6-Mavzu. Hisob-kitob, valyuta va maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga olish



Download 131,32 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi131,32 Kb.
#910512
Bog'liq
6-Mavzu. Hisob kitob, valyuta va maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga olish


6-Mavzu. Hisob-kitob, valyuta va maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga olish
Reja:

  1. Pul mablag‘lari aylanishining iqtisodiy mazmuni. Pul mablag‘larini hisobga olishning vazifalari va me'yoriy-huquqiy asoslari

  2. Hisob-kitob, valyuta va maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari hisobini tashkil etish. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari

  3. Bankdagi pul mablag‘larini hisobga olishda asos bo‘ladigan dastlabki hujjatlar. Bank ko‘chirmasi haqida tushuncha

  4. 5110-“Hisob-kitob hisobvarag`i”, 5210-“Mamlakat ichidagi valyuta hisobvarag`i” va 5500-“Maxsus hisobvaraqlar” hisobvaraqlarining tavsifi va boshqa hisobvaraqlar bilan bog‘lanishi

1. 1. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 42-45 boblar.
2. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 8 qism.
3. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zR Qonuni.
4. “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi O’zR Qonuni, 11.12.2003
yil 11 dekabr № 556-II. Mazkur Qonun O’zbekiston Respublikasining 2019
yil 22 oktyabrdagi O’RQ-573-sonli “Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish
haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
5. «Banklar va bank faoliyati to’g’risida» O’zR Qonuni 2019 yil 5 noyabrdagi O’RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
6. “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom”. O’zR Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (o’zgartish va qo’shimchalar kiritish bilan).
7. O’zR 21-son BHMS “Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi va uni qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma” (O’zR Adliya vazirligida 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan).
8. “Buxgalterlik hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to’g’risidagi Nizom”(O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 14.01.2004 y. № 1297).
9. “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish Qoidalari” (Markaziy bank qarori 16.05.2015, №12/17, O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 22.06.2015 yil № 2687).
10. “O’zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to’g’risidagi Yo’riqnoma” (Markaziy bank qarori 24.02.2018, №7/14, O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 01.05.2018 yil № 3003).
11. O’zR 19-son BHMS “Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish” (O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 02.11.1999 yil № 833).
12. O’zR 22-son BHMS “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” (O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 21.05.2004 yil № 1364).
13. “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi NIZOM” (Markaziy bank qarori 26.04.2013, №9/1, O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 03.06.2013 yil № 2465).
14. “Buxgalteriya hisobida xorijiy valyutada muomalalarni qayd ettirish to’g’risida Nizom (yangi tahrir)” (2004 yil 02 sentyabr Moliya vazirligi № 98, Iqtisodiyot vazirligi № 41, DSQ № 2004, MB Boshqaruvi № 257-V, Davlat statistika qumitasi № 8 qarorlari bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 17 sentyabr № 1411 ro’yxatga olingan).
Korxonalarda pul mablag’larining buxgalteriya hisobini yuritish ko’p jihatdan ularning turkumlanishiga bog’liq. Chunki pul mablag’larining qaysi manbalardan kelib tushishi va qaysi yo’nalishlar bo’yicha sarflanishini tahlil qilish asosida ulardan samarali va maqsadga muvofiq foydalanish mumkin. Hozirda amaliyotda pul mablag’lari quyidagicha turkumlanadi:
1) valyuta turlari;
2) qaysi joyda saqlanishi;
3) qaysi maqsadlarga sarflanishi;
4) qaysi manbalardan kelib tushishi;
5) pul mablag’lari turlari.
Respublikamizda xo’jalik subyektlariga nafaqat O’zbekiston milliy valyutasi so’mda balki boshka chet el valyutalarida ham banklarda hisob raqamlarini ochish imkoniyatlari berilgan. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qaroriga ko’ra, barcha xo’jalik subyektlariga 1999 yil 1 iyuldan boshlab, bir necha banklarda o’zlarining turli valyutalardagi hisob raqamlarini ochish imkoniyati berildi. Pul mablag’larini valyutalarning turlari bo’yicha guruhlash ularninghisobini to’g’ri tashkil qilish imkoniyatini beradi. Ushbu guruhlar korxonalarning buxgalteriyasida sintetik, subhisobvaraq va analitik hisobvaraqlarni yuritish uchun asos qilib olinadi va korxonalarning hisob siyosatining tarkibiy qismi bo’lgan ishchi hisobvaraqlar rejasida o’z aksini topadi. Buxgalteriya hisobining amaldagi hisobvaraqlar rejasida pul mablag’larining hisobi asosan ularning qaysi joyda saqlanishi bo’yicha yuritiladi. Pul mablag’larining qaysi joyda saqlanishi bo’yicha quyidagicha
turkumlash mumkin:
1. Korxona kassasida saqlanayotgan pul mablag’lari.
2. Bankdagi hisob raqamlarida saqlanayotgan pul mablag’lari.
3. Bankdagi valyuta hisob raqamlarida saqlanayotgan pul mablag’lari.
4. Banklarning maxsus hisob raqamlaridagi pul mablag’lari.
5. Yo’ldagi o’tkazmalar.
Ushbu belgi bo’yicha guruhlash asnosida pul mablag’larini buxgalteriya hisobini yuritishdagi ahamiyati shu bilan tavsiflanadiki, ular pul mablag’lari qaerda,qanday summada, kimning javobgarligida saqlanayot-ganligi, shuningdek ularning harakati to’g’risida aniq ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Ushbu ma’lumotlar asosida korxonaning boshqaruv apparatida pul mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlovchi maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati vujudga keladi.
Korxona pul mablag’larining qaysi maqsadlarga sarflanishi bo’yicha guruhlash ham alohida ahamiyatga ega. Chunki pul mablag’larini qaysi maqsadlarga,qanday summalarda sarflash korxona iqtisodiyotining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Pul mablag’larini qaysi maqsadlarga sarflanishi bo’yicha guruhlash buxgalteriya hisobi amaliyotida unchalik keng qo’llanilmaydi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va uning tobora chuqurlashuvi korxonalarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro standart talablari asosida ishlab chiqish zaruriyatini vujudga keltirdi. Shuning uchun ham, Respublikamizda 2002 yil 27 deqabrdagi 140-sonli O’zbekiston Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan korxonalarning moliyaviy hisoboti mazmun va shakl jihatdan xalqaro standart talablariga ancha yaqinlashtirilgan. Ushbu moliyaviy hisobot va uning shakllari asosan tashqi foydalanuvchilarning korxona faoliyati bo’yicha ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgandir. Mazku moliyaviy hisobotda birinchi marotaba korxonalarning faoliyat turlari bo’yicha xarajat va daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek amaldagi moliyaviy hisobotda pul oqimlari to’g’risida maxsus hisobot shakli mavjud bo’lib, unda pul oqimlari operatsion, investitsiyaviy va moliyaviy faoliyat bo’yicha guruhlanishi majburiy qilib qo’yilgan. Ushbu hisobot shakli korxonalarning pul mablag’larining qaysi maqsadlarga sarflanishi to’g’risida ma’lumot beradi (2.1-jadval).

2.1-jadval


Pul mablag’larining faoliyat turlari bo’yicha sarflanishi

Korxona pul mablag’larining qaysi manbalardan kelib tushishi bo’yicha guruhlash,qaysi faoliyat turlari korxona uchun iqtisodiy jihatdan samarali ekanligini aniqlash uchun zarur. Ushbu ma’lumotlar qaysi manbalar hisobiga pul mablag’lari kirishining oqimini ko’paytirish omillarini aniqlash imkoniyatini beradi. Quyidagi jadvalda korxonalarning pul mablag’larini kelib tushish manbalari bo’yicha turkumlanishi keltirilgan (2.2-jadval).
2.2-jadval
Pul mablag’larini kelib tushish manbalari bo’yicha turkumlash


Pul mablag’larini turlari bo’yicha guruhlash korxona yuqori
likvidlikka ega bo’lgan mablag’larning qaysi turlarining mavjudligi
to’g’risida ma’lumot beradi. Korxonalarda pul mablag’larining quyidagi
turlari mavjud:
1. milliy valyuta (so’m)dagi pul mablag’i.
2. Chet el valyutasidagi pul mablag’i.
3. Akkreditiv, chek daftarchalari va boshqa to’lov hujjatlaridagi pul
mablag’lari.
Ma’lumki, so’mdagi pul mablag’lariga korxonaning o’z kassasida so’mda
saqlanayotgan naqd pullari va bank hisob raqamlarida saqlanayotgan
pullarni kiritish mumkin. Chet el valyutasida saqlanayotgan pul mablag’-
lariga esa, korxona kassasidagi chet el valyutalaridagi pul mablag’lari va bankdagi valyuta hisob raqamida saqlanayotgan pullar kiradi. Akkreditiv, chek daftarchalari va boshka to’lov hujjatlaridagi pul mablag’lariga korxona kassasidagi va 5500-"Banklardagi maxsus hisob raqamlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”hisobvarag’idagi milliy va chet el valyutasidagi pul mablag’lari kiradi. Ushbu pul mablag’lari belgilangan muddatlarda foydalanilishi va muddati o’tgandan so’ng esa, korxonaga xizmat qiluvchi bankka topshirilishi zarur. Ular ushbu muddat ichida belgilangan maqsadlar uchun to’lov vositasi, ya’ni pulning vazifasini bajaradi. Muddati tugagandan so’ng esa, u bankda saqlanayotgan pullar tarkibiga o’tadi.
Pul mablag’larining akkreditiv va chek daftarchasi shakliga o’tkazilishidan ko’zlangan asosiy maqsad, xo’jalik subyektlari o’rtasidagi hisob-kitoblarni tezlatish va ishonchdan chiqqan yoki bir-biridan ancha uzoqda joylashgan yuridik shaxslar o’rtasidagi hisob-kitoblarda qo’llashdan iboratdir.
Pul mablag’larini yuqorida keltirilgan belgilari bo’yicha turkumlashdan tashqari ularni korxona faoliyatida qatnashayotgan va qatnashmayotgan pul mablag’lariga ham bo’lish mumkin. Korxona faoliyatida qatnashayotgan pul
mablag’lari korxonaning u yoki bu faoliyatida ishtirok etadi va unga ma’lum
darajada daromad keltirish uchun xizmat qiladi.
Korxona faoliyatida qatnashmayotgan pul mablag’lariga u yoki bu sababga ko’ra yoki qonunbuzarlik oqibatlarida korxona faoliyatida qatnashmayotgan pul mablag’larini kiritish mumkin. Ularga hisobdor shaxslarga aniq maqsadlar uchun berilgan pul mablag’larining o’z vaqtida bo’nak hisobotini bermasligi oqibatida chetga chiqishi, pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan muhrlanishi va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Bugungi kunda umuman olganda pul mablag’larini yuqorida keltirilgan belgilari bo’yicha guruhlash va ulardan buxgalteriya hisobini yuritishda foydalanish darajasi yetarlicha emas. Bizningcha buning asosiy sababi oxirgi yillarda moliyaviy hisobotning mazmuni va uning shakllari xalkaro standartlar darajasiga ancha yaqinlashtirilgan bo’lsada, moliyaviy hisob yuritishning uslubi eskiligicha qolib ketmoqda. Buning oqibatida esa, buxgalteriya hisobi o’zining ma’lumot berish vazifasini yetarli darajada bajara olmay qoldi. Ayniqsa bu pul mablag’lari va uning harakatini aks ettiruvchi hisobot shakllarini to’ldirish uchun zarur ma’lumotlar to’plashda qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Natijada moliyaviy hisobotning “Moliyaviy natijalar to’g’risidagihisobot”va “Pul oqimlari to’g’risidagihisobot”larni to’ldirish uchun zarur ma’lumotlar buxgalteriya hisobining hisobvaraqlari va hisob registrlaridan yig’ish orqali to’planmoqda. Albatta, bu birinchidan buxgalteriya apparati xodimlarining bajarayotgan hisob ishlari hajmini oshirish bilan birga, olinayotgan ma’lumotlarning aniqlik darajasiga ham bevosita ta’sir qiladi.
2. Tashkilotlar, odatda, kreditorlar va kontragentlar majburiyatlari bo’yicha pul hisob-kitoblarini banklardagi milliy yoki xorijiy valyutadagi hisob raqamlari orqali naqd pulsiz to’lovlar orqali amalga oshiradilar. Turli xil naqd pulsiz to’lovlarni o’tkazish uchun har bir tashkilot bank muassasalarida bir necha hisob raqamlarini (milliy va xorijiy valyutada) ochishi mumkin.
Hisob raqami ochish va bank hisobvarag’i shartnomasini tuzish uchun tashkilot bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
- belgilangan namunadagi hisob raqamini ochish uchun ariza;
- tashkilot Ustavining notarial tasdiqlangan nusxalari;
- tashkilotni soliq to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tkazganligi
to’g’risida soliq organidan ma’lumotnoma (STIR);
- Pensiya jamg’armasi va Majburiy tibbiy sug’urta fondiga badallar
to’lovchilari sifatida ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi hujjatlarning
nusxalari;
- tashkilot muhri izi tushirilgan rahbar, uning muovini va bosh
hisobchiining imzolari namunalari yozilgan kartochka;
- tashkilot rahbari va bosh hisobchiini tayinlash to’g’risidagi
buyruqlarning nusxasi.
Tashkilot bilan hisob raqami ochish paytida bank hisobvarag’i
shartnomasi tuziladi, unda hisob-kitob va kassa xizmatlari ko’rsatish,
tashkilot hisob raqamiga pul joylashtirish shartlari, tomonlarning huquq
va majburiyatlari va boshqalar aks ettiradi.
Hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish uchun O’zbekiston hududida joylashgan va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun Markaziy bankning litsenziyasiga ega bo’lgan har bir moliya-kredit muassasasi Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida vakillik hisobvarag’i (korrespondentskiy hisobvaraq) ochiladi. Banklarning hisob raqamlari va korrespondentlik hisob raqamlari 20 ta raqamli belgidan iborat. Ikki yil ichida mijozning hisobvarag’ida pul mablag’lari va ushbu hisobvaraq bo’yicha operatsiyalar mavjud bo’lmagan taqdirda, bank o’z mijozini yozma ravishda xabardor qilib, bank hisobvarag’i shartnomasini bajarishni rad etish huquqiga ega. Bank tomonidan bunday xabar berilgan.kundan boshlab ikki oy muddat o’tgach, ushbu muddat ichida mijozning hisobvarag’iga hech qanday mablag kelib tushmagan bo’lsa, bank hisob-kitob shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.Hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishda tashkilotlar naqd pulsiz to’lovlar shakllari va O’zR Markaziy banki tomonidan belgilangan standart hujjatlar bilan olib borishlari kerak. O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
-to’lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
-akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblar;
-inkasso bo’yicha hisob-kitoblar;
-cheklar bilan hisob-kitoblar.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining turi mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchi o’rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanadi.
Bank hisobvarag’i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo’yilgan bo’lmasa, bank tegishli to’lov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablag’larni mijozning hisobvarag’iga kirim qilishi yoki mablag’larni uning hisobvarag’idan hisobdan chiqarishi shart.
Banklar mijozning topshirig’iga binoan elektron to’lovni tegishli to’lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynidatushgan bo’lsa, amalga oshirishi shart. Agar to’lov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron to’lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart.
Banklar “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zRning Qonuniga muvofiq, hisobvaraqlar bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.
Yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, xizmatlar) uchun to’lovlar bevosita mahsulot yetkazib beruvchilarga to’lanishi kerak, to’lovlarning uchinchi shaxslar (xo’jalik yurituvchi subyektlar) hisobidan undirilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Mablag’lar mablag’larni to’lovchining hisobvarag’idan hisobdan chiqarilgandan so’ng, mablag’larni oluvchining hisobvarag’iga o’tkaziladi, cheklar va BPK (bank plastik kartalari)lar bo’yicha hisob-kitob qilish bundan mustasno. Mablag’larni to’lovchining hisobvarag’ida unga qo’yilgan talablarni qondirish uchun yetarli miqdorda mablag’lar bo’lmagan taqdirda, mablag’larni hisobdan chiqarish “Xo’jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraq-laridan pul mablag’larini hisobdan chiqarish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga” muvofiq amalga oshiriladi. Mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchi tomonidan tuzilgan shartnoma bo’yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun to’lanishi zarur bo’lgan penyani hisoblash va undirish bo’yicha banklar javobgar bo’lmaydi. Mijoz hisob-kitob operatsiyalariga doir barcha masalalar bo’yicha unga xizmat ko’rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o’rtasidagi nizolar ular o’rtasida tuzilgan bank hisobvarag’i shartnomasiga muvofiq hal qilinadi. O’zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, masalalar sud orqali hal etiladiBanklar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlaridan Markaziy bankning banklararo to’lov tizimi orqali milliy valyutada amalga oshiriladi. Markaziy bankning banklararo to’lov tizimi orqali elektron to’lovlar “Markaziy bankning banklararo to’lov tizimi orqali elektron to’lovlarni amalga oshirish tartibi to’g’risida nizomga” (ro’yxat raqami 1545, 2006 yil 14 fevral) muvofiq amalga oshiriladi.
4. Korxonaning bankdagi hisob-kitob hisobvarag’idagi pul mablag’larining mavjudligi va xarakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”da amalga oshiriladi. 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”ning debeti bo’yicha korxonaning hisob-kitob hisobvarag’iga pul mablag’larining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”ning kreditida korxonaning hisob-kitob hisobvarag’idan pul mablag’larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko’chirmasini tekshirish natijasida korxonaning hisob-kitob hisobvarag’i debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan summalar 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar” yoki 6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar” bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob hisobvarag’i bo’yicha operatsiyalar bank ko’chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi. Hisob-kitob hisobvarag’idagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5100) bo’yicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablag’larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir hisobvaraq bo’yicha yuritiladi.
Quyida hisob-kitob hisobvarag’idagi pul mablag’larini harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Ijaraga berilgan asosiy vositalar bo’yicha ijarachidan ijara
to’lovlarining kelib tushishi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar - joriy
qism” yoki
K 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”.
2) Tovarlarni kreditga sotishdan tushgan pullar:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
hisobvaraqlar”.
3) Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa
aktivlarning sotilishidan tushgan tushumlar:
D 5110 «Hisob-kitob hisobvarag’i»
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
hisobvaraqlar”.
4) Pul mablag’lari kassadan hisob-kitob hisobvarag’iga topshirildi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”.
5) Chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablag’lari o’tkazildi:
D 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
6) Bankka qaytarilgan chek va akkreditivlar bo’yicha summalar hisob-
kitob hisobvarag’iga o’tkazildi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 5510 “Akkreditivlar” yoki
K 5520 “Chek daftarchalari”.
7) Ilgari qisqa muddatli investitsiya tartibida berilgan qarzlarning
qaytarilishi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”.
8) Ilgari berilgan bo’nak qaytarildi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4310 “TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
berilgan bo’naklar” yoki
K 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
K 4390 “Boshqa berilgan bo’naklar”.
9) Qondirilgan da’volar summasining kelib tushishi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”.
10) Olingan bo’naklar summasi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar” yoki
K 6320 “Aktsiyaga obunachilardan olingan bo’naklar” yoki
K 6390 “Boshqa olingan bo’naklar”.
11) Ilgari aktsiyaga obuna bo’lgan ta’sischilardan ulush summasining
kelib tushishi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha
qarzi”.
12) Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aktsiyalardan emission
daromadning kelib tushishi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 8410 “Emissiya daromadi”.
13) Bankdan kassaga pul mablag’lari kelib tushdi (mehnat haqi, nafaqa,
mukofot va shu kabilarni berish uchun):
D 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
14) Xususiy aktsiyalarning sotib olinishi:
D 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar – oddiy” yoki
D 8620 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar – imtiyozli”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
15) Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning
qoplanishi:
D 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan
hisobvaraqlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
16) Berilgan bo’naklar summasi:
D 4310 “TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
berilgan bo’naklar” yoki
D 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki D 4390 “Boshqa berilgan bo’naklar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
17) Berilgan bo’naklar summasi:
D 6300 “Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
18) Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz summasining o’tkazilishi:
D 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
19) Sug’urta va maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha
qarzlarning qoplanishi:
D 6510 “Sug’urta bo’yicha to’lovlar” yoki
D 6520 “Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
20) Ta’sischilarga hisoblangan dividendning to’lanishi:
D 6610 “To’lanadigan dividendlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
21) Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga
bo’lgan qarz summasining qoplanishi:
D 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
D 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan
hisobvaraqlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
22) Qisqa muddatli kredit va qarzlarning qoplanishi:
D 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” yoki
D 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” yoki
D 6830 “To’lanadigan obligatsiyalar” yoki
D 6840 “To’lanadigan veksellar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
23) Uzoq muddatli kredit va qarzlarning joriy qismining
qoplanishi:
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
24) Uzoq muddatli kredit va qarzlarning joriy qismining
qoplanishi:
D 6920 “Hisoblangan foizlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
25) Ijaraga beruvchiga tegishli bo’lgan to’lovlar to’landi:
D 6910 “To’lanadigan operativ ijara” yoki
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.

Chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun korxonalar O’zR Markaziy banki vakolat bergan kredit muassasalarida chet el valyutasidagi hisob-kitob raqamlarini ochadilar. Korxona va tashkilotlarO’zR hududida valyuta hisobvarag’ini Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun vakolatli bo’lgan har qanday bankda ochishi mumkin. Vakolatli bank har qanday erkin konvertatsiyalanadigan valyutada faqat bitta chet el valyutasi hisob raqamini ochishi yoki har bir turdagi chet el valyutalari uchun bir nechta chet el valyutasi hisob raqamini ochishi mumkin. Odatda, tashkilotlar bankda AQSh dollari va yevroda valyuta hisob raqamini ochadilar. Valyuta hisob raqamini ochish uchun tashkilotlar vakolatli bankka oddiy milliy valyutada hisob raqamini ochishda bo’lgani kabi bir xil hujjatlarni taqdim etishi kerak. Yagona farqi shundaki, valyuta hisob raqamini ochishda uni ochish to’g’risidagi ariza hisob-kitobhisobvaraqning ochish to’g’risidagi arizadan farqli shaklda amalga oshiriladi. Tashkilot bilan valyuta hisob raqami ochish paytida bank hisobvarag’i shartnomasi tuziladi, unda hisob-kitob va kassa xizmatlari ko’rsatish, tashkilot valyuta hisob raqamiga pul joylashtirish shartlari,


tomonlarning huquq va majburiyatlari va boshqalar aks ettiriladi. Odatda, tashkilotni valyuta hisob raqami bo’yicha bank xorijiy valyutani sotib olish va sotish bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshiradi, shuningdek eksport-import operatsiyalariga xizmat ko’rsatadi. Bank hisobvarag’i shart-nomasi tuzilgandan so’ng, bank valyuta hisob raqamini ochadi. Bank hisobvarag’i shartnomasida tashkilotning barcha turdagi ochilgan valyuta hisob raqamlarining raqamlari, shuningdek naqd pulsiz xorijiy valyutadagi to’lovlarni amalga oshirish uchunbankning to’lov rekvizitlari ko’rsatiladi.
Vakolatli banklarda tashkilotning xorijiy valyutasidagi hisobvaraqlarini ochish va yopish to’g’risidagi ma’lumotlar hisobvaraqlarni
ochish va yopish bilan bir xil tarzda hisobvaraqlar ochilgan kundan boshlab
besh kun ichida soliq organlariga yetkazilishi kerak. Joriy valyuta hisob raqami tashkilot ixtiyorida qolgan xorijiy valyutadagi pul mablag’larini hisobga olish va O’zR valyuta qonunchiligiga muvofiq boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan. Valyuta operatsiyalari. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi, valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish tamoyillari “Valyutani tartibga solish”gi O’zR Qonuni (2003 yil 11 dekabr № 553-II qonuni) bilan belgilanadi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishda tashkilot valyuta tushumini oladi, bu tashkilotni valyuta hisobvarag’iga kirim qilinishi kerak.
Import operatsiyalarini amalga oshirish uchun tashkilot mol yetkazib
beruvchilar bilan hisob-kitob qilish uchun o’zining hisob-kitob hisobvarag’idan so’mni kerakli valyutaga almashtiradi. Ushbu operatsiyalar uchun tashkilotlar O’zRning ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish va sotish huquqiga ega. Xorijiy valyutani ichki valyuta bozorida faqat vakolatli banklar orqali sotish va sotib olish mumkin. Chet el valyutasini sotib olish uchun mol yetkazib beruvchining tovarlarni import qilish uchun shartnomalar (bitimlar) bo’yicha to’lovlari, xorijga xizmat safari xarajatlari uchun chet el valyutasini berish va boshqalar asos bo’lib xizmat qiladi.
Ayni paytda, valyuta tushumini muayyan qismini majburiy sotish bo’yicha qoida bekor qilingan. Avvalgidek, hozirgi vaqtda ham chet el valyutasi tushumi olinganda valyuta hisobvarag’iga to’liq kirim qilinadi. Tashkilot nomidan vakolatli banklar valyuta birjalari orqali boshqa tashkilotlarga, to’g’ridan-to’g’ri vakolatli bankka yoki O’zR Markaziy bankiga tashkilotning valyuta hisob raqamida mavjud xorijiy valyutadagi mablag’larni sotishlari mumkin. Buning uchun tashkilot vakolatli bankka xorijiy valyutani vakolatli bank tomonidan belgilangan shaklda sotish to’g’risida buyruq berishi kerak. Xorijiy valyutani vakolatli bank tomonidan sotishdan olingan so’m hisobida pul mablag’lari tashkilot hisob-kitob hisobvarag’iga to’liq majburiy o’tkazish lozim, va kelgusidaO’zR amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har qanday maqsadlar uchun ishlatishi mumkin.
Tashkilotning valyuta hisobidagi valyutadagi pul oqimi ikki asosiy bosqichdan iborat:
1) pul mablag’larini valyuta hisobiga olish bosqichi;
2) tashkilotning valyuta hisobidan pul mablag’larini hisobdan
chiqarish bosqichi.
Tashkilotning valyuta hisobvarag’i bo’yicha operatsiyalarning sintetik
hisobi hisob-kitob hisobvarag’i bo’yicha operatsiyalarni hisobga olishga
o’xshaydi. Asosiy hisob registrimablag’larni to’lovchining shaxsiy
hisobvarag’idan ko’chirma hisoblanadi. BHMS № 22 “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ning maqsadi chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda ularni moliyaviy hisobotda ochib berish tartibini belgilash hisoblanadi. BHMS № 22 ning amal qilishi O’zR hududidagi, O’zR hududida chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshiradigan xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun mo’ljallangan. O’zbekiston Respublikasida barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar milliy valyuta - so’mda buxgalteriya hisobini yuritishlari va moliyaviy hisobotni taqdim etishlari kerak. Chet el valyutalarining so’mga nisbatan O’zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan belgilangan kursining o’zgarishiga hamda
aktivlar va majburiyatlarni qayta hisoblashga bog’liq holda musbat yoki
manfiy kurs farqi yuzaga keladi.
Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning
qiymati, buxgalteriya hisobida aks ettirish maqsadida so’mlarga qayta
hisoblanishi kerak.Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar qiymatini so’mlarda qayta hisoblashish ana shu chet el
valyutasi uchun so’mga nisbatan Markaziy bank kursi bo’yicha amalga
oshiriladi. Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun ko’rsatilgan so’mlardagi qayta hisoblash chet el valyutasida operatsiya sodir etilgan sanada Markaziy bank kursi bo’yicha amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun chet el valyutasida ayrim operatsiyalarni sodir etish sanalari maxsus ilovada keltirilgan. Buxgalteriya hisobida chet el valyutasida konsignantdan kreditorlik qarzi konsignatsiya tovarlari ana shu sanaga Markaziy bank kursi bo’yicha sotilish sanasida yuzaga keladi. Qarzning keyingi hisobi mazkur BHMSga muvofiq amalga oshiriladi.
Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zahiralari va boshqa aktivlarni baholash, ularning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlang’ich hisob hujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki
bojxona yuk deklaratsiyasida) ko’rsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni
buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bank kursi bo’yicha
qayta hisoblab, shuningdek O’zR VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son
qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish
va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to’g’risidagi nizomning 1.1.12-bandi, O’zR5-son
BHMS“Asosiy vositalar” (ro’yxat raqami 1299, 2004 yil 20 yanvar) va O’zR
4-son BHMS “Tovar-moddiy zahiralar” ga (ro’yxat raqami 1595, 2006 yil 17
iyul) muvofiq shakllanadigan, xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Kurs farqining hisobi. Xo’jalik yurituvchi subyektlar har oyda balansning valyuta moddalarini hisobot oyining oxirgi kuniga va Markaziy bank kursi bo’yicha xo’jalik operatsiyalarini sodir etish sanasiga
qayta baholashni amalga oshiradilar.
22-son BHMSda qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi: a) kassadagi va bank hisobvaraqlaridagi valyuta mablag’lari;
b) to’lanishi yoki olinishi chet el valyutasida belgilangan debitorlik
va kreditorlik qarzlari, kredit va qarzlar, pul ekvivalentlari va boshqa aktiv hamda majburiyatlar.
Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) xo’jalik yurituvchi subyektning chet el valyutasiga xarid qilingan
asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o’rnatiladigan uskunalari, kapital
qo’yilmalari, tovar-moddiy zahiralari;
b) xo’jalik yurituvchi subyekt, shu jumladan xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxona ustav sarmoyasining miqdorlari va muassislari
(ishtirokchilari) ulushlarining nisbati;
v) ustav kapitaliga va aktsiyalarga investitsiyalar.
Hosil bo’lgan kurs farqi xo’jalik yurituvchi subyektlarning xohishistagiga ko’ra bevosita kiritish yo’li bilan yoki jamg’arish yo’li bilan
moliyaviy natijalarga hisobdan chiqariladi. Bevosita kiritish usulida kurs farqlari yuzaga kelishiga qarab moliyaviy-xo’jalik faoliyat natijalariga kiritiladi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab jamg’arish usuli qo’llanilmaydi. 2019 yil 1 yanvargacha jamg’arilgan kurs farqlari moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalariga quyidagicha olib borilishi mumkin:
a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo’yicha - ularning to’lanishiga (yoki hisobdan chiqarilishiga) qarab;
b) qolgan hollarda - balansning tegishli valyuta moddalari bilan xo’jalik operatsiyalarining sodir etilishiga qarab.
Jamg’arilgan kurs farqlari moliyaviy natijalarga chet el valyutasining bir birligiga to’g’ri keladigan kurs farqlarining o’rtacha miqdori bo’yicha olib borilishi mumkin.
Jamg’arish usulidan bevosita kiritish usuliga o’tayotganda ilgari balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida jamg’arilgan kurs farqlari hisob siyosati qabul qilingan taqvimiy yilning oxiriga qadar har oyda (teng ravishda) xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natijalariga hisobdan chiqariladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga kiritilgan musbat (manfiy) kurs farqi moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar (xarajatlar) tarkibida hisobga olinadi.
Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushini chet el valyutasida kiritishi buxgalteriya hisobida, ulushni kiritish sanadagi Markaziy bankning kursi bo’yicha amalga oshiriladi.
Chet el valyutasida moliyaviy hisobotni tuzish uchun, O’zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun ishlatiladigan aktivlar va majburiyatlarning qiymati so’mlarda qayta hisoblanishi kerak. Chet el valyutasida aktivlar va majburiyatlar qiymatini so’mlarda qayta hisoblash ushbu chet el valyutasi uchun Markaziy bank kursining so’mga nisbatan kursi bo’yicha amalga oshiriladi. Chet el valyutasida ifodalangan, 22-son BHMSning 15-bandida sanalgan va O’zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun ishlatiladigan aktivlar va majburiyatlarning qiymatini so’mlarda qayta hisoblash hisobot oyining oxirgi kuniga va xo’jalik operatsiyalarini sodir etish sanasiga Markaziy bankning kursi bo’yicha amalga oshiriladi. Xo’jalik yurituvchi subyektning O’zbekiston Respublikasining tashqarida faoliyat yuritish uchun ishlatiladigan asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o’rnatiladigan uskunalari, kapital qo’yilmalari, tovar-moddiy zahiralarining chet el valyutasida ifodalangan qiymatini so’mlarda qayta hisoblash ushbu aktivlarni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasida Markaziy bank kursi bo’yicha amalga oshiriladi. Xo’jalik yurituvchi subyekt asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o’rnatiladigan uskunalari, kapital qo’yilmalari, tovar-moddiy zahiralarining qiymatini O’zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish joyi - xorijiy davlatning qonun hujjatlari yoki qoidalariga muvofiq qayta baholangan qiymatini qayta hisoblash ko’rsatilgan qayta baholash
sanasida Markaziy bank kursi bo’yicha amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishdan moliya-
viy natijalarni shakllantiradigan, chet el valyutasida ifodalangan
daromadlar va xarajatlarni so’mlarda qayta hisoblash Markaziy bank
kurslari va hisobot davrida ular amal qilish kunlari miqdorlarining
hosilalari summasini hisobot davridagi kunlar miqdoriga bo’lish
natijasida hisoblab chiqarilgan kurslar o’rta miqdoridan foydalangan
holda amalga oshiriladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektning O’zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun ishlatiladigan aktivlari va majburiyatlarining chet el valyutasida ifodalangan qiymatini so’mlarda qayta hisoblash natijasida yuzaga kelgan kurs farqi buxgalteriya hisobida 22-son BHMSning 17-bandida ko’rsatilgan usullardan birini qo’llagan holda aks ettiriladi.
O’zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi pul mablag’larining naqdligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
5210 “Mamlakat ichida valyuta hisobvaraqlari”;
5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
5210 “Mamlakat ichida valyuta hisobvaraqlari” va 5220 “Chet eldagi
valyuta hisobvaraqlari”hisobvaraqlarining debetida valyuta hisobvaraqlariga pul mablag’larining kelib tushishi, kreditida esa pul
mablag’larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko’chirmasini tekshirish natijasida aniqlangan korxonaning valyuta hisobvarag’ining debeti yoki kreditiga xatolik bilan o’tkazilgan summalar 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar” yoki 6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar”hisobvaraqlari bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida valyuta hisobvarag’i bo’yicha operatsiyalar bank ko’chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Valyuta mablag’larining analitik hisobi chet el valyutasidagi pul mablag’larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir hisobvaraq bo’yicha yuritiladi.
Quyida chet el valyutasidagi pul mablag’larini harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Ijaraga berilgan asosiy vositalar bo’yicha ijarachidan ijara to’lovlarining kelib tushishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar - joriy qism” yoki
K 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”.
2) Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishidan valyutaning kelib tushishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
3) Kassadan valyuta mablag’larining valyuta hisobvarag’iga topshirilishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablag’lari”.
4) Ishlatilmagan chek va akkreditiv summasining valyuta hisobvarag’iga o’tkazilishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 5510 “Akkreditivlar” yoki
K 5520 “Chek daftarchalari”.
5) Ilgari qisqa muddatli investitsiyalar tartibida berilgan qarzning
qaytarilishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”.
6) Ilgari berilgan bo’naklarning qaytarilishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 4310 “TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
K 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
K 4390 “Boshqa berilgan bo’naklar”.
7) Qondirilgan da’volar summasining kelib tushishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”.
8) Olingan bo’naklar summasi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 6300 “Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar”.
9) Ilgari aktsiyalarga obuna bo’lgan ta’sischilardan ulush summasining kelib tushishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”.
10) Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aktsiyalardan emission
daromadning kelib tushishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 8410 “Emissiya daromadi”.
11) Investitsiyaga mablag’larning qo’yilishi:
D 0600 “Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5800 “Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
12) Bankdan kassaga valyuta mablag’larining kelib tushishi:
D 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablag’lari”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
13) Xususiy aktsiyalarning sotib olinishi:
D 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar – oddiy” yoki
D 8620 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar – imtiyozli”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
14) Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning to’lanishi:
D 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
15) Berilgan bo’naklarning summasi:
D 4310 “TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
D 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
D 4390 “Boshqa berilgan bo’naklar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
16) Ilgari olingan bo’naklarning qaytarilishi:
D 6300 “Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
17) Ta’sischilarga hisoblangan dividendning to’lanishi:
D 6610 “To’lanadigan dividendlar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
18) Hisoblangan foizlar bo’yicha qarzlar qoplandi:
D 6920 “Hisoblangan foizlar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
19) Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar qoplandi:
D 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” yoki
D 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” yoki
D 6830 “To’lanadigan obligatsiyalar” yoki
D 6840 “To’lanadigan veksellar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
20) Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarning joriy qismi qoplandi:
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
21) Ijaraga beruvchiga tegishli bo’lgan to’lovlar to’landi:
D 6910 “To’lanadigan operativ ijara” yoki
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
O’zbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa to’lov hujjatlaridagi (veksellardan tashqari) pul mablag’larining mavjudligi va harakati to’g’risida, shuningdek maqsadli moliyalashtirish (tushumlar) pul mablag’larining alohida saqlanadigan qismining harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
5510 “Akkreditivlar”;
5520 “Chek daftarchalari”;
5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
Akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblar. Akkreditiv bo’yicha hisob-kitob qilinganida mijozning (mablag’larni to’lovchining) topshirig’i bilan va
uning ko’rsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent)
mablag’larni oluvchi yoki u ko’rsatgan shaxs hujjatlarni taqdim etgan va
akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to’lovni
amalga oshirish majburiyatini oladi.
Akkreditivning amal qilish muddati va u bo’yicha hisob-kitob qilish tartibi mablag’larni to’lovchi bilan mablag’larni oluvchi o’rtasidagi
shartnomada belgilab qo’yiladi.
Shartnomada yana quyidagilar bo’lishi kerak:
- mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankning nomi;
- akkreditivning turi va uni bajarish usuli;
- akkreditiv ochilganligi haqida mablag’larni oluvchini xabardor
qilish usuli;
- akkreditiv bo’yicha mablag’lar olish uchun mablag’larni oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to’liq ro’yxati va aniq
tavsifi;
- tovarlar jo’natilganidan (xizmatlar ko’rsatilgan, ishlar
bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni
rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar.
Akkreditiv quyidagi turlarga bo’linadi:
- qoplangan (deponentlangan) akkreditiv;
- qoplanmagan akkreditiv.
Qoplangan akkreditiv ochilgan taqdirda, mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank uni ochish vaqtida mijozning o’z mablag’larini yoki unga berilgan kreditni mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga mablag’larni oluvchiga
xizmat ko’rsatuvchi bank ixtiyoriga o’tkazishi shart.
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda, mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka
akkreditivning butun summasini mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi
bankning mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankda yuritilayotgan
hisobvarag’idan o’chirish huquqini beradi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan shaklda bo’lishi mumkin. Akkreditivda uning chaqirib olinmasligi nazarda tutilmagan bo’lsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi.
Akkreditivlar banklar tomonidan ko’zda tutilmagan holatlar bo’yicha alohida balans hisobvaraqlarida va “Mijozlarning akkreditivlar bo’yicha
depozitlari” 22602 balans hisobvarag’ida hisobga olinadi. Mablag’larni
oluvchi uchun unga xizmat ko’rsatuvchi bankda akkreditivlar bo’yicha alohida
depozit hisobvaraqlar ochiladi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan mablag’larni oluvchi bilan oldindan kelishilmasdan o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Akkreditivning chaqirib olinishi mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank uchun hech qanday majburiyatni vujudga keltirmaydi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv shartlarini o’zgartirish yoki bekor qilish bo’yicha mablag’larni to’lovchining topshiriqlari mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank orqali beriladi va mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan mablag’larni oluvchiga xizmat
ko’rsatuvchi bankka, mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan
esa - mablag’larni oluvchiga xabar beriladi.
Mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bank akkreditivni o’zgartirish yoki bekor qilish bo’yicha xabarnoma olmagan taqdirda, chaqirib olinadigan akkreditiv bo’yicha barcha operatsiyalarni amalga oshirishga majbur.
Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mablag’larni oluvchining roziligisiz o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bank chaqirib olinmaydigan akkreditivni mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank bilan tuzilgan shartnoma asosida tasdiqlashi mumkin. Bunda chaqirib olinmaydigan akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv hisoblanadi. Tasdiqlangan akkreditivlarda mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bank to’lovni amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha majburiyatlar oladi. Tasdiqlangan akkreditiv mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankning roziligisiz o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilab qo’yilgan bo’lmasa, naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Akkreditivni boshqa shaxslar nomiga qayta rasmiylashtirish ta’qiqlanadi. Mablag’larni to’lovchi akkreditiv ochish uchun unga xizmat ko’rsatuvchi bankka shartnomani ilova qilgan holda ikki nusxada akkreditivga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda arizaning:
- birinchi nusxasi - to’lovlar amalga oshirilgandan so’ng bankning
kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;
- ikkinchi nusxasi - mablag’larni to’lovchining shaxsiy hisobvarag’idan
ko’chirmaga ilova qilinadi.
Akkreditiv summasi bir vaqtning o’zida ko’zda tutilmagan holatlar
balans hisobvarag’iga kirim qilinadi.
Akkreditiv bo’yicha shartnomada mazkur “O’zbekiston Respublikasida
naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi NIZOM”ning 75-bandida nazarda
tutilgan ma’lumotlar bo’lmagan taqdirda, mablag’larni to’lovchiga xizmat
ko’rsatuvchi bank tomonidan akkreditiv ochilmaydi.
Akkreditivda nazarda tutilgan summa elektron to’lovlar tizimi orqali mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankning hisobvarag’iga mijozning arizasiga asosan o’tkaziladi. Bunda bank akkreditivda nazarda tutilgan summa mablag’larni oluvchining hisobvarag’iga kelib tushganligi haqida uni xabardor qiladi.
Elektron to’lovlar tizimi orqali kelib tushgan akkreditivga arizalar bank tomonidan ikki nusxada chop etilib, uning bir nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi, ikkinchi nusxasi “To’lov
muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” (1-kartoteka) 90962 balans hisobvarag’iga joylashtiriladi.
Akkreditivning muddati tugaguniga qadar mablag’larni oluvchi va mablag’larni to’lovchi o’rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan va mablag’larni oluvchi tomonidan akkreditiv shartlari bajarilganligini
tasdiqlovchi hujjatlar ikki nusxada taqdim qilingan taqdirda, tegishli summa uning hisobvarag’iga o’tkazib beriladi. Bunda bank tomonidan mablag’larni oluvchining akkreditiv shartlariga rioya qilganligi hamda ularning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni to’g’ri rasmiylashtirganligi tekshirilishi shart.
Mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchi o’rtasida tuzilgan akkreditiv bo’yicha shartnomada belgilangan shartlarning bittasi bajarilmagan taqdirda ham akkreditiv bo’yicha to’lovlar amalga oshirilmaydi.
Mablag’larni oluvchining hisobvarag’iga mablag’larni o’tkazishda bank tomonidan to’rt nusxada memorial order rasmiylashtirilib, uning “To’lov
maqsadi” grafasida to’lov qaysi shartnoma asosida amalga oshirilayotgan
bo’lsa, shu shartnomaning tartib raqami va sanasi ko’rsatiladi. Bunda
memorial orderning:
- birinchi nusxasi - tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi bilan birga bankning kunlik hujjatlari yig’majildiga tikib qo’yiladi;
- ikkinchi va uchinchi nusxalari - ularga tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi ilova qilingan holda mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka yuboriladi;
- to’rtinchi nusxasi - shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birga mablag’larni oluvchiga beriladi hamda akkreditiv bo’yicha to’langan summa “To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” (1-kartoteka) 90962 balans hisobvarag’idan hisobdan chiqariladi. Mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan akkreditivning ijro etilganligi to’g’risidagi hujjat mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankdan olinganidan so’ng, akkreditiv summasi ko’zda tutilmagan hollar hisobvarag’idan memorial orderga asosan hisobdan chiqariladi va memorial orderning bir nusxasi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda mablag’larni to’lovchiga beriladi.
Akkreditiv mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankda:
- akkreditiv muddati tamom bo’lgach;
- mablag’larni oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom
bo’lgunga qadar undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi arizasiga ko’ra,
agar bunday voz kechish mumkinligi akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan
bo’lsa;
- mablag’larni to’lovchining akkreditivni butunlay yoki qisman chaqirib olish haqidagi talabiga muvofiq, agar bunday chaqirib olishga akkreditiv shartlari bo’yicha yo’l qo’yilsa, yopiladi.
Akkreditiv yopilganligi haqida mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bank mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankni xabardor qilishi kerak. Akkreditiv mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan xabarnoma olingan kunda “Mijozlarning akkreditivlar bo’yicha depozitlari” 22602 balans hisobvarag’idagi summadan kam bo’lmagan summaga kamaytiriladi yoki yopiladi.
Qoplangan akkreditivning foydalanilmagan summasi akkreditiv yopilishi bilan bir vaqtda mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka
qaytarib berilishi kerak. Mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank
qaytarib berilgan summalarni mablag’larni to’lovchining mablag’lar deponentlangan hisobvarag’iga kiritib qo’yishi shart.
Akkreditivdan to’liq foydalanilmaganligi sababli, mablag’lar to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka qaytarilgan taqdirda, bank tomonidan ochilgan ko’zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag’i ham yopiladi. Akkreditiv bo’yicha qisman to’lovlar amalga oshirilgan taqdirda, mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank amalga oshirilgan qisman to’lovlarni ko’zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag’idan hisobdan chiqarib boradi. 5510 “Akkreditivlar”hisobvarag’ida akkreditivdagi pul mablag’lari hisobga olinadi. Akkreditivga pul mablag’larini o’tkazish 5510 “Akkreditivlar”hisobvarag’ining debetida va 5110 “Hisob-kitob
hisobvarag’i”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari”, 5220 “Chet
eldagi valyuta hisobvaraqlari” va boshqa hisobvaraqlarning kreditida aks
ettiriladi. 5510 “Akkreditivlar”hisobvarag’i bo’yicha akkreditivga hisobga olingan pul mablag’lari ularning ishlatilishi bo’yicha (bank ko’chirmalariga asosan), 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”ning debetiga hisobdan chiqariladi. Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag’lar, bank tomonidan ular qaysi hisobvaraqdan o’tkazilgan bo’lsa, shu hisobvaraqlarga qayta tiklanganda 5510 “Akkreditivlar” hisobvarag’ining krediti, 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” va boshqa hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. 5510 “Akkreditivlar”hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob korxona tomonidan qo’yilgan har bir akkreditiv bo’yicha alohida yuritiladi.
Download 131,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish