7-ma’ruza. Valentlik, uning tildagi mohiyati Tayanch tushunchalar



Download 31,68 Kb.
bet2/6
Sana13.07.2022
Hajmi31,68 Kb.
#789027
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma’ruza. Valentlik, uning tildagi mohiyati Tayanch tushunchala

kitob oti + i

2.2. Yozish mumkin bo‘lgan narsa oti + III sh.egalik qo‘shimchasi

daftar oti + i

2.3. Rang sifati + III sh. egalik qo‘shimchasi

qizil sifati + i

2.4. Mavhum ot + III sh. egalik qo‘shimchasi

zavq oti + i

2.5. Joy oti + I sh. egalik qo‘shimchasi

uy oti + imiz

2.6. Yozuv quroli + III sh. egalik qo‘shimchasi

ruchka oti + si

Bu a’zoda ham farqlarni chetlashtirib, umumiy belgilarni olib qolamiz. Natijada,
...→ ismegalik qo‘shimchasi]
umumiyligi tiklanadi. Har ikkala a’zoni birlashtirish natijasida [ismqaratqich kelishigi → ismegalik qo‘shimchasi] umumiyligi tiklanadi. Bu umumiylik LSQ bo‘lib, so‘z birikmalaridan chetlashtirilgan mazkur farqlar LSQga aloqador emas.
LSQning shakliy tomoni. LSQ mohiyatan riyoziy tenglamaga o‘xshaydi va u butunlik sifatida tenglik belgisidan chap hamda o‘ng tomonlardan iborat bo‘ladi.
Yuqorida misol sifatida keltirilgan [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi= qaratuvchi-qaralmish] LSQi ham ikki – [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] va qaratuvchi-qaralmish qismlaridan tashkil topgan.
LSQning chap, ya’ni [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] qismi uning shaklini tashkil etadi.
LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega. Chunki u nutqda voqelangan cheksiz birikmalar umumiy shaklining sintezi. Xususiy shakl sifatida nutqiy so‘z birikmalari namoyon bo‘ladi. Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda – so‘z va qo‘shimcha vositasida ifodalangan, o‘qilishi, yozilishi, aytilishi, eshitilishi mumkin bo‘lgan shakl tushuniladi.
LSQning mazmuniy tomoni. LSQning o‘ng tomoni uning mazmuniy jihati. Yuqorida keltirilgan [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi-qaralmish] qolipining o‘ng, ya’ni mazmuniy qismini «lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-barang munosabatlar» tashkil etadi. «Rang-barang munosabat» deganda har bir nutqiy so‘z birikmasidan anglashiladigan turli ma’no va munosabat tushuniladi. Masalan: mening kitobim – «qarashlilik» stolning oyog‘i – «butun-qism» e’tiborsizlik oqibati – «sabab-oqibat» yashashning zavqi – «holat va uning natijasi».
Birikmalarning o‘ng tomonida ularning xususiy ma’noviy belgisi ko‘rsatilgan. Ular qolipda «rang-barang ma’noviy munosabat» deya birlashtirilgan. Ma’lumki, ko‘pincha, ma’no deganda so‘z atayotgan narsa, predmet, miqdor, belgi kabilar haqidagi tushuncha ifodasi tushuniladi. Masalan, kitob leksemasi aytilganda, uning ma’nosi sifatida «varaqlardan tashkil topgan, bosma yoki qo‘lyozma holdagi asar» mohiyati tan olinadi. Lekin keltirilgan LSQ ma’nosi esa bunga o‘xshamaydi. Chunki kitob leksema bo‘lib, uning ma’nosi leksik. Lekin LSQ – sintaktik hodisa. Shu boisdan uning ma’nosi ham sintaktik bo‘lmog‘i darkor. Sintaksisda esa «tobe-hokim», «qaratuvchi-qaralmish», «to‘ldiruvchi», «hol», «ega», «kesim» kabi tushunchalar ahamiyatli bo‘lib, sintaktik munosabatni ifodalaydi. Bu munosabat esa sintaktik ma’no sifatida qaraladi. Nega yuqoridagi birikmalarning o‘ng tomonida keltirilgan «qarashlilik», «butun-qism», «sabab-oqibat», «holat – uning natijasi» kabilar LSQning mazmuni bo‘la olmaydi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, ular birikmalarning ma’nolarini alohida-alohida aks ettiradi. Lekin LSQi bitta. [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi-qaralmish] qolipining mazmuni esa cheksiz nutqiy hosilalarning ma’nolarini umumlashtiradi.
LSQning [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] shakliy tomoni birikuvchi so‘zlar munosabatidan umumlashtirganligi kabi mazmun tomoni ham nutqiy birikmaning alohida-alohida ma’nosini umumlashtirish natijasi bo‘lmog‘i lozim.
Ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilshunosligida har bir gap bo‘lagi, so‘z birikmasining turli gap, matn va qurshovdagi ma’nolarini tavsiflashga ko‘p e’tibor qaratiladi. Masalan, (uyni qurmoq) birikmasida (uyni) so‘zshaklining, yoki to‘ldiruvchining ma’nosi «yaratiladigan, bunyod etiladigan narsa», (uyni buzmoq) birikmasidagi (uyni) so‘zshaklining ma’nosi «yo‘qotiladigan manba» tarzida ta’riflanadi. Lekin mulohaza yuritilsa, bu ma’nolar sintaktik emas, balki lug‘aviy bo‘lib, aslida (buzmoq) va (qurmoq) so‘zlariga xos ma’nolar. LSQ esa cheksiz so‘z birikmalarining umumlashmasi. Shu boisdan ularning mazmun tomoni ham cheksiz so‘z birikmalarining alohida-alohida ma’nolaridagi xususiy, farqli jihatlarni chetlashtirib, umumiy, o‘xshash tomonlarni ajratish asosida tiklanadi. Demak, umumiy, lisoniy ma’no xususiy jihatlarni idrok etish asosida birlashtirishdir. Xususiy ma’no, ya’ni har bir so‘z birikmasidagi tezda anglanadigan, ilg‘anishi oson bo‘lgan ma’no ular zamiridagi mohiyatni to‘sib turadi. Ana shu mohiyat anglanishi bilan tadqiqotchi ko‘rinib turgan ma’noning rang-barangligi «aldamchi» ekanligiga ishonch hosil qiladi.
LSQni ajratishning ahamiyati. Tabiatda sof narsa uchramaydi. Har bir modda turli-tuman narsalarning qorishmasidir. Biroq sof moddani ajratib olish maqsadida uzoq vaqtlar davomida tadqiqotlar olib borilgan. Shu tariqa tozalangan atom ximiya fanidagi buyuk «topilma» bo‘ldi. Bu D.Mendeleyev davriy jadvalida o‘z aksini topdi. Til hodisalarini ham «tozalangan» holda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Tozalangan atomlardan tabiatda uchramaydigan, lekin zarur bo‘lgan turli-tuman sun’iy moddalar hosil qilinganidek, «tozalangan» LSQ ham boshqa «tozalangan» fonetik, leksik, morfologik hodisalar kabi, bugungi kunda tilni «mashinalashtirish», ya’ni kompyuter orqali matn tarjima qilish, tuzatish, tekshirish kabi zamonaviy «yumush»larda muhim qimmat kasb etadi.

Download 31,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish