6-mavzu: O’zbekiston 1925-1941 yillarda. Majburiy jamoalashtirish fojialari. O’zbekiston ssr dagi ijtimoiy o’zgarishlar reja


Majburiy jamoalashtirish fojealari



Download 277,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana09.12.2022
Hajmi277,13 Kb.
#882166
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6 maruza (1)

Majburiy jamoalashtirish fojealari 
Qishloq xo‘jaligini socialistik asosda o‘zgartirish istiqbollariga yondashish jarayonida 
kommunistik mafkurachilar yirik agrar jamoa korxonasi yakka dehqon xo‘jaligidan yaxshiroq, 
degan fikrga qatiy asoslanib ish ko‘rdilar. Chunki erdan foydalanishning jamoa tizimi 
markazlashgan rejalashtirishni va ko‘pmillionli qishloq mehnatkashlarini boshqarishni 
osonlashtirar, qishloqdagi keng qamrovli ijtimoiy-siyosiy ishlarini butun mamlakat miqyosida 
tezroq amalga oshirish imkonini berardi. Eng asosiysi, jamoa xo‘jaliklari markscha tasavvurga 
ko‘ra, socializm ideallariga yot bo‘lgan «mayda burjua psixologiyasi» bilan «zaharlangan» 
dehqonni socialistik yo‘lga solishni tezlashtirar edi. 
Ommaviy jamoalashtirish g‘oyasi, umuman olganda, «lenincha kooperativ reja»da o‘z 
ifodasini topgan bo‘lib, unda dehqonlarni bosqichma-bosqich kooperaciyalash yo‘li taklif 
qilingan edi, u dehqonlarning eng oddiy shakllar orqali yuqori va murakkab shakl bo‘lgan jamoa 
xo‘jaliklariga birlashuvini nazarda tutardi. 
1929 yilning kuzidan etiboran sovet davlati kooperativlashtirishning xilma-xil shakllarini 
tugatish, mavjud bo‘lgan bir qancha kooperativ tizimlarini (matbuot, ishlab chiqarish va hokazo) 
davlatlashtirish yo‘liga o‘tdi. Kooperaciyani barcha turlari va sohalari bo‘yicha rivojlantirish 
siyosatini yoppasiga jamoalashtirish yo‘li bilan almashtirdi. Bu yo‘l esa ixtiyoriylik principlari 
asosida emas, balki «yuqoridan belgilash» yo‘li bilan amalga oshirilardi. 
Qishloqda ananaviy iqtisodiy munosabatlarni yoppasiga buzish avj oldirildi. Davlat qishloq 
mehnatkashlariga qancha va nima ekishni, etishtirilgan mahsulotni qanday narx bilan 
topshirishni aytib turadigan bo‘ldi, Qishloq aholisining badavlat qatlamlariga qarshi mislsiz 
quvg‘inlar uyushtirildi, qishloq ahlini zo‘rlik bilan kolxozlarga kiritish boshlandi. Agrar 
siyosatdagi yangi yo‘l O‘zbekistonda og‘ir oqibatlarni keltirib chiqardi. 
VKP(b) MQning 1930 yil 5 yanvardagi «Jamoalashtirish suratlari va davlatning kolxoz 
qurilishiga yordam ko‘rsatish choralari to‘g‘risida»gi qarorining dastlabki tahririda O‘zbekiston 
SSR hududida jamoalashtirishni ikkinchi besh yillik mobaynida tugallash mo‘ljallangan 
bo‘lishiga qaramay, «buyuk darg‘a» bu harakat birmuncha ertaroq tugallanishi mumkin degan 
«bashorat»ni o‘rtaga tashladi. 
Shuni ham aytib o‘tish joizki, respublikamizning ayrim rahbarlari (xususan, F.Xo‘jaev va 
A.Ikromov) volyuntaristik usullarga qarshi turishga intildilar, raqamlarga va muddatiga tuzatish 
kiritish fikrini biddirdilar. Biroq ularning takliflariga umuman etibor berilmadi. Natijada VKP(b) 
MQ O‘rta Osiyo byurosining qarori bilan 1932 yilning boshlariga kelib dehqon xo‘jaliklarining 
68%ini kolxozlarga birlashtirish rejasi qabul qilindi. 
O‘zbek qishlog‘ining keng batrak kambag‘allari ommasini ham «buyuk burilish»ning 
«inqilobiy» harakatlariga faol jalb qilishga alohida etibor berildi. Bu vazifani hal qilish 
bo‘g‘inlaridan biri 1929 yil oktyabrda qayta tashkil etilgan «Qo‘shchi» ittifoqi asosida 
«Kambag‘allar uyushmasi»ning tasis etilganligi bo‘ldi. Ular bilan bir vaqtda qishloq sovetlari 
qoshida, kooperativlarning boshqaruvida, kolxozlarda va boshqa xo‘jalik-siyosiy tuzilmalari 
qoshida kambag‘allar guruhlari tuzila boshladi. 
Jamoa xo‘jaliklariga birlashtirish uchun dehqon xo‘jaliklariga bevosita hujum qilish amaliy 
jihatdan buzg‘unchilik harakatiga aylanib ketdi. Raqamlar ortidan quvish boshlandi. Sovet 
davlatining hamma joyida bo‘lgani kabi O‘zbekistondagi jamoalashtirish ham «harbiy 
kommunizm» yillarida sinovdan o‘tgan kompaniyabozlik, «hujum va tazyiq» usullari bilan 
amalga oshirildi. Dehqonlarni zo‘rlik bilan kolxozlarga kirishga majbur etdilar. Qarshilik 
ko‘rsatganlar ijtimoiy mansubligidan qati nazar «quloq qilindi». Ko‘pincha qishloqlarning 
aholisini bu erdan ko‘chirib yuboramiz, oziq-ovqat taminotidan, suvdan mahrum etamiz, deb 


qo‘rqitib kolxozlarga yozilishiga majbur qilardilar. Shunday hollar ham bo‘lar ediki, kolxozlarni 
tashkil etish u yoki bu qishloqdagi deyarli dehqon xo‘jaliklarining kolxozga kirish-kirmaslik 
istagidan qati nazar suniy ravishda varaqa to‘ldirishdan iborat bo‘lardi. 
YOppasiga jamoalashtirish yana avj olishi bilan «quloq-boy unsurlar»ga qarshi kurash 
chora-tadbirlari ham sezilarli ko‘lamda olib borildi. Odatda taqib qilinganlar tuman tashqarisiga, 
respublikaning aholi kam yashaydigan mintaqalariga chiqarib yuborilardi, u joylarda 17 ta 
maxsus poselkalar tashkil etilgan edi. Shuningdek, ular O‘zbekistondan tashqariga dastlab 
qo‘shni O‘rta Osiyo respublikalariga, 1931 yildan boshlab esa Shimoliy Kavkaz, Ukraina, 
Sibirga ham surgun qilindilar. 
«Surgun qilinganlar» va «maxsus surgun qilinganlar»ning ahvoli nihoyatda og‘ir edi. 
Ularga «homiylik»ni OGPU amalga oshirardi, «posyolka»lar konclagerlardan deyarli farq 
qilmasdi. Etarli darajada ovqat va tibbiy xizmatning yo‘qligi sababli ko‘plar mehnat qobiliyatini 
yo‘qotardi, kasalliklardan son-sanoqsiz halok bo‘lardilar, qolganlar esa doimo hayot va mamot 
chegarasida turishar, omon qolish uchun kurashardilar. Lekin «quloq qilingan» dehqonlarning 
ko‘pchilik qismi jinoyatchi emas edi. Ular kolxozga kirishni istamaganliklari, haddan ortiq 
soliqlarni to‘lash uchun mablag‘lari yo‘qligi va shunchaki ijtimoiy kelib chiqishlari uchun 
jazolangan edilar. 
«Quloqlar»ga qarshi kurash O‘zbekistonda kun sayin kengayib bordi. 1931 yilning 
avgustiga kelib yana 3828 ta «quloq xo‘jaliklari» tugatildi, respublikadan tashqariga Ukrai Sibir 
va Shimoliy Kavkazga 3871 «quloq oilasi» surgun qilindi. 1933 yilda surgun qilingan «quloq» 
xo‘jaliklari soni rasmiy malumotlarga qaraganda 5500 taga etgan edi. 
Jamoalashtirishni jadallashtirishning «iqtisodiy» usullaridan o‘ziga xos tarzda foydalanildi. 
Bu usullar aslida yakka xo‘jalik sektorini iqtisodiy jihatdan bo‘g‘ib ko‘yish siyosatidan iborat 
edi. YAkka dehqonlar uchun qishloq xo‘jalik solig‘i miqdori keskin ko‘paytirildi, faqat ularning 
o‘zidan olinadigan bir galgi soliqlar ham joriy qilindi. Majburiy tus olgan davlat tayyorlovlari 
hajmi ham to‘xtovsiz ortib bordi. 
Mamuriy 
tazyiq, 
oshkora 
zo‘ravonlik, qishloq mehnatkashlarini kolxozlarga 
«haydash»ning iqtisodiy terror usullari rasmiy belgilangan «kolxoz qurilishi» rejalarini sezilarli 
ravishda oshirib bajarish imkonini berdi. 1932 yilning oxirlariga kelib umuman respublikada 
ijtimoiy sektor barcha dehqon xonadonlarining 81,7%ni birlashtirgan edi. 800 ming dehqon 
xo‘jaliklari negizida 9734 ta kolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etildi. 
«Kolxoz tuzumi» mustahkamlanib borayottan sharoitda respublikaning siyosiy rahbariyati 
«quloqlarnn sinf sifatida urgatish» yakunlovchi bosqichga kirdi, degan xulosaga keldi. Shuning 
uchun xam kolxozlarni «g‘oyaviy-tashkiliy» jihatdan mustahkamlashga katta etibor berila 
boshlandi. O‘z KP(b) MQ Markaziy partiya organlari yo‘l-yo‘riqlariga tayanib, jamoatchilik 
ongiga «boy va quloqlar» oshkora jangda mag‘lubiyatga uchrab, o‘z taktikalarini o‘zgartirdilar, 
endilikda ular «kolxozlarga, sovet apparatiga va hatto partiyaga yashirin qo‘poruvchilik ishi olib 
borish uchun suqilib kirishga urinmoqdalar», degan fikrni zo‘r berib singdira boshladilar. 
Shunday qilib, kolxoz qurilishi suratlarini suniy ravishda avj oldirish, kolxozlarni 
«socialistik asosda mustahkamlash». ko‘p sonli odamlarning qurbon bo‘lishiga, ularning 
begunoh qoni to‘kilishiga sabab bo‘ldi. Oqibatda respublikada faqat bir xil shakldagi kolxoz 
tuzumi qaror topdi. Biroq stalincha mamuriyat «o‘zbek qishlog‘ining socialistik asosda qayta 
tuzilishi» harakatidan xursand bo‘lmadi, qishloq joylarida «sinfiy dushman» bilan kurash 
ko‘lamidan ko‘ngli to‘lmadi. 1934 yilda Stalin O‘zbekistonga V.V.Kuybishev boshchiligidagi 
maxsus brigadani jo‘natadi. Brigada oldiga respublikani bu erda o‘tkazilayotgan siyosatdan 
norozi kishilardan qatiyan tozalash vazifasi qo‘yilgan edi. Brigada «zarbdorchasiga» ishladi. 
Faqat 1934 yil noyabr-dekabrda uning rahbarligida 2 mingdan ortiq «dushman unsurlar» 
aniqlanib. turmalar va lagerlarga yuborildi. 
Umuman, 1937 yilga kelib «kolxozga qarshi kayfiyatda bo‘lganlik uchun», «qarzlarni 
tulamaganlik uchun», «quloqlar»ga mansubligi uchun jamoalashtirishning avvalgi yillarini ham 
hisobga olganda 60 mingdan ortiq kishi qatag‘onga uchradi. Shunday qilib, «quloqlarni sinf 
sifatida tugatish» masalasi uzil-kesil hal qilindi. 


Umuman, jamoalashtirish o‘zbek qishlog‘i tarixiy rivojlanishining sog‘lom jaraenlariga 
to‘sqinlik qildi. U dehqonlarning davlat tomonidan asoratga solinishiga olib keldi. Kolxozlarga 
zo‘rlik bilan haydab kirilgan dehqonlar barcha asosiy fuqarolik huquqlaridan va avvalo ko‘chib 
yurish erkinligi, kasb faoliyatini tanlash huquqlaridan mahrum qilindilar. «Baxtli» kolxozchilar 
«badavlat turmush»dan qochib ketishlaridan xavfsirab, Stalin ularning pasportlarini olib 
qo‘yishni buyurdi. Kolxozchilarning kolxozdan ko‘ngilli ravishda chiqishlari taqiqlandi. 
Ularning noroziligini bosish uchun 1932 yil 7 avgustdagi farmon bilan kimda-kim dehqonlarni 
kolxozlardan chiqishga «majbur» qilar ekan, 5 yildan 10 yilgacha muddat bilan «koncentracion 
lagerlar»ga tashlanishga hukm qilinadi, deb ko‘rsatma berdi. 
Jamoalashtirish qishloq xo‘jaligiga juda og‘ir zarar bo‘lib tushdi. Respublikada ocharchilik 
boshlandi (1933 yil), G‘alla etishtirish keskin qisqardi. Chorvachilikka haddan tashqari katta 
ziyon etdi. 
Jamoalashtirish to‘s-to‘polonlari paxtachilikka ham tasir ko‘rsatdi, paxta yakka 
hokimligining yalpi ommalashuviga olib keldi. 1930 yilning bahoridan boshlab SredazEKOSO 
respublika hukumatidan yoppasiga jamoalashgan tumanlarda «to‘rtdan uch qism maydonga 
chigit ekish»ni talab qildi. 
30-yillarda sovxoz qurilishi tez suratlar bilan amalga oshirildi. U ko‘p jihatdan «SSSRning 
paxta mustaqilligini qo‘lga kiritish» vazifalarini taminlashga bo‘ysundirilgan edi. 
1940 yilga kelib sovxozlarning umumiy soni respublikada 85 taga etdi. Biroq ularning 
kolxozlar singari jadallik bilan qurilishi qishloq xo‘jaligining taraqqiyotini tezlashtirishga 
yordam berolmadi. Dehqonlar erga va ishlab chiqarishga egalik tuyg‘usini. ming yillardan buyon 
singib kelgan mehnatsevarlik fazilatlarini yo‘qotib bordilar, ulardagi mehnatga, kasb mahoratiga 
bo‘lgan mehr-muhabbat sovib bordi. Bu buzilish jarayonlarining tasiri hali-hanuz barham topgan 
emas. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov takidlab o‘tganidek, bozor-agrar islohotlarining 
zamonaviy tajribasida sovet o‘tmishidan meros bo‘lib qolgan jiddiy to‘siq «har qadamda 
uchrayotgan rasmiyatchilik. ko‘zbo‘yamachilik, ishimizga yuzaki qarashdir». Bu zararli 
illatlarning ildizi zo‘ravonlik bilan amalga oshirilgan jamoalashtirshida yashiringan edi. 

Download 277,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish