7-Ma’ruza. Testologiya fanining metodologik asoslari (4 soat) Reja


Testologiyaning rivojlanish tarixi



Download 42,09 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2022
Hajmi42,09 Kb.
#684480
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-Ma\'ruza (Lot)

2. Testologiyaning rivojlanish tarixi.
Testologiyaning rivojlanish tarixi – respublikamiz mustakillikka erishgandan so’ng, ta’lim ijtimoiy sohadagi ustuvor yo’nalish ekanligi qayd etilib, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini orttirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shulardan biri, oliy ta’lim muassasalariga talabalarni test sinovi orqali qabul qilishni yo’lga qo’yilishi sanaladi. Dastlab, jahonning rivojlangan mamlakatlarining bu sohadagi ilg’or tajribalari o’rganildi va 1992-93 o’quv yilida mamlakatimizning 19 ta oliy ta’lim muassasalariga qabul tajriba sifatida test sinovlari asosida qabul qilindi. Mazkur jarayonning samaradorligi yuqori bo’lganligini e’tirof etgan holda 1993/94 o’quv yilida ushbu tajriba barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy etildi.
1996/97 o’quv yilidan boshlab ko’p variantli test topshiriqlari joriy etildi va ushbu jarayonning samaradorligiga erishildi.
Testologiyaning rivojlanishiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Davlat test markazi munosib hissa qo’shgan.
Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalariga talabalarni test sinovi orqali qabul qilishni individual tarzda, ya’ni har bir abituriyent uchun alohida test kitobchalarining tavsiya etilishi, olingan natijalarning sifat va miqdor jihatdan tahlil etilishi, asosli xulosalar chiqarilishi, har bir o’quv fani bo’yicha qiyin o’zlashtiriladigan mavzularning aniqlanishi, uzluksiz ta’lim tizimining o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkoniyatini yaratdi.
Testologiyaning prinsiplari va metodlari hozirgi kunda pedagogika, tibbiyot, texnika, menedjment sohalarida ham muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda.
Testologiyani qo’llashda umumiy xususiyatlar: testlar tuzish metodikasi, samaradorlik, variativlik, validlik (validlik» atamasi Evropa tillaridan olingan bo‘lib u quyidagi ma'noni anglatadi: «to‘laqonli», «yaroqli», «mos».) ishonchlilik bilan bir qatorda har bir fan sohasining o’ziga xos xususiyatlari, xususan, fanning ta’lim mazmuni, testlarning mantiqiy tuzilishi, test topshiriqlarini tuzish metodikasi, test sinovining o’tkazilish maksadi, kasbiy va umumta’lim bilimlarni nazorat qilish va baholash tartibi va o’lchovi ham e’tiborga olinishi lozim.
Hozirgi zamon testologiya fani amaliy fan bo’lib, tadqiqotchilar oldiga nazariy muammolar, matematik yondashuvlar, model va metodlarni tavsiya etmokda.
Test metodining quyidagi afzalliklari uning keng tarqalishi, rivojlanishi va takomillashuviga zamin tayyorladi:
- test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respondentlarning bilim, ko’nikma va malakalariga aniq baho berish imkonini beradi;
- ijtimoiy so’rovlarda ishtirok etgan ko’p sonli respondentlarning fikr va mulohazalarini aniqlash va umumlashtirish imkoniyati mavjud;
- tahsil oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash va baholash jarayoni obyektiv amalga oshiriladi, baholovchi tomonidan subyektivizmga yo’l qo’yish oldini oladi.
- turli guruh respondentlaridan olingan ma’lumotlarni qiyosiy- statistik tahlilini o’tkazishga imkon yaratishi.
Test topshiriqlarini yalpi joriy etishdan avval, tanlangan maqsadli guruhda sinovdan o’tkazish, olingan natijalar va baholashning obyektivligi tahlil qilinishi lozim.
Shuni qayd etish kerakki, test topshiriqlarida bilimlar strukturasining ketma-ketligi to’g’ri va noto’g’ri javoblarning mantiqiy yo’nalishda talab darajasida berilishi lozim.
Talab darajasida tuzilgan test topshiriqlarining natijalari, ya’ni tahsil oluvchilarning to’plagan ballari va ko’rsatkichlari mazkur kurs bo’yicha o’quv jarayonining maqsadga muvofiq tashkil etilganligi, ta’limning individuallashtirilganligi, tabaqalashtirilgan yondashuvning mavjudligi, pedagogning pedagogik mahorati, nazoratning haqqoniyligi va mashg’ulotlar davomida qo’llanilgan innovasion texnologiyalarga bevosita bog’liq bo’ladi.
O’qituvchi muayyan kurs bo’yicha tahsil oluvchilarning shu kurs bo’yicha DTS bilan me’yorlangan bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat qilish va baholash reyting tizimining joriy, oraliq va yakuniy nazorat uchun test topshiriqlarini tuzishda avvalo asosiy e’tiborni, DTS mazmunini qamrab olinishi, ya’ni mazmuni va shakliga, test topshiriklari o’rtasida uzviylik va izchillikka qaratishi lozim.



Download 42,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish