7-sinf I-TEST
1. O‘rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti, leyshmaniya kabi parazit hayvonlarning tugatilishiga qaysi olimlarning tadqiqotlari asos bo‘ldi?
A) J.A.Asimov, M.A.Sultonov
B) D.N.KashKarov, V.V.Yaxontov, M.A.Sultonov
C) D.N.Kashkarov, V.V.Yaxontov
D) L.M. Isayev, P.F.Borovskiy
2. Amyobali suv tomchisiga osh tuzi qo‘shilsa nima kuzatiladi?
a) soxta oyoqlarini tortib oladi; b) soxta oyoqlarini otib chiqaradi; c) sharsimon shaklga kiradi; d) tanasi cho‘ziladi va ikkiga bo‘linadi
A) b, с В) b, d С) а, с D) a, d
3. Evglenani qorong‘i joyda uzoq saqlansa ...
a) xlorofili yemiriladi; b) rangsizlanadi;
c) tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi; d) organik moddalar og‘iz teshigi orqali kiradi; e) organik moddalarni tana yuzasi orqali shimib oladi; f) xlorofili donachalari sintezi kuchayadi
A) a, b, с, е В) а, b, с, d С) с, d, f D) a, b, c, d, e, f
4. Mamlakatimizda quyida bеrilgan hayvonlarning nechtaga yaqin turlari tarqalgan?
1) baliq; 2) suvda ham quruqlikda yashovchilar; 3) sudralib yuruvchilar; 4) hasharotlar
a) 11000 dan ortiq; b) 60 ga yaqin; g) minglab tur; d) 70 ga yaqin; e) 3 ta; j) 100 ga yaqin
A) 1-g; 2-b; 3-d; 4-j B) 1-d; 2-е, 3-b; 4-a
C) 1-b; 2-g; 3-d; 4-j D) 1-j; 2-b; 5-d; 4-g
5. Ohak chig‘anoqli (I) va kremniy skeletli (II) sodda hayvonlar va ularning ahamiyatini aniqlang.
1. nursimonlar; 2. foraminifera;
a) ohaktosh konlarini hosil qilgan; b) jilvir qog‘oz tayyorlashda foydalaniladi; c) metallarni silliqlashda foydalaniladi; d) zeb-ziynat buyumlari tayyorlanadi
A) I-1, a; II - 2, b, с B) I - 2, b, с; II - 1, a,d
C) I - 1, b, c; II - 2, a, d D) I-2, a; II - 1, b, с
6. Qaysi sodda hayvon odam teri hujayralarida parazitlik qiladi?
A) nozema B) ichburug‘ amyobasi
C) leyshmaniya D) tripanosoma
7. Qaysi sodda hayvonlar uchun 2 ta yadro xos?
A) sproralilar B) volvoks C) meduzalar D) infuzoriyalar
8. Gidra tanasi hujayralari va ularning vazifasini juftlab yozing
1.teri – muskul 2. otuvchi 3. nerv a. ta‘sirlanish b. harakatlanish c. qoplash d. himoya e. refleks hosil qilish f. o‘ljani falajlash
A)1-b , 2-f, 3-e B)1-b, 2-f , 3-a,e
C)1-b,c 2-d,f 3- a,e D)1-b, 2-e, 3-d,f
9. Gidrasimonlar nimadan kelib chiqqan?
A) koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali xivchinlilardan
B) koloniya bo‘lib yashovchi yassi chuvalchang‘lardan
C) meduzalardan
D) koloniya bo‘lib yashovchi korall poliplardan
10. Hayvonlar tanasini bitta o‘q chiziqdan taraladigan radiuslar bo‘ylab bir-biriga mos kеladigan tеng qismlardan iborat bo‘lishi ... dеyiladi.
A) nurli simmеtriya
B) ikki tomonlama simmеtriya
C) tеng simmеtriya
D) tana qismlarining mosligi
11. Odamlarga xavfli hisoblangan Shimoliy dengizlarda (1) va Qora dengizda (2) uchraydigan meduzalarni aniqlang? a) qutb meduzasi; b) ildiz og‘izli meduza; c) aureliya
A) la; 2b B) lb; 2a C) lc; 2b D) la; 2c
12. Nereidaning dastlabki juft oyoqlari nima hisobiga hosil bo‘lgan?
A) nereidaning oyog‘i bo‘lmaydi
B) tananing ikki yonidagi muskulli o‘simtalarda to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan tuklar
C) tananing- oldingi tomonida joylashgan yonidagi siyrak va kalta tuklar
D) tananing orqa tomonidagi, siyrak va kalta tuklar
13. Meduza va halqali chuvalchanglar uchun umumiy bo‘lgan xususiyat(lar)ni ko‘rsating?
1) tanasi ektoderma va endodermadan iborat 2) tanasi organ va to‘qimalarga bo‘lingan 3) ayirish sistemasi voronkasimon naychalardan iborat 4) faqat dengizlarda tarqalgan 5) jinssiz ko‘payishi tanasining bir nechta bo‘laklarga bo‘linishi orqali amalga oshadi 6) jinssiz ko‘payishi tanasining ikkiga bo‘linishi orqali amalga oshadi 7) hujayra qobig‘iga ega emas 8) reaktiv harakat qiladi
A) 2,4,5 B) 1,3,6 C) 6,7,8 D) 6,7
15. . Oraliq xo‘jayinsiz rivojlanuvchi parazit chuvalchang(lar)ni ko‘rsating.
1) exinokokk; 2) jigar qurti; 3) bolalar gijjasi; 4) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 5) askarida
A) 1, 2, 4 B) 3 C) 5 D) 3, 5
16. Ko‘p tukli halqali chauvalachanglar lichinkalarining qaysi belgilalari ularning qadimgi yassi chuvalchanglardan kelib chiqanligini ko‘rsatadi?
1) tanasida kipriklarining bo‘lishi 2) qon aylanish sistemasining bo‘lishi 3) ayirish sistemasining tuzilishi 4) anal teshigining bo‘lishi 5) nerv sistemasining tuzilishi
A) 1,2,3 B) 1,3 C) 1,3,5 D) 2,4
17. . Pomidor, bodring ildizida no‘xatdek shish hosil bo‘lishi, hosilining kamayishi va tez orada halok bo‘lishi qaysi parazitga bog‘liq?
A) jigar qurtining dumli lichinkasiga
B) bo‘rtma nematodaga
C) yalang‘och shilliqqa
D) agrobakteriumga
18. Nima uchun parranadalar ozig‘iga chuvalchanglar qo‘shib berilganda ular ko‘p tuxum qiladi?
A) ular tarkibida vitaminlar ko‘p
B) ular tarkibida yog‘lar ko‘p
C) ular tarkibida uglevodlar ko‘p
19. Ko‘katlarni yaxshi yuvmasdan iste'mol qilinsa qaysi parazitni yuqtirish mumkin?
A) nereida B) qoramol tasmasimon chuvalchangi C) exinokokk D) jigar qurti
20. Keltirilgan parazitlarni qayerda parazitlik qilishini aniqlang?
1) bo‘rtma nematoda, 2) cho‘chqa tasmasimon chuvalchang, 3) exinokokk, 4)bolalar gijjasi,
5) jigar chuvalchangi, a) o‘simlikning yer ostki qismida; b) o‘simlikning yer ustki qismi; c) odam ichagi; d) it va yirtqichlarning ichagi; e) odam jigari.
A)1a, 2c, 3d, 4c, 5e B) 1b, 2c, 3d, 4e, 5c C) 1a, 2d, 3d, 4c, 5c D) 1b, 2c, 3a, 4a, 5e
21. Gеrmafrodit hayvon bеrilgan javobni bеlgilang.
A) zaxkash B) gijja C) oq planariya D) ostritsa
22. . Gijjalarga xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmgan (b) xususiyatlarni juftlab ko‘rsating?
1) jigar, o‘pka, mushaklar orasida yashaydi 2) germofrodit 3) oraliq xo‘jayinga ega 4) so‘rg‘ichlari doirasimon 5) qizilo‘ngach rivojlangan 6) og‘iz teshigi 3 juft lab bilan o‘ralgan 7) faqat ichakda parazitlik qiladi 8) tana bo‘shlig‘iga ega emas
A) a-1,4,5,8; b-2,3,6,7 B) a-3,4,5,6,7; b-1,2,8
C) a-5,6,7; b-1,2,3,4,8 D) a-1,5 b-2,3,4,6,8
23. . Planariya halqumidan boshlangan ichakning nеchtasi, uni orqa tomoniga yo‘nalgan bo‘ladi?
A) bitta B) ikkita C) uchta D) to‘rtta
24. Erkak va urg‘ochisinmi farq qilib bo‘lmaydigan organizmlarni ko‘rsating?
1) perlovitsa 2) bitiniya 3) dreysena 4) midiya 5) tridakna 6) exinokokk 7) nereida 8) o‘troq dengiz chuvachangi
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4,5 C) 2,6,7,8 D) 1,2,4
25. Dengizda (a) va chuchuk suvda (b) yashovchi halqali chuvalchanglarni juftlab ko‘rsating? 1) nereida; 2) o‘troq chuvalchang; 3) qizil chuvalchang
A) a - 2, 3; b - 1 B) a - 1; b - 2, 3
C) a - 2, 3; b - 2 D) a - 1, 2; b – 3
26. Askarida va bolalar gijjasini yuqitirmaslik uchun nimalar qilish lozim?
A) daydi itlarga qarshi kurashish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish
B) ko‘lmak suvlarini ichmaslik, sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvish
C) shaxsiy gigiyena qoidalariga qattiy rioya qilish, sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvish
D) ko‘lmak suvlarini ichmaslik, daladan keltirilgan ko‘katlarni yaxshilab yuvish
27. Cho‘chqa qaysi parazit organizmning oraliq(1) va asosiy (2) ho‘jayini sanaladi
A)1-jigar qurti, cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi 2-exinokokk
B)1- cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 2- cho‘chqada voyaga yetgan organizm parazitlik qilmaydi
C) 1- exinokokk ; 2 -jigar qurti, cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi
D) 1-cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi 2- jigar qurti
28. . Gelmintologiya soxasida ish olib bormagan olimlarni ko‘rsating?
1) K.I. Skrayabin 2) M.A. Sultonov 3) F.Z. Zohidov 4) O.P Bogdanov 5) E.X.Ergashev 6) A. Muhammadiyev
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3,4,6 D) 1,2,5
29. Ikki tomonlama simmetriyaga ega hayvonlarni aniqlang.
1) oq planariya; 2) gidra; 3) askarida; 4) meduza; 5) yomg‘ir chuvalchangi; 6) aktiniya
A) 2, 3, 6 B) 1, 5, 6 C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 5
30. Jigar qurti lichinkalari qachon uchinchi lichinkalik bosqichiga aylanadi?
A) tuhumdan chiqqach
B) kipriklarini tashlagach
C) dum paydo qilgach
D) jigar qurti tanasiga kirgach
31. Jigari bo‘lmaydigan hayvonlari bеlgilang.
1) odam askaridasi; 2) oq sla; 3) o‘rgimchak; 4) yomg‘ir chuvalchangi; 5) chuchuk suv shillig‘i;
6) exinokokk; 7) aktiniya
A) 2, 7, 3, 5 B) 7, 2, 6, 4 C) 1, 6, 2, 4 D) 7, 1, 4, 6
32. Kam tukli va ko‘p tukli chuvalchanglarning o‘hshashlik tomonlarini ko‘rsating? 1) tanasi halqalarga bo‘lingan 2) qon aylanish sistemasi yopiq tipda 3) lichinka bosqichi bo‘lmaydi 4) boshi tanadan ajralagan 5) ayirish sistemasi voronkasimon naychalardan iborat
A) 1,2,3,5 B) 1,2,5 C) 2,4,5 D) 1,2,4,5
33. Yassi chuvalchanglar tipi, so‘rg‘ichlilar sinfiga mansub vakil?
A) exinokokk B) oq planariya C) jigar qurti D) askarida
34. Bosh-oyoqli molluskalar sinfiga mansub hayvonni toping.
A) sakkizoyoq B) baqachanoq C) dreysena D) perlovitsa
35. . Ikki pallali chig‘anog‘li mollyuskalar guruhini toping: 1) bitiniya;
2) pеrlovitsa; 3) kalmar; 4) midiya; 5) taroqcha; 6) tirik tug‘ar shilliqqurt; 7) ustrisa; 8) karakatitsa
A) 1, 4, 5, 7 B) 2, 3, 7, 8
C) 2, 4, 6, 7 D) 2, 4, 5, 7
36. . Xavf tug‘ilganida suvga siyoh chiqarib dushmandan qutulib qoladigan hayvonlarni ahiqlahg? a) kalmar, b) midiya, c) ustritsa; d) osminog, e) taroqcha, f) dreysena, j) karakatitsa.
A) a,b,c B) b,c,e,f C) a,d,j D) a,d,e,f
37. Suv shillig‘ining chig‘anoq ichida halqasimon buralib joylashgan a‘zosi (a) va odam askaridasining tana bo‘shlig‘ida buralib joylashgan a‘zosini (b) ko‘rsating.
A) a-nerv sistemasi; b-jinsiy sistemasi
B) a-ichagi; b-nerv sistemasi
C) a-jinsiy sistemasi; b-nerv sistemasi
D) a-ichagi; b-jinsiy sistemasi
38. Quyidagi o‘rgimchaksimonlar bilan ko‘zlarining soni juftlab ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni toping?
1) butli o‘rgimchak 2) falanga 3) chayon;
a)8 b)12 c)2
A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-a, 2-c, 3-b
39. . Quyidagi hayvonlar tiplaridan qaysilari 3 ta sinfdan tashkil topgan?
A) molluskalar B) halqali chuvalchanglar
C) yassi chuvalchanglar D) barchasi
40. Tanasi qalin muskulli mantiya bilan o‘ralgan hayvon? a) ustritsa; b) midiya; c) kalmar; d) karakatitsa; e) shilliq kurti;
A) a,b,e B) c,d C) a, b, c D) a, b, d
41. Kana va eshakqurt uchun umumiy bo‘lgan (a) va bo‘lmagan (b) xususiyatlarni ko‘rsating?
1) gavda bo‘limlari qo‘shilib ketgan 2) og‘iz apparatining tuzilishi 3) oziqlanishi 4) tanasi oval shaklida 5) yuragining tuzilishi 6) hayot tarsi
A) a-1,4,6 b-2,3,5 B) a-2,4,5 b-1,3,6 C) a-1,4,5 b-2,3,6 D) a-1,4,5 b-1,2,6
42. Go‘shti uchun ovlanadigan qisqichbaqasimonlarni aniqlang.
A) siklop, zahkash B) krab, krevetka C) dafniya, krevetka D) krab, dafniya
43. Daryo qisqichbaqasining kalta mo‘ylovlari asosida ……. joylashgan.
A) eshitish organi
B) muvozanat saqlash organi
C) hid bilish va tuyg‘u organi
D) ayirish sistemasi naychalarining chiqarish yo‘li
44. . Ochiq qon aylanish sistemasiga va 2 kamerali yurakka ega bo‘lgan organizmlarga kirmaydi……..
1) ustritsa 2) langust 3) bitiniya 4) tridakna
5) qoraqurt 6) eshakqurt
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2,5,6 D) 1,5,6
45. Daryo qisqichbaqsida qaysi organlarning soni 2 ta (a), 4 ta (b), 6 ta (d), 8 ta (e), 10 ta (f), 1) jag‘lar 2) jag‘oyoqlar 3) qisqichlar 4) yurish oyoqlari 5) qorin ouoqlari 6) dum suzgichlari A)a-3 b-5 d-1,2 e-6 f-4
B) a-3 b-4 d-1,2 e-5 f-6
C) a-3 b-6 d-1,2 e-4 f-5
D) a-3 b-6 d-1 e-2,4 f-5
46. . O‘rgimchaklarning ikkinchi juft og‘iz organlari qanday ataladi?
A) ustki jag‘ B) ustki lab
C) oyoq paypaslagichlar D) pastki lab
47. Chuchuk suvda (a) va dengizlarda (b) yashovchi qisqichbaqasimonlami juftlab ko‘rsating. 1) krevetka; 2) dafniya; 3) siklop; 4) langust; 5) omar
A) a-1, 2, 3; b-4, 5 B) a-1, 2, 4; b-3, 5
C) a-2, 3; b-1, 4, 5 D) a-2, 3, 5; b-1, 4
48. Qisqichbaqaning jabralari tanasining qaysi bo‘lim(lar)ida joylashadi?
A) ko‘krak B) bosh
C) qorin D) ko‘krak va qorin
49. Urg‘ochi qisqichbaqalar qaysi belgilari bilan erkagidan farq qiladi?
A) ancha yirik
B) qorin qismi kengroq
C) 1- va 2-juft oyoqlarining tuzilishi
D) a,b,c
50. Sariq falangaga xos bo‘lmagan belgilarni ajrating
1.o‘rgimchaklar turkumiga kiradi 2. eng yirik o‘rgimchak 3. O‘rta Osiyo cho‘llarida tarqalgan , uzunligi 6-7sm 4. tanasi boshko‘krak va qorindan iborat 5. kunduzi ov qiladi 6. zaxar bezi bo‘lmaydi 7. kechasi ov qiladi 8. qorni yorilguncha o‘ljani yeydi 9. kunduzi o‘ljasini tutib, zaxarlab o‘ldiradi 10. eng yirik o‘rgimchaksimonlar hisoblanadi
A)1,2,3,5,6 B)3,6,7,8,10 C)2,3,6,7,9 D)2,4,5,1,9
51. Pilla ichiga tuxum qo’yuvchi organizmlarni aniqlang.
A), yomg’ir chuvalchangi, butli o’rgimchak
B) Suv shillig’I, qurbaqa
C) Planariya, chayon
D) jigar qurti, exenakok
52. O’zbekistonda uchraydigan molluskalar.
1) bedapoya shillig’I; 2) tok shillig’I; 3) yalang’och shillig’; 4) eshakqurt; 5) Kalmar; 6) baqachanoq
A) 1, 3, 6 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 6 D) 3, 4, 5
53. Oddiy amyobaga (a), infuzoriya tufelkasiga (b), yashil evglenaga (c) va bezgak parazitiga (d) xos belgilarni ko’rsating.
1 )kattaligi 0.1-0.3 mm. 2)kattaligi 0.2-0.5 mm. 3)ta’sirlanishi yorug’lika bog’liq. 4)otuvchi ipchalari bor. 5)osh tuzi ta’sirida qo’zg'aladi. 6)devori qattiq. qayishqoq, yupqa. 7)qobigi’yupqa, yumshoq. 8)shakli duksimon. 9)pichan ivitmasidan topilgan. 10)harakarlanish, hazm qilish va ayirish organoidlari bo’lmaydi. 1
1 )tumtoq tomoni bilan oldinga suzadi. 12) eng (juda) sodda tuzilgan bir hujayrali. 13)eng qadimgi bir hujayrali hayvon. 14)bir hujayralilar ichida eng murakkabi. 15)loviya shaklidagi yadroga ega. 16)noqulay sharoitda yumaloqlanadi. 17)suvda erigan kislarodni butun tanasi orqali shimib oladi. 18)ayirish organoidi ancha murakkab tuzilgan.
a-1,3,7,8,9,12,16,17. b-2,4,5,11,14,16,17,18.
c-3,6,12,13,15,16,17.
d-10,13.17.
a-2,6,9,12,16,17. b-1,4,7,11,14,15,17,18.
c-3,5,9,13,16,17. d-10,12.
a-2,5,7,12,16,17. b-!,4,9,11,14,15,17,18.
c-3,6,13,16,17. d-10,12.
a-2,5,7,12,16. b-1.4,9,11,14,17,18. c-3,7,9,13,16,17. d-10.