosiy vazifani qavatlararo yopmalar o‘ynaydi, ular gorizontal zilzila kuchini karkas vertikal konstruksiyalari orasida taqsimlaydi. Qavatlararo yig‘ma yopmalarning gorizontal bikrligi konstruksiya va ayrim qavatlararo yopma panellari va asosan ularning o‘zaro karkas bilan ulash va yaxlitlash usuliga bog‘liq. Yaxlit temirbeton qavatlararo yopmalar o‘rnatib mustahkam gorizontal disk hosil qilishga erishish mumkin.
Qavatlararo yopmalarga yuqori mustahkamlik berish uchun, ayniqsa, rama–bog‘lovchi karkas lozim.
Karkasli binolar uchun quyidagi qavatlararo yopma panellardan foydalaniladi:
– binoning ichki ko‘ndalang o‘qi bo‘yicha ustunlar oralig‘iga o‘rnatiladigan oldindan zo‘riqtirilgan ko‘p bo‘shliqli bog‘lovchi panellar ham muhandislik kommunikatsiyasini va bikrlik diafragmasini o‘tkazish uchun qo‘yiladi;
– binoning tashqi o‘qi bo‘yicha o‘rnatiladigan devorlar va balkonni bog‘lovchi Panellar hamda binoning ichki ko‘ndalang yoki boylama ustunlar oralig‘iga o‘rnatilgan bog‘lovchi Panellar bilan bikr deraza tugunlarini tashkil etish uchun mavjud karkas ustuni va ish armaturalarining qalamchalaridan, to‘sinsiz karkaslar, ustunlararo va yaxlit ustunlarning ustki panelidan foydalaniladi.
3.11, 3.12–rasmlarda ichki ko‘ndalang yoki bo‘ylama o‘rnatiladigan bog‘lovchi panel yopmalar va devorlarni bog‘lovchi panel yopmalarini ulash detallari berilgan. To‘shamalar ariqchasimon o‘yiqqa va rifelli yonlama yuzaga ega bo‘lishi kerak, chunki u siljishni qabul qiladi. Bundan tashqari, albatta, choklarni sifatli betonlash darkor. 3.12–rasmda yopma panellari bilan kesimi “t” harfi shaklidagi to‘siq o‘rtasidagi (ularni tokchaga tayanish chog‘idagi hosil bo‘lgan) choklarni betonlash usuliga misol keltirilgan.
Karkasli binoni taqriban oxirgi qavatda joylashadigan uzunligi 12 va 28 m li zal xonasini yopish uchun ikki tomoni tekislangan to‘sin ishlatiladi, ular qadami 6 m bo‘ladi. Bu holda yopma uchun ariqchali plita (3x6m) ishlatiladi. To‘sinlarni mahkamlash va yopma plitalarni mustahkamlash bo‘yicha tadbirlar bir qavatli binolarni yopish loyihasini zilzilaga qarshi qo‘ygan talablariga muvofiqdir.
ADABIYoTLAR:

  1. M.M. Vaxitov, SH.R.Mirzayev . Me’morchilik: I-qism. Me’morchilik tarixi. Darslik .Toshkent: “Tafakkur”, 2010. – 368 b.



  1. Mirzayev Sh.R., Voxitov M.M. Me’morchilik II-qism. Fuqarolik binolari Darslik. Toshkent, 2010 y. –256 b.



  1. T.G.Maklakova, S. M. Nanasova, V.G.Sharapenko, A.Ye.Balakina Arxitektura:Uchebnik.–M.: Izdatelstvo ASV, 2004–464 s.,s ill.

Download 16,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish