7-amaliy mashg’ulot: metodik adabiyotlardan foydalangan holda



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
Sana20.04.2022
Hajmi1,31 Mb.
#564620
Bog'liq
7-amaliy vazifa



7-amaliy mashg’ulot:
METODIK ADABIYOTLARDAN FOYDALANGAN HOLDA 
TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI BILAN 
TANISHTIRILADIGAN DARSLAR, MASHQ MATERIALLARI 
USTIDA ISHLASH
Amaliy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Vaqti: 4 soat
O’quvchilar soni: __ ta
Mashg’ulot shakli:
Amaliy mashg’ulot
Amaliy mashg’ulot rejasi:
1. Punktuatsiyani o’rganish bo’yicha nazariy sa-
vol-javob.
2. Punktuatsiyani o’rganish bo’yicha ona tili dasturi 
tahlili.
3. Punktuatsiyaga oid mavzularning taqvim rejasi 
ustida ishlash.
4. Punktuatsiyaga oid mavzulardagi dars ishlanma-


lari taqdimoti.
O’quv mashg’ulotning maqsadi:
1.Talabalarni punktuatsiyani o’tish bo’yicha metodik 
adabiyotilardagi tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etishga 
o’rgatish.
2.Darslikdagi mashqlar tizimi ustida amaliy ishlash 
ko’rikmalarini shakllantirish.
3. Punktuatsiyani o’tishda o’quvchilarni faollashtiradi-
gan ish turlarini ijod qilishga, ijodiy izlanishga yo’llash. 
O’qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning punktuatsiya haqidagi nazariy bi-
limlarini aniqlash .
2.Talabalarda punktuatsiyani o’rganishning ahami-
yati va ular ustida ishlash bo’yicha umumiy tasavvur 
hosil qilish 
3.Talabalarni punktuatsiyani o’rganish izchilligi, das-
tur talablari, punktuatsiyani o’rganish usullari, mashqlar 
tizimi bilan tanishtirish. 
4.Ma’ruza davomida talabalarning faoliyatini kuza-


tish va baholash (5 ball)
O’quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. Talabalarning punktuatsiyani 
o’rganishning maqsad va vazifalarini.
2. Punktuatsiyani o’rganish usullaridan foydalana 
olishni, mashqlar tizimini qo’llay bilishni egallashi.
3. Punktuatsiyani o’rgatishda ko’rgazmali qurollar, 
ta’limiy o’yinlardan foydalana bilishni. 
Ta’lim metodi va texnikasi
Suhbat,muammoli izlanish, mustaqil ish meto-
di.Komp’yuter texnologiyasidan foydalanish: slaydlar.
Ta’lim vositasi
Proektor
Ta’lim shakli
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ish-
lash
Ta’lim sharti
Auditoriya, TSOdan foydalanish


Amaliy mashg’ulotlarining texnologik xaritasi
Dars bosqichlari va vaqti
O’qituvchi
Talaba
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
1. Amaliy mashg’ulot mavzusini 
(Tinish belgilarni qo’llanishini o’rganish) s 
2. Amaliy mashg’ulot maqsadini
3. Amaliy mashg’ulot rejasini e’lon qilish.
Eshitadi, yozadi, javob beradi.
2-bosqich
Bilimlarni aktuallashtirish (5 daqiqa)
1. Punktuatsiyaning xususiyatlarini ayting.
3. Boshlang’ich sinflarda dastur talablariga ko’ra 
tinish belgilarni o’rgatish bo’yicha nimalar berilgan?
4. Tinish belgilarni o’rganishning ta’limiy va 
amaliy ahamiyati nimada? 


Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalar-
ning javobi
3-bosqich
Axborot berish
(65 daqiqa)
1. Amaliy mashg’ulot: 20 daqiqa
1 Tinish belgilarni o’rganish bo’yicha dastur maz-
muni va talablarini o’rganing.
2. Tinish belgilarni o’tish mavzu bo’yicha taqvim re-
ja tuzing.
3. Tinish belgilarni o’tish bo’yicha metodik adabiyot-
larni o’rganing va nazariy savol-javob uchun savol-tops-
hiriqlar tuzing. 
4. Tinish belgilarni o’rgatishda qo’llanadigan 
mashqlarni namoyish qilish.
5.Tinish belgilarni o’rgatishda qo’llanadigan ta’limiy 
o’yinlardan namunalar namoyish qilish.
6. Tinish belgilarni o’tish darsi ishlanmasining taqdi-
motiga tayyorlaning.


7.Mavzu bo’yicha ta’limiy vositalar taqdimotiga ta-
yyorlaning.
Uning mahokamasi: 10 daqiqa
3. Taqdimot: 5 daqiqa
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
1.Blits texnologiyasi asosida mavzu yuzasidan tala-
balar bilimini aniqlash.
2. Testlar tuzing va ularni guruhlaro almashtirib 
yeching.
Punktuatsiya – tinish belgilari haqidagi fan. U 
matndagi gaplarning urg’usini topishga, so’zlarni gap 
mazmuniga mos ohangda, to’g’ri va aniq talaffuz qilish-
ga yordam beradi. SHu bois, punktuatsion qoidalar sintak-
sisga bog’lab o’rganiladi.
Punktuatsiya (lotincha punktum – nuqta)ning 
ma’nosi nuqtalar ilmi demakdir, ushbu atama uch 
ma’noda qo’llanadi: a) tinish belgilari tuzumi va qo’lla-


nish qonun-qoidalarini o’rganuvchi bo’lim; b) punktuatsi-
on qonun-qoidalar – me’yorlar yig’indisi, to’plami; v) ti-
nish belgilari. v.h.
Uyushiq bo’laklarda tinish belgilari
1. Vergul qo’yilmaydi. 2. Vergul qo’yiladi:
_________ va ____________ _________ , 
___________
_________ ham __________ __________ , 
ammo_______
_________ hamda ________ __________ , 
lekin______
_________ bilan_________ ________ , biroq 
________
_________ yo_____________ 
________emas, _________
_________ yoki___________ _________-da, 
_________
_________ -u(-yu)_________ yoki______, 
yoki________


na_________ na__________ 
ba’zan________,ba’zan______
na________ , na___________
goh_________, goh__________
ham_________, ham_________
bir________, bir _________
yo________ , yo _________
3. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’lak; uyushiq 
bo’laklar – umumlashtiruvchi so’z
1-topshiriq. O’zbek tilida qanday tinish belgilari ish-
latiladi. Boshlang’ich sinflarda qaysi tinish belgilari 
o’rganiladi. Ularni yozing.
2-topshiriq. Punktatsiya semantic, sintaktik va into-
natsion qoidaga asoslanishni izohlang.
3-topshiriq. Nuqta va uning ishlatilishini tushunti-
ring. Darslikning 284-betidagi nuqta haqidagi fikrlarini 
o’qib chiqing va fikringizni bayon eting.
4-topshiriq. So’roq va undov belgisi. Hat savod o’rga-
tish davridan o’rgatila boshlanadi. Izohlang. 


5-topshiriq. O’quvchilar ikkinchi sinfda “Gap” bo’limi 
mavzularini o’rganish jarayonida undov va so’roq belgisi 
haqida nazariy bilimga ega bo’ladi.
6-topshiriq. O’quvchilarda punktatsion ziyraklikni 
ta’minlash.
7-topshiriq. O’quvchilar bilan har bir darsda tinish 
belgilar ustida ishlash yo’llarini izlang.
O’quvchilarning umumlashtiruvchi so’z va uyushiq 
bo’laklarga oid bilimlarini mustahkamlashda quyidagi 
o’quv topshiriqlaridan foydalanish mumkin:
— umumlashtiruvchi so’zning o’rnini o’zgartirib, 
gapni qayta tuzish;
— xususiy tushunchalarni anglatadigan so’z topib, 
umumlashtiruvchi so’zli gaplar tuzish;
— umumlashtiruvchi so’zli uyushiq bo’lakli gaplar 
ishtirokida matn yaratish…v.h.
Mazkur mavzuni o’rganish o’quvchilarda badiiy 
asarlarni o’qishga qziqsh uyg’otadi, shuningdek, yozuvchi-
ning tili, uslubiga tilshunos ko’zi bilan qarashga o’rgatadi, 


ularda til faktlarini ajrata bilish ko’nikma va malakala-
rini hosil qiladi.
Dars mavzusi. Gapdagi tinish belgilarning 
vazifasi (247-249-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: gapdagi tinish belgilarning vazifasi 
haqida tushuncha berish, tinish belgilar ustida ishlash.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda o‘z vatanini sevishga, 
unga sodiq farzand bo‘lish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: to‘g‘ri va xatosiz yozish ko‘nik-
masini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalami 
shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy o‘yin, 
savol-javob.
Dars jihozi: darslik, rag‘batlantirish uchun kar-
tochkalar, mavzuga oid rasmlar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.


II. Uy vazifasini tekshirish.
O’quvchilarga uchta mazmundagi gap 
tuzish berilganligi aytiladi, tuzilgan gaplar so‘raladi. Gap 
oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yilganligi so‘raladi.
Husnixat daqiqasi
Bosh “J” harfi to‘lqinsimon chiziqcha osti 
ilmoqli uzun tayoqcha unsurlarga ajratilmay bir ustun 
shaklda yoziladi.
Daftarga bir qator bosh “J” harfini va shu harf 
bilan bog‘langan so‘zlami yozadilar: Jalol, Jasur, Jamila.
Dam olish daqiqasi
Maktab degan shunday joy,
Yurib turgan poyezdday.
Kechga qolsang bir nafas,
Seni kutib o‘tirmas.
III. Yangi mavzu bayoni.
247- mashq. O’qing. Ko‘chiring. 
Vatan nima? Vatan - biz tug‘ilib o‘sgan yurt. 
Ona Vatan so‘zi naqadar aziz!


- Gapning boshi va oxirini qanday belgiladingiz?
Vatan haqida gap tuzing yoki maqol ayting.
Bizning Vatanimiz buyuk va qudratli. Vatani bo-
ming - baxti bor. Vataning tinch - sen tinch.
Suhbat asnosida darslikdagi qoida tanishtiriladi.
Gap biror narsa haqida xabar mazmunini bildirsa, 
oxiriga nuqta qo‘yiladi.
Gap so‘rash mazmunini bildirsa, oxiriga so‘roq 
belgisi qo‘yiladi. Gap kuchli his-hayajon bilan aytilsa, oxi-
riga undov belgisi qo‘yiladi.
Darslik bilan ishlash.
248- mashq. Mashq sharti asosida bajariladi.
“Gapdon” ta’limiy o‘yini orqali o‘quvchilar gap 
tuzishga, tinish belgilami to‘g‘ri qo‘yishga o‘rgatiladi.
Bunda o‘qituvchi biror buyum yo‘ki narsani 
ko‘rsatadi va o‘quvchilarga narsaga bog‘liq darak, so‘roq, 
his-hayajon mazmunidagi gaplar tuzish topshirig‘i berila-
di.
Masalan, gul ko‘rsatiladi.


 Men bog‘imizga gul ekdim. (Nuqta)
Sen bugun Sevaraning tug‘ilgan kuniga gul olib 
borasanmi? (So‘roq)
Oh, gul hidi naqadar yoqimli! (Undov)
Ekranda she’r matni beriladi, so‘ng audio yozuv es-
hittiriladi. She’r tinish belgilarsiz berilib, matn ostida te-
gishli tinish belgilarini o‘quvchilar she’rni ifodali o‘qilishi-
ga ko‘ra qo‘yishlari kerak.
Ajib sir
Bolalarning qahri yomon 
Chaqmasi-ey, zahri yomon 
Tushunmadim ammo sirin:
Nega uning boli shirin
IV. Mavzuni mustahkamlash.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar ba-
holanadi.
VI. Uyga vazifa berish. 249-mashq.
Amaliy mashg’ulot


METODIK ADABIYOTLARDAN FOYDALANILGAN HOLDA 
IMLO USTIDA ISHLASH IMKONIYATI MAVJUD MASHQ 
MATERIALLARI USTIDA ISHLASH
Amaliy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Vaqti: 4 soat
Talabalar soni: 30 ta
Mashg’ulot shakli:
Amaliy mashg’ulot
Amaliy mashg’ulot rejasi:
1.Imloviy malakalarni shakllantirish metodikasi 
bo’yicha nazariy savol-javob.
2. Imloga o’rgatish bo’yicha ona tili dasturi tahlili.
3.Imloga o’rgatish bo’yicha dars ishlanmalari taqdi-
moti.
4.Mavzuga doir ta’limiy vosita ustida ishlash.
5.Talabalar faoliyatini baholash.
O’quv mashg’ulotning maqsadi:
Talabalarni boshlang’ich sinf o’quvchilarida hosil 
qilinadigan imloviy malakalar, ular hosil qilishda gram-


matik mavzularga asoslanish, imloviy mashqlar va 
ularni tashkil etish usullarini amaliy qo’llashga o’rga-
tish. 
O’qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning imlo qoidalari va tamoyillari ha-
qidagi nazariy bilimlarini aniqlash .
2.Talabalarda boshlang’ich sinf o’quvchilarida imloviy 
savodxonlikni shakllantirish bo’yicha umumiy tasavvur 
hosil qilish 
3.Talabalarni boshlang’ich sinflarda imloga o’rgatish 
izchilligi, imloga o’rgatish shakllari, usullari, mashqlar 
tizimini amalda qo’llashga o’rgatish .
4.Ma’ruza davomida talabalarning faoliyatini kuza-
tish va baholash (5 ball asosida).
O’quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1.Imloviy savodxonlikning ijtimoiy va ta’limiy aha-
miyatini.
2. Nazoratning mazmuni, shakli va usullarini amalda 


qo’llay olishi
Ta’lim metodi va texnikasi
Suhbat,muammoli izlanish, mustaqil ish meto-
di.Komp’yuter texnologiyasidan foydalanish: slaydlar
Ta’lim vositasi
Proektor
Ta’lim shakli
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ish-
lash
Ta’lim sharti
Auditoriya, TSOdan foydalanish
Amaliy mashg’ulotlarining texnologik xaritasi
Dars bosqichlari va vaqti
O’qituvchi
Talaba
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
1. Amaliy mashg’ulot mavzusini 


(Orfografiya ustida ishlash darslarini 
tashkil etish) s 
2. Amaliy mashg’ulot maqsadini
3. Amaliy mashg’ulot rejasini e’lon qilish.
Eshitadi, yozadi, javob beradi.
2-bosqich
Bilimlarni aktuallashtirish (5 daqiqa)
1.Qaysi tamoyillar asosida imlo qoidalari ishlab chi-
qiladi?
2. Imloviy malaka deganda nimani tushunasiz?
3. Boshlang’ich sinflarda dastur talablariga ko’ra 
qaysi imloviy malakalar shakllantiriladi? 
4. Imloviy malakalarni shakllantirishning ijtimoiy 
va ta’limiy ahamiyati nimada?
5. Qaysi grammatik mavzular imloviy malakalarni 
shakllantiradi?
6.O’quvchilarni imloga o’rgatishda qaysi metodlarni 
samarali deb hisoblaysiz?
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalar-


ning javobi
3-bosqich
Axborot berish
(65 daqiqa)
1. Amaliy mashg’ulot: 20 daqiqa
K.Qosimovaning “Ona tili o’qitish metodikasi“da im-
loga o’rgatish metod va usullari , mashqlari sistemasi 
haqida nima deyilgan?
2. Boshlang’ich sinflarda imloviy malakalar qan-
day mashqlar asosida shakllantiriladi? Ularga misollarga 
keltiring. 
3.Otlarning birlik va ko’plikda, egalik va kelishik 
qo’shimchalari bilan qo’llanishini o’ qo’llanishini o’rga-
tishning eng maqbul usulini misollar bilan tushuntiring.
4.Otlarning son va egalik qo’shimchalari bilan 
qo’llanishini o’rgatishda o’quvchilarda q.anday imloviy 
ko’nikmalar hosil bo’ladi? Dars fragmentini namoyish qi-
ling.
5.Fe’llarning bo’lishli-bo’lishsizligi, zamoni va 


shaxs-soni o’rganiladigan dars fragmentida imloga 
o’rgatishni yoritib bering.
Uning mahokamasi: 10 daqiqa. Taqdimot: 5 daqiqa
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
1.Blits texnologiyasi asosida mavzu yuzasidan tala-
balar bilimini aniqlash.
2. Testlar tuzing va ularni guruhlaro almashtirib yec-
hing.
1-ilova
1. 2-sinfda namunaviy va konstruktiv mashqlarni 
tashkil etish dars fragmentini namoyish eting.
2. 3-sinfda namunaviy va konstruktiv mashqlarni 
tashkil etish dars fragmentini namoyish eting.
3. 4-sinfda namunaviy va konstruktiv mashqlarni 
tashkil etish dars fragmentini namoyish eting.
2-ilova
1. Darsning o’quv vazifalari mustahkamlash eta-


pida qo’llaniladigan ta’limiy o’yinlar ishlab chiqing.
2. Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqli tar-
qatma materiallar tayyorlang.
3. Dars mavzusi yo’zasidan o’quvchilar bilimini teks-
hirish uchun test to’zing.
4. Mavzuni yo’zasidan jadvallar to’zing.
3-ilova
Mavzuni mustahkamlashda darslik materiallari 
ustida ishlash bo’yicha topshiriqlar.
1. Namunaviy va konstruktiv mashqlarni tashkil etish 
bo’yicha darslik materiallariga munosabatingizni bildi-
ring.
2. Berilgan namunaviy va konstruktiv mashqlarni 
kichik guruhlarda taqsimlab olib, ular ustida ishlash yo’lini 
ochib bering.
4-ilova
Talabalarning dars davomida ko’zatganlari bo’yicha 
fikr-mulohazalar yuritishga, mustaqil xulosalar chiqara 
olishga o’rgatish.


Metod. Darsning to’liq namunasini ko’zatish bo’yicha 
talabalarga ko’rsatmalar:
dars mavzusi bo’yicha maqsad va vazifalarning, 
metod va ko’rgazmalarning aniq belgilab olinganlik dara-
jasi;
yangi mavzuni tushuntirishda ma’lumotlarning il-
miy to’g’riligi;
darsning metodik to’g’ri tashkil etilganligi;
yangi mavzuni mustahkamlashda topshiriqlarning 
maqsadga yo’naltirilganligi, xilma-xilligi, pedagogik tex-
nologiyalardan foydalanilganligi;
mavzuni o’quvchilar tomonidan qay darajada 
o’zlashtirilganligini aniqlash, o’rganilganlarni umum-
lashtirib, yakunlashi, tarbiyaviy xulosalarning aniqligi;
o’quvchilar bilimini hisobga olishi va baholashning 
haqqoniyligi;
o’qituvchi nutqining ravonligi, savol-topshiriqlar-
ning anih izchil berib borishi;
ko’zatilgan darslarning tahlilida darsning yutuqla-


ri, so’ng kamchiliklari ustida fikr-mulohazalar bildirish.

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish