7-amaliy mashg’ulot
Materiallarni lazer yordamida parmalash, payvandlash va qayta toblashni oʻrganish.
Materiallarni lazerli parmalash
Lazer texnologiyasi bilan parmalash istalgan materialni tesha olish imkonini beradi. U
ayniqsa, chidamliligi yuqori boʻlgan olmos, yoqut, spool kabi materiallarni qayta ishlashda juda
qoʻl keladi. Lazerli parmalash mexanik parmalashdan oʻzining sifatliligi bilan ajralib turadi,
chunki qayta ishlanayotgan material bilan parmalash asbobi oʻrtasida mexanik kontaktning
yoʻqligi asbobning sinishiga yoʻl qoʻymaydi hamda teshiklarning aniq ochilishini ta’minlaydi.
Shuning bilan birgalikda ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi. Lazer texnologiyasi bilan
parmalash, ayniqsa soatsozlikda yoqut toshlar, olmos tola va filerlarni ishlab chiqarishda keng
qoʻllanilmoqda. Shunday toshlarni parmalab ma’lum katta-kichiklikda parmalar yordamida
teshikchalar ochish (diametri 0,05 mm) uchun 10-25 minutgina kifoya.
Oʻtgan asrning 60-yillaridan beri kam unumli parmalash metallarni bug’lantirish yoʻli
bilan teshik ochishga moʻljallangan lazerli asboblar bilan almashtirilgan. Lazer qurilmalarining
ishlab chiqarish unumdorligi bir sekundda bir teshik parmalash bilan tengdir. Bu esa mexanik
parmalashdan ming marta yuqori unumdorlikka ega degan gapdir.
Juda ingichka sim olish uchun simlar juda kichik diametrli teshikchalardan oʻtkazilib
ingichkalashtiriladi. Bu teshikchalar (ingichkalashtirish kanallari) juda qattiq metallar, masalan
olmosli qotishmalarga oʻtkaziladi. Hammadan ham olmosdan oʻtkazilgan teshikchalardan simni
tortish (olmosli tola va filerlar) qulaydir. Lekin, eng yuqori qattiqlikka ega boʻlgan olmoslarni
qanday qilib parmalash mumkin? Masalan, ularni mexanik parmalash 10 soatdan ortiqroq vaqtni
talab etadi. Lekin, bu teshikchalarni kuchli lazer impulslariga ega boʻlgan seriyalar bilan
parmalash juda oson kechadi.
Lazerli usullar bilan olingan olmos tolalar koʻp mehnat talab qiladigan operatsiyalar -
filerlarda qora teshiklar ochish uchun qoʻllaniladi. Lazerli parmalar faqat qattiq materiallardagina
emas, balki oʻta moʻrtligi bilan ajralib turadigan materiallarda ham teshikcha ochish uchun
qoʻllaniladi. Misol uchun kulolchilikni olaylik. Lazerlar bilan sopolda diametri 10 mikrometrli
teshikchalarni ham hosil qilish mumkin. Mexanik parmalash bilan bunday teshikchalar hosil
qilish aslo mumkin emas.
Toʻquvchilik sanoati uchun filerlarni tayyorlash oddiy mexanik yoʻl bilan filer ishlab
chiqarishda qoʻllaniladigan plastinkalardan voz kechish imkonini beradi. Darvoqe, kulolchilikda
filerlardagi teshikchalarni faqat lazerlar yordamidagina ochish mumkin.
Lazer
texnologiyasini
muvaffaqiyatli
qoʻllab
teshikchalar
ochishda
dinamik
muvozanatlashgan tez aylanuvchi detallar, turbina, rotorlar istiqbolli soha hisoblanadi. Bir
impuls lazer nurlanishida keragidan ortiq oʻrtacha massadan bir milligrammgacha metall olib
tashlanadi.
Teshikchalar ochish lazer texnologiyasi, shuningdek EHMlarda xotira plastinkasi,
mikroskop va elektron-nurlanish trubkalari diafragrammalarini tayyorlashda ham qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |