7-bob. Bank krediti



Download 97,62 Kb.
bet1/3
Sana01.06.2022
Hajmi97,62 Kb.
#624718
  1   2   3
Bog'liq
Банк кредити


7-BOB. BANK KREDITI

7.1. Bank krediti mohiyati va turlari
Kredit so’zi lotincha "ishonish" degan mapnoni anglatib, tovar-pul munosabatlari sharoitida muhim moliyaviy vosita hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank krediti ssuda kapitali, yaoni qarzga berilayotgan pul kapitali harakatlanishining bir shaklidir. Kredit vositasida korxonalarning, aholining va davlatning bo’sh pul mablag’lari bank ixtiyorida to’planadi hamda muayyan haq evaziga vaqtincha foydalanish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga beriladi.
Kreditning asosiy funktsiyalari
1. Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish funktsiyasi.
2. Qayta taksimlash funktsiyasi
3. Muomala xarajatlarini tejash funktsiyasi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning aylanma mablag’lari yetishmasligi natijasida kredit keyingi muomala vaqtigacha va shu vaqt oralig’idagi xarajatlarini tejaydi.
4. Kapital to’planishining jadallashuvi va kontsentratsiyalashuvi
5. Muomalaga to’lov vositalarini chiqarish funktsiyasi.
Kredit tufayli pul muomalasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kirib keldi, natijada, xo’jaliklar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarda to’lovlarning samarali mexanizmi vujudga keldi.
Har qanday kreditning tovar ekanligi uning oldi-sotdi ob’ekti ekanligidan kelib chiqadi. Bu savdoda kredit beruvchi qarz oluvchiga vaqtincha ishlatish uchun qiymatni qisqargan shaklini beradi.
Bank krediti iqtisodiyotda muhim vazifalarni hal etadi. Birinchidan, tarmoqlar va korxonalar o’rtasida moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash yordamida iqtisodiyotni mutanosib rivojlantirishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, xo’jalik va tarmoqda asosiy va aylanma mablag’larning doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Uchinchidan, kredit yordamida foydani kapitallashuvi va, oqibatda, ishlab chiqarishni kengaytirishga va korxonani yirikla-shuviga shart-sharoit yaratiladi, ishlab chiqarish samaradorligi ortadi, yangi ish o’rinlari tashkil topadi.
Bank tomonidan mijozlarga berilishi mumkin bo’lgan kreditlarni bir necha belgi bo’yicha turkumlash mumkin. Qarz oluvchilarning guruxiga qarab xo’jaliklarga, aholiga, davlat xokimiyati idoralariga beriladigan kredit bo’lishi mumkin.
Yo’nalishiga ko’ra kreditning:

  1. Iste’mol

  2. Qishloq xo’jaligi

  3. Sanoat

  4. Investitsion

  5. Savdo

  6. Byudjet va boshqa turlari mavjud.

Bank kreditidan foydalanish sohasiga ko’ra asosiy fondlarni va aylanma fondlarni shakllantirishga beriladigan kreditlar mavjud.
Foydalanish muddatiga ko’ra: talab qilib olguncha va muddatli kreditlar amal qiladi. Muddatli kreditlar o’z navbatida qisqa muddatli, (bir yilgacha), o’rta muddatli ( 1 - 3 yil), uzoq muddatli (3 yildan ortiq) bo’lishi mumkin.
Berilayotgan kreditning qiymatiga ko’ra: yirik, o’rta va kichik miqdordagi kredit bo’ladi.
Ta’minotiga ko’ra kreditlar quyidagicha tasniflanadi: ta’minlangan va ta’minlanmagan kredit. Ta’minlangan kredit o’z navbatida quyidagilardan iborat: garovli, kafolatli va sug’urtalangan. 1999 yildan boshlab esa fuqarolar yig’ini kafoloti ham qo’llanilmoqda.
To’lov usuliga ko’ra kompensatsion va to’lovli kreditlar mavjud.
Qarzni uzish usuliga ko’ra: bir yo’la uziladigan va teng qismlar bilan uziladigan kreditlar.
Foiz stavkasiga ko’ra: o’zgaruvchan foizli va qatoiy stavkadagi kreditlar bo’lishi mumkin.
Bank kreditidan tashqari amaliyotda kreditning quyidagi turlari ham uchraydi:
1.Tijorat krediti
2.Isteomolchi krediti
3.Davlat krediti
4.Xorijiy kredit
Kreditlash jarayoni deganda qarz beruvchi tomonidan qarz oluvchiga kredit summasini aniqlash va takdim etish jarayoni tushuniladi.
Kreditlashda quyidagi tamoyillarga rioya etish zarur:
1.Qaytarishlik
2.To’lovlilik
3.Ta’minlanganlik
4.Muddatlilik
5.Tabaqalanganlik
6.Maqsadli foydalanish
Kreditning berilishi va qaytarilishida bank kreditlash usullaridan foydalaniladi. Bank tizimi faqat davlat ixtiyorida bo’lgan turg’unlik davrlarida kredit summasini aniqlash qoldiq va aylanma usullardan foydalanish asosida kechgan. Keyingi yillarda kreditlash jarayonining davriyligini hisobga olgan xolda kredit liniyasini ochish va kredit liniyasini ochmasdan qarz berish usullari mavjud.


Download 97,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish