7-amaliyot Termik ishlash uchun kerak bo’ladigan jihozlar va pechlar Termik ishlov berish deb



Download 438,14 Kb.
bet2/4
Sana01.09.2021
Hajmi438,14 Kb.
#161687
1   2   3   4
Bog'liq
7-Amaliy ish

Kimyoviy-termik ishlash – po’latning tarkibi, strukturasi va xossalarini o’zgartirish maqsadida uning sirtqi qatlamiga kimyoviy va termik ta’sir etish jarayonidir. Kimyoviy-termik ishlash natijasida po’lat sirtining qattiqligi, eyilishga chidamliligi, korroziyagabardoshligi, kislotagabardoshligi kabi xossalari oshadi. Po’latdan tayyorlangan detallarning uzoq muddat ishlashini oshirish uchun ularni mustahkamlashning eng samarali usullaridan bo’lganligi sababli, kimyoviy-termik ishlash mashinasozlikda keng ko’lamda tarqalgan. 2.1-rasmda metall va qotishmalarni termik ishlov berishning asosiy turlari tasnifining sxemasi tasvirlangan.

Termik ishlov berish – termik ishlov berish, termomexanik ish­lov berish va kimyoviy-termik ishlov berish turlariga bo’li­nadi.

Termik ishlov berish – metall yoki qotishmalarga termik ta’sir ko’rsatish hisoblanadi.

Termomexanik ishlov berish – metall va qotishmalarga termik ta’sir ko’rsatish bilan birgalikda plastik deformatsiyalanishni amalga oshirish.

Kimyoviy – termik ishlov berish – metall va qotishmalarga termik va kimyoviy ta’sir ko’rsatishdir.

Termik ishlov berish quyidagi asosiy termik ishlov berish tur­larini o’zida mujassamlantirgan: 1-tur yumshatish, 2-tur yumsha­tish, polimorf o’zgarishga ega bo’lgan toblash, polimorf o’zgarishga ega bo’lmagan toblash, metall yoki qotishma sirtini erishi yuzaga keltiradigan toblash, bo’shatish va eskirtirish.



Bunday termik ishlov berish turlari po’lat, rangli metall va qotishmalarga tegishlidir. Termik ishlov berishning har bir turi o’zi alohida turli asosdagi qotishmalarni o’ziga xosligini e’tiborga olgan holda turli turlarga bo’linadi.

Alohida termik ishlov berish turlari zagotovka va detallar olishning boshlang’ich va asosiy jarayonlarida, masalan issiq holda bosim bilan ishlov berishda, quymakorlikda, payvandlashda va boshqa turli operatsiyalarda ham uchraydi. Masalan, quymakorlik sohasida qotishmalarni qolipga quyilganda qotishidan so’ng quy­mani tez sovutish jarayonida to’la toblash kuzatiladi. Detal­larni sil­liqlashda ularning yuzasini qizishi natijasida bo’sha­tish jara­yoni kuzatilishi mumkin. Payvandlashda payvand chok­lariga termik ta’sirlanish zonasida qayta kristallanuvchi yumsha­tish va shunga o’xshash termik ishlov berish turlarini uchratishimiz mumkin. Bu qo’shimcha termik ishlov berish turlari ba’zi hollarda foydali ham bo’lishi mumkin, shu bilan birga buyumlarda kutilmagan struktura va xossasini o’zgarishiga olib kelishi ham mumkin.



Quyish, prokatlash, bolg’alash va boshka ishlov berishlardan so’ng zagotovka notekis soviydi. Natijada bir jinsli struktura xosil bo’l-maydi, zagotovkaning turli joylarida xossalari turlicha bo’ladi, ichki kuchlanishlar paydo bo’ladi. Bundan tashqari likvatsiya (kimyoviy notekislik) tufayli quymaning kimyoviy tarkibi ham bir xil bo’lmaydi. Bu nuqsonlarni yo’qotish uchun termik ishlov beriladi, unga yumshatish va normallash kiradi.


Download 438,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish