7-mavzu. Estetikaning asosiy kategoriyalari Reja


Fojeaviylik va kulgililik kategriyasining moxiyati



Download 438,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana01.02.2022
Hajmi438,81 Kb.
#421442
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-maruza

Fojeaviylik va kulgililik kategriyasining moxiyati. 
Fojiaviylik Nafosat falsafasi kategoriyalari orasida ulug`vorlik bilan yaqin aloqador.Shu 
ma’noda ulug`vorlikni fojiaviylikning davomi, desak mubolag`a bo’lmaydi.Shu bois nafosat 
falsafasiga doyr adabiyotlarda fojiaviylik kategoriyasi ulug`vorlik kategoriyasi bilan qiyosi 
o`rganiliadi.Bundan tashqari, ulugvorlikdagi daxo, buyuk, yuksak, oliyjanoblik kabi sifatlari ayni 
paytda fojiaviylik kategoriyasiga ham xos. 
Fojiaviylik mezoniy tushunchasining estetikasidagi markaziy muammosi - insonning 
imkoniyatlarini xar tomonlama kengaytirish (san’at, badiiy adabiyot, jamiyat va tabatga nisbatan 
munosabatda), kahramonlik, buyuklik tushunchalarining qat’iy va o`zgarmas chegaralarini buzib, 
uning moxiyatini bir-biriga yanada yaqinlashish, tashabbuskorlik va bunyodkorlikni 
rag`batlantirish, hayotda umidvorlik va unga muxdbbat tuyg`ularinirivojlantirishdan iboratdir. 
Fojiyaviylik muammosi xar doim falsafiy-estetik tafakkur soxablarining e’tiborini jalb 
qilib kelgan.Deyarli barcha ulkan ijodkorlar yaratgan asarlarda fojeali oxanglar mavjudligini 
ko`rishimiz mumkin. Masalan, M. Shayxzoda, Ozod Sharofiddinov, Yahyo G`ulomov, G`aybo’lla 
Salomovning ilmiy, badiiy asarlarida jasoart, mardlik, qahramonlik va ma’naviy yuksaklikning 
oxanglarni xis etish mumkin. 
San’atda esa fojea va fojeiy kahramon obrazini ifodalash quyidagi jixatlar bilan 
belgilanadi: 
-fojeiy asar hayotva ijtimoiy aloqalarni qamrab olishi va real tasvirlashi; 
-inson shaxsini tulaqonli ravishda ifodalashi; -davrining yorqin insonparvar orzulari bilan 
Axloq qoidalari o`rtasidagi tuqnashuvning natijasini yoritishi; 
-kuchli, jasoratli, g`ururli, erkparvar inson timsolini barqaror o`rnatishi; 
-insoniy idealga intilish va unga bo’lgan ishonchning mustahkamligi. 
Bunyodkor g`oyalarning tarafdorlari doimo hayotni o`zlashtirish, o`lim xdafini qisqartirish 
xakida o`ylab kelgan.O`lim qayg`usidan farqli o`larok fojiiy qayg`u - iztirobning maxsus 
ko`rinishi bo’lib, u ulug`vorlikning yo`qolib borishi bilan bog`lik, u hayotning yo`qolishi yoki 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan tarixiy voqelikning barbod bo’lishidir. 
Fojeaviylikning yana bir xususiyati shundaki, u insonga borlikning mazmunini ochib 
berishda yaqindan kumak beradi. Shaxs rivoji jamiyat va insoniyat urtasidagi munosabatga bog`lik 
ekanligini, jamiyat taraqqiyoti inson xaotiga emas, balki inson va inson orqali rivojlanishi zarurligi 
bevosita fojiaviylik tushunchasi orqali yanada konkretlashtiriladi. Bu esa pirovardida inson va 
insoniyat muammolarini insonparvarlik yo`li bilan xal etishga olib keladi. Fojiaviylikda jamiyat 


va insoniyatning ezguligini hamoya qiluvchi xususiyat mujassam. Mahmud Torobiy ko`zgaloni 
natijasiz tugashi, uning o`zi esa fitna qurboni bo’lishi ajdodlarimiz qismatidagi fojiadir. Mahmud 
Torobiy g`anim ko`lida emas, o`z qavmidan chikkan-nurga emas, zulmatga talpingan kaltabin 
joxil Olovxon Yusuf qo`lida xalok bo’ladi. Biroq,Torobiy timsolidagi fojia xiyonat, 
sotqinlik,diyonatsizlik, zulm va zuravonlik boshidan kechirgan va unga qarshi kurashgan millat, 
xalq va Vatan fojiasidir. Yoki istiklol mukaddas tutgan, o`lkaning milliy, diniy zaminidagi 
taraqqiyot uchun kurashgan va xalq orasidagi g`oyat katta mavqega ega bo’lgan jadid 
ma’rifatchilarining fojiasi ham jamiyatni tuqimtabiat «muhabbat»dan xalos etishning natijasi edi. 
Fojiaviylik kategoriyasining falsafiyligi shundaki, u: 
-
insoniy fazilatlardagi yu kotil gan narsalarning o`rnini koplab bo’lmasligini ko’rsatib 
beradi; 
-
abadiyatga daxldor shaxslarni tavsiflaydi va baxolaydi; 
-
sodir bo’lgan voqea-hodisaning yakuniga qarab kaxramon xarakterining ochib beradi; 
-
dunyo manzarasi va inson hayotining mazmuni buyicha falsafiy mushoxdda qilishga 
undaydi; 
-
man etilgan tarixiy zidditlarni fosh etadi; 
-
tushkunlik xolati va kayg`u tuyg`ularini paydo qilsa-da, Ayni paytda tantana va 
quvonch, hayotdan umidvorlik, hayotga muhabbat xislarini ham yuzaga keltiradi. 
-
odamlarni yovuzlik, kaboxat va ma’naviyatsizlikdan forig` qiladi. 

Download 438,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish