6-mavzu: Soliq nazorati Reja


Soliq tekshiruvlarini o’tkazish tartibi



Download 126,12 Kb.
bet4/10
Sana22.10.2022
Hajmi126,12 Kb.
#855310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
54Soliq nazorati

Soliq tekshiruvlarini o’tkazish tartibi


Soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvlarini o‘tkazish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga amal qilinadi, ya’ni ushbu kodeksning 15-bobida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi keltirilgan.
Soliq tekshiruvini o‘tkazishning boshlanishi. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi soliq tekshiruvini o‘tkazishni boshlashdan oldin, naqd pul tushumlariga taalluqli masalalar yuzasidan qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazilayotganda esa soliq tekshiruvi tugallanguniga qadar:

  • soliq to‘lovchini soliq tekshiruvining maqsadi bilan tanishtirishi;

  • o‘z xizmat guvohnomasini, shuningdek tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi maxsus guvohnomasini ko‘rsatishi;

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni qayd etish daftarini to‘ldirishi;

  • soliq to‘lovchiga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasidan ko‘chirma nusxasini yoki nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning rejadan tashqari soliq tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ko‘chirma nusxasini, shuningdek davlat soliq xizmati organining tegishli soliq tekshiruvi tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyrug‘ining hamda soliqtekshiruvini o‘tkazish dasturining ko‘chirma nusxalarini topshirib, tilxat olishi shart.

Soliq tekshiruvini o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarni soliq to‘lovchiga topshirilgan payt soliq tekshiruvini o‘tkazish boshlangan payt deb hisoblanadi. Soliq to‘lovchining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi soliq tekshiruvini bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Soliq to‘lovchi mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsi tomonidan uning o‘zi va soliq to‘lovchi imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Soliq to‘lovchi ushbu dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bunday holda dalolatnoma imzolangan payt soliq tekshiruvini o‘tkazishning boshlanishi hisoblanadi.
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining soliq tekshiruvi o‘tkaziladigan hududga va joyga kirishi. Soliq to‘lovchi davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun hududga va joylarga qo‘ymaslikka haqli, agar:

  • soliq tekshiruvini o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlar topshirilmagan yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa;


tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilmagan, o‘z xizmat guvohnomasini va tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi maxsus guvohnomasini ko‘rsatmagan bo‘lsa;

  • soliq tekshiruvini o‘tkazishning buyruqda ko‘rsatilgan muddatlari boshlanmagan yoki o‘tib ketgan bo‘lsa;

  • tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvlarni qayd etish daftarini to‘ldirishdan bosh tortsa.

Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan mansabdor shaxslariga soliq to‘lovchining hududiga va joyiga kirishiga to‘sqinlik qilganlik, xuddi shuningdek davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikka tortilganlik soliq tekshiruvini bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining qonunda belgilangan hollardan yoki sud qarori asosida amalga oshiriladigan hollardan boshqa hollarda turar joylarga ularda yashovchi jismoniy shaxslarning xohish-irodasidan tashqari yoki unga qarshi tarzda kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hududlar va joylarni ko‘zdan kechirish. Mol-mulkni inventarizatsiyadan o‘tkazish. Soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari, zarurat bo‘lganda, soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish ob’ektlari bilan bog‘liq hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini hamda boshqa binolar, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirishi, shuningdek soliq to‘lovchining mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazishi mumkin. Ko‘zdan kechirish o‘tkazilayotganda soliq tekshiruvi qaysi shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs yoki uning vakili qatnashishga haqli. Ko‘zdan kechirish o‘tkazilayotganda zarur hollarda foto va kinosuratga olinishi, videoyozuvga tushirilishi, hujjatlardan ko‘chirma nusxalar olinishi mumkin, bu haqda bayonnomada ko‘rsatiladi. Soliq tekshiruvlarini o‘tkazish vaqtida mol-mulkni inventarizatsiyadan o‘tkazish buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Hujjatlarni talab qilib olish. Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan mansabdor shaxslari tekshirilayotgan soliq to‘lovchidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq, tekshiruv maqsadlariga tegishli va tekshirilayotgan davrga taalluqli hujjatlarni talab qilib olishga haqli.

Download 126,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish